O‘zbekiston tarixi


Bozor munosabatlari sharoitida madaniyatni



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

2. Bozor munosabatlari sharoitida madaniyatni
rivojlantirish muammolari 
Insoniyatning ko‘p ming yillik tarixida boshlanayotgan yangi XXI asr 
madaniyat asri sifatida maydonga kelmoqda. U kelgusida mamlakatlar 
taraqqiyotini belgilashning bosh mezoni bo‘lib xizmat qiladi, deyish 
mumkin. Buning sabablari ko‘p bo‘lib, quyida ularning ayrimlariga 
to‘xtalamiz. 
Birinchidan, madaniyatsiz jamiyat rivojlana olmaydi. Madaniyatning 
tarkibiy qismlari bo‘lmish ilm va ma’rifat taraqqiyotning negizidir. 
Zamonaviy yo‘llar, binolar, zavod-fabrikalarni qurish uchun uni 
yaratuvchilariga, eng avvalo, madaniy saviya, aqliy salohiyat, tarixiy tajriba 
kerak bo‘ladi. Savodsiz, chuqur bilimga ega bo‘lmagan odam hech bir sohani 
rivojlantira olmaydi. Madaniy saviyasi sayoz me’mor hech qachon yaxshi 
loyiha yarata olmaydi. Iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantirish uchun ham bilim, 
tajriba, jahon ilm-fan yangiliklari va ishlab chiqarish texnologiyasi sirlaridan 
xabardor bo‘lish lozim. Demak, moddiy taraqqiyot uchun ham, iqtisodiy 
taraqqiyot uchun ham yuksak ma’naviyat va madaniy rivojlanish zarur. Shu 
bois ham madaniyat jamiyat rivojining darajasini belgilovchi mezon. 
Ikkinchidan, madaniyat barcha sohalarda ravnaq topmasa, hayot farovon 
bo‘lmaydi. Madaniyat – hayotning bir sohasigina emas. U ilmu fan, adabiyot 
va san’at bilan cheklanib qolmaydi, balki inson hayotining barcha sohalarida 
namoyon bo‘ladi. Ya’ni siyosiy sohada – siyosiy madaniyat, yuridik shaxslar 
va tartibni saqlash xodimlari uchun – huquqiy madaniyat, tabiatni saqlash 
uchun – ekologik madaniyat, ishlab chiqarishda – mehnat madaniyati, 
qishloq xo‘jaligida – agrar madaniyat, aholining bo‘sh vaqtini taqsimlashda – 
dam olish madaniyati, uy-ro‘zg‘orda – turmush madaniyati, kundalik 
turmushda – kiyinish va muomala madaniyati, muomalada – nutq madaniyati 
alohida ahamiyat kasb etadi va h.k. Hattoki, madaniyati yetarli bo‘lmagan 
ishchi yetishtirgan mahsulot ham xaridorga manzur bo‘lmaydi. 
Uchinchidan, madaniyatsiz jamiyatda vahshiylik ildiz otadi. Shu sababli 
mamlakatlar taqdiri ma’naviyatli rahbarning boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Demak, jamiyatdagi madaniy omillar – ilm, ma’rifat, adabiyot va san’at, din 
va mafkuraning taraqqiyoti mamlakat taraqqiyotini belgilaydi. 
To‘rtinchidan, madaniyat zavol topgan joyda urush-janjallar boshlanadi. 
Tarixdan ma’lumki, yovuzlikka qarshi ezgulik, yomonlikka qarshi yaxshilik, 
zulmatga qarshi esa ziyokorlik doimo kurash olib borgan va adolat g‘olib 
kelgan. YUNESKOning Toshkentda o‘tgan sessiyasida Prezidentimiz: «Men 
madaniyat va ma’rifat dunyoni jaholat va vahshiylikdan, diniy va milliy 
ekstremizmdan, etnik qarama-qarshilik, mintaqaviy mojaro va urushlardan 
saqlay olishiga ishonaman»
1
, – degan edi. 
1
Каримов
 
И

А
.
Биз
келажагимизни
ўз
қўлимиз
билан
қурамиз

Т
. 7. – 194-
б

223


Beshinchidan, ma’naviy madaniyatsiz insoniyat o‘zligini yo‘qotadi. 
Insoniyat qanchalik ilgarilab taraqqiy esa, unga shunchalik yuqori darajadagi 
madaniyat kerak bo‘ladi. 
Har qanday inson ma’naviy ravnaq topmasdan yuksak madaniyatli 
bo‘lishi mumkin emas. Ma’naviyatsiz esa madaniyat bo‘lmaydi. 
Mustaqilligimizning tobora mustahkamlanishi respublikaning har bir sohada 
o‘z yo‘lini tanlab olish imkonini beradi. Biz bugungi kunda iqtisodiy, siyosiy 
va ma’naviy sohalarda o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlab ola bilgan millatmiz. Yangi 
iqtisodiy taraqqiyot davrida har bir millat oldida o‘zligini saqlab qolish 
uchun milliy madaniyatni rivojlantirish vazifasi turadi. Milliy madaniyatning 
rivojlanishida milliy mentalitet katta o‘rin tutadi. 
O‘zbek milliy mentaliteti hech qachon milliy nigilizm botqog‘iga botgan 
emas. Milliy madaniyatimizning o‘ziga xosligini saqlash va tiklashga alohida 
e’tibor berishimiz kerak. Shuningdek, milliy o‘zlikni anglash jarayonida 
milliy madaniyatimiz jahon madaniyati va umumbashariy qadriyatlar 
ideallaridan hamda ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi 
mumkin emas.
Demak, jamiyat madaniyatining shakllanishida milliy ma’naviyat, milliy 
g‘oya, milliy mentalitet bilan birga, zukkolik, intellektual faollik, axloqiy 
yetuklik, shaxsning huquqiy bilimlarni egallashi va madaniy saviyasining 
yuksakligi asosiy o‘rin tutadi. Mustaqillik bizga ana shunday imkoniyatlarni 
yaratib berdi. 
Mustaqillik tufayli madaniy ne’matlar va ashyolar ishlab chiqarish, 
madaniyatni boshqarish, ma’naviy boyliklarni taqsimlash va iste’mol qilish, 
umumjahon madaniy boyliklaridan bahramand bo‘lish, milliy fe’l-atvor, 
milliy madaniyat, milliy turmush tarzini shakllantirish, vatandoshlarimizda 
milliy g‘urur, milliy ong, milliy g‘oya, dunyoqarash, milliy o‘zlikni anglash 
imkoniyatlari yaratildi. Ayni vaqtda, milliy madaniyatimiz o‘ziga xos tarzda 
rivojlanib bormoqda. 
Mustaqillik yillarida madaniyatga yondashuvda tub o‘zgarishlar yuz 
berdi. Uning mazmunini umuminsoniy qadriyatlar, milliy manfaat
ma’naviylikning mafkuradan xoliligi, davlat siyosatida ma’naviyat va 
maorifning ustunligi tashkil etadi. Agar sovet davrida madaniyat sohasi 
davlat budjetidan ta’minlangan bo‘lsa, mustaqillik sharoitida bu ishlar to‘rtta 
manbadan, ya’ni davlat budjeti, homiylar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar, 
madaniyat muassasalarining tijorat faoliyatidan ta’minlanmoqda. 
Shunga qaramay, madaniyat sohasini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat 
budjetining o‘rni ham tobora ortib bormoqda. Buni tushunsa bo‘ladi, chunki 
O‘zbekistonda madaniyat sohasiga kiruvchi muassasalar, madaniy 
yodgorliklar va inshootlar behisob. 1992 yilda respublikada 9310 ta 
madaniyat yodgorligi qayd qilingan bo‘lsa, ulardan 6721 tasi davlat 
muhofazasida. 90-chi yillarning boshida 62 ta muzey ishlab turgan. 1992 
yilning o‘zida bu muzeylarni 2,2 million odam ziyorat qilgan.
Mustaqillik yillarida badiiy qimmatga ega bo‘lgan madaniyat obidalarini 
ta’mirlash ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Qabul qilingan «Meros» 
dasturi orqali yangi madaniy inshootlar qurilishi va bor obidalarni qayta 
224


ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar, birinchi navbatda, tarixiy 
shaharlar – Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qarshi, Toshkent 
va boshqa joylarda olib borilmoqda. Agar 1990 yilda tarixiy obidalarni 
tiklash ishlariga 12,4 mln. so‘m sarflangan bo‘lsa, bu raqam 1996 yilda 643,6 
mln. so‘mni tashkil qildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy 
mamlakatlar ham sarmoya ajratmoqdalar. Masalan, Samarqanddagi Qusam 
ibn Abbos madrasasini ta’mirlashga Iordaniya hukumati 100 ming AQSH 
dollari miqdorida mablag‘ ajratdi.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mahalliy budjetlarning ulushi ham 
ortib bormoqda. Masalan, 1994 yilda respublika budjetidan bu ishlarga 64 
129,2 ming so‘m ajratilgan bo‘lsa, mahalliy budjetlardan 92 479 ming so‘m 
ajratildi. Shu pullardan 30 573,9 ming so‘mi teatr-konsert tarmog‘ini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 62 154 ming so‘mi o‘quv muassasalari 
tarmog‘ini mustahkamlashga sarflandi
1

Shuni nazarda tutish kerakki, 1998 yilda respublikada 9 538 ta madaniyat 
muassasasi bor edi. Ulardan 53 tasi teatr-konsert, 3 458 tasi madaniy-
ma’rifiy, 27 tasi o‘quv muassasasi edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni 
asbob-uskunalar va kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlash nihoyatda 
mushkul bo‘ldi. Shunga qaramay, bu muassasalarni moddiy ta’minlovchi 
davlat va mahalliy organlar bevosita shu ish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 
Prezidentimiz I. Karimovning 1996 yil 31 dekabrdagi «Musiqa tahsilini 
yaxshilash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, o‘quv yurtlariga 6,5 ming dona 
musiqa anjomlari ajratildi. 
Madaniy oqartuv muassasalarini ta’minlanishda sezilarli o‘zgarishlarga 
qaramay, bu sohada ham yechilmagan muammolar mavjud. Ayniqsa, 
kutubxonalarni kitoblar bilan ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda. 
Agar 1991 yilda respublika kutubxonalari fondida 5 mln. 189 ming 100 
nusxadan iborat kitob bo‘lgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 1 mln. 802 
ming 700 nusxani tashkil etdi. 1996 yilda har bir qishloq kutubxonasiga o‘rta 
hisobda 1,5 ta kitob ajratilgan. 1997 yilda 1084 kutubxona ta’mirtalab 
holatda edi, shulardan 163 tasi avariya holatiga kelib qolgan edi
2

Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga va ko‘rsatishga alohida 
e’tibor berilishi kerak. Shuningdek, milliy o‘zini o‘zi anglashning tiklanishi 
jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan
bizning ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi mumkin emas. 
Milliy tiklanish g‘oyasining asosiy vazifasi oldin o‘tgan voqealar va 
tarixda alohida o‘rin tutgan ayrim shaxslarni, eski tizimni tanqid qilishdan 
iborat emas. Maqsad – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotimizga to‘sqinlik 
qilayotgan barcha illatlardan tezroq qutulib, rivojlanish yo‘liga chiqib olish. 
Milliy g‘oyaning vujudga kelishida o‘zbekona fe’l-atvor katta ahamiyatga 
ega. Xalqimiz ongida insof va diyonat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash 
1
Qarang 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish