O‘zbekiston tarixi


-yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga k



Download 4,82 Mb.
bet27/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

706-yil Qutayba katta qo‘shin bilan Movarounnahrga kirib keldi. Tabariyning ma’lumotlariga ko‘ra, Qutayba eng obod va boy shaharlardan biri Poykand tomon harakat qildi. Unining qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va CHag‘oniyon xokimlarining ham qo‘shinlari bor edi. Poykandning ko‘pchilik aholisi savdogarlar edi. SHaharda qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh edi. So‘g‘d va boshqa viloyatlardan kelgan kuchlar bilan poykandliklar arablarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Arablar sug‘dlar tomonidan o‘rab olinib Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi.Lekin ichki ittifoqning yo‘qligi, o‘zaro nizolar natijasida Poykand himoyachilarining kuchi zaiflasha bordi. Qutayba qal’aga birinchi safda borgan va shahid bo‘lgan kishilarning oilalariga katta mukofot va’da qildi. Ketma-ket 15 kun davom etgan janglardan so‘ng arablar qal’a devorini teshishga muvaffaq bo‘ldilar. . Qadimgi vaqtlarda Poykandni mustaxkamligidan “jez shahar” deb ataganlar.SHahardagi og‘ir janglardan so‘ng Poykand arablar qo‘liga o‘tdi. Ikki o‘rtada sulh tuziladi. Qutayba Poykand shahrida amir qilib Varqo ibn Nasr Bohiliyni tayinlab o‘zi Buxoro tomon yuradi. Poykandda hukmdor bo‘lib qolgan Varqo shahar xalqiga jabr va zulm o‘tkazadi, axloqiy buzuq ishlar bn shug‘ullanadi. Bunga javaoban shaharliklar qo‘zg‘olon ko‘taradilar. (Narshaxiy 120 bet). Qutayba bu xabarni eshitib tezda orqaga qaytadi va qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostiradi.

Poykand fojeasidan so‘ng Qutaybaga zarba berib uni mag‘lub etish maqsadida Sug‘d podshosi Tarxun, Buxoro hukmdori Xunukxudod, SHopurkom hokimi Vardanxudod boshliq katta qo‘shin yig‘ildi. Ularga turklar yordamga kelib, jami qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi. Ittifoqchilar qo‘shini Buxoro yaqinida Torob, Xunbun, Romiton oralig‘ida to‘plandi. Qutayba qurshovda qoldi. Arablarning ahvoli nihoyatda og‘irlasha bordi. SHunda bu ahvoldan qutulish uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang ishlatadi. Narshaxiyning yozishiga ko‘ra, Qutayba Xayon-an-Nabatiy ismli o‘z kishisini ittifoqchilar ichida qudratli bo‘lgan So‘g‘d podshosi Tarxunga maxfiy suratda vakil qilib yuboradi. Nabatiy Tarxunga arablar havo sovushi bilan shundoq ham Marvga qaytib ketajaklarini, holbuki turkiylar So‘g‘dni arablar ketganidan so‘ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar etkazadi. Bu xabar ittifoqchilar ichida bo‘linishga sabab bo‘ladi. Tunda sarosimaga tushgan Tarxun Qutayba lageriga sovg‘a-salomlar bilan 2 mln, dirham yuborib, evaziga sulh shartnomasi matnini oladi.

Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular erlarini egallay boshlaydilar. 708-709 yillar mobaynida Qutayba Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujum qiladi. Qutayba Buxoroga 4 marta yurish qilgan edi. Buxoro aholisi har safar Islom lashkari kelganda musulmon bo‘lar, qaytib ketgach, esa dindan chiqardi. Bu paytda Buxoro malikasi Xotun juda qarib qolgan edi, davlatni uning o‘g‘li Tog‘shoda boshqarar edi. Qutayba qattiq jangdan so‘ng Buxoroni egallaydi. Tog‘shoda Islomni qabul qilgach, Qutayba uni Buxoro taxtida hukmdor sifatida qoldiradi. Tog‘shoda 32 yil Buxoroni boshqaradi. U islomni qabul qilgandan keyin tug‘ilgan farzandidiga Qutayba deb ism qo‘yadi. Qutayba otasidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tiradi. U Abu Muslim davrida dindan qaytadi. SHu bois Abu Muslim tomonidan o‘ldiriladi.

Shu orada Xorazm shohi CHag‘on o‘z ukasi Nurzod boshchiligida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711 yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tor-mor qilinadi va o‘ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikka tobe bo‘lib, uning bojdoriga aylanadi. CHag‘onning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.




Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish