«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

 
 


187 
 
Yuklarning sinflari 
 
 
 
 
 


188 
 
Yuklarni qo’shish tarxi 
 
Loyihalash  jarayonida  konstruksiya  va  uni  tayyorlash,  saqlash,  tashish  paytida, 
shuningdek inshootni tiklash davrida ta'sir etadigan yuklarni e'tiborga olish lozim bo'ladi. Hisob 
ishlarida  yuklarni  me'yoriy  va  hisobiy  qiymatlaridan  foydalaniladi.  Konstruksiyadan  o'z 
me'yorida foydalanish chog‟ida me'yor /8/ bo'yicha unga qo'yilishi mumkin bo'lgan  yuklarning 
maksimal qiymati me'yoriy deb ataladi. 
Yukning  haqiqiy  qiymati  bilan  me'yoriy  qiymati  orasidagi  farq  yuklar  bo'yicha 
ishonchlilik  koeffitsienti  yordamida  hisobga  olinadi.  Bu  koeffitsientning  qiymati  ko'pincha 
birdan katta bo'ladi: (g
f
=1,1-1,3), konstruksiyaning o'zi hisobiy yuk ta'siriga hisoblanadi. 
Hisobiy yukni aniqlash uchun me'yoriy yuk gn ishonchlilik koeffitsientiga ko'paytiriladi, 
ya'ni q=g
n
g
f
 , 
Konstruksiyaga  ta'sir  etadigan  yuklar  doimiy  yoki  vaqtincha  (muvaqqat)  bo'ladi. 
Konstruksiya  yoki  inshootning butun  umri  davomida unga ta'sir etib turadigan  yuk doimiy  yuk 
deyiladi. 
Muvaqqat  ya'ni  vaqtincha  ta'sir  etadigan  yuklar  uch  turga  bo'linadi:  Uzoq  muddat  va 
qisqa  muddat  ta'sir  etadigan  hamda  maxsus  yuklar.  Texnologik  jarayonlarga  bog‟liq  bo'lgan 
ta'sirlar  uzoq  muddatli  muvaqqat  yuklarga  kiradi.  Masalan,  elevatorga  to'ldirilgan  don  yilning 


189 
 
ma'lum  muddati  davomida  konstruksiyaga  bosim  kuchi  bilan  ta'sir  etadi,  shamol,  qor  singari 
ta'sirlar  qisqa  muddatli  yuklarga  misol  bo'la  oladi.  Zilzila  va  portlash  kuchlari  kabi  ta'sirlar 
maxsus yuklarga kiradi.  
Konstruksiyaga  ta'sir  etadigan  haqiqiy  yukni  aniqlash  uchun  yuklarning  qaysi  turlarini 
qo'shish  mumkinligini  bilish  zarur.  Bu  muammo  qurilish  me'yorlarida  /7/  hal  etilgan,  ya'ni 
qanday hollarda qanday yuk va ta'sirlar qo'shilishi mumkinligi belgilab qo'yilgan. 
Birinchi  guruh  bo'yicha  asosiy  qo'shimchalarga  doimiy,  uzoq  muddatli  va  bitta  qisqa 
muddatli  yuklar  kiradi.  Qisqa  muddatli  yuklarni  hisobga  kiritishda  qo'shilmalar  koeffitsienti 
g
s
=0,9 olinadi. 
Yuklarning maxsus qo'shilmalari doimiy, uzoq muddatli, qisqa muddatli va bitta maxsus 
yukdan tashkil topadi. Bunda qisqa muddatli yuklar g
s
=0,8 koeffitsientiga ko'paytiriladi, maxsus 
yuk esa to'laligicha olinadi. 
Ko„pgina davlatlarda bir vaqtning o„zida temirbetonni o„zlashtirish ishlari olib borilardi: 
Fransiya,  Germaniya,  Angliya,  AQSH,  Rossiya.  Vaye  va  Baushinger  (Ger.)  temirbetonni 
birinchi  tajribadan  o„tkazishdi,  Gepnebik  (Fransiya)  hammasi  temirbetondan  ishlangan  binoni 
taklif  etdi,  Kenen  cho„ziluvchi  qismga  armatura  qo„llashni  taklif  etdi  va  temirbetonni 
hisoblashning  birinchi  formulasini  ishlab  chiqdi.  Temirbeton  Rossiyada  mustaqil  taraqqiy  etdi, 
tijorat  va  mablag„  bo„yicha  rahbarlikni  chet  elliklar,  texnik  rahbarlik  esa  ruslar  tomonidan 
amalga  oshirilgan.  Professor  N.A.  Belelyubskiy  1891  yili  Peterburgda  temirbeton  qurilmasini 
ommaviy tajribadan o„tkazdi. 1898 yili temir yo„l va katta keng yo„llar qurilishida temirbetondan 
foydalanishga  ruxsat  etilgan.  Qadimgi  qurilgan  binolarda  1892  y  A.F.Loleyt  tomonidan 
loyihalangan Moskvadagi BUMdagi o„tish ko‟priklari, Nikolaevdagi 1904 y. Qurilgan mash‟al, 
asr boshida temirbetondan qurilgan binolarga Tomskdagi gugurt fabrikasi, don ombori, Ushayku 
ustidagi ko„prik va boshqalar kiradi. 1930 yillarda temirbetonni qo„llash butun dunyoda keng tus 
oldi.  Bu  vaqtga  kelib  oldindan  zo„riqtirilgan  temirbeton  qurilmalari  paydo  bo„ldi  (E.Freysine), 
qobiq ko„rinishidagi yupqa devorli qurilmalar, beton qorishmani tayyorlash texnologiyasi ishlab 
chiqildi,  me‟yorlash,  tanlash,  qish  oyida  betonlash.  Temirbetonni  hisoblash  tarixining 
rivojlanishiga A.F.Loleyt katta hissa qo„shdi, 
 
1931-33  yillarda  ruxsat  etilgan  kuchlanishni  hisoblashda  uslub  o„rniga  emirilish 
arafasidagi  hisoblashni  taklif  etdi.  1939  yili  chet  elga  nisbatan  30  yil  oldin  SSSRda  bu  uslub 
qabul  qilindi.  XXI  asr  –  beton  va  temirbeton  asri.  Beton  va  temirbeton  quyidagi  afzalliklarga 
ega: 
-  ishlab  chiqarishda  tabiiy  resurslardan  minimal  holda  olinib,  boshqa  sohalardagi 
chindilardan maksimal foydalaniladi. 
- boshqa materiallarga nisbatan mustahkasligi va uzoq muddatga chidamliligi yuqoriroq. 


190 
 
- boshqa materiallar bilan birga ishlashi 
-  qurilish  yoki  boshqa  ehtiyojlar  uchun  qayta  ishlatish.  -  yuqori  nafosatli  va  arxitektura 
ko„rinishi - ishlab chiqarishda va foydalanishda ekologik xavfsiz. 
Yaponiyada beton va temirbeton ishlab chiqarish aholi soniga nisbatan 1 kishiga 2 m
3
dan 
ortiqni, AQSHda – 1,3 m
3
, Germaniyada – 1,1 m
3
, Rossiyada – 0,4 m
3
 ni tashkil etadi. 
Temirbeton  hamma  sohalardagi  zamonaviy  qurilishlarda  keng  qo„llanilmoqda,  chunki 
chidamli,  mahalliy  qurilish  materiallaridan  foydalanish  mumkin,  metall  tejamli  sarflanadi, 
ko„rinishi  salobatli  va  turli  shakllarga  ega.  Qurilishda  quyma,  yig„ma  va  yig„ma-quyma 
temirbeton qo„llanladi. Quyma temirbeton qurilmasi qurilishda loyiha ko„rinishida tayyorlanadi. 
Undan  kam  takrorlanuvchi  va  bo„linishi  (ajaratilishi)  qiyin  bo„lgan  inshootlar  bunyod  etiladi. 
Quyma temirbetondan qurilgan inshootga hohlagan ko„rinishni berish mumkin, ular mustahkam 
va metall sarf bo„lishi jihatidan anchagina tejamlidir. 
Kamchiliklari:  mavsumiy  ish,  qolip  uchun  yog„och-taxtaning  ko„p  sarflanishi,  ko„p 
sermehnatlilik  (yog„och-taxta  qoliplardan  almashlab  ishlatish,  payvandlash  armaturalari, 
betonnasos, qo„shimchalardan foydalanish ozgina engillashtiradi). 
Yig„ma temirbeton qurilmalari zavodlarda tayyorlanadi, qurilish maydonlariga avtomobil 
yoki  temir  yo„l  transporti  yordamida  etkaziladi  va  ko„tarish  kranlari  yordamida  o„rnatiladi. 
Bunday qurilmalar qurilish maydonining nol sathida ham tayyorlash mumkin. 
Yig„ma-quyma qurilmalar bizning davlatimizda unchalik ko„p tarqalmagan. Temir-beton 
sanoatda,  uy-joy,  qishloq  xo„jaligi  qurilishida,  avtomobil  yo„llari  qurilishida,  ko„priklar,  suv 
transporti  inshootlari,  uzoq  muddatga  chidaydigan  xususiyatli  muhofaza  inshootlari  qurilishida, 
metro  qurilishida,  metro  qurilishi  va  boshqa  ko„pgina  joylarda  foydalaniladi.  Misol  qilib, 
temirbetondan ishlangan qurilmalardan: 
-  balandligi  537  m  Moskva  teleminorasi,  Tomsk  politexnika  instituti  bitiruvchisi  N.V. 
Nikitin tomonidan loyihalangan. 
- Torontodagi balandligi 555 m teleminora. 
- Fransiya i Buyuk Britaniya oralig„idagi La-Mansh bo„g„ozidagi yer osti yo„li. 
-
 
Kuala-Lumpur  (Malayziya)dagi  balandligi  582  m  (1.3  rasm)  neft  kompaniyasi 
“Petronas”ning osmono„par binosi; 
-
 
“Troll”  (Norvegiya)  neftni  qazib  olish  uchun  dengizdagi  balandligi  472  m  bo„lgan 
maydoncha  (platforma)  300  m  chuqurlikda  joylashgan  bo„lib,  to„lqin  balandligi 
maksimal  31,5  m  bo„lib,  to„fonga  mo„ljallangan,  uni  tayyorlashga  250  ming  m
3
  V  80, 
100 klass betoni va 11 ming t zo„riqtirilgan armatura sarflangan. 
-
 
Sietl (AQSH) oralig„i 220 m quyma qirrali gumbaz qurilgan; 
-
 
AES himoyalovchi qobiqlari va boshqa ko„pgina inshootlar. 


191 
 
Temirbeton  qurilmalarini  qurishda  doimo  yangiliklar  kiritib  zamonaviylashtiriladi, 
engillashtiriladi, arzonlashtiriladi. Bunga erishish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 
-
 
beton mustahkamligi 60-200 MPgacha oshirish, engil konstruktiv betonlarni qo„llash) 
-
 
armaturalarning  mustahkamligini  oshirish  va  oldindan  zo„riqtirilgan  armaturalardan 
fodalanish. 
-
 
statik ishlarda samaradorli qurilmalarni qo„llash (masalan qobiq) 
-
 
temirbetonni tayyorlash texnologiyasini yaxshilash. 
-
 
temirbeton sifatini nazorat qiluvchi zamonaviy apparaturalardan foydalanish. Temirbeton 
yaqin  kelajakda  asosiy  qurilishsh  materiali  bo„lib  qoladi.  Hammaga  ma‟lum  italiyalik 
injener  va  arxitektor  Pera  Luidji  Nervi  so„zlari  bo„yicha  “Beton  –  odamzot  tomonidan 
yaratilgan eng  yaxshi  materiallardandir”.  Uning  tarixi  – insoniyat  hohish va irodasining 
qahramonlik  ustuni.  Bizga aniq  bir material  kerak edi  –  va biz uni  yaratdik. Beton  – bu 
hohlagan qolipga tushuvchi, hamma talablarga javob beruvchi, istagan yukni ko„taruvchi 
– tirik mavjudot”. 
 
 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish