O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Ибн
 
Арабшоҳ
.
 
Амир
Темур
тарихи

Т
. 2. – 
Т
., 1992. – 73-
б

3
Темур
тузуклари
. – 
Т
., 1991. – 53-
б

79


Amir Temur Movarounnahrdan boshqa mamlatlarni o‘z farzandlariga
qarindoshlariga, harbiy sarkardalarga “suyurg‘ol” qildi. Suyurg‘ol deganda, 
o‘sha vaqtda muayyan bir o‘lkani idora qilish ishlarini meros tariqasida 
boshqa birovga topshirib, o‘sha yer, hudud, qishloq va shahar aholisidan 
davlat soliqlari va o‘lponlarini suyurg‘ol egasi foydasiga to‘liq yoki qisman 
undirib olish huquqi tushuniladi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Amir Temur bu yerda turk-mo‘g‘ul 
xalqining qadimgi yo‘siniga amal qildi va Movarounnahrni hech kimga 
bermay o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Uluslar markaziy hokimiyatga bo‘ysungani 
bilan ma’lum darajada o‘zlarining mustaqilliklarini saqlashgan. Ulus 
boshliqlarining ham o‘z davlat tarmoqlari, xazinasi, qo‘shini bo‘lgan. 
Ularning markaziy hokimiyatga qaramligi xirojning muayyan qismini 
markaziy xazinaga jo‘natib turishi va xabar kelishi bilan o‘z qo‘shinini olib 
yetib borishida o‘z ifodasini topgan. Lekin shunday bo‘lsa-da, 
markazlashgan davlatning o‘sha suyurg‘ol qilingan hududlari sohibqironning 
diqqat markazidan chetda bo‘lmagan. U hukmronlik qilgan yillari davlatni 
boshqarish ishlari bilan qattiq shug‘ullangan. “Saltanat to‘nini kiygach, – 
deyiladi “Tuzuklar”da, – tinchligu sog‘lig‘im ketdi, o‘z to‘shagimda rohatda 
uxlash, huzur-halovatdan voz kechdim”
1
.
Sohibqiron o‘z davlatining markazini 1370 yili Samarqandga ko‘chirib 
kelgandan so‘ng, davlat qurilishiga jiddiy e’tibor berib, davlat idoralarini 
uddaburon, qobiliyatli rahbarlar bilan mustahkamlash tadbirlarini ko‘rdi va 
o‘zi ham “Tuzuklar”da ta’kidlaganidek, “do‘stu-dushman bilan (muomalada) 
bir tekis yo‘l tutdi”
2
. Jumladan, vazirlarni tanlashda sohibqiron to‘rt sifatga 
qattiq e’tibor bergan. Bular “Tuzuklar”da ko‘rsatilganidek, birinchisi – asllik, 
toza nasllik; ikkinchisi – aql-farosatlilik; uchinchisi – sipohi-raiyat ahvolidan 
xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lish; to‘rtinchisi – sabr-
chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur vazirlarni tanlashda ularning shu sifatlarga ega bo‘lishini 
inobatga olish bilan birga, ularning har bir masalada har doim odil 
bo‘lishlari, aql-zakovat bilan ishlashlari uchun sharoit yaratgan. Buni “Temur 
tuzuklari” ham to‘la tasdiqlaydi. Amir Temur Movarounnahrda o‘zining 
yakka hukmronligini o‘rnatgandan so‘ng, to‘rtta vazir tayinladi va ularga 
mamlakatda eng muhim ishlarni bajarish vazifasini yuklatdi. Yana eng 
e’tiborlisi shundaki, tayinlangan vazirlar mamlakatdagi qabilalardan tanlab 
olingan edi. Bu xususda Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitobida 
shunday tavsiflangan: “Ular (vazirlar) mamlakatning (ko‘zga ko‘ringan) 
a’yonlari hisoblanib, boshqa har bir kimsa ular fikrlariga ihtizo etardi. 
Arablarda qancha bo‘lsa turklarda ham qariyb shunchalik qabila va guruhlar 
bordir. O‘sha vazirlardan har qaysisi bir qabilaga mansub bo‘lib, o‘z fikr 
chirog‘i bilan u qabila uylarini yorituvchi bir uzun pilik misoli edi. Ulardan 
birining qabilasi flot, ikkinchisiniki jaloyir, uchinchisiniki qovchin, 
to‘rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to‘rtinchi qabila o‘g‘loni edi”
3
.
1
O‘sha manba. – 54-b. 
2
O‘sha manba. – 89-b. 
3
Ибн
 
Арабшоҳ

Амир
Темур
тарихи

Т
. 1. – 
Т
., 1992. – 52-
б

80


Vazirlarning barchasi har kuni devonxonada bo‘lishi shart qilib qo‘yilgan. 
Ularga yuklatilgan vazifalar aniq belgilangan edi. Chunonchi, birinchisi 
mamlakat va raiyat (soliq) vaziri bo‘lib, bu mamlakatdagi muhim ishlarni, 
kundalik muammolarni, raiyat ahvolini, viloyatlardan olingan hosil, soliq-
o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni, obodonlashtirish, mehnatkash 
omma farovonligi bilan shug‘ullanardi. Ikkinchisi sipoh vaziri bo‘lib, unga 
sipohlarning maoshlari, ularning tarqoq holga tushib qolmasliklari uchun 
doimo sipoh ahvolidan xabar olib turish vazifasi yuklatilgandi. Vazirlardan 
uchinchisi – egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, 
savdogarlar mol-mulkidan olinayotgan zakot va bojlarni, mamlakat 
chorvalarini, ularga taalluqli bo‘lgan o‘tloq va yaylovlarni boshqarib, 
bularning hammasidan yig‘ilgan daromadlarni omonat saqlash majburiyatini 
bajarardi. Shuningdek, bu vazir bedarak yo‘qolganlar va o‘lganlarning mol-
mulki bo‘lsa, ularni merosxo‘rlariga topshirgan. Nihoyat to‘rtinchisi, saltanat 
ishlarini yuritish, u hamma saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan 
sarf qilinadigan xarajatlar ustidan ogoh bo‘lgan.
Sohibqiron fath etilgan mamlakatlarga oid masalalar, birinchi navbatda
moliyaviy ishlar bo‘yicha davlat hay’atini tuzdi. Yetti vazirning hammasi 
devonbegiga bo‘ysundirilib, bu bilan Temur davlatiga qarashli haq-
huquqlarda moliyaviy ishlarda hamjihatlik, inoqlik bilan odilona boshqarish 
uchun imkoniyat hozirladi.
Yana bir holat e’tiborni jalb qiladi.. Amir Temur o‘zining davlat 
apparatida arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi sipoh, raiyat va arz-dod 
qilib sohibqiron huzuriga keluvchilarning ahvoli, mamlakatning obod-
xarobligi, muhim ishlardan qaysi biri bitmaganligi xususida axborot berib 
turgan.
Shuningdek, bularga vaqf yerlari va boshqa vaqf mulkining hisob-kitobini 
olib boruvchi mansabdor – sadrlar, sadri-sayyidlar va boshqa arboblarga 
suyurg‘ol sifatida berilgan yerlar va vaqflarning ahvoli, ularga doir 
vazifalarning qay tarzda bajarilayotganligi xususida sohibqironning o‘ziga 
doimo axborot berib turilgan.
Amir Temur o‘z davlatining tashqi va ichki siyosatiga aloqador 
masalalarni kengashda hal qilish bilan birga bu majlisga kotiblar 
(majlisnavinos) tayinlangan, ular devon majlisida navbatma-navbat hozir 
bo‘lib, muhokama qilingan masalalar va ayrim ishlar tafsilotini yozib 
olishlari, saqlashlari lozim bo‘lgan.
Shuningdek, mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi, oqsoqol 
lavozimlari ham o‘sha davrda joriy qilingan. Bularning bir-biri bilan 
bog‘liqligi, bir-biriga bo‘ysunishi, ularga yuklatilgan vazifalar bajarilishining 
shartligi, ularga to‘lanadigan maosh, bu lavozimlarga rahbarlar tayinlash 
borasida “Temur tuzuklari”da maroqli, hozirgi davr uchun ham ibratli fikrlar 
yozib qoldirilgan.
Amir Temur tasarrufidagi hududlarning iqtisodiyotini amaldorlar 
tomonidan rivojlantirishga, mehnatkash omma ahvolidan xabar olib turishga, 
zulmning kuchayib ketmasligiga jiddiy e’tibor berdi. Davlat qurilishining 
asosiy tarmoqlarida, hunarmandchilik, to‘qimachilikning hamma sohalarini 
81


rivojlantirishga e’tibor berildi. Buni shundan ham yaxshi bilish mumkinki, 
Herman Vamberining e’tirof etishicha, “Temurning paxta yigiruvchi 
korxonalari, Anqaraning movut korxonalari, Turkiya hamda Gurjistonning 
zargarlari, xullas, sanoatda qancha mohir ishchilar bor bo‘lsa, hammasi 
Samarqandga ko‘chdilar”
1
.
Uning yerga, dehqonlarga bo‘lgan munosabati, soliq olish siyosati ham 
o‘zidan avvalgi, o‘sha va so‘nggi davr uchun xosdir. D. N. Logofetning 
“Buxoro tog‘lari va tekisliklarida” nomli asarida ta’kidlanganidek, “...Uning 
(Amir Temurning) hokimiyatida fuqarolarga adolat bilan munosabatda 
bo‘lingan. Hatto moliyaviy masalalarda ham qat’iy tartib o‘rnatilgan. 
O‘zingiz tasavvur qiling, biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i 
degan narsa uning hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi. Temur 
amaldorlaridan ish yuritayotganda qonun va adolatga bo‘ysunishni talab 
qilgan. Qamchi va tayoq ishlatish qat’iy taqiqlangan, buni bajarmaganlar 
o‘limga hukm qilingan”
2
. Bu xususda gapirilar ekan, akademik 
V. V. Bartoldning asarlarida qiziqarli va juda foydali fikrlar bildirilganligini 
aytmoq zarur. Uning e’tirof etishicha, Amir Temur davrida o‘simlik 
o‘sadigan barcha yerlardan unumli foydalanilgan. Samarqand aholisi uch yil 
soliqdan ozod qilingan.
Yana zikr etilgan masalalar xususida akademik I. Mo‘minovning “Amir 
Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” nomli risolasida ham 
qimmatli mulohazalar bildirilganki, ularni ham keltirish joizdir. Temur 
yozadi: “Soliq yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani 
qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish zarur. Negaki xalqni 
xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, 
xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa o‘z 
navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi
3
. Shuningdek, 
hamma sohalar bo‘yicha qat’iy qoida asosida taftish va nazorat o‘tkazilgan. 
Mamlakatda savdo-sotiq rivojlangan. Ispaniya elchisi Klavixo o‘sha vaqtda 
Samarqand bozorlarida dunyoning turli burchaklaridan kelgan turli tilda 
so‘zlashgan savdogarlarni uchratish mumkin bo‘lganligini yozadi. Uning 
guvohlik berishicha, Samarqand butun Osiyo savdosida mol ombori o‘rnini 
olganligini fahmlash qiyin emas. Xususan, bunda ichki va tashqi savdo 
taraqqiy etgan. Bu davrda, ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘lining yanada taraqqiy 
etishiga e’tibor berilib, uning xavfsizligi ta’minlangan. Shu bois, 
Hindistondan juda ko‘p attorlik va bo‘yoq tijorati karvonlari tez-tez kelib 
turgan. Xitoy bu yerga ipak gazlamalar, har xil chinni buyumlar, 
qimmatbaho toshlar yuborardi. Shimoldan noyob po‘stinlar keltirilardi. 
Xullas, turli iqlimdan keltirilgan mollar Samarqand bozorlarida toy-toy 
bog‘lanib, Osiyoning eng katta markazlariga va Buyuk Ipak yo‘li orqali 
G‘
arbiy Yevropaga jo‘natilar edi. Savdogarlar bir yo‘l bilan Xorazm, 
1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish