O‘zbekiston tarixi


yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G‘urak e



Download 4,82 Mb.
bet28/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G‘urak edi. G‘urak Qutaybaga qarshi chiqadi. Kattaqo‘rg‘on yaqinidagi Arbinjon mavzesida shiddatli jang bo‘lib o‘tadi. Ammo G‘urakning kuchlari ozlik qilib Samarqandga chekinishga majbur bo‘ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro hokimlari qo‘shinining qatnashuvi, sug‘diylarning yakkalanib qolishlari va atrofdan yordam ololmasliklariga sabab bo‘ladi. Undan tashqari Samarqand zodagonlari ichida birlik ham yo‘qoladi. Tarxunning o‘limidan so‘ng uning tarafdorlari ko‘proq arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi Devashtich shu guruhga rahbarlik qila boshlaydi. Qutayba esa "Tarxun o‘limi uchun qasd olaman" deb e’lon qiladi.

Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy hoqon va Farg‘ona ixshidiga murojaat qilib ulardan yordam so‘raydi. Turkiylar qo‘shini bu paytda Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib Farg‘ona va Shosh qo‘shinlari bilan birgalikda ittifoqchilar lashkarini vujudga keltiradi. ittifoqchilar qo‘shinining tepasiga lashkarboshi etib Turkiy hoqonning kichik o‘g‘li Inal hoqon tayinlanadi. Qutayba darhol o‘z ukasi boshchiligida saralangan qo‘shin tuzib, ittifoqchilar yo‘liga tuzoq qo‘yadi. Arablar ittifoqchilarni tor-mor etib, ularning mol-mulklarini talaydilar.Qutayba shundan so‘ng Samarqandga hujumni kuchaytiradi. Shahar ra’danroz (tosh otg‘ich)lardan o‘qqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik ko‘rsata boshlaydilar. Bir oy davomida shahar mudofaachilari Samarqandni qahramonona mudofaa qildilar. Arablar oxir oqibatda shahar devorlarini buzib shahristonga bostirib kirdilar. Samarqand arablarga taslim bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida sulh tuzildi. Shartnomaga binoan u arablarga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to‘lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o‘rnida berishi ko‘zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o‘z joyidan mahrum etiladi. Arab qo‘shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O‘rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida CHoch viloyati, Farg‘ona vodiysini egallaydi, ko‘p o‘tmay o‘lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg‘ol qilinadi.

Farg‘ona orqali Qutayba Marvga yo‘l oladi. Marvda xalifa Valid vafot etgan bo‘lib, xalifalik taxtiga uning raqibi Sulaymon ibn Abdumalik o‘tirgan edi. Qutayba unga ishonmas edi. SHu sababali u Sulaymonga qarshi ochiq isyon ko‘taradi. Ammo isyonchi sifatida o‘z askarlari tomonidan o‘ldiriladi. Bu 714 yilda Qutayba 47 yoshida sodir bo‘lgan edi.

SHunday qilib, arablar dunyoning eng qadimiy va madaniyat o‘lkalaridan biri bo‘lmish Movarounnahrni o‘z mustamlakalariga aylantiradilar. Nima sababdan sahroi arablardan o‘z taraqqiyotida ancha ilgarilab ketgan ajdodlarimizni istilochilar tez va oson bosib ola oldilar? Birinchidan, o‘lka xalqlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy birlikning bo‘lmaganligI va feodal tarqoqlikning mavjudligi. Arablar bostirib kelganida o‘lkada bir-biriga dushman 15 dan ortiq kichik-kichik davlatchalar bor edi. Bundan arablar ustalik bn foydalandilar. Ikkinchidan, arablar ko‘chmanchi turk qabilalari bn mahalliy o‘troq xalqlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklardan ham foydalandilar. Uchinchidan, arablar Movarounnahrga qadar juda ko‘lab boshqa mamlkatlar va aholi hududlarini bosib olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi kuchlari, moddiy boylik imkoniyatlaridan o‘lkamizni bosib olishda foydalandilar. To‘rtinchidan, arablar Movarounnahr hududlariga bostirib kelganlarida bu erda ko‘p dinlik hukm surardi. Bu hol arablarga qarshi o‘lkamiz hududi xalqlarining birlashuviga to‘sqinlik qildi va arablarning g‘alabasini engillashtirdi.

Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo‘ravonlik o‘tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo‘l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko‘plab ibodatxonalari, muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug‘ bobokalonimiz Beruniy o‘zining «O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o‘ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So‘ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo‘q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning nazarida g‘ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo‘q qilindi. Bularning o‘rniga arablar aholidan olingan mo‘may daromadlar, to‘lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da’vat etdilar. YUrtimiz jilovini qo‘lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o‘lponlarni joriy etdilar.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish