O‘zbekiston tarixi


Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo



Download 4,82 Mb.
bet23/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyo

Mil. avv. 555-540-330 yillar O‘rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. O‘rta Osiyo viloyatlari va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko‘pchilik olimlar turli yillarda tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar Eroni hududlari tarixi bilan bog‘liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.

Bu davr Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi. Qalayimir, Kuchuktepa, Qizilcha, Bandixon kabi ko‘plab yodgorliklardan dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat qurollari-o‘roqlar, ketmonlar, yorg‘uchoq va dehqonchilik mahsulotlari qoldiqlarining topilishi dehqonchilikdan dalolat berib, dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orishga asoslanganligini ko‘rsatadi.

Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (Hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u erdan topilgan kulolchilik buyumlari ko‘hna shaharning eng qadimgi qatlamlari mil. avv. Vasrning o‘rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi.

Mil. avv. VI-IV asrlarda So‘g‘diyona hududlarida ko‘plab shahar va qishloqlar bo‘lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to‘lab turar edilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan bu davrga oid Uzunqir, Erqo‘rg‘on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Afrosiyob, Xo‘ja Bo‘ston kabi 50 dan ziyod ko‘hna shahar va manzilgohlar ochib o‘rganilgan.

So‘g‘diyonaning poytaxti bo‘lgan Afrosiyob (Samarqand)da shahar hayotining rivojlanishi So‘g‘diyona va butun O‘rta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi hamda inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan. So‘g‘diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo‘lgan Erqo‘rg‘onni (Qashqadaryo) tadqiqotchilar yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb hisoblaydilar.

Mil. avv I ming yillikning o‘rtalarida Xorazm ham rivojlanishi jarayonini boshdan kechiradi. Xorazm tadqiqotlari natijalariga qaraganda VI-IV asrlarda bu hududda yirik-yirik manzilgohlar mavjud edi. Bu davrda Xorazmda inshootlar qurilishida xom g‘isht, paxsa ishlatilgan. Manzilgohlar va turar joylardan topilgan topilmalarning boy va qashshoqligi bu erda mavjud bo‘lgan ijtimoiy va mulkiy tengsizlikdan dalolat beradi. SHaharlar aholisining asosiy mashg‘uloti hunarmandchilik bo‘lgan. Ko‘plab topilgan sopol, bronza, temir buyumlar fikrimiz dalilidir. Xorazmda bu davrda mahalliy o‘troq aholidan tashqari ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashagan bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy harbiy to‘qnashuvlar, iqtisodiy va madaniy munosabatlar bo‘lib turgan.

Mil. avv. IV asrning o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi va Makedoniya podshosi Fillip II boshchiligida mil. avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning o‘ldirilishi tufayli bu kurash to‘xtab qoldi. O‘sha yili taxtga Fillip II ning o‘g‘li 20 yoshli Iskandar (Aleksandr) o‘tirdi. Bu paytga kelib, yunon shahar-davlatlarida Iskandarga qarshi harakatlar boshlangan bo‘lib, yosh podsho bu harakatlarning barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi.

Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo‘shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi. Bir necha g‘alabadan so‘ng mil. avv. 330-329 yillar qishida Makedoniyalik Iskandar qo‘shinlari Hinduqush dovonidan o‘tib SHimoliy Baqtriya erlariga chiqib keladilar. Bu paytdagi Baqtriya satrapi Bess o‘z qo‘shinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. Ammo, tajribali yunon-makedon qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qal’alarni egalladi. Maroqandadan so‘ng yunon-makedon qo‘shinlarining yurishi nihoyatda og‘ir kechdi. Mahalliy so‘g‘diy aholi dushmanni o‘ta norozi kayfiyatda kutib oldi hamda bir tan- bir jon bo‘lib unga qarshi chiqdi. Natijada Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida ham Iskandarga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. Asosan Spitamen boshchilik qilgan bu qo‘zg‘alonlar mil.avv. 329-327 yillarda shafqatsizlarcha bostirildi.

YUnon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Ular yunonlar o‘ylaganidek, “varvarlar” va madaniyatdan orqada qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Iskandar qo‘shinlari butun SHarq davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirganlarida So‘g‘diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Iskandar tarixini yozgan ko‘pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar.

O‘zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi qadimgi davrlardan boshlab bosqinchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borib o‘z ozodligi va mustaqilligi yo‘lida bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko‘p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan.

Makedoniyalik Iskandar Salavkiylar, Parfiya va YUnon-Baqtriya davlatlari turli xalqlar, elatlar va qabilalarning zo‘rlab birlashtirilgan yig‘indisidan iborat bo‘lib, faqat qo‘rqitish va qurol kuchi orqali idora qilinar edi. Mil.avv. 323 yilda Makedoniyalik Iskandarning Bobilda to‘satdan vafot etishi siyosiy vaziyatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. YUnon diadoxlari (hukmdorlar, amaldorlar) o‘rtasida hokimiyat uchun shafqatsiz kurash boshlandi.

Mil.avv. 312 yilda Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka diadoxlar bilan bo‘lgan kurashda ustun kelib Bobil, Suziana, Midiya va boshqa qo‘shni viloyatlarni bosib oldi va ko‘p o‘tmay Old Osiyo, Eron va O‘rta Osiyo hududlariga ham o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Salavkiylar hokimiyatni egallagan paytdayoq ularning O‘rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu sababli O‘rta Osiyo viloyatlari erlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi SHarqiy noiblik (straplik)larni ta’sis etdi.

O‘zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil. avv. 293-261 yy.) Antiox G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o‘z davlatining sharqiga, shumladan O‘rta Osiyo erlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda uning viloyatlarida iqtisodiy o‘zgarish yuz beradi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo‘lishiga qaramasdan, O‘rta Osiyo ular davlatining eng muhim qismi edi. O‘rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari bo‘yida shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas.

Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda tilga olinadi. (Stratonik, Aleksandr, Gieraks va b.). Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy aholidan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan yunon-zodagonlar bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati, O‘rta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda (katoykiyalarda) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Aholiga jabr-zulm qilishda mahalliy hukmron guruh vakillari ham ishtirok etardilar.

Mil. avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy satraplari siyosiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa YUnon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar.

YUnon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa, Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.

YUnon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo‘lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib bu viloyat hokimlari podshoga bo‘ysunar edilar. Ba’zi tadqiqotchilar So‘g‘d va Farg‘ona ham YUnon-Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o‘tmagan deydilar. So‘nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko‘plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o‘ng va so‘l qirg‘og‘i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o‘zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu erlarni YUnon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140-130 yillar davomida YUnon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, bu davrda Diodot, Evtidem, Evkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‘chmanchilar zarbalari ostida YUnon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish