O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Мўминов
 
И
.
Амир
Темур
Ибн
Тарағай
Баҳодир
// 
Сомон
йўли
. –
Т
., 1992. – 7-
б

85


Amir Temur ko‘pgina mamlakatlarni fath etish bilan birga, ulardagi 
boyliklarni olib kelganligi ham sir emas. Herman Vamberining 
ta’kidlashicha, Temur Osiyoning hamma joylaridan hadsiz-hisobsiz boylik 
yig‘di, lekin ularni xasis odamlar kabi saqlamadi, balki o‘zi bunyod etgan 
mamlakatni yanada qudratli qilish, rivojlantirish, taraqqiy ettirish, 
mustahkamlash, unda butun dunyoni lol qoldiradigan masjid, madrasalar 
qurish, bog‘-rog‘lar bunyod etish, islom dinini, ilm-fanni, madaniyatni, 
adabiyotni, san’atni, me’morchilikni yanada taraqqiy ettirish, 
obodonlashtirish ishlariga sarf etdi. Bu borada jahongir juda uzoqni ko‘zlab, 
o‘zining xalqini, kelajakni o‘ylagan edi.
Herman Vamberining “Temurni Chingizxon ila bir safga qo‘yib, uni 
vahshiy, zolim, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki marta xatodir”
1

degan fikri e’tiborga molikdir.
Amir Temur Movarounnahrda, markazlashgan davlatining boshqa 
hududlarida ham me’morchilik, obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor 
bergan. Bu xususda mashhur sharqshunos olim V. V. Bartold shunday 
yozgan edi: “Temur, – bir vaqtning o‘zida ashaddiy buzg‘unchi va 
tashabbuskor quruvchi edi. U buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan 
bog‘u rog‘lar bilan o‘radi, shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari 
qurdi va buzilganlarini tuzatdi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning 
qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldiradi. Musulmon 
me’morchiligidagi eng yaxshi davr Temur va uning avlodlari nomi bilan 
bog‘liq.
Albatta, Temur, eng avvalo, poytaxti Samarqandni obodonlashtirishga
uning salobati va ulug‘vorligini orttirishga harakat qilgan. Lekin u 
Movarounnahr va Xurosonning boshqa shahar va qishloqlarida, hatto Janubiy 
Ozarbayjon va Qobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlashtirish ishlarini olib 
borgan va suv inshootlarini qurdirgan”
2
.
Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma”sida Amir Temur faoliyati, 
sulolasi, u asos solgan davlat barcha sohalarini atroflicha yoritib, juda 
qimmatli fikrlar bildirgan va dalillar qoldirgan. “Bir yil mobaynida, – deb 
yozadi Ali Yazdiy, – Bag‘dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki 
shahar yana o‘z qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-
atrofda dehqonchilik o‘ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq 
yoysin, islom bilimi ilgarigiday yoyilsin
3
.
Samarqandning atrofida jahonning mashhur shaharlari nomlari bilan 
ataluvchi bir qancha qishloqlar – Qohira, Damashq, Bag‘dod, Sultoniya, 
Misr, Sheroz degan joylar ham sohibqironning tashabbusi bilan qurilgandi. 
Bu davrda bunyod etilgan inshootlarning bir qismi hozirgi davrda ham jahon 
sayyohlarining diqqatini tortmoqda. Bular Shohi Zinda guruhidagi 
maqbaralar, Bibixonim madrasasi, Temur va uning piri Sayyid Baraka va 
1
Вамбери
 
Ҳ
.
 
O‘sha manba. – 48-b. 
2
 
Бартольд
 
В

В
.
 
Сочинения

Т
. 2. 
Ч
. 2. – 
С
. 52. 
3
 
Мўминов
 
И
.
Амир
Темур
ибн
Тарағай
Баҳодир
// 
Сомон
йўли
. – 
Т
., 1992. – 
15-
б

86


sulolalari vakillari dafn qilingan Go‘ri Amir maqbarasi singari osori atiqalar 
dunyoga mashhur.
Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo “Samarqandga, Amir Temur 
saroyiga sayohat (1403–1406 yil) kundaligi”da bu yodgorliklar, sohibqiron 
qurgan jannatmakon bog‘-rog‘lar xususida ajoyib, hammaning diqqatini 
tortadigan misollar keltiradi.
Amir Temur me’morchilik bilan birga, shaharlarni obodonlashtirish 
ishlariga ham katta e’tibor bergan. Shaharlar obodonlashtirilishi bilan birga, 
shahar aholisi chuchuk suv bilan ham ta’minlangan. Masalan, Samarqand 
suvi Zarafshondan kanal orqali keltirilgan. O‘rta asrlarda yurtimizda bo‘lgan 
tarixchi-sayyoh Ibn Xovqalning yozishicha, Samarqandda oqar suv kirmagan 
biror ko‘cha, biror hovli yo‘q edi. Faqat ba’zi uylargina bog‘siz edi. Bu yerda 
ko‘rkam obidalar, turli binolar qurish bilan birga, so‘lim, jannatmakon 12 ta 
bog‘-saroylar bunyod etilgan. Ular Bog‘ishamol, Bog‘izagon, Bog‘ibuldu, 
Amirzoda Shohruh bog‘i, Bog‘i Bihisht, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Baland, 
Bog‘i Chinor, Bog‘i Jahonlarning bunyod etilishi tarixi, ulardagi bir-biridan 
hashamatli binolar, o‘tkazilgan marosimlar xususida Sharafiddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma”si, Klavixoning esdaliklarida qimmatli ma’lumotlar 
berilgan. Bu bog‘larning nomlari bilan ataladigan joylar hozir ham mavjud.
Yana shuni ta’kidlash muhimki, Amir Temurning tarix faniga ham katta 
e’tibor bilan qaragani ma’lum. Tarixnavislik bobida Sharqda dong taratgan 
Nizomiddin Shomiy, Hofizi Abru, Mu’iniddin Natanziy, Sharafiddin Ali 
Yazdiylar Amir Temur haqida asarlar bitib mashhur bo‘lganlar. Amir Temur 
tarixini ilk bor to‘liq yoritgan Nizomiddin Shomiy o‘zining “Zafarnoma” 
asari muqaddimasida yozishicha, 804 (1401–1402) yili Sohibqiron uni 
hududiga chorlab, o‘z hayoti va faoliyati tarixini yozishni buyuradi va
shunday talab qo‘yadi: “Bayon uslubi murakkablik alomatlaridan hamda 
maqtovchilik dabdabalaridan kam bo‘lsin, (turli) ma’nodorlik tarzidan (ham) 
tiyilsin. Tashbih va istioralar bezagi girdobida asosiy maqsad) ko‘rinmay 
qolsa, bunday uslubda bitilgan asardan ne foyda. Bir kishi biron so‘z 
darajasini anglab, uning ma’nisini tushunsa, qolgan o‘n kishi, balkim yuz 
kishi undan ko‘zlangan maqsadni anglashda ojizdirlar. Demak, undan oddiy 
xalqqa hech qanday naf yo‘qdir”. Ko‘rinib turganidek, Amir Temur tarixiy 
asar yaratishdan maqsadni, bayon usullarini aniq tasavvur qilgan va vazifani 
ham lo‘nda qo‘ygan. Ya’ni tarix omma, kelajak uchun yoziladi. Shomiy 
Sohibqiron talablariga mos asar yaratishga intilgan va keyingi yillar 
tarixchilari, jumladan Sharafiddin Ali Yazdiy ham uning asari tuzilishidan 
keng foydalanganlar. Kezi kelganda shuni alohida qayd etish o‘rinliki, 
Temuriylar zamonida tarixnavislik o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.
Jahon tarixida Amir Temur va Temuriylar davri alohida o‘rin egallaydi. 
O‘rta Osiyo va o‘rta Sharq mamlakatlarining XIV–XV asrlardagi, ya’ni 
Temur va Temuriylar davri tarixini yoritishda ilk manba xizmatini 
o‘taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga 
allaqachon ma’lum. Nizomiddin Shomiyning Sohibqiron hayotligida 
yozilgan “Zafarnoma”, Hofizi Abruning Temur vorisi bo‘lmish Shohruh 
davrida yozilgan “Zubdat ut tavorixi Boysung‘ariy”, Sharafiddin Ali 
87


Yazdiyning mashhur “Zafarnoma”si, Fasix Ahmad Xavofiyning “Mujmali 
Fasixiy”si, Abdurazzoq Samarqandiyning Husayn Boyqaro taxtga o‘tirgan 
(1470) yili yozib tamomlagan “Matlai Sadayn va majmai bahrayn” degan 
kitoblari, Mirxondning Alisher Navoiy davrida yozilgan yetti jildlik “Ravzat 
us-safo”si, Xondamirning “Ma’sirul-mulk” va uch jildlik “Xabib us-siar”i 
shular jumlasidandir.
Bu asarlar, asosan, fors-tojik tilida yozilgan bo‘lib, ularda g‘oyat muhim 
tarixiy ma’lumotlar mavjud. Ular faktlarga boy bo‘lishi bilan birga, 
ma’lumotlarning nihoyatda ishonchli ekanligi bilan ham muhim. 
Shuningdek, “Amir Temur tarixi”, “Temur tuzuklari”, “Amir Temur 
o‘gitlari” singari Sohibqiron tarjimai holiga oid asarlarning so‘nggi yillarda 
o‘zbek tilida chop etilishi tufayli ularni ona tilimizda o‘qishga muyassar 
bo‘ldik. Bu kitoblar XIV–XV asrlarni, ya’ni Amir Temur va Temuriylar 
davrini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ana shu manbalarga asoslangan holda, Amir Temur va temuriylar davri 
borasida o‘nlab, yuzlab asarlar yozildi, spektakllar, kinofilmlar yaratildi, 
muzeylar tashkil etildi. Temur va Temuriylar davri borasida chet 
mamlakatlarda yaratilgan turli xil asarlarda bu davr ancha holisona tahlil 
qilingan. Jumladan Ispaniya, Fransiya va Angliyada XVI, XVII, XVIII 
asrlarda Amir Temur haqida bir qator ilmiy va dramatik asarlar yaratilib, 
ularning aksariyatida Sohibqironga “grand Temura”, ya’ni “buyuk 
Temurbek” deb hurmat bilan qaraydilar. Ispaniyaning elchisi Rui Gonzales 
de Klavixo o‘zining “Samarqandga, Amir Temur saroyiga sayohat (1403–
1405 yillar) kundaligida: “...Temurbekning asl ismi, biz aytganimizdek, 
Tamerlan emas, Temurbekdir. Chunki Temurbek o‘z tilida, “Temur podsho” 
degani...
1
, – deb yozgandi. Olmoniyaning Potsdam shahridagi muzeyda Amir 
Temur sharafiga “Osiyo bo‘limi” tashkil qilinib, u Amir Temur bo‘limi deb 
ataladi. Angliyada har yili o‘tkaziladigan kinofestival Amir Temur haqidagi 
kinofilmni ko‘rsatishdan boshlanadi.
Amir Temur to‘g‘risida atroflicha fikr yuritgan D. N. Logofet o‘zining 
“Buxoro tog‘lari va tekisliklarida” degan asarida shunday yozgan edi: 
“...Temurday buyuk shoh va inson xotirasiga munosabatni ko‘rib, achinib 
ketasan. Axir u o‘z xalqi taraqqiyotini yuqori bosqichga olib chiqqan, o‘z 
davrining o‘ta madaniyatli vakili edi...”
2
.
Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat 
ko‘rsatmoqda, Temur va Temuriylar davri haqida ko‘plab kitoblar nashr 
qilinmoqda.
O‘zbekiston olimlari ichidan ham Temur va Temuriylar davrini haqiqiy, 
holisona yoritishga harakat qilganlar bo‘ldi. Shu o‘rinda akademik Ibrohim 
Mo‘minovning 1968 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan “Amir Temurning 
O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” nomli risolani keltirish joizdir. 
I. Mo‘minov birinchi bo‘lib sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatini 
ilmiy, holisona o‘rganish, uning turli sohalardagi faoliyatiga to‘g‘ri, izchil 
1
Санъат
. – 1990. – 

2. – 23-
б

2

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish