gan. M asalan, Termizdan
Rim tangalari xazinasi,
Afrosiyobdan
Rim
sopol shamdonlari, Misr muhrlari
topilgan.
Buvuk ip a k vo'ti Chian Szvan tavsifrda.
Mil. av. 138-yili
Xitoy
imperatori
U Di
elchi
Chjan
Szyanni ko‘chmanchi xun qabilalariga
qarshi kurashda ittifoqchiva hamkorlar topish uchun jo'natadi. Xunlar
Xitoyning shim oliy tumanlarini talon-toroj qilardilar. Elchi xunlar qo'liga
asir tushadi va o ‘n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy
Tyan-Shan dovonlari orqali Issiqko'lga chiqadi. Norin daryosi bo'ylab
Farg'ona vodiysiga keladi. Bu yerda o ‘zi uchun vodiydagi shaharlarni
kashf etadi. Mazkur shaharlar Farg'ona podsholigiga qarashli ekanini
bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning xunlarga qarshi kurashida Farg'ona
hukmdorining yordamini olmoqchi bo'ladi. Lekin Farg'ona hukmdori faqat
savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish istagini bildiradi. Chjan Szyan janub
sari sayohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o'tib, yana xunlar qo'liga
tushib q o la d i. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga
ko'rgan-bilganlarini so'zlab beradi. U Xitoyga Farg'ona otlaridan birini va
29
beda urug'idan olib kelgandi. Bu otni xitoyliklar «Samoviy» deb ataganlar.
Imperator U Di o‘z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning
butun shimoli bo'ylab ekiladigan bo'ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring
va yong'oq ekishni ham yo'lga qo‘yadilar.
Shunday qilib, Chjan Szyanyurgan yo'l bo'ylab
mil. av. II — I asrlarda
Xitoy mamlakatini M arkaziy va G'arbiy Osiyo bilan bog'lovchi jahon
ahamiyatiga ega Buyuk ipak yo'li o'tadigan bo'ldi. Farg'ona vodiysida
Ipakyo'li
ikki tarmoqqa
bo'lingan. Birinchisi 0 ‘zgandan Axsi shahri,
Qamchiq dovoni orqali (yozda) lloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkin-
chisijanubiy tarmoq bo'lib, 0 ‘zgandan 0 ‘sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon
orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoroga o'tgan. Asosiy karvon yo'llaridan
tashqari ichki savdo yo'llari ham bo'lgan. Biri Axsidan Koson orqali Chust
vohasiga o'tgan. Yana biri Pop, Zarkent orqali konchilar qarorgohlariga
va yaylovlarga borgan. Qurama va Oloy tog'lari qazilma boyliklari va
Zarafshon daryosi boyliklari tufayli bu yo'l tarmog'ini
«Oltin y o ‘l»
deb
atashgan. Arxeologlar ibodat tartiblari bilan bog'liq jez milga qo'ndirilgan
qimmatbaho toshlarqadalgan qush shaklini topganlar. Markaziy Osiyo
kumushiga ehtiyoj sezgan mamlakatlarga boradigan
«Kumush y o ‘l»
hambo'lgan. Bu yo'l X a z a r xoqonligi va Bulg'or davlati orqali Kiyev Rusi
va Yevropa mamlakatlariga borgan. U Buyuk ipak yo'lining shimoliy
tarmog'i hisoblanib, VI asrdan boshlab ishga tushgan.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |