Bog'liq Amirlikda markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi ASHUROVA SHAHINA
Amirlikda markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi Amir Haydar hukmronligi Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga o‘g‘li Amir Haydar o‘tirdi (1800—1826). Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka urindilar. Biroq Amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira oldi va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirdi. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga olib keldi. Bu omil amirlik iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish uchun kurash olib borishga majbur bo‘ldi. 0 ‘ratepani qo‘lda saqlab qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi. Amir Buxoroning butun aholisini mamlakatni himoya qilishga da’- vat etdi. Xiva qo'shini Amudaryo qirg'oqlarida mag‘lubiyatga uchradi. Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsa-da, mamlakatda tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning amaldorlarining adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar hoshlandi. Ayrim viloyat hokimlari va yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lish maqsadi yo‘lida foydalanib qolishga urindilar. Chunonchi, Amir Haydaming ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Amir Haydarga qarshi bo‘lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni amirlik taxtiga o‘tqazmoqchi bo‘ldilar. Biroq markaziy hukumat bunga qarshi keskin choralar ko'rishga majbur bo‘ldi. Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qarshi qo'shin yubordi. Qo'shin sarkardasining buy rug 4 hilan Marv vo55 Amir Nasrullo hukmronligi hasini suv bilan ta’minlab turgan Sultonbandi to‘g‘oni buzib tashlandi. Suvsiz qolgan marvliklar o‘zlari yashab turgan joylardan boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Dinnosirbek esa Erondan boshpana topdi. Harbiy harakatlar oddiy mehnatkashlaming bnningsiz ham og‘ir ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Bu ham yetmaganidek, harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik va yer solig‘ining muddatidan oldin yig'ib olinishi 1821-yili Miyonqolda qo‘zg‘olon ko‘- tarilishiga olib keldi. Uni bostirishga qanchalik urinilmasin, amir qo‘shini qo!zg‘olonchilarning kuchini sindirolmadi. Amir oxir-oqibat qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi. Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida lining ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. NLhoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi (1826-1860). Amir Nasrullo amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklami yagona davlatga birlashtirish yo‘lida qat’iyat bilan kurash olib bordi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini to‘la bo‘ysundirish uchun kurash 30 yil davom etdi. Nihoyat, 1856-yildagina u Shahrisabz va Kitobni bo!ysundirishga muvaffaq bo!ldi. Bundan tashqari, mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. Natijada, fuqarolar jazoga tortilishdan qo‘rqqanlaridan uning nomini baland ovoz bilan ayta olmaydigan bo‘lib qoldilar. Hukmron tabaqalar amirga xushomadgo‘ylik qilardilar. Amaldorlar amirdan ko‘rsatma kutib o‘tirmasdan uning xohish-istagini topa bilishga intilardilar. Har bir amaldor amiming, kichik amaldor o‘zidan katta amaldoming qahriga uchrab qolishdan qo‘rqib yashardi. 0 ‘zining bugungi mavqcyi, mulki, hayoti, oilasining omonligi uchun shunday bir qo'rquv muhiti vujudga keltirildiki, natijada hech kim ishonch bilan ertangi kunidan umidvor bo‘la olmaydigan bo‘lib qoldi. Qo‘shni o‘zbek Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari Qo'qon va xonliklari bilan Xiva xonliklari bilan munosabatida o'zaro tomunosabat qatsizlik ustun edi. Bu toqatsizlikning asosida Buxoro amirligining mintaqada yetakchilikka erishish va bu ikki xonlik hisobiga mustahkamlanib olish maqsadi yotardi. 56 Shuning uchun ham Buxoro amirligi 1842-yilda hatto Qo‘qoo xonligini ham bosib oldi, Biroq Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Shu yilning o‘zidayoq Qo‘qonda Buxoro bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi. Tez orada bu ikki davlat o‘rtasida у ana urush kelib chiqdi. 1843-yilda amir Nasrullo Xo‘jand va 0 ‘ratepani qo‘lga kiritish uchun Qo!qon xonligiga qarshi kurash hoshladi. Bu ikki shahar o‘n yillar davomida qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelardi. Nihoyat bu safar Buxoroning qo‘li baland keldi. 1843-yilda Marv viloyati uchun talashayotgan Buxoro va Xiva o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi. Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin Marv Buxoro amirligi tarkibida qoldi. Faqat 1845-yildagina Xiva xonligi Marvni egalladi.