O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Жалолов
 
А

Сиёсий
партиялар
ва
демократия

ўзаро
алоқа
ва
боғлиқлик
// 
Мулоқот
. – 1999. – 

3. – 4-
б

197


kengashning yig‘ilishida yashirin ovoz berish orqali 14 ta hududdan oltitadan 
saylandi. Senatning qolgan 16 nafar a’zosi Prezident tomonidan tayinlandi. 
2005 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Prezident 
I. A. Karimov “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va 
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” degan ma’ruza qildi. 
Unda taraqqiyotimiz muammolarini hal etishga qaratilgan nazariy masalalar 
ko‘tarildi. 
Mustaqillik yillarida respublikamizda davlat boshqaruvining yangi, 
zamonaviy tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik boshqaruvi davlatimiz 
boshqaruv tizimining o‘zagi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, SSSR 
davlati parchalanmagan davrda, 1990 yil 24 martda O‘zbekiston SSR Oliy 
Kengashining navbatdagi sessiyasida prezidentlik lavozimi ta’sis etilgan edi. 
Sessiya Islom Karimovni respublikamizning birinchi Prezidenti etib sayladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (89-moddasi)ga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat va ijro etuvchi 
hokimiyatning boshlig‘idir. Ayni vaqtda Prezident Vazirlar Mahkamasining 
raisi ham hisoblanadi. Yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalarning ortishi 
bilan prezidentlik boshqaruvi ham takomillashib bordi. Shu bois ham 
prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya boshqaruv 
hokimiyati qo‘shib yuborilib, Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga 
aylantirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobida O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti maqomi belgilab berilgan. Unga asosan, 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik 
bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha 
O‘zbekistonda kamida 10 yil yashagan O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini 
saylash tartibi 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vazifasini bajarib turgan davrda 
vakillik organining deputati va siyosiy partiya a’zoci bo‘lishi, tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 
1995 yil 26 martdagi umumxalq ovoz berishi (referendum) orqali 
I. 
A. 
Karimovning prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha 
uzaytirildi. 2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda 
I. A. Karimov ikkinchi marta O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib 
saylandi. «Fidokorlar milliy demokratik partiyasi»dan nomzodi ko‘rsatilgan 
I. A. Karimov saylovchilarning 91,90 % ovozini olib, saylovda g‘alaba 
qozondi
1
. O‘zbekiston xalqi yana bir bor I. A. Karimovga yuksak ishonch 
bildirdi. 
O‘zbekistonda o‘zbek milliy davlatchiligining taraqqiy etishi va 
respublika prezidentlik boshqaruvining qaror topishida I. A. Karimovning 
xizmatlari juda katta. Respublikada prezidentlik boshqaruvining joriy 
1
Qarang: 
Жўраев
 
Н

Президент
– 
Ватан
ва
миллат
тимсоли
// 
Мулоқот
. – 2000. – 

1. – 3-
б

198


qilinishi hokimiyat bo‘linishini adolatli tarzda amalga oshirishga imkoniyat 
yaratdi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining bir-biridan 
daxlsiz holda ish olib borishi ta’minlandi. 
O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy etilishining ikkita muhim 
jihati mavjud. Birinchisi – qadimdan Osiyoda «sharqona demokratiya» 
mavjud bo‘lib, u demokratiyaga ham, kuchli hokimiyatga ham keng 
imkoniyat yaratib bergan. Ikkinchisi – boshqaruvning parlamentar respublika 
usulidan farqli o‘laroq, prezidentlik respublikasida prezident umumxalq 
saylovida barcha fuqarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda 
prezident o‘z vakolatlarini parlament a’zolaridan emas, balki keng xalq 
ommasidan oladi. Ana shunday muhim jihatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 
boshqaruvning prezidentlik respublikasi usuli shakllandi. Shuningdek, 
respublikada boshqaruv tizimi ham izchillik bilan isloh qilib borildi. Dastlab 
respublikada davlat suverenitetini amalga oshiruvchi markaziy boshqaruv 
idoralari tizimi barpo qilindi. Ular jumlasiga Tashqi va Ichki ishlar, Mudofaa 
va Adliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati
Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa 
idoralar kiradi. 
Bozor munosabatlarining shakllanishiga imkon beruvchi iqtisodiyotni 
boshqarish tizimi ham shakllana boshladi. Unga Moliya vazirligi, Davlat 
mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, 
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Prezident huzuridagi 
Iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha 
idoralararo kengash va boshqa idoralarni kiritish mumkin. Qayta tashkil 
etilgan vazirliklar va qo‘mitalarning bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib 
chiqqan holda tuzilishi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan o‘zgartirildi. 
Respublikada ijroiya hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan 
tadbirlardan biri mahalliy davlat hokimiyati tizimida amalga oshirilgan 
islohotlardir. Yangi davlat organi – viloyat, shahar va tuman hokimligi 
boshqaruvi vujudga keldi. Boshqaruvning hokimlik shakli vujudga kelishiga 
bir qancha omillar sabab bo‘ldi. 
Birinchidan, ilgarigi xalq deputatlari kengashlari KPSSning 
yakkahokimligi tufayli partiya tashkilotlari rahbarlik qiladigan organga 
aylanib qolgan edi. 
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan mahalliy 
hokimiyat organlari o‘z hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 
ta’minlashga bevosita mas’ul bo‘lishi davr talabiga aylandi. 
Mahalliy hokimiyat tizimini isloh qilish bir qator zaruriy qonunlar va 
boshqa hujjatlar qabul qilinishini taqozo etdi. Bular «Mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risida»gi 1993 yil 2 sentabr, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish idoralari to‘g‘risida»gi 1993 yil 2 sentabr, «Xalq deputatlari 
viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi 1994 yil 5 
maydagi qonunlar va boshqa muhim hujjatlardir. 
«O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil 
etish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, viloyat, shahar va tumanlarda hokim 
lavozimi ta’sis etildi. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimini 
199


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tayinlaydigan, lavozimidan ozod 
qiladigan, tegishli xalq deputatlari kengashlari esa bu qarorni tasdiqlaydigan 
bo‘ldi. O‘z navbatida, tumanlar va shaharlarning hokimlarini tegishli viloyat 
hokimi tayinlaydigan, lavozimidan ozod qiladigan, tegishli xalq deputatlari 
kengashi esa tasdiqlaydigan bo‘ldi. 
Viloyat, shahar, tuman hokimi mahalliy hududning oliy mansabdor shaxsi 
hisoblanib, tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning 
vakolat muddati besh yil, ular o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida 
amalga oshiradilar, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlarning qarorlari va 
faoliyati uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. 
Boshqaruvning tarixiy va milliy shakli bo‘lgan hokimlik institutining 
tiklanishi va joriy qilinishida davr talabi namoyon bo‘ldi va u 
mustaqillikning dastlabki yillarida ko‘plab murakkab masalalarni 
muvaffaqiyatli hal qilish imkonini yaratdi. Mustaqillik yillarida o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari yanada rivojlandi va takomillashdi. 
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda o‘zini o‘zi boshqarish an’analarining ildizi 
ancha qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyingi yillarda mahalla, qishloq 
boshqaruvi yangicha mazmun bilan boyidi. Bu organlar o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Mahalla – 
O‘zbekiston milliy an’analariga mos bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish 
shakllaridan biri. Aytish mumkinki, mahalla – milliy qadriyatlarimiz beshigi, 
tariximiz va davlatimiz salohiyatining in’ikosi. Prezident I. A. Karimov uning 
jamiyatimizda tutgan o‘rniga katta baho berib: «Ma’lumki, asrlar mobaynida 
mahalalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi. 
To‘y-ma’rakalar ham, hayitu xasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. 
Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri 
shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga 
meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi 
mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda»
1

– degan edi. 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun mana shu ulug‘ ishni amalga 
oshiruvchi huquqiy asos bo‘ldi. Mahalla boshqaruvning eng ta’sirli shakli 
sifatida tan olindi. Shu maqsaddan kelib chiqib, respublikada «Mahalla» 
xayriya jamg‘armasi tashkil topdi. 
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi 
huquqini ro‘yobga chiqaradi, o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik 
vazifalarini, madaniy-ommaviy, ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda davlat 
organlariga yordam berishga jalb etiladi. Fuqarolarning yig‘inlarida ikki 
yarim yil muddatga mahalla raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari 
saylanadilar. Fuqarolar yig‘ini shu hududdagi yuqori organ hisoblanadi, u 
tegishli xalq deputatlari kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda 
zaruratga qarab chaqiriladi»
2

1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish