Ajratilgan
soat
|
Semestr
|
1- semestr
|
1
|
Ma’ruza
|
30
|
30
|
2
|
Seminar
|
30
|
30
|
3
|
Mustail ta’lim
|
60
|
60
|
4
|
Jami auditoriya soati
|
60
|
60
|
5
|
Umumiy o’quv soati
|
120
|
120
|
Termiz – 2021
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 452 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
M. Qulmo’minov – o’qituvchi ____________
Taqrizchi:
Xoliqov Z.E. – t.f.n., dots. ____________
Ushbu ishchi o’quv dastur O’zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № 1 «...» avgust 2021 y.
Kafedra mudiri:
Shaydullayev Sh.B. – t.f.d. ___________________
Fanning ishchi o’quv dasturi Tarix fakulteti uslubiy kengashining yig`ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № 1 «...» avgust 2021 y.
Tarix fakulteti dekani:
X.Xolmo’minov .– dots ___________________
Ishchi dastur Termiz davlat universiteti uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № 1 «...» avgust 2021 y.
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i:
Yodgorov K. _______________________________
|
O’quv yili
2021-2022
|
Semestr
1
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
O’zbekistonning eng yangi tarixi
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishning maqsadi –Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari –mustaqilikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.
|
|
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
mavzu. Kirish.“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o’qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg’or innovasiyalar.
2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
XX asr 80 – yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. “Paxta ishi”, “O’zbek ishi” nomli kompaniyalar. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojeasi. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o’sib borishi. I.Karimov–O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi.
3-mavzu. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’y-harakatlar. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |