Amir al-mo‘‘minin (ar. — mo‘‘minlar amiri) — ilk Islom davridagi xalifalarning unvoni. Usha davrda diniy na dunyoviy hokimiyat xalifalarning qo‘llarida jamlangan. Bu vazifalarni bajaruvchilar "xalifa", "imom", "amir" unvonlari bilan birga, har uchala mazmunni ifodalovchi amir al-mo‘‘minin unvoni bilan atashgan.
Amiri lashkar — Temuriylar, SHayboniylar va xonliklar chiirida keng tarqalgan eng yuqori harbiy unvon, bosh • .umondon. Masalan, Qo‘q°n xonljida amiri lashkar lavozimi yirik harbiy harakatlar davrida mavjud bo‘lib, unga odatda Mingboshy, otaliq yoxud shahzodalar belgilangan.
Amiri shikor — ma’lumki, ov barcha hukmdorlar hayotida katta o‘rin tutar edi. Bu lavozim egasi xon va sultonlarning pilarini uyushtirib turishi kerak edi. SHikorgoh atrofidagi qishloqlar aholisining o‘z ot-ulovi, qurol-aslahasi bilan kelib xon va sultonlarning ov o‘tkazishida ularga yordam berishi, ular qo‘nib qolganlarida qo‘noq hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash ishlari ham amiri shikorning vazifasi hisoblanar edi.
Amir ul-umaro (ar. — amirlar amiri, oliy amir) — O‘rta asrlarda Movarounnahrda keng tarqalgan eng yuqori harbiy unvonli amaddor. U oliy bosh qo‘mondon hisoblanib, butun harbiy ishlar uning qo‘lida bo‘lgan. CHig‘atoy ulusi davrida hukmdorning barcha bosh ijro idoralari (devonlar) ham amir un-umaro qo‘lida bo‘lgan.
Aristokratiya (yun.— yaxshilar hukmronligi) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya qadimgi dunyo mamlakatlarida, xususan, qadimgi YUnonistonda davlat hokimiyati shakllaridan biri bo‘lib, unda hokimiyat zodagon oqsuyaklarning qo‘lida to‘plangan. Aristokratiya boshqaruv tizimiga qarshi o‘laroq miloddan avvalgi V asrda Afina hokimi Solon umumxalq boshqaruv tizimini jorii etib, uni demokratiya deb atagan.
Aryanam veja — "Avesto" kitobiga ko‘ra Zardushtiylikning muqaddas olovi — "Azarxo‘rro" birinchi marta yoqilgan yurt, Payg‘ambar Zardushtning vatani. "Avesto"da Axuramazda tomonidan yaratilgan o‘lkalar orasida birinchi bo‘lib, Aryanam veja keltariladi va bu erda yilning to‘qqiz oyida qish bo‘lishi ta’kidlanadi. "Avesto" geografiyasi bilan shug‘ullangan ba’zi tadqiqotchilar Aryanam vejani hozirgi Amudaryoning quyi havzalari (Xorazm)ga to‘g‘ri keladi deb hisoblasalar, boshkalari O‘rta Osiyoning shimoliy hududlari deb tushunadilar.
Ark — davlatchilikning ilk bosqichlaridan boshlab, to so‘nggi o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarda O‘rta Osiyo hududlarida vujudga kelgan davlat hukmdorlarining qarorgohi. Tarixiy yozma manbalarda kuxandiz, diz, koh, qasr, qal’a, hisor, Arki a’lo, o‘rda, sitadel deb ham yuritiladi. Arqda, asosan, xukumat idoralari, amaddorlarning uylari, devonxona, tanga zarb qilinadigan zarbxonalar joylashgan. Odatda ichki shahar -ark ham mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |