O‘zbekiston ikkinchi, ya’ni boshqariladigan iqtisodiyot yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston tanlagan yo‘lning xususiyati shundan iboratki, uning maqsadi
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdir. «Ijtimoiy
jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti markazlashtirilgan rejali
bozordangina emas, balki erkin bozordan ham farq qiladi. U mustaqil
iqtisodiy andozadan iborat bo‘ladi. Uning erkin bozordan muhim farqi
shundan iboratki, u iqtisodiy va ijtimoiy asoslarning sintezi hisoblanadi. Bu
shuni bildiradiki, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi, to‘la-to‘kis ham
bozor iqtisodiyoti, ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi, iqtisodiy rivojlanish
samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash
maqsadini ko‘zlaydi»
1
.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bozor iqtisodiga o‘tishning o‘ziga xos
milliy yo‘li keyinchalik «o‘zbek modeli» deb atala boshlandi. Mustaqillikka
erishilganidan so‘ng, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar konsepsiyasi ishlab
chiqildi. Bu Prezident I. A. Karimov ilmiy asoslab bergan va olg‘a surgan
islohotlarning besh prinsipidir. Ular quyidagilar:
1) iqtisodning siyosatga nisbatan ustunligini ta’minlash;
2) bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi
bo‘lishi;
3)
qonunlarning va ularga rioya etishning ustunligi;
4)
kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish;
5)
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish.
Bu prinsiplar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda «o‘zbek modeli»ning ajralmas
qismi hisoblanadi. Ular o‘zida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy
qonuniyatlarini, respublikaning milliy xususiyatlari va sharoitlarini aks
ettirgan.
Birinchi prinsip – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi. Bu prinsip
iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari uchun poydevor
vazifasini o‘tashini va ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi.
Unda iqtisodiyotning o‘ziga xos obyektiv qonunlarining mavjudligi, bu
qonunlarsiz iqtisodiy faoliyat yuritish mumkin emasligi hisobga olingan.
Iqtisodiyot siyosiy kurashlar va mafkuraviy tazyiqlardan xoli, o‘ziga xos
ichki qonunlarga asosan rivojlanishi lozim. Lekin siyosat taraqqiyotning
zaruratidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin.
Ikkinchi prinsip – bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh
islohotchi bo‘lishi. Bu prinsipda davlat islohotlarning ustun yo‘nalishlarini
belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga
izchillik bilan rioya etilishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan
davrda davlat boshqaruv mexanizmini qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Bunda
faqat davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. Ma’lumki, taraqqiy etgan
ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi davlat hamisha tub o‘zgarishlarda
peshqadam bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda totalitar, rejali, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyotidan
erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tilmoqda. Shu sababli
1
Do'stlaringiz bilan baham: