ISHBILARMONLIK MUHITI - bu har bir mamlakatda tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun qulay ishchanlik sharoitlarining yaratilishidir. Inglizzabon mamlakat iqtisodchilarining mulohazalarida ishbilarmonlik muhitining shakllanishiga va rivojlanishiga ko’proq tashqi muhit omillarining ta’siri jiddiyroqligi sezilib turadi [7; 8; 9; 10; 13; 15; 16; 18]. Ularning orasida davlatning rolini alohida e’tirof etuvchilar ham bor. Masalan, bir qator iqtisodchilar, ya’ni J.Goodman, J.Meany, L.Pate (1992), B.Mokry (1988), E.Segura (1988), P.Westhead (1990) kabilar tadbirkorlik muhitini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yarata olishda hukumat yoki davlatning rolini alohida qayd etadilar
GLOBALLASHUV-bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tenglashuvi demakdir. Yana globallashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy va ma’naviy, iqtisodiy jihatdan uyg’unlashuviga olib keladigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |