Аҳмедов
Б
.
Тарихдан
сабоқлар
. –
Т
., 1994. – 193–195-
б
.
2
Аштархонийлар
//
Ўзбекистон
овози
. – 1996. – 29
июнь
.
95
masalasini o‘z hohishlaricha hal qilishgacha (Ashtarxoniylar misolida) borib
yetdilar.
Endi Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrdagi siyosiy
ahvolga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1599 yilda ashtarxoniy Boqimuhammad
taxtga o‘tirdi. Shu davrda Ashtarxoniylar oldida turgan eng muhim
vazifalardan biri – markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mamlakat siyosiy
yaxlitligini ta’minlash edi. Marv, Xorazm, Balx yerlarida siyosiy
parokandalik kuchaygan edi. Boqimuhammadxon o‘z hukmronlik yillari
Xorazm, Balx, Shibirg‘on, Maymana, Bag‘lon, Badaxshon, Hisor yerlariga
yurishlar uyushtiradi
1
. Shu orada 1605 yil Boqimuhammadxon vafot etadi.
1605–1611 yillarda ashtarxoniylardan Valimuhammad hukmronlik qildi.
1606 yili Valimuhammad Balxga yurish uyushtiradi. Keyinchalik xon Eron
safaviylari bilan yaxshi diplomatik munosabatlar o‘rnatadi.
Valimuhammadning no‘noq siyosati tufayli, Xurosonda Eron safaviylarining
mavqei oshib boradi. Bu esa yirik o‘zbek amirlarining norozligiga sabab
bo‘ladi. Natijada amirlar bilan xon o‘rtasida ixtilof kuchayib, Samarqand
hokimi Imomqulixon 1608 yili Buxoro taxtiga o‘tqaziladi.
Valimuhammadxon 1611 yili Samarqand atrofida Imomqulixon bilan
navbatdagi to‘qnashuvda halok bo‘ladi.
Shunday qilib, mamlakat taxtiga Imomqulixon (1611–1642) o‘tiradi. U
davlatni o‘ttiz yildan ko‘proq boshqargan. Bu Imomqulixon Ashtarxoniylar
orasida eng nufuzli hukmdorlardan biri bo‘lganidan dalolat beradi
2
.
Imomqulixon Movarounnahr chegaralariga xavf solib turgan ko‘chmanchi
qalmiq va qozoq xonlariga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 1613 yili
Imomqulixon qozoqlarni tor-mor qildi va Toshkentni egallab, u yerda o‘z
o‘g‘li Iskandarni noib qilib qoldirdi. Lekin Imomqulixon ketishi bilan shahar
aholisi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Iskandarni o‘ldirdi. Bundan g‘azablangan
Imomqulixon qo‘zg‘olonni bostirishga majbur bo‘ladi va shahar aholisini
qirg‘in qiladi.
Bundan tashqari, Imomqulixon o‘z hukmronlik yillarida qoraqalpoq va
kuchli qalmiqlarga qarshi kurash olib bordi. Tinimsiz olib borilgan urushlar
xon hokimiyatining birmuncha mustahkamlanishiga olib keldi. Lekin bu
muvaffaqiyatlarga qaramay, feodal yer egaligining rivojlanishi va o‘zbek
qabilalari zodagonlarining qo‘lida yirik mulklarning to‘planishi ba’zi bir
yirik qabilalarning siyosiy nufuzini oshirib yubordi. Shuning uchun ham o‘z
hukmronligi yillarida Imomqulixon bir qancha yirik qabila feodal-
zodagonlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Hukmronligining
so‘nggi yillarida ko‘zi ojizlashgan Imomqulixon taxtni ukasi Nodir
Muhammadxonga topshirgan.
Nodir Muhammadxon (1642–1645) davrida mamlakatda ichki nizolar va
o‘zaro kurash yanada avjiga chiqqan. Chekka viloyatlar Toshkent, Xo‘jand,
Turkiston markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan. Hukmronligining
dastlabki yillarida Nodir Muhammadxon taqsimot o‘tkazib, o‘zining
1
Аштархонийлар
//
Ўзбекистон
овози
. – 1996. – 29
июнь
.
2
Ўзбекистон
ССР
тарихи
.
Т
. 1. –
Т
., 1997. – 552-
б
.
96
farzandlariga mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk sifatida bo‘lib bergan
1
.
Nodir Muhammadxon tomonidan amalga oshirilgan mulk taqsimoti markaziy
hokimiyat mavqeini juda ham zaiflashtirib yuborgan. Chekka o‘lkalar
Buxoro bilan deyarli hisoblashmay qo‘ygan. Nodir Muhammadxon
mamlakat ichkarisida yirik amirlarning qarshiligiga duch kelgan. 1645 yilda
Nodir Muhammadxonning o‘g‘li Abdulaziz sulton yangi xon deb e’lon
qilingan. Vaholanki, bu vaqtda Buxoroda Nodir Muhammadxon hukmronlik
qilardi.
Bunday holat qanday ro‘y berdi, degan savol tug‘iladi. Nodir
Muhammadxon dastlabki ikki yillik hukmronligi davrida o‘z mavqeini
mustahkamlash niyatida katta nufuzga ega bo‘lgan amirlar ta’sirini
cheklamoqchi bo‘lgan. Masalan, mashhur Yalangto‘shbiydan uning mulki
Kaxmerdni tortib olgan. Shunday qilib, nufuzli amirlar bir bo‘lib, 1645 yilda
Abdulazizxonni oliy hukmdor deb e’lon qiladilar. Bu hol mamlakatda
markaziy hokimiyat va Ashtarxoniylarning mavqei ancha tushib ketganligini
ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida, davlat asoslarini zaiflashtirib yuborgan.
Nodir Muhammadxon 1645 yilgacha Balx mulkida hukmronlik qilgan.
Abdulazizxon o‘z hukmronligi yillarida (1645–1680 yy.) Balxni
Buxoroga bo‘ysundirishga bir necha bor urinib ko‘rgan. 1651 yilda Balx
taxtiga Abdulazizxonning ukasi Subhonqulixon sulton o‘tiradi. Kuchli oliy
hokimiyatning yo‘qligi va davlatdagi parokandalikdan foydalangan Xiva
xonlari mamlakat ichkarisiga tez-tez bostirib kira boshlaydilar. Xiva xoni
Abdulg‘ozixon (1645–1663 yy.) 1655 yilda Movarounnahrga ikki marta
bostirib kiradi. Xiva lashkarlarining mamlakat ichkarisiga hujumlari keyingi
yillarda ham davom etib turdi. Xiva bilan uzoq davom etgan urushlar
mamlakatdagi ahvolni og‘irlashtiradi va ichki ziddiyatlarning kuchayishiga
sabab bo‘ladi.
1680 yilda Abdulazizxon taxtni ukasi va valiahd Subhonquli sultonga
topshiradi. Subhonqulixon (1680–1702 yy.) Buxoro xonligini uzoq yillar
boshqargan
2
. Subhonqulixon hukmronlik yillarida ham Balx viloyati uchun
kurash davom etgan. Amalda Balx hokimlari Buxoro hokimiyatini rasman
bo‘lsa ham tan olmaganlar. Yirik qabila zodagonlarining nufuzi oshib borib,
1688–1697 yillar davomida Balxda yirik amir Mahmudbiy hukmronlik
qilgan.
Bu davrda Buxoro xonligining Xiva bilan munosabatlari ham mushkul
edi. Subhonqulixon hukmronligi davrida Xiva lashkarlari bir necha bor
mamlakat ichkarisiga bostirib kirganlar. Masalan, Xiva xoni Anushaxon
(1664–1687 yy.) mamlakatga bir necha marta yurish uyushtirib, 1684 yili
hatto Samarqandni bir yil davomida ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan
3
. 1697
yilda Xiva xoni Ereng yana Movarounnahr ichkarisiga yurish qiladi. Endigi
safar Subhonqulixon uni bartaraf qilish bilan birga, Xivaga o‘z noibini
tayinlaydi. Shu tariqa Xivada yana Buxoro hokimiyati o‘rnatiladi. Xivaga
qarshi kurashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun qatag‘on qabilasidan bo‘lgan
1
Аштархонийлар
//
Ўзбекистон
овози
. – 1996. – 29
июнь
.
2
O‘sha manba.
3
O‘sha manba. – 555-b.
97
otaliq Mahmudbiy Balx noibi qilib tayinlanadi. Lekin Mahmudbiy Buxoroga
butunlay bo‘ysunmay qo‘yadi. Bu esa boshqa beklar, qabilalar, feodal
guruhlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Natijada o‘zaro feodal urushlar va
qabilaviy nizolar yanada kuchayib ketadi.
Mamlakatdagi ichki ziddiyatlar keyingi hukmdor Ubaydullaxon (1702–
1711 yy.) davrida avj oladi. Bu davrga kelib, eng asosiy viloyatlar –
Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, O‘ratepa, Hisor, Balxda Ashtarxoniylar
emas, balki o‘zbek zodagonlariga mansub ayrim amirlar hukmronlik qilar
edilar
1
. Ubaydullaxon o‘z hukmronlik yillarida markaziy hokimiyatni
kuchaytirish uchun harakat qildi. U amalda mustaqil bo‘lgan zodagonlar va
qabilalarga qarshi tinimsiz urushlar olib bordi. Bu urushlar oqibatida xo‘jalik
inqirozi yanada kuchaydi. Ubaydullaxon amalga oshirgan pul islohoti ham
foyda bermadi. Hatto 1711 yilda Ubaydullaxonning o‘zi ham fitna qurboni
bo‘ldi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan so‘nggi hukmdorlar davriga kelib
(Abulfayzxon, Abdulmo‘min, Ubaydullaxon) “Buxoro xonligi markaziy
hokimiyati amalda mustaqil bo‘lgan mulklar yig‘indisidan iborat bo‘lib
qolgan edi”
2
. Hokimiyat amalda Abulfayzxon hukmronligi davrida avval
Jovshan qalmiq, u o‘ldirilgandan keyin esa oliy qushbegi Abdullabey xoja,
keyin esa Muhammad Hakimbiy otaliq qo‘lida mujassamlashgan edi.
Davlatdagi bunday holat ko‘pchilik amirlar va qabila zodagonlarining
noroziligiga sabab bo‘lgan. Abulfayzxonga qarshi fitna uyushtirilgan, lekin
fitna fosh bo‘lib, tashkilotchilari qattiq jazolangan. Bundan tashqari, 1722
yilda Rajab sultonning Samarqandda xon deb e’lon qilinishi ahvolni yanada
mushkullashtirdi. Bu davrda mamlakat ichkarisiga, ayniqsa, Zarafshon
vodiysiga ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi qabilalar (qozoqlar)ning ko‘chib
kelishi kuchaydi. Natijada ekinzor va maydonlar hamda tomorqalar payhon
qilinib, xo‘jalikka katta zarar yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |