7-ma’ruza
TURKISTONNING XONLIKLARGA BO‘LINIB KETISHI, UNING
SABABLARI VA OQIBATLARI
1. Shayboniy va Ashtarxoniylar davrida O‘rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy
munosabatlar
Bizga ma’lumki, Movarounnahr va Xurosonda Amir Temurdan keyin
hukmronlik qilgan Shohruh, Ulug‘bek va Husayn Boyqarolar vafotidan so‘ng
Temuriylar saltanati inqirozga yuz tutdi. Bu jarayon ancha avvalroq,
Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng boshlangan edi. Abdullatifdan so‘ng
(1450 y.) Samarqandda hokimiyat Shohruhning nabirasi Abdulloga o‘tdi.
Mironshohning nabirasi Abusaid Mirzo ham taxt uchun kurashib, Abdulloni
yengdi. U o‘z hududini kengaytira borib, Hirotni oldi va vaqtincha bo‘lsa-da,
Temuriylar saltanatini tikladi.
Movarounnahr Abusaid farzandlari o‘rtasida taqsimlandi.
Samarqandda
Sulton Ahmad, Buxoroda Sulton Mahmud, Farg‘onada Umar Shayx
hukmdorlik qila boshladilar. Shu orada Xurosonda hokimiyatga Husayn
Boyqaroning (1469–1506) kelishi tufayli Temuriylar davlati yana ikkiga
bo‘linib ketdi.
1495 yilda Umarshayx va Sulton Ahmad deyarli bir vaqtda vafot etdilar.
12 yoshida Farg‘onada hokimiyat taxtiga o‘tirgan Zahiriddin Muhammad
Bobur Movarounnahrni birlashtirish uchun so‘nggi kurashni boshladi
1
.
Bobur 1483 yil 13 fevralda Andijonda Umarshayx oilasida dunyoga keldi. U
1497 yilda katta qo‘shin to‘plab Samarqandga yurish qildi. Shaharni yetti oy
qamal qilib egalladi va u yerda uch oy hukmronlik qildi.
Lekin Andijonda
o‘ziga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun orqaga qaytishga
majbur bo‘ldi. Xo‘jandda o‘rnashib, bir yarim yildan so‘ng Andijonda
hokimiyatni tiklab, yana Samarqand yurishiga tayyorlana boshladi. Ammo
ahvol og‘ir edi. Bir tomondan, Temur avlodlari o‘rtasida taxt uchun kurash
avj olgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, Muhammad Shayboniy Samarqand
yurishiga hozirlanmoqda edi. 1499 yilda Muhammad Shayboniy Samarqand
taxtini egallab, Temuriylar saltanatiga chek qo‘ydi.
Bu davrda Bobur kichik
bir guruh (240 kishi) bilan Samarqandga otlandi. Lekin Shayboniy Boburdan
oldinroq Samarqandga kirdi. Shaharni egallagan Shayboniyning talonchilik
maqsadida atrof qishloqlarga chiqib ketganini eshitgan Bobur to‘satdan
hujum qilib, Samarqanddagi 8 ming kishilik qo‘shinni tor-mor qilib, shaharni
qo‘lga oldi.
1501 yilning bahorida Bobur Muhammad Shayboniy qo‘shinlari bilan
jang qilish uchun Samarqanddan chiqdi. Ko‘hak daryosi sohilida bo‘lgan
qattiq jang Bobur lashkarlarining mag‘lubiyati bilan tugadi. Bu esa
Shayboniyxonga Movarounnahrdagi mavqeini yanada mustahkamlashga
yordam berdi.
1
История
Узбекистана
.
Т
. 3. –
Т
., 1993. –
С
. 33–34.
92
Og‘ir ahvolda qolgan Bobur 1504 yilda o‘z
baxtini izlab
Movarounnahrdan butunlay chiqib ketishga qaror qildi. Tajribali sipoh, dono
davlat arbobi darajasiga yetgan Bobur oilasi, yaqinlari va xizmatchi
navkarlaridan 200 kishini olib Afg‘oniston sari yo‘l oldi. Qobul shahrini
egallab, u yerda qo‘shin to‘pladi. Shayboniyxon Samarqandni olishi bilan
amalda Temuriylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1500–1508 yillarda
Shayboniyxon tinimsiz urushlar olib borib, Farg‘onani,
Xorazmni, Xurosonni
ishg‘ol qildi. 1508 yilda Jom ostonalarida Temuriylarning oxirgi qo‘shini tor-
mor qilingach, ularning Movarounnahrdagi ildizi batamom tugatildi.
Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Markaziy Afg‘onistongacha
bo‘lgan ulkan mamlakat Shayboniylar mulkiga aylanib qoldi
1
.
1510 yilda Marv yaqinida Eron shohi Ismoil bilan to‘qnashuvda
Shayboniyxon yengiladi va halok bo‘ladi. Shoh Ismoil Xurosonni egallab,
Boburni shimolga – Movarounnahrga yurishga undaydi, unga qo‘shin va
yordam va’da qiladi. Bobur 1512 yilda Samarqandga yurib, uni egallaydi.
Biroq xalq uni
shoh Ismoilning gumashtasi deb, qo‘llab-quvvatlamadi.
Shunga qaramay, Bobur taxt uchun qattiq kurashadi. Biroq 1513 yilda u
Ubaydulla Shayboniy va Muhammad Temurlardan mag‘lubiyatga uchraydi.
Shu bilan Bobur va Shoh Ismoil o‘rtasidgi ittifoq barham topadi. Bobur
garchi Movarounnahrni qaytarib olish niyatidan voz kechmagan bo‘lsa-da,
lekin bundan keyin Shayboniylar bilan kurash olib borish maqsadidan
qaytadi. Qobulga qaytgach, Bobur 1525 yilda Hindistonga bostirib kiradi va
Dehli sultonini, so‘ngra rajputlar hokimi Rang Sint qo‘shinini tor-mor qiladi.
Bobur bu o‘lkada tarixda Buyuk mo‘g‘ullar nomi bilan shuhrat topgan
Boburiylar saltanatiga asos soladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda 332 yil
(1526–1858 yy.)
hukmronlik qildi
2
. Shunday qilib, Amir Temur va uning
avlodlari 144 yil Movarounnahrda, 37 yil Xurosonda, 332 yil Hindistonda,
jami bo‘lib tarix sahifasida 513 yil o‘z mavqelarini saqlab turdilar.
Shayboniylar Movarounnahrni 1500–1508 yillarda bosib olgan bo‘lsa-da,
Zahiriddin Muhammad Bobur mag‘lubiyatga (1512–1513) uchrab,
Movarounnahrdan chiqib ketgandan keyin, 1515 yilda ularning bu yerda
to‘la hukmronligi o‘rnatildi.
Shayboniylar sulolasi Movarounnahrda yuz yil hukmronlik qildi.
Lekin
ko‘chmanchi o‘zbeklar Movarounnahrning o‘troq, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan hayotiga katta ta’sir ko‘rsata
olmadi.
Shayboniylarning davlat boshqaruvi mulk tizimiga asoslangan edi.
Muhammad Shayboniy qo‘lga kiritilgan yerlarni o‘z qarindoshlari, sultonlar
va beklarga taqsimlab berdi. Ularning har biri mulk boshqaruviga ega bo‘lib,
bu yerda u mustaqil siyosat olib borishga intildi. Shu tarzda mustaqil, tarqoq
yer egalari Shayboniyxonning bosqinchilik yurishlari jarayonida birlashgan
bo‘lsalar-da, bu birlashish uzoqqa cho‘zilmadi. Mulk tizimining hukmronligi
natijasida davlat yana ayrim bekliklarga bo‘linib ketdi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: