O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

Birinchidan
, biz dastlabki kunlardanoq mustaqil ravishda tashqi 
siyosat yurita boshladik. Tinchlik va hamjihatlik prinsiplarini olg‘a surdik. 
O‘zbekiston iqtisodiy va ma’naviy salohiyati buyuk davlat ekanini anglatib 
turdik va bu haqiqatni amalda namoyon eta boshladik. 
Ikkinchidan
, biz tashqi siyosatni ichki siyosat bilan uzviy bog‘lashning 
uddasidan chiqdik. Mamlakat ichkarisida osoyishtalikni saqlashga 
erishdik»
1
.
Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki 
jahon hamjamiyati uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Каримов
 
И

А
.
Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура

Т
. 1. – 
Т
., 1996. – 5–6-
б

190


14-ma’ruza
 
O‘ZBEKISTON HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT QURISH 
YO‘LIDA. FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING
BARPO ETILISHI 
1. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning xususiyatlari 
O‘zbekiston XX asrning so‘nggi o‘n yilligida mustaqillikka erishdi va 
o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Mustaqil suveren davlat deb e’lon 
qilingan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil ichki va tashqi siyosat olib 
borishni, barcha fuqarolarining manfaatlarini himoya qilishni, ularga huquq 
va erkinlik kafolatini berishni, shuningdek, xalq farovonligini oshirib 
borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot 
yo‘lining asl mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolar 
jamiyatini qurishdan iboratdir. 
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy 
sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Islohotlardan 
ko‘zlangan asosiy maqsad – demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini barpo 
etish.
Fuqarolik jamiyatining asoslarini barpo etish zarurligi to‘g‘risida fikr 
yuritib, I. A. Karimov shunday dedi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy 
makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol 
toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, 
uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga 
ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari 
kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir 
vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»
1

Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo qilish eski davlat tuzumini, 
birinchi navbatda, siyosiy tuzumni isloh qilishni taqozo etdi. Islohotlarni 
amalga oshirishga kirishishda, avvalo, ikki muhim omilni hisobga olish kerak 
bo‘ldi: birinchisi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda 
jahon tajribasidan foydalanish; ikkinchisi – milliy davlatchilik va boshqa 
sohalarda xalqimizning asl merosiga tayanish. 
Ayni paytda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda xalqaro 
miqyosda e’tirof etilgan prinsiplarga amal qilinmoqda. Bular quyidagilardan 
iborat: 
– insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va amalga oshirishi; 
– davlat va jamiyat boshqaruvida qonunning ustunligi; 
– davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar 
oldida hisob berishi; 
– hokimiyatning taqsimlanishi; 
– ko‘ppartiyaviylik; 
– inson huquqlarining ustuvorligi; 
1
Каримов
 
И

А

Хавфсизлик
ва
барқарор
тараққиёт
йўлида

Т
. 6. – 151-
б

191


– inson va davlat manfaatlarining uyg‘unlashuvi va h.k. 
Shuningdek, demokratik fuqarolik jamiyati qurishda xalqimizning asl 
merosi, respublika aholisining o‘ziga xos mentaliteti, ya’ni xususiyatlari 
hisobga olinmoqda. Bular quyidagilardan iborat: 
– aholining ijtimoiy hayotida kollektivizmga intilish, sabr-toqatlilik, 
andishalilik, hamjihatlik g‘oyasi va jamoatchilik fikrining ustunligiga 
tayanuvchi «sharqona demokratiya qadriyatlarining mavjudligi»; 
– aholi asosiy qismining islom diniga e’tiqod qilishi va ko‘plab diniy 
konfessiyalarning mavjudligi; 
– respublika aholisining ko‘p millatliligi (100 dan ortiq millat va elatlar 
vakillarining yashashi); 
– respublika aholisining yakka partiya, yakka mafkura hukmronlik qilgan 
jamiyatda yashaganligi; 
– deyarli 130 yillik mustamlakachilik davrida aholi siyosiy faolligining 
pasayib ketganligi. 
Respublikada demokratik fuqarolik jamiyati qurish borasida yuqorida 
qayd qilingan jahon tajribasi va millliy xususiyatlarimizning hammasi to‘liq 
hisobga olindi. O‘zbekistonda qurilayotgan huquqiy demokratik davlat bir 
qator prinsiplar va huquqiy normalar talablariga javob berishi kerak. Bular 
quyidagilardan iborat: 
– shaxs manfaatlari va huquqlarining ta’minlanishi; 
– Konstitutsiya va qonun ustunligining ta’minlanishi; 
– qonun oldida barchaning tengligi; 
– davlatning o‘zini o‘zi muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmga ega 
bo‘lishi; 
– ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotning raqobat asosida tashkil qilinishi, 
hech bir sohada monopol hukmronlikka yo‘l qo‘yilmasligi; 
– e’tiqod erkinligi va hurfikrlilikning hukmronligi. 
Bu talablarni amalga oshirish borasida O‘zbekistonda juda katta ishlar 
amalga oshirildi. Lekin demokratik davlatni barpo qilish – to‘xtovsiz 
jarayon. O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati qurishning 
xususiyatlaridan biri unda shunchaki demokratik jamiyat emas, balki 
demokratik odil jamiyat qurish yo‘li tanlandi. Adolat va haqiqat g‘oyasi 
davlatimiz va qonunchilik faoliyatimizning bosh yo‘nalishi bo‘lmish 
demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Prezident I. A. Karimov 
demokratik odil jamiyat qurish to‘g‘risida shunday deydi: «Biz shunchaki 
demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va 
haqiqatga intilish esa xalqimiz tabiatining eng muhim fazilatlaridan biridir. 
O‘tmishda oliy adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va 
bahoning asosi bo‘lgan. U davlatchilik negizlarini belgilash, islomiy qoidalar 
va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz tariximizdagi ana shu 
jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat qura 
olmaymiz»
1

1

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish