tanishtirish orqali jaholatdan qutqarish, ko‘zini ochishni maqsad qilib
qo‘ygan ommaviy axborot vositalarini yaratish.
Jadidlar o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish va xalq ta’limining yangi
tizimini yaratishga harakat qildilar. Ular taraqqiyparvar ulamolar, mulkdorlar
yordamida bir qancha «jadid» («yangi uslub») maktablarini tashkil qildilar.
Bu maktablar o‘zining dastlabki davridayoq samarali ekanligini isbotlab,
aholining e’tiborini qozondi va tez orada ko‘payib bordi. Faqat
Turkistonning asosiy shaharlarida 92 ta yangi uslub maktablari faoliyat
ko‘rsatgan
1
. Shunga qaramay, aholini xurofotda saqlashdan manfaatdor
jaholatparst ruhoniylar jadid maktablarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatdilar.
Chor Rossiyasining ma’muriyati esa vaziyatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun
bu maktablarni o‘z nazoratida ushlab turish borasida maxsus xizmatlarga
topshiriq berganligi arxiv materiallaridan ma’lum.
Masalan, Rossiyaning Buxorodagi siyosiy agenti Turkiston general-
gubernatori S. V. Chirkinga yozgan maxfiy xatida (1914 y.) amirlikdagi
jadid maktablarining tashkilotchilari va o‘quvchilarining tarkibi haqida
batafsil ma’lumotlar keltiradi va bu maktablarni aholi yaxshi qabul
qilayotganligini tashvishlanib yozadi
2
.
Jadid maktablarining aholi e’tiborini qozonganligini quyidagi dalil bilan
ham isbotlash mumkin. 1914 yilda Buxoro amiri Sayid Olimxon jamiyatda
endigina o‘z o‘rnini topayotgan yangi uslub maktablarini yopishga, ota-
onalardan bolalarni maktabga yubormaslik haqida tilxat olishga farmon
beradi. Shunday bo‘lishiga qaramay, amalda yopilgan 4 ta maktab o‘rniga 45
ta norasmiy maktab pinhona ochiladi va faoliyat ko‘rsatadi
3
.
Jadidlar Turkiston kelajagi bilan bog‘liq g‘oyalarni xalqqa yetkazish
maqsadida o‘z gazeta va jurnallarini yaratishga harakat qildilar.
Maxmudxo‘ja Behbudiy 1913 yildan boshlab «Samarqand» gazetasini chop
qila boshladi. Keyinchalik bu gazeta «Oyna» jurnaliga aylantirildi. Bundan
tashqari, «Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston», «Sadoi
Farg‘ona», «Buxoroi sharif», «Turon» kabi gazetalar va jurnallar vaqti-vaqti
bilan chiqib turdi. Ular mahalliy aholining siyosiy va milliy ongini
shakllantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Shulardan «Sadoi Turkiston»
gazetasi mamlakatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish va jaholatdan xalos
etishning, madaniy-ma’rifiy uyg‘onishning bosh targ‘ibotchisi bo‘ldi, deyish
mumkin. Uning birinchi soni 1914 yil 1 aprelda dunyo yuzini ko‘rdi.
Gazetaning eng katta xizmatlaridan biri millatni g‘aflat uyqusidan
uyg‘otishga qaratilgan murosasiz tanqidiy qarashlari edi. Bu borada gazeta
yosh shoirlarning ijodidan foydalanishga harakat qildi. Misol tariqasida shoir
Abulhamid Cho‘lponning gazeta sahifalarida e’lon qilingan «Turkistonlik
qardoshlarimizga» she’ridan parcha keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: