O‘zbekiston tarixi



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/119
Sana08.06.2022
Hajmi1,34 Mb.
#643552
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ma\'ruzalar kursi

10-ma’ruza
 
TURKISTONDA MUSTABID SOVET HOKIMIYATINING 
O‘RNATILISHI VA ISTIQLOLCHILIK HARAKATI 
1. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining 
zo‘rlik bilan o‘rnatilishi 
1917 yilda Rossiyada yuz bergan Fevral inqilobi Turkistondagi barcha 
siyosiy kuchlarning faollashuvi uchun keng imkoniyat yaratdi. Bu kuchlarni 
shartli ravishda quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) Rossiyadagi 
muvaqqat hukumat boshqaruv tizimiga mansub bo‘lgan Turkiston Ijroiya 
Qo‘mitasi; 2) mahalliy xalqlarning manfaatini ifoda etadigan «Sho‘roi 
islomiya» va shu asosda tashkil topgan turli xil milliy siyosiy kuchlar; 3) 
rusiyzabon siyosiy kuchlarni o‘z ichiga olgan o‘lka Soveti.
Ko‘rinib turibdiki, Turkistondagi hokimiyatga da’vogar siyosiy kuchlar 
Rossiyadagilaridan turli-tumanligi bilan farq qiladi. Ammo sanab o‘tilgan 
siyosiy kuchlar, o‘z oldlariga qo‘ygan maqsadlari turlicha bo‘lishiga 
qaramay, hokimiyatga barobar talabgor edi, desak uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Buning sabablari turlicha. Muvaqqat hukumat amalga oshirgan ba’zi 
islohotlar, xususan, mahalliy millat vakillarining davlat boshqaruvida 
qatnashishiga sharoit yaratilishi, mardikorlikka olinganlar va Sibirga surgun 
qilinganlarning uylariga qaytishlari ushbu hukumatning musulmon siyosiy 
kuchlari ishonchini qozonishiga olib keldi. Bu «Sho‘roi islomiya»ning 
muvaqqat hukumatni tan olishining birinchi sababi bo‘lsa, ikkinchisi – o‘sha 
davrdagi vaziyat Turkistonning to‘la mustaqil bo‘lishi masalasini kun 
tartibiga qo‘yish imkonini bermas edi, chunki bunday harakat qurollangan 
rus armiyasi bilan to‘qnashuvga va behisob qon to‘kilishiga olib kelishi 
mumkin edi.
O‘lka Sovetlarining muvaqqat hukumatni tan olishiga ham bir necha 
sabablar bo‘lgan. Sovetlarning ko‘pchiligini tashkil qilgan mensheviklar va 
eserlar Fevral burjua-demokratik inqilobi hali o‘z vazifasini bajarishi kerak, 
sotsialistik inqilobga hozircha fursat yetgani yo‘q, deb hisoblaganlar. Bundan 
tashqari, ular inqirozga yuz tutgan mamlakatda, jumladan Turkistonda ham 
javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqqan bo‘lishlari mumkin.
Sovetlar tarkibida kamchilikni tashkil qilgan bolsheviklargina haqiqiy 
vaziyat bilan hisoblashmasdan, turli nayranglar ishlatib, o‘z mavqelarini 
mustahkamlashga va hokimiyatni qo‘lga kiritishga jon-jahdlari bilan 
urindilar. Shunday ekan, nima uchun Oktabr qurolli to‘ntarishi sodir bo‘ldi, 
degan savol haqli ravishda tug‘iladi. Bu savolga javob berish uchun biroz 
orqaga qaytish va Fevral inqilobining maqsadlarini eslash lozim. Ular: 
urushni to‘xtatish; yerni – dehqonlarga, zavod va fabrikalarni – ishchilarga, 
hokimiyatni esa – Sovetlarga topshirish. Ammo muvaqqat hukumat mazkur 
vazifalarni bajarishga shoshilmadi.
Sal kam to‘rt yil davom etayotgan urush mehnatkash xalqning tinkasini 
quritgan edi. Ommada shunday ruhiy holat vujudga keldiki, kichik (balki 
soxta) bir ishonch, turtki uni boshi berk ko‘chaga tortib ketishi mumkin edi. 
134


Ana shu holatdan bolsheviklar ustalik bilan foydalandilar, keyinchalik 
bajarilmaydigan va’dalar berib, soxta obro‘ga erishdilar. Bundan tashqari
qo‘zg‘olon jarayonida ham tubanlikni nazarda tutgan «ekspropriatorlarni 
ekspropriatsiya qilish» (ya’ni talonchilarni talash) kerak degan shiorni 
o‘rtaga tashlab, Petrogradda hokimiyatni qo‘lga olishga erishdilar. 
Bu Toshkentdagi qo‘zg‘olon uchun muhim turtki bo‘ldi. 1917 yil 28 
oktabrda Toshkent ishchi va soldat deputatlari tashabbusi bilan boshlangan 
va hokimiyatni qo‘lga olishga qaratilgan harakatlar I Sibir polki tomonidan 
qo‘llab-quvvatlandi. Natijada 1 noyabr kuni qo‘zg‘olon g‘alaba qozonganligi 
e’lon qilindi.
O‘sha yilning 2 noyabr kuni, ya’ni qo‘zg‘olondan keyin Toshkentda o‘lka 
demokratik kuchlarining birlashgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokimiyat 
masalasi muhokama qilinib, syezd chaqirilgunga qadar mamlakatni 
boshqarib turuvchi Turkiston Muvaqqat O‘lka Ijroya Komiteti tuzildi. 
Ijroqo‘m tarkibiga e’tibor qiling. U 9 kishidan iborat edi, jumladan o‘lka 
Sovetidan – 3 kishi, dehqonlar o‘lka Sovetidan – 2, qirg‘iz deputatlar 
Sovetidan – 1, o‘lka musulmonlar Sovetidan – 1, eserlar partiyasi O‘lka 
komitetidan – 1, sotsial-demokratlar partiyasi markaziy byurosidan – 1 
kishi
. Komitet 15 noyabrda o‘lkadagi barcha demokratik tashkilotlarning 
syezdini chaqirish va o‘sha yerda hokimiyat masalasini hal qilishni 
mo‘ljalladi.
Lekin siyosiy kuchlar nisbati barchani ham qoniqtirmas edi. Birinchi 
navbatda, bolsheviklar bundan norozi edilar. Shuningdek, musulmon 
mehnatkashlarining turli siyosiy tashkilotlarida ham hokimiyat masalasida 
yakdillik yo‘q edi. Demokratik yo‘l bilan o‘z maqsadlariga erisha olmagan 
bolsheviklar yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, tazyiq o‘tkazish yo‘lini 
tanladilar. Bolsheviklar ta’sirida bo‘lgan Toshkent ishchi va soldat 
deputatlari soveti o‘lkadagi hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi hamda o‘lka 
Sovetining III syezdini chaqirib, o‘sha yerda hokimiyat masalasini ko‘rib 
chiqishni talab qildi va bunga erishdi. Chunki bu masala barcha demokratik 
kuchlarning qurultoyida muhokama qilinsa, bolsheviklar o‘z maqsadlariga 
erisha olmasliklari aniq edi.
Shunday qilib, Toshkent ishchi va soldat deputatlari Sovetining tazyiqi 
ostida 15–22 noyabrda o‘tgan III o‘lka Sovetlari syezdida bolsheviklar so‘l 
eserlar va maksimalistlar bilan birgalikda o‘z hukumatini tuzishga erishdilar. 
Bolshevik F. I. Kolesov Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining raisi 
lavozimiga tayinlandi. Hukumat tarkibi 15 kishidan iborat edi, jumladan 
bolsheviklar – 5 kishi, «so‘l» eserlar – 8 kishi, maksimalistlar – 2 kishi. 
Afsuski, hukumat tarkibiga bironta ham mahalliy millat vakillari kiritilmadi

Xo‘sh, Turkiston aholisining 95 foizini tashkil qiladigan mahalliy xalq 
vakillari nima uchun hokimiyat tarkibiga kiritilmadilar?
Bu voqeani Turkistondagi bolsheviklarning rahbarlaridan biri 
I. 
O. 
Tobolin III syezdda quyidagicha izohladi: «Bugungi kunda 
1
Qarang:

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish