2-seminar
2-Mavzu. Qadimgi dunyo davlati va huquqi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida davlat va huquq. Misr va Vavilon davlati va huquqi.
Reja:
1. Misr davlatining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy tuzimi.
2. Qadimgi Misr huquqining belgilari.
3. Vavilon davlatining tashkil topishi va ijtimoiy-siyosiy tuzimi.
4. Xammurappi qonunlari.
Adabiyotlar
1. Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. Darslik. 2-qismli. 1-qism. – Toshkent:Yangi asr avlodi, 2003. 23-42 b.
2. Muhammedov H.M. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. Darslik.,1-qism, -Toshkent «Adolat» 1999. 39-184betlar.
3. Омелченко В.О. Всеобщая история государства и права. Учебник. Част 2. –Москва:Эксмо, 2005. –С. 53-105.
4. История государства и права зарубежных стран. Учебник в двух частях. Част 1. – Москва: Инфра-Норма, 2001. –С. 71-128.
Seminar bo‘yicha topshiriq
1.Mavzuni reja asosida konspekt qiling.
2.Mavzu doirasida 10 atamadan iborat glossariy tuzing.
3. Huquqiy masalani yechib, javobini fayl ko‘rinishida yuboring
Huquqiy masala № 2
Bobillik bir bairum (…) olis mamlakatga harbiy yurishlarga jalb etildi. Uning xizmat evaziga olgan yeri va bog‘lari bor edi. Ammo u bir yildan keyin harbiy xizmatdan bỹyin tovladi. Oradan tỹrt yil ỹtgach u ỹz mulkini talab qilib sudga murojaat qildi. Sudning qarori qanday bỹlishi kerak?
Nazorat uchun savollar
1. O‘rta asrda G‘arbiy Yevropa davlatlarining ijtimoiy-siyosiy tuzumidagi o’ziga xos qanday xususiyatlarini bilasiz?
2. Syuzirenitet vassalitet munosabatlarini tushuntirib bering?
3. Franklarda davlatni tashkil topishining qanday xususiyatlari bor?
4. Pravdalar nima? Qaysilarini bilasiz?
5. Fransiya huquqining qanday manbalarini bilasiz?
6. Yustinian kodifikatsiyasi va uning ahamiyatini gapirib bering?
7. Vizantiyada sud protsesslarining turlarini aytib, har birining sudlov jarayonlarini tasvirlab, tahlil qilib bering?
8. Erkinlikning Buyuk xartiyasi haqida turlicha fikrlar bor. Siz uni qanday baholaysiz?
7-mavzu
9. Cherkov (Kanonik) huquqi haqida nimalarni bilasiz?
10. Nima uchun Germaniya davlati «German millatining Muqaddas Rim imperiyasi» deb atalgan?
11. Angliyadagi «Erkinlikning Buyuk xartiyasi» qanday davlat organlarining tashkil topishiga sabab bo’ldi?
12. «Umumiy huquq» (Sud pretsedenti) qanday vujudga keldi?
13. Huquqning xilma-xilligi (Partikulyarizmi) nima?
«Karolina» kodeksining ishlanilishi va qabul qilinishi sabablarini bilasizmi?
Huquqiy masala №5
Salik pravdasi bo’yicha yashayotgan ozod kishi, xuddi shunday frankni bahslashish orqasida hayotdan maxrum qilib (o’ldirib) qo’ydi. Uning ota-onalari Raxinburglar sudiga murojaat qilib unga nisbatan jazo qo’llashni so’radilar. Sudda uning aybi isbotlanib fosh etildi. Sudning hukmi qanday bo’lishi kerak? Agarda vafot etgan kishi qirol xizmatida bo’lgan bo’lsachi? Yoki ozod frank ayoli o’ldirilgan bo’lsachi? O‘ldirilgan Rim grajdani bo’lsachi?
«Salik pravdasi»ning matnini yaxshi o’qib chiqing. Uning tegishli bobi va moddalarini topib sharhlab sudning hukmi qanday bo’lishini aniqlang? Bu jazo tizimining kompozitsiyaviy xususiyatini ochib bering?
Huquqiy masala №6
Boveziyalik fuqaro uyni yoqib yuborganlikda ayblanib qo’lga olindi. Ushbu joyning odatlari bo’yicha sud hukmi bilan qanday jazolanishi lozim? O‘g‘irlik qilgan bo’lsa-chi? Din yo’lidan adashgan, unga ishonmaydigan yoki uning yo’liga kirmaydigan kishi bo’lsa-chi?
«Boveziya kutyumlari»ga binoan sudning hukmi qanday bo’lishi lozim?
Huquqiy masala №7
Xristianlikni himoya qilish uchun Xudo, yerdagi podsholikga ikkita-papa uchun diniy, Imperatorga esa dunyoviy qilich yuborgan! Papaga ma’lum vaqtlarda oq ot minib yurishni, imperatorning esa, egar og‘ib ketmasligi uchun, otning jilovini tutub borishini belgilagan. Bu shunday narsani anglatadi-ki, kim Papaga qarshilik ko’rsatsa-yu, unga cherkov sudi orqali majburlov chorasi qo’llash mumkin bo’lmasa, unda Imperator, Papaga itoat etishni ta’minlash uchun dunyoviy sud orqali ta’sir etishi lozim. Xuddi shuningdek, diniy hokimiyat ham, zarurat bo’lgan hollarda, dunyoviy sudlarga yordam berishi lozim.
«Ikki qilich nazariyasi»dan olingan bu g‘oyalar qaysi huquqiy yodgorlikda keltirilgan? Uning mazmuni va ahamiyati nimada? O‘rta asrlar davlatchiligida bu g‘oyalar qanday munosabatlarni tartibga solishga mo’ljallangan?
Huquqiy masala №8
Saksoniyalik jamoachi dehqon Karl o’zi a’zo bo’lgan jamoa yerlaridan bir qismini jamoa ro’xsatisiz, bu menga tegishli deb atrofini devor va chuqur ariq bilan o’rab oldi. Uning bu harakati jamoaning noroziligiga sabab bo’lib, qishloq oqsoqoli tomonidan u javobgarlikga tortilib huquqiy chora qo’llanildi. Ammo u, oqsoqol oldida javob berishdan bosh tortib qo’llangan chorani ijro etmadi. Shunda u yuqori sud idoralari tomonidan javobgarlikga tortilib jamoaning buzilgan huquqi tiklandi.
«Saksoniya zersalosi»ga ko’ra, dehqon qanday huquqiy buzilishlarni sodir etgan? Oqsoqol jamoachi dehqonga qanday chora belgilagan? Yuqori sud idorasichi?
1. Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning maqsadi :mazkur metod tinglovchilar yok iqatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’zbi-limlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yang imavz ubuyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo’llani-ladi.
Namuna: “Tayanch tushunchala rtahlili”
Tushunchalar
Sizningcha butushuncha qandayma’noni anglatadi?
Qo’shimcha ma’lumot
Tan kodeksi
Tayxoriyo
Imperator
Ijtimoiy-siyosiy tuzum (Yaponiya, Xitoy)
Topshiriqlarni fayl ko’rinishida yoki rasmga tushirib yuboring.
§ 2. Angliya davlati va huquqi.
Angliya davlatining o‘ziga xos bir necha xususiyati mavjud. Uning birinchi xususiyati – Angliya urug‘doshlik tuzumining yemirilishi bilan o‘rta asr yer ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo‘la boshlagan davlatdir; ikkinchidan, Angliya davlatiga yana shu narsa xarakterliki, bu yerda Fransiya va Germaniyada bo‘lganidek, siyosiy tarqoqlik davrini ko‘rmaymiz, chunki Angliyada feodallar egallashi mumkin bo‘lgan bo‘sh yerlar yo‘q edi. Qirol o‘z askarlari va otliqlariga faqat urushlarda halok bo‘lgan Anglo- sakson zadogonlarning yerlarini bo‘lib berishi mumkin edi.
Asosiy darslik kitoblarida Angliya davlatining o‘rta asrlardagi rivojlanishi quyidagi asosiy davrlarga bo‘linib tahlil etiladi: 1. Anglo - saksonlarning ilk monarxiya davlati IX-XII asrlar; 2. markazlashgan senorial monarxiya XI-XIII asrlar; 3. Tabaqa –vakillik monarxiyasi davri XIII asrning ikkinchi yarmi va XV asr; 4. mutloqiy monarxiya XV asrning oxiri va XVIII asrning o‘rtalari;
Angliya davlati V-X asrlarda tashkil topib, u Anglo-saksonlar davlati deb nomlangan. Uning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Franklar davlatinikiga o‘xshash bo‘lgan. Aholi ozod (erlы), yarim ozod (let) va qullardan iborat bo‘lgan. Bulardan tashqari kam yerli dehqonlar (kerlы) ham bo‘lib, ular XI asrga kelib krepostnoy qaram dehqonlarga aylanganlar. Yer egaligining vujudga kelishi va uning rivojlanishi bilan kommendatsiya – ya’ni dehqonlarning u yoki bu feodal qaramog‘ida bo‘lishga majburiyligi paydo bo‘ldi.
Davlat tizimida VII asrlarda Angliya hududida 7 ta mustaqil davlat bo‘lib, bu davlatlar XI asrda bitta davlatga birlashdi. Davlatning boshlig‘i rasman qirol hisoblansa-da, ammo u hali kuchsiz edi. Qirolga harbiy va sud hokimiyati tegishli bo‘lgan.
Davlatning mo‘him tashkilotlaridan biri donishmandlar kengashi (Vitanogemot) bo‘lib, urug‘doshlik tuzimidagi xalq yig‘ilishi o‘rniga paydo bo‘lgan. Bu organ qonun loyihalarini muhokama qilgan, urush va tinchlik masalalarini hal etgan, yangi soliqlar ta’sis qilgan.
Mamlakat grafliklarga bo‘linib, uning boshida qirolning vakili olderman turgan. Asta - sekinlik bilan bu mansabning o‘rniga sherif mansabi joriy qilina boshlagan. U dastlab qirol xazinasiga tushgan soliqlarni yig‘ish bilan Mamlakat grafliklarga bo‘linib, uning boshida qirolning vakili olderman turgan. Asta-sekinlik bilan bu mansabning o‘rniga sherif mansabi joriy qilina boshlagan. Bu dastlab qirol xazinasiga tushgan soliqlarni yig‘ish bilan shug‘ullanib, moliyaviy va sud ishlarida qirol nomidan qatnashgan, xamda politsiyachilik funksiyasini xam bajargan. Graflikda bir yilda ikki marta chaqiriladigan graf soveti mo‘him organ bo‘lgan. Sud ishlari qirol sudlari, graf soveti, yuzlar majlisi tomonidan olib borilgan.
XI - asrlarda Britaniyani Normand qiroli Vilgelm I bosib olishi bilan feodal munosabatlar bu yerda uzil-kesil qaror topadi. Vilgelm o‘z davlatini anglo-saksonlar davlatining davomi deb e’lon qiladi. Qirol hokimiyati mustahkamlanib boradi. Bu davr Angliya tarixida ilk sinorial monarxiyasi deb ataladi.
Bu davrning asosiy toifa va tabaqalari feodallar bo‘lib, ular ikki guruxga bo‘linganlar: 1) qirolning vasallari, ya’ni buyuk bronlar, kichik baronlar; 2) vassallarning vassallari o‘z yeriga ega bo‘lgan anglo-sakson feodallari, mayda ritsarlar kirgan.
Ko‘p sonli huquqsiz tabaqalarni krepostnoy qaram dehqonlar tashkil qilgan. XIII asrda qullar sotsial guruh sifatida yo‘qolib, ijarachi dehqonlar – villanlarga qo‘shilib ketadi. XI asrda dehqonlarning bir qismi krepostnoy qaramlikka tashlandi. 1086 – yilda yer mulklarini va aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi. Uning materiallari esa qirol Vilgelm I ning «Daxshatli sud kitobi» uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Shu kitobga ko‘ra mamlakatning 1,5 mln aholisidan bir necha minggina ozod aholi bo‘lgan.
Bu davrda mamlakatda bir tomondan Normand bosqinchilari bilan anglo-sakson zodagonlari o‘rtasida, ikkinchi tomondan esa, dunyoviy feodallar bilan diniy feodallar o‘rtasida chuqur ziddiyatlar bor edi. Bu narsa esa Angliyada qirol hokimiyatining mustahkamlanishiga olib keldi. Chunki qirol xalqni yer egalari zulmidan asraguvchi bo‘lib ko‘rinar edi. Kuchli qirol hokimiyatining vujudga kelishi quyidagilar bilan xarakterlanadi: a) mamlakatdagi yer va yer egalari ustidan qirolning oliy huquqini ta’minlashi; b) qirol qo‘lida qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatining to‘planishi; bu davrda kansler, yustitsar kabi bir qancha yangi organlar vujudga keldi. Qirol kuriyasi garchi qonunchilik organi bo‘lsa-da, u qirol huzurida maslahat berish huquqiga ega bo‘lgan, shuningdek, uning hukmron doiralarini qiziqtiruvchi masalalar, qirol vassallari orasidagi nizolarni, mahalliy sudlar qarorlariga berilgan norozilik shikoyatlarini oliy sud organi sifatida ko‘rib hal etilgan. Uning tarkibi boshqaruv organlarida ishlayotgan, qirolga yaqin kishilardan tuzilgan. XII asrga kelib qirol kuriyasining ishlari murakkablashib ketishi munosabati bilan unda moliyaviy ishlarni ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi shaxmat taxtasi palatasi ajralib chiqqan. Ilk feodal yakka hokimligi davrida diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyatga nisbatan ustunlikka erishishiga intilishi, shuningdek mahalliy yer egalarini normand feodallariga qarshi urush olib borishlariga qirol Genrix II davrida bir qancha islohotlarning o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Bu islohotlar quyidagilardan iborat:
1. Harbiy islohot bo‘lib, bu «Qalqon puli» deb atalgan, bunga binoan yer egalarining qirol huzuridagi shaxsiy xizmat majburiyatlari pul majburiyati bilan almashtiriladi, buning natijasida qirol feodallarning ham qo‘zg‘olonidan qutuldi, ham uning xazinasi mablag‘ga ega bo‘ldi. 1181 yilda «qurollanish haqidagi assiza» ni chiqarib, harbiy xizmat faqat ozod kishilargagina joriy qilinadigan bo‘ldi. Bu islohotlar natijasida Angliyada doimiy armiya tashkil qilindi.
2. Diniy islohot. Qirol Velgelm I davridagi sud islohotiga ko‘ra dunyoviy sudlar diniy sudlardan ajratilgan feodallarning xususiy sudlovi qisman cheklangan edi. 1164 yilda Klarendon konstitutsiyasi nomli hujjat qabul qilindi. Bu aktning ikkinchi moddasiga binoan ruhoniylar yer bilan bog‘liq munosabatlarning barchasida qirol sudi va amaldorlarining talablariga javob berishi va tegishli xizmatlarni olib borishlari kerak bo‘lgan. Qirol cherkov sudlarini ustidan ham oliy shikoyat sudi ekanligi tartibi o‘rnatildi (8-m). Shunday qilib, diniy hokimiyatdan dunyoviy hokimiyatning ustunligi ta’minlandi.
3.Sud islohoti. 1176 yili Genrix II ning Nordgempton (viloyatning nomi) assizasi - (farmoyish) chiqib, mamlakat 6 sud grafligiga bo‘linadi, har biriga 3 tadan sayyor sudlar tayinlanadi. Ular sud vazifasidan tashqari amaldorlar ustidan soliq to‘plash bo‘yicha nazorat olib borar edilar. Bu farmoyish bilan talonchilik, odam o‘ldirish, tangani soxtalashtirish, bosqinchilik kabi jinoyat ishlarini ko‘rish sayyor sudlar vakolatiga kirishi ko‘rsatiladi. Yer egaligi va boshqa turdagi mulk egalari bilan bog‘liq ishlarda 12 ozod grajdan yoki ritsarning ko‘rsatmalari tinglanishi mustahkamlandi. Ular o‘z ko‘rsatmalari bilan biror jinoyatni yoki biror fitnani qasam ichib tasdiqlaganlar, ana shu tartibida qasamxo‘rlar sudi paydo bo‘ldi. Sayyor sudlar, ishlarni ko‘rish mobaynida normand, Anglo-sakson, odat huquqlarini sharhlab, Angliya uchun yagona umumiy huquqni vujudga keltirganlar. Shunday qilib, sud islohoti natijasida kasbiy sudyalardan iborat qirol sudi vujudga keldi, mamlakatning markazlashuvi kuchaydi, qasamxo‘rlar sudlari tashkil topdi, sud jarimalari orqali qirol hazinasiga tushadigan daromadlar miqdori oshdi.
Badavlat kishilargina qasamxo‘r sud’ya bo‘lishi mumkin bo‘ldi. 1285 yildagi ikkinchi Vestministr statusiga ko‘ra umrbodli yoki nasliy yer egalaridan qasamxo‘r sudya bo‘lish uchun bir yilga o‘z mulklaridan kamida 20-40 shilling daromad olgan bo‘lishi talab qilinadi. 1291 yilda bu senz 5 funt sterlingga qadar ko‘tariladi. XIII asrga kelib Angliya feodal xo‘jaliklarida natural xo‘jalik o‘rnini tovar xo‘jaligi egallay boshlaydi. Feodallar asta-sekinlik bilan yollanma mehnatdan foydalanishga o‘ta boshlaydilar. Natural to‘lovlar o‘rnini pul to‘lovlari olib, savdoning o‘sishi shaharlarning rivojlanishiga olib keldi, jamiyatning tuzulishi ham o‘zgardi, aholi orasida tabaqalanish kuchaydi, yirik yer egalari lordlar va ritsarlar (mayda yer egalari) grafliklarda katta rol uynay boshladilar. Ana shu yer egalari orasidan XV asrlarga kelib yangi dvoryanlar «djentri» vujudga keldi. Angliya dehqonlari yerga egalik qilishlariga qarab ikki guruhga: yerga ozod egalik qiluvchi dehqonlar-frigolderlarga hamda krepostnoy dehqonlar – villanlarga bo‘lingan. 1381 yildagi U. Tayler qo‘zg‘oloni natijasida dehqonlar krepostnoy qaramlikdan ozod bo‘la boshladilar.
XV asrda dehqonlarga pul bilan haq to‘lash joriy qilindi. Buning natijasida ko‘p dehqonlar ozodlik sotib olishlari mumkin bo‘ldi. Mana shu davrda ilk o‘rta asr monarxiyasi tabaqa – vakillik monarxiyasiga aylandi. 1204 yilda Fransiya qiroli Filipp II Angliyadagi feodallarning ichki ziddiyatlaridan foydalanib, uning bir qancha viloyatlarini bosib oldi. Ularni qaytarib olish uchun qirol Ioan yersiz yangi soliqlar ta’sis qildi. Bu esa aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu kurash 1215 yilda «Erkinlikning buyuk Xartiyasi» nomli hujjatning kabul qilinishi bilan yakunlandi.1 Bu Xartiya baronlar bilan qirol o‘rtasidagi kelishuvdan iborat shartnoma bo‘lib, qirol hokimiyatini cheklashga qaratilgan.
Xartiya Angliya qiroli bilan uning fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 68 moddadan iborat bo‘lib, uning 30 moddasi baronlar, 7 tasi ritsarlar va ozod yer egalari, 3 tasi shaharliklar manfaatini qo‘riqlashga qaratilgan, mamlakatning asosiy tabaqalari bo‘lgan villanlarga esa xartiya hech narsa bermadi. Bu hujjat anti qirol ittifoqi ishtirokchilarining muvaqqat bitimini mustahkamladi, xolos. Muvaqqat deganimizning sababi shundaki, u keyinchalik bir necha marta ko‘rib chiqilgan (masalan: qirol Genrix VI davrida 1422-1461 yillarda 37 marta qarab chiqilgan).
Xartiya - villanlarga jarima solishda uning dehqonchilikka oid asbob uskunalari dahlsiz qolishligini (20-m), graf va baronlarga faqat ularga teng bo‘lgan perlarning sud qilib jazo tayinlashi mumkinligini (21-m), ya’ni tabaqaviy sudning tuzilishini, vassallik munosabatlarining aniqlashtirilishi (16-m), o‘rmon, suv, daryolarga qirol mulkchiligini (47-78 m), hamma savdogarlarning Angliyaga kirish erkinligini (41-m), Angliyada yagona og‘irlik, uzunlik o‘lchovi birliklarini o‘rnatdi. Uning ma’muriy hokimiyatdan sud hokimiyatini ajratish haqidagi qoidalari ham katta ahamiyatga egadir. Xartiyani Angliya taraqqiyotida olg‘a bosilgan bir qadam deb baholash mumkin, chunki uning ijobiy qoidalari, me’yorlari asosida Angliya tabaqa - vakillik yakka hokimligiga qadam qo‘ydi. Uning 12, 14 – moddalari (qirol sovetini tashkil qilish to‘g‘risidagi) qirol hokimiyatini cheklashga qaratilganligi tufayli 1217 yilda Xartiyadan chiqariladi. Lekin XIII asrda, urushga qatnashgan Angliyaning moliyasi izdan chiqa boshlagan edi. Qirol xazinasi esa yangi yig‘imlarni hisobigagina to‘lishi mumkin edi. Shuning uchun ritsarlar va shaharliklarning siquvi ostida 1264 yilda birinchi marta qirol kengashi chaqirildi. Uning tarkibiga yirik diniy va dunyoviy feodallar bilan birgalikda, grafliklardan saylangan 2-4 ritsarlar ham kirdi. U dastlab faqat dindorlar va dvoryanlar tabaqalarinigina o‘z ichiga oldi. 1265 yilda yer egalarining qirolga qarshi urushiga rahbarlik qilgan Simon Monforskiyning g‘alabasidan keyin bu kengashga bir qator shahardan ham ikkitadan vakil taklif qilinadi. 1295 yilda qirol Eduard I tomonidan chaqirilgan parlament «ko‘rgazmali parlament» deb atalib, diniy va dunyoviy feodallardan tashqari 37 graflikdan 2 tadan, shuningdek, shahardan ham 2 tadan vakil qatnashgan. XIV asrning birinchi yarmidan boshlab parlament 2 palataga yuqori palata lordlar, quyi palata jamoa (obshinlar) palatalarga bo‘lingan.
Angliya parlamentining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikkiga ajralgandan so‘ng, shahar va graflik vakillari bir palataga diniy va dunyoviy zodogonlar bor palataga o‘tdi.
1352 yildan boshlab ikkala palata alohida-alohida majlis o‘tkzadigan bo‘lishda. Shunday qilib Angliyada keyinchalik parlament nomini olgan tabaqa vakillik organi paydo bo‘ldi, u o‘rta asrlarda quyidagi huquqlarni egallab oldi: a) qonunlarni chiqarishda qat’iyan qatnashish huquqi; b) qirol xazinasiga tushadigan soliqlar miqdorini belgilash; v) yuqori mansabdor shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish; g) alohida hollarda sud organi sifatida chiqish. Qirol Eduard III davrida parlament uzil-kesil qonun chiqarish vakolatini egallab oldi. Dastlab parlamentning jamoa palatasiga odat huquqlari bo‘yicha saylovlar o‘tkazilgan, keyinchalik saylash va saylanish (aktiv va passiv) saylov huquqlari vujudga keldi. 1423, 1429, 1832 yillarda parlamentga shartli-senzli saylovlar o‘tkazishni o‘rnatadigan qonunlar qabul qilindi. Bu davrda Angliyaning sud tizimi nihoyatda rang-barang edi. Oliy sud tizimining o‘zi 3 idoradan iborat edi. 1. Qirol kursisi – bir necha yustitsarlardan tuzilib, qirol tinchligiga oid ishlarni qurgan. 2. umumiy tortishuvli (tyajb) sud – bu sud da’vosi 40 shillingdan kam bo‘lmagan grajdanlik ishlarini qo‘rgan. 3. Grafliklarda bir yilda 3 marta kelib 12 qasamxo‘r sudya ishtirokida davlat jinoyatlari va qasddan qilingan jinoiy ishlarni qo‘radigan sayyor sudlar. Mahalliy sudlarga assizlar sudi, mirovoy sudlar (3ta hurmatli kishilar tarkibida ish ko‘ruvchi kelishtiruvchi sudi), qasamxo‘rlar sudi – bu sud 12 va 23 kishi tarkibida ish ko‘rgan. Bulardan tashqari, lordlar palatasi sudi ham mavjud bo‘lib, u palata a’zolarining jinoyatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rgan.
Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, tabaqa - vakillik yakka hokimligi davri Angliya sud tuzilishi xilma-xil sudlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
XIV asrga kelib Angliya yungiga bo‘lgan talab feodal xo‘jaligining tovar xo‘jaligiga aylanishiga olib keladi. Angliyada yangi davr sanoat ishlab chiqarishi munosabatlarining vujudga kelishi arafasi XIV asrning oxirgi choragi XV asrning boshlaridir. Bu yangi ijtimoiy tuzimning 2 belgisi: ozod ish kuchi hamda ozod mablag‘ bilan harakterlanadi. Jahon bozorida Angliya yungiga bo‘lgan talab keng ravishda yung sanoatining rivojlanishiga, bu esa sudxo‘rlik hamda savdo mablag‘ining jamg‘arilishiga olib keldi. Angliyada vujudga kelayotgan yangi, sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan munosabatlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bu yerdagi ushbu yengillik shaharga qaraganda qishloqlarga ancha erta kirib bordi. Shu munosabatlarning vujudga kelishi jarayonida Angliya o‘rta asrlar davlati mutloqiy yakka hokimlik-absolyutizmga o‘tdi. Bu monarxiya o‘ziga xos bo‘lib, bu yerda tabaqa-vakillik organi bo‘lgan parlament saqlanib qolgan. Yangi dvoryanlar sanoat burjuaziyasi bilan ittifoqda uyushib, qirol hokimiyatini feodallar va cherkovga qarshi kurashida qo‘llab parlamentni rivojlantirishdi.
Angliyaning bu davrdagi ijtimoiy tuzumi, iqtisodiyotning o‘zgarishi bilan eski dvoryanlarning yo‘q bo‘lib ketishi va qo‘ychilik bilan shug‘ullanuvchi yangi dvoryanlar «jentri» ning tashkil topishi bilan xarakterlanadi. Dehqonlar ikki turga bo‘linganlar: kopigolderlar – ular krepostnoy dehqonlarning avlodlari bo‘lib, yerga egalik huquqlari sud qarorning nusxasiga bog‘liq bo‘lgan, frigolderlar- ozod yer egalari.
Davlatning oliy organlariga qirol, yashirin majlis va parlament kirar erdi. Yashirin majlisning bosh vazifasi monarxning hokimiyatiga har qanday qarshi chiqishlar bilan kurashish edi. Uning tarkibiga lord kansler, lord xazinachi, qirol muhrini asrovchi, lord admiral, jami 20 ta oliy martabali mansabdorlar kirgan. Yashirin kengash farmonlar, reglamentlar, instruksiyalar, manfestlar, proklamatsiyalar chiqarish bilan markaziy va mahalliy davlat idoralari ustidan nazoratni amalga oshirgan. Keyinchalik bu kengash U grajdanlik va jinoiy ishlarni ko‘ruvchi favqulotdda sud organi vazifasini bajaruvchi «Yulduz palatasi» organi tuzdi.
Huquqning asosiy belgilari. O‘rta asr Angliyasi huquqi o‘z manbalarining xilma-xilligi bilan farqlanadi. Anglo- saksoni davlati davrida huquqining yetakchi manbai odat huquqlari, ularning to‘plamlari- pravdalari yetakchi rol o‘ynagan. Bularga Etelbert, Ine pravdalari, Buyuk Alfred sudnomasi Etelsten hamda Knut qonknlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Etelbert pravdasi 600 yillarda vujudga kelgan bo‘lib, 90 moddadan iborat. Unda tinchlik haqidagi, bosqinchilikga qarshi kurashish, odam o‘ldirish, nomusga tegish, jinoyatlari uchun javobgarlik, oila-nikoh huquqi, zarar yetkazish, vorislik bilan bog‘liq normalar mavjud. Pravda tuzilgan vaqtda, Anglo- sakson davlatida cherkovning roli dunyoviy hokimiyatga qaraganda kuchli bo‘lgan. «Agar,- deyiladi pravdaning 2 moddasida, - ozod kishi qirolning mulkini o‘g‘irlasa, uning qiymati 9 barobari hajmida jarima to‘lasin».1 cherkov mulki esa xudo mulki deb atalib, o‘g‘irlangan mulk qiymatining 12 barobari, yepiskopniki uchun 11, ruhoniyniki uchun 9, d’yakniki uchun 6 va klerkniki uchun 3 barobar miqdorida jarima undirilgan.
Ine pravdasi- 690 yillarda vujudga kelgan bo‘lib, cherkov va odat huquqlarinig yozma ifodasidir. U 74 tadan ortiq moddani o‘z ichiga oladi. Buyuk Alfredning IX asrning 90 yillarida o‘zigacha bo‘lgan odat huquqlari to‘plamlarining tizimlashtirishi natijasida vujudga kelib, kirish qismi 49 moddadan asosiy qismi 77 moddadan iborat. Uning 41 moddasi yerni faqat qirol aktini olgan kishilarga biriktiradi. Bunday yerlar boklend deb ataladi. Bu sudebnik qirol, oldermanlar, Cherkov tinchligini himoya qilish, qonli qasos olishga qarshi kurashish bilan bog‘liq normalarni o‘z ichiga oladi. Bizning fikirimizcha, Etelbert Ine pravdalarining tuzilishi, deyarli ko‘p hollarda jinoyatga bir xil jazo vergeld (qon bahosi) tariqasida belgilanadigan jarimalarni belgilanishi bilan soliq pravdasiga o‘xshab ketadi.
927-937 yillarda qirol Etelsten qonunlari vujudga kelib, ular asosan oltita edi, 1. Qirolning o‘nliklar haqidagi qarorlari: 2. zodagonlar yig‘ilishida qabul qilingan qonunlar. 3. Qirol tinchligini saqlash to‘g‘risidagi dekret. 4. Tinchlikni saqlash haqida yepiskoplar va Kentning boshqa donishmand kishilarning qarorlari. 5. Angliya donishmandlarining maslahati bilan qirol qabul qilishga dekretlar. 6. London shahar sudnomasi.
Knut qonunlari 1017 yillarda Angliyaning Daniya qiroli Knut tomonidan bosib olinishi natijasida vujudga kelgan. Knut o‘z qonunlariga Angliya qonunlari bilan teng huquq beradi. U qonunsizlikka qarshi kurashda, mamlakatdagi jinoyatlarning oldini olishga harakat qiladi. Shu davr jinoyat va jazo tizimida davlatga, shaxsga va mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlar bir-biridan farq qilingan. Jazo tayinlashda ijtimoiy mavqega e’tibor berilgan. Masalan: Etelbert pravdasiga ko‘ra ozod kishini o‘ldirganlik uchun 100 shilling vergeld, let uchun 40-80 shillinggacha, qulni o‘ldirganlik uchun 6 shilling vergeld tayinlangan.
O‘g‘irilikka qarshi juda og‘ir jazolar tayinlanib, ayrim hollarda o‘g‘rining o‘zini o‘ldirib, oila a’zolarini qul qilganlar. Ozod xotin o‘g‘irlik qilsa, uni o‘tda kuydirganlar. Knut qonunlarining 26- moddasiga ko‘ra, o‘g‘ri o‘z hayotini asrash uchun hech bir joyda himoya topa olmasligi, u sotqinga tenglashtirib qatl etilishi lozim bo‘lgan. Sud jarayonida ordaliya isbotlash vositasi hisoblangan.
Bizgacha anglo-saksonlar davlatida 938-1000 yillarda qabul qilingan, qizigan temir va qaynoq suv bilan ordaliya qilish haqidagi qonun yetib kelgan. Mana shu qonunga ko‘ra agarda ayb yengil bo‘lsa, gumondorning barmoqlari qaynoq suvga tiqilgan, ayb og‘irroq bo‘lsa 3 barobar ordaliya belgilanib, gumondorning bilgagigacha botirilgan. Ordaliya o‘tkazish ham ijtimoiy holatiga bog‘liq bo‘lgan. Masalan: qonun ordaliyadan bo‘yin tovlaganlik uchun 120 shilling jarima belgilaydi.1 Kambag‘allar albatta bunday jarimani to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. O‘ rta asr Angliya protsessual huquqida sud buyruqlari alohida o‘rin egallaydi. Ya’ni Angliya umumiy huquqiga ko‘ra , barcha grajdanlik va jinoyat ishlari bo‘yicha da’vo, faqat qirol devonxonasining maxsus farmoyish bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, bu buyruqlar sud buyruqlari deb yuritilgan. 1267 yillarda sud buyruqlarining soni 121 dan oshib ketdi. Mana shu aktlar qirol sudlovining qanday ishlarga yoyilishi va qirol sudining senorial sudlarning faoliyatiga aralashishi hollarini, shuningdek da’vo shaklidagini ko‘rsatdi.
XII asrda Genrix II qirol sudlovini mustahkamlay borib, sud islohoti o‘tkazdi. Bu islohot bir necha yil mobaynida assizalar (farmoyish)- chiqarish yo‘li bilan amalga oshirildi. Ularning ichida Buyuk assizalar va Klarendon (viloyatning nomi) assizalari katta o‘rin egallaydi. Bu islohot Angliyada davom etib kelayotgan ordaliya, sudi tomonlarining to‘qnashuvi (jangi) hamkor qasamxo‘rlik kabilarda ifodalangan «Xudo sudi»ga qarshi qo‘yilgan edi.
Buyuk assizalarga ko‘ra, ozod yer egalari o‘zlarining huquqlari buzilgan holda ilgarigi senorial sudlardagi kabi faqat sud to‘qnashuvi yo‘li bilan hal etish o‘rniga endi qirol sudlarida qatnashadigan qasamxo‘rlar ishtirokida taftish (tergov) o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu narsa qirol sudlovining sinorial sudlar hisobidan ko‘payishiga olib keladi. Klarendon assizasida ham jinoyat protsessiga o‘zgarishlar kiritildi. «Xudo sudi» rasman bekor qilinmasdan, «katta jyuri» deb nomlanuvchi «ayblovchi qasamxo‘rlar» instituti vujudga keltirildi. Yuzlik hamda grafliklarda jinoyat sodir qilishda gumondor deb hisoblangan kishilarning ishlari qirol sudlarida ko‘riladigan bo‘ldi. Bundan tashqari assiza sheriflarga jinoyatchilarni axtarib, feodallarning daxlsizlik huquqidan foydalinuvchi immunitetli yerlarga ham kirish huquqlarini berdi.
Ilk feodal monarxiyasi davrida Angliya qirollari juda ko‘plab qonunlar, assizalar, konstitutsiyalar chiqardilar. Lekin yangi Huquqiy qoidalarni yaratishda eng katta rolni sayyor sudyalar o‘ynaydi. Ular normand, anglo-sakson odat huquqlaridan butun Angliya uchun yagona bo‘lgan umumiy huquqni (common low) yaratildi.1 Umumiy huquq sud huquqi ham deyiladi, chunki u qonun sifatida ham tashkil topdi.
Sudlar qonunchiligida yetarli ravishda tartibga solinmagan, nizoli (kazus) ishlarda o‘zlarining fikrlariga tayanib xususiy qaror va qoidalardan keltirib chiqarib hal etishlari mumkin bo‘lgan. Bunday holda sud’ya barcha hollardagi huquq normasini qo‘llaydi, degan qoidadan foydalanilgan. Shunday qilib, ular tomonidan o‘rnatilgan prinsip sud odatiga aylangan, u barcha sudlar uchun bajarilishi majburiy bo‘lib, faqat yuqori sud organlari tomonidangina bekor qilinishi mumkin bo‘lgan. Bu o‘rta asrlar huquqining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblangan. Shunday qilib, haqiqitdan ham umum huquqning ko‘p qismi Angliya sudlarining sud huquqiy ijodining asl mahsulidir.2 Odat huquqlari ko‘plab vujudga kelishi bilan uni to‘plamlashtirish yoki yagonalashtirishga bag‘ishlangan asarlar paydo bo‘lgan.
O‘rta asr Angliyasi huquqlarini o‘rganishda bir necha yil mobaynida qirolning sayyor sudlarida ishlagan hamda qirol oliy sudining a’zosi hisoblangan. G. Braktonning 6 tomdan iborat «Angiliya qonunlari va odatlari haqida» traktati, shuningdek qirol sudlarining 2000 dan oshiq namunaviy sud qaydnomalardan iborat «Genri Braktonning yon daftari» muhim manbaa bo‘lib xizmat qiladi. «Hamma joyda va hamma mamlakatlarda yozma qonunlar qo‘llanilgani holda, - deb yozadi G. Brakton, - faqat Angliyadagina yozilmagan qonunlar va odatlar amaldadir. «Odat bu ayrim, uzoq joylarda, uzoq muddat foydalanib kelinganligi natijasida qaror topgan va qonun sifatida ijro etiladigan narsadir».3
Angliya davlatining tabaqa- vakillik monarxiyasi davriga o‘tishi bilan, Angliyada «umumiy huquq»dan tashqari huquqning yangi manbai Statut (statut low) huquqi paydo bo‘ldi. Bunga sabab parlamentning vujudga kelishi edi. Parlament qarorlari statut huquqining asosiga aylanib bordi. Bundan tashqari, ordonanslar paydo bo‘ldi. Ordonanslar qirol kengashi yoki lordlar palatasining roziligi bilan chiqarilgan aktlaridar.
Grajdanlik huquqida yerga nisbatan feodal mulkchilik va egalik qilish tashkil etadi, 1290 yildagi qirol Eduard I ning davrida chiqarilgan I - Vestministr statusi yerga nisbatan xususiy mulkchilikning yoyilishini boshlab berdi, Yer egalari yerni sotishlari mumkin bo‘ldi. Bunday holda yerni sotgan kishining, to sotgunga qadar bo‘lgan feodal majburiyatlari ham yerni sotib olgan kishiga o‘tgan.
X-asrdan boshlab Angliya jinoyat huquqida mulkni musodara qilish nazarda tutilgan hamma jinoyatlar feloniya deb atalgan. Bunga odam o‘ldirish, badanga jarohat yetkazish, nomusga tegish, o‘g‘irlik va o‘t qo‘yish jinoyatlari kirgan. XIV-XV asr jinoyat qonunchiligi bunday jinoyatlarga og‘ir jazolar belgilagan. XIV asrda Angliya jinoyat huquqida jinoyatlarni udumlarga ko‘ra uch guruhga bo‘lish rasmiylashtirilgan; xoinlik, feloniya, mesdiminor. Xiyonatning ikki turi bo‘lib, bir-biridan farqlangan: a) qirol shaxsiga va uning huquqlariga xiyonat; b) aybdorning bo‘ysunishi lozim bo‘lgan kishilarga nisbatan xiyonati. Bunday jinoyatlarga qittiq jazo berilgan. Mesdiminor feloniyadan o‘zining kam ahamiyatli hatti-harakat xarakteriga ega ekanligi bilan farqlanadi. Mesdiminor bo‘yicha protsess ko‘proq grajdanlik ishlariga yondoshib kelgan. XVI asrga kelib, Angliya jinoyat huquqida jinoyatlar uzil-kesil uch guruhga bo‘lingan: xiyonat bilan bog‘liq jinoyatlar, og‘ir jinoyatlar, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar.
Mutloqiy monarxiya davri Angliyada yangi ishlab chiqarish munosabatlari tug‘ilib kelayotgan davri edi. Sanoat ishlab chiqarishning Angliya qishloqlariga tez kirib kelishi, qo‘ychilik bilan shug‘ullanuvchi yangi dvoryanlarning turli nayranglar bilan dehqonlarning yerlarini qo‘lga kiritishi natijasida ko‘plab dehqonlar xonavayron bo‘lib, Angliyaning shahar va qishloqlarini och-yalang‘ochlar, daydilar, gadoylar bosib ketadi. Ularga qarshi bir qancha qonunlar qabul qilindi, ulardan birinchisi 1495 yildagi «Daydi va tilanchilarga qarshi» qonun edi. Shu qonunning birinchi moddasi sherif va merlarga mana shunday kishilarni izlab topib, birinchi marta oyog‘iga kunda urib, 3 sutkaga, ikkinchi marta 6 sutkaga qamash ko‘rsatilgan.
Genrix VIII va Yelizavetta I davrida ko‘plab mana shunday qonunlar chiqarildiki, ular gadoylar, tilanchilar va daydilarga nisbatan juda og‘ir jazolar belgilaganliklari bilan xarakterlanadi. 1530 yildagi qonunga ko‘ra, shunday kishilar birinchi marta qonga botirib urilgan, ikkinchi marta qulog‘i qirqilgan, uchinchi martada esa qatl qilingan. Bunday qonunchilik Angliya tarixida «Qonli qonunchilik» nomini oldi. Bu davr Angliya tarixida O‘rta asr munosabatlarining yemirilishi va yangi davr sanoat ishlab chiqarish munosabatlarining tug‘ilishi davri edi.
«Erkinlikning Buyuk Xartiyasi»ni qo’yidagi moddalarini atroflicha sharhlab mazmunini ochib bering:
21. Graflar va baronlar sodir etgan hatti-harakatlariga mos holda o’zlariga teng bo’lgan shaxslar orqaligina jarimaga tortiladilar.
39. Birorta ozod kishini, mamlakat qonunlariga mos holda, o’ziga teng bo’lgan shaxslar tomonidan chiqarilgan hukmsiz, qamoqqa olinishi, tyurmaga qamalishi, mulkdan mahrum etilishi, yoki (boshqa) usullar orqali hissadan mahrum etilishini biz hohlamaymiz hech qachon bunga yo’l qo’ymaymiz.
40. Hech kimga huquq va adolatni sotmaymiz, uni rad ham etmaymiz yoki uni kechiktirib paysalga ham solmaymiz.
§ 4. Germaniya davlati va xuquqi.
IX asrning o‘rtalarida franklar davlatining yemirilishi uning sharqiy qismida mustaqil franklar qirolligi uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Dastlab bu qirollik Sharqiy Fransiya XI asrdan Tevtonlar, keyinchalik Germaniya deb atala boshladi.
Germaniya davlati va huquqining tashkil topishini, shuningdek, o‘rta asrlarda uning rivojlanishini bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunga quydagilarni ko‘rsatishimiz mumkin.
1. German davlati urug‘doshlik tuzumi yemirilishi natijasida paydo bo‘lmasdan balki feodalizmni o‘z boshidan kechirayotgan davlat - franklar davlatining yemirilishi natijasida, uning bir qismida paydo bo‘lgan.
2. Bu yerdagi jamoa-marka, slavyanlar va franklardagiga nisbatan ancha turg‘un bo‘lib, dehqonlarni qaramlikka tashlash jarayoni ancha cho‘zilgan.
3. Tovar-pul munosabatlari ishlab chiqarishning natural xarakterini darxol buzib yuboradi. Lekin Germaniyaning sust rivojlanishga qaramasdan, XI – XII asrlarda feodallashish jarayoni oxiriga yetib, ikki asosiy guruhlar feodal yer egalari va mehnatkash aholi tashkil topadi.
4. Ijtimoiy tuzumida aholi juda tabaqalanib ketganligini ko‘ramiz, masalan ritsarlarning (chavondozlar, otliq askarlar) o‘zi 7 rangga bo‘lingan.
5. XIV asrga kelib, agarda Angliya va Fransiya davlatlarida siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashuv yuz berayotgan bo‘lsa, Germaniyada buning teskari jarayoni siyosiy tarqoqlik kuchayayotgan edi. Bizning fikrimizcha, uning asosiy sababi Germaniyada o‘ziga xos tabaqa vakillik yakka hokimligining vujudga kelishidir.
Germaniya davlati va xuquqining o‘rta asrlardagi rivojlanishining qo‘yidagi davrlarga bo‘lish mumkin.
I. Ilk feodal yakka hokimligi. «Germani millatining qutlug‘ Rim imperiyasi»ni tashkil topishi (X-XIV) asrlar.
II. Kyurfyuristlar (saylovchilar) hukumronligi hamda tabaqa- vakillik yakka hokimligi (XIV-XVII) asrlar.
III. Knyazlarning mutloqiy yakka hokimligi (XVII-XVIII asrlar ).
Yangi darslik kitoblarida ikki davrga bo‘lib ham ko‘rsatilmoqda:
1. Imperiya doirasida (X-XII asrlar) nisbatan markazlashgan ilk feodal monarxiyasining tashkil topishi;
2. Germaniyaning hududiy tarqoqligi (XII-XIX asrlar) german knyazlikliklarning avtonom rivojlanishi.
Germaniyada X asrlarda xuddi Fransiya kabi bir necha mustaqil viloyatlar tashkil topib, ular rasmangina qirol hokimiyatini tan olar edilar. Chunki, qirol mansabi urug‘doshlik tuzumi davridan beri odat xuquqlariga binoan saylanib qo‘yilar edi. Faqat qirol Otton I davridan boshlab (1936-973) bu holat o‘zgarib, qirol o‘z qo‘lida juda katta boyliklarni to‘pladi. Buning natijasida hatto dindorlar ham qirol hokimiyatini tan ola boshladilar. Bundan tashqari Oton I bir qancha tadbirlarni amalga oshirdiki, bular barisi dindorlarning qirol hokimiyatiga tobe’ligini kuchaytirdi.
962 yilda Otton I Rim papasiga yordam berish niqobi ostida uning huzuriga borib, imperatorlik tojini kiydi. Bundan maqsad dindorlar ustidan o‘z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida katolik cherkovning markazi bo‘lgan Rimni olish edi. Bu Karlning qulagan saltanatini Otton I tomonidan tiklanishini bildirishi lozim edi. Shundan keyin german imperatorlari o‘zlarining Rim sezar (imperator)larining vorislari deb hisoblay boshladilar. Keyinchalik german davlati: German millatining «Qutlug‘ Rim imperiyasi» nomini oldi va bu nom 1806 yilgacha saqlandi. «Qutlug‘» deb atalishining asosiy sababi shunda ediki, davlat boshida rasman imperator va papa turgan. Amalda esa butun hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan.
Mana shundan boshlab german imperatorlari jahonga hukumronlikni da’vo qila boshladilar, hatto ayrim huquqshunoslar german imperatorlarining «jahon hukumdorlari» deb atab, bu da’voni nazariy jihatdan asoslamoqchi bo‘ldilar. Masalan: Boloniya huquq maktabidan Fridrix Barbarossa Germaniyadan boshqa Yevropa mamlakatlarining qirollari germanlar saltanatning bo‘laklarigagina hukumronlik qilishlari mumkin deb da’vo qilgan. Bu kabi tarixiy uydirmalar ikkinchi jahon urushi arafasida ularning jahonga hukumron bo‘lish haqidagi telbalarcha rejalarida foydalanildi.
XI-XII asrlarga kelib, Germaniya o‘zining bosqinchilik urushini kegaytirdi va Italiya, Burgundiya, Chexiya hamda Vengriyani, sharqda Brandenburg, Meyssen, Lepis, Avstriyani bosib oldi.
Germaniyaning ijtimoiy tuzumiga kelganda, X asrlarda ozod aholi ikki guruhga: soliq to‘lovchi tabaqa –dehqonlarga hamda harbiy tabaqa–ritsarlarga bo‘lingan. Ritsarlar o‘z qo‘lida booshqarish hamda harbiy ishni to‘plab olgan bo‘lib, hukmron tabaqaga aylangan, dehqonlar esa o‘z mehnatlari bilan ularga xizmat qilganlar. XIII asrga kelib ritsarlik yopiq tabaqa sifatida nasldan-naslga o‘tgan. Garchi yeri bo‘lmasa-da, o‘zidan avvalgi avlodining ritsar bo‘lib o‘tganligining isbotlay olsa, ritsar hisoblanib Len (yerni in’om qilib berish) olishi mumkin bo‘lgan. «Saksoniya Zersalsi»ga ko‘ra, ritsarlar o‘zlarining mulkiga, obro‘-e’tiboriga qarab bo‘lingan: I darajada qirol (imperator) turgan. 2-imperatorlarning vassallari-oliy martabali ruhoniylar abbatlar, arxiepiskoplar. 3-imperatorning bevosita dunyoviy vassallari-knyazlar, gersoglar, graflar, markgraflar, landgraflar, 4-knyazlarning vassallari, 5-«ozod janoblar» -graflarning vasallari, 6-manashu «Ozod janoblar»ning vassallari, 7-6 darajaga qaram ritsarlarning vasallari kirib , ular o‘z vasallariga ega bo‘lmaganlar.
Bulardan quyi guruhni shaharliklar (byurgerlar) ozod dehqonlar tashkil qilgan. Shuni aytib o‘tish lozimki, shaharliklar alohida huquqlardan hamda mustakillikdan foydalanishgan. Masalan, soliqlarni jamoa bo‘lib to‘plashgan.
Ozod bo‘lmagan kishilar guruhiga krepostnoy dehqonlar hamda xoloplar kirgan. Krepostnoy dehqonlar yer egalariga pul hamda mahsulotlar bilan ishlab to‘lanadigan majburiyatlarni bajarganlar, barshchina ishlab berganlar. Xoloplar o‘z xo‘jayinlarinikida yashab, ularga qaram bo‘lganlar. Ular bilan xo‘jayin o‘rtasidagi munosabatlar odat huquqlari asosida hal etilgan, lekin krepostnoy qaramlikka tashlana boshlaganlar. O‘ rta asr Germaniyasida boshqarishning saroy-votchina sistemasi hamda muhim masalalarni hal etishda maslahat organi bo‘lgan feodallar s’ezdi-Reyxstag tashkil topdi. Shuni aytib o‘tish lozimki, markaziy hokimiyatning zaifligi Germaniya feodal yakka hokimligining o‘ziga xos xususiyati mavjud ekanligi bildiradi.
Odil sud va oliy sudlovlik manbai bu vaqtlarda imperator hisoblansa-da, ijtimoiy munosabatlarining rivojlana borishi natijasida qirol sudlovi knyazlar sudlovligi hisobiga cheklana boshlagan. O‘rta asr tabaqalariga mos holda feodallar, sudlovligi oliy va quyi pog‘onaga bo‘lingan. Bundan tashqari, cherkov sudlovlari ham bo‘lgan. Joylarda o‘z-o‘zini sud qilish (samosud) va «mushtumzo‘rlar» sudi amalda edi. 1285 yilda Fridrix II o‘z-o‘zini sud qilishni faqat sud qaroridan qanoatlanmagan taqdirdagina qonuniy ekanligi o‘rnatadi.
XVI asrdan boshlab Germaniya iqtisodiyotida ko‘tarilish bo‘lib, sex hunarmandchiligi hamda savdo ancha rivojlandi. Ijtimoiy tuzilishida o‘zgarishlar yuz berib, oliy zodagonlar orasidan imperatorga deyarli qaram bo‘lmagan keng huquqlarga ega bo‘lgan knyazlar vujudga keldi. Dindorlar oliy va quyi tabaqalarga ajraldi. Shahar aholisi o‘rtasida ham tabaqalanish kuchaydi. Knyazlarning har taraflama kuchayishi mamlakatni siyosiy tarqoqlikka imperator hokimiyatining zaiflanishiga olib keladi. XIII asr oxirlarida amalda 7 yirik knyazlar tomonidan boshqarila boshlanib, ular xuddi Shvab Zersalosida aytilganidek, kyurfyuristlar (saylovchilar) deb atalib, ko‘pchilik ovoz bilan imperatorni saylar edilar. Bu keyinchalik 1356 yilda imperator Karl IV tomonidan chiqarilgan «Oltin bo‘lla» qonunida yanada mustahkam ifodasini topdi.
Bu qonunga binoan har yili muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni hal etish uchun kyurfyuristlar s’ezdi chaqirilishi belgilanib, bu s’ezdning tarkibiga 7 yirik knyaz kiritildi. Ularning mulklari tog‘ kon boyliklariga egalik qilish huquqlari, poshlina yig‘ish, tanga zarb qilish kabi (regaliya) huquqlarini o‘zlarida saqlab qoldilar. Ularga keng sudlov huquqi berilib, umumimperiya sudida qatnashganlar hamda huquqiy dahlsizlikdan foydalanganlar. Kyurfyuristlar asta-sekinlik bilan imperatorni saylashda uning oldiga maxsus talablar qo‘yib, bu talablar «saylov kapitulyatsiyasi» nomini oldi. Mana shunday talab birinchi marta 3 iyul 1516 yilda Karl V ni saylashda, oxirgi marta 1792 yilda Frans II ni saylashda qo‘yildi.
Bu davr davlat tuzumida imperiya sudi va Reyxstag ham katta rol o‘ynadi. Reyxstag imperiya seymi deb ham atalib, 3 ta: kyurfyuristlar, graflar, kinyazlar hamda ozod ho‘jayinlar kollegiyasi, shaharliklar kollegiyalaridan iborat bo‘lib, bular alohida - alohida majlis o‘tkazishgan. XVII asrdan boshlab kollegiyalar imperiya chinlari yoki tabaqalari nomini oladi.
Imperiya sudi ham davlatning markaziy organlari tizimiga kirib, bunda asosan Rim huquqining qabul qilib olingan qoidalari qo‘llanilgan, nemis huquqi ikkinchi darajali rol o‘ynagan.
Bizga ma’lumki, XVI asrlarda Germaniya juda ko‘p davlatlardan iborat edi. Bu davlatlarda ham tabaqalar (dindorlar, ritsarlar va shaharliklar) va tabaqa – vakillik tashkilotlari Landtaglar vujudga keladi. XVII asrlarga kelib Germaniya davlatida mutloqiy yakka hokimlikning o‘sishi bilan Landtaglarning ahamiyati yo‘qola boradi.
Germaniya shaharlariga kelsak, XIV va XV asrlarda o‘zining siyosiy tobeligiga qarab, iperiya shaharlariga (Lyubek, Barmen, Gamburg Ausburg) va knyazlarga tegishli yoki mahalliy shaharlarga (Matns, Vorms) bo‘lingan.
Mamlakatning tekis bo‘lmagan iqtisodiy rivojlanishi tufayli Germaniyada mutloqiy yakka hokimlikning tashkil topishini o‘ziga xos xususiyati bor. Ya’ni bu yerdan siyosiy tarqoqlik tugatilmasdan mutloqiy monarxiya vujudga keldi. Bunga sabab XVI-XVII asrlarda bo‘lib o‘tgan yirik voqealar: antikatolik harakati, 1525 yillardagi dehqonlar qo‘zg‘oloni, 1618-1648 yillardagi 30 yillik urushlar hamda bu urushdan keyin Vestfaliya sulhining tuzulishi sabab bo‘ldi. Bu sulhda Germaniyadagi knyazlarning oliy huquqlari tan olinib, ular boshqa davlatlar bilan ittifoq va shartnomalar tuzish huquqini ham oldilar.
Agar Angliya va Fransiyada absolyutizim o‘zining birinchi bosqichida yagona, markazlashgan davlatning tashkil topishida ijobiy rol o‘ynagan bo‘lsa, Germaniyada reaksion rol o‘ynab siyosiy tarqoqlikni mustahkamladi. Ya’ni Germaniyada mutloqiy yakka hokimlikning ijobiy davri bo‘lmagan.
1701 yillarda hamma german davlatlarining ichida Prussiya rivojlanib, mutloqiy yakka hokimlikning barcha belgilarini o‘zida ifodaladi. Pruss qirollari o‘z tuzumini «ma’rifatli absolyutizm» niqobi bilan pardalashga harakat qilar edilar (masalan, qirol Fridrix II davrda) Pruss monarxiyasi boshida qirol turib, uning huzurida 3 ta bo‘limdan iborat bo‘lgan yashirin kengash (tashqi ishlar, ichki ishlar hamda yustitsiya) bo‘lib, u oliy boshqaruv idorasi hisoblangan. Yashirin kengashga uchta direktoriya, moliya, harbiy ishlar va mulklar bo‘ysundirilgan. Prussiyadan tashqari, german davlatlari tarkibiga kirgan eng kuchli davlatlardan yana Avestriya va Vengriyada ham mutloqiy yakka hokimlik maorif pardasi bilan niqoblangan.
Huquqining asosiy belgilari. Germaniyaning o‘rta asrlardagi huquqiga kelganimizda, Germaniya ham xuddi Fransiya kabi huquqiy tizim va manbalarning xilma – xilligi bilan ajralib turadi. Hatto, har bir ijtimoiy guruh o‘z huquqiga ega bo‘lgan. Bu yerda shunday qilib, huquqiy yoki yuridik tarqoqlik mavjud bo‘lgan. Nemis huquqida dastlabki yetakchi o‘rinni odat huquqi egallagan. Odat huquqlari yozilmagan bo‘lib, og‘izdan- og‘izga o‘tib kelgan. Sheffenlar sudining qarorlari ularni pretsedetnlar – sud odatlari siftida to‘ldirib borgan.
XIII asrga kelib nemis Odat huquqini kodifikatsiya qilishga urinib ko‘rildi. 1230 yillarda ritsar va sudya Eyke Fon Repkof anashunday to‘plamni tuzadi. Bu to‘plam Saksoniyaning sharqiy qismini odatlardan iborat bo‘lib, latin tilida tuzilgan, keyinchalik nemis tiliga tarjima qilingan.
Sakson zersalosnining asosiy g‘oyasi siyosiy tarqoqlikni tugatishga qarshilik ko‘rsatgan hamda o‘zlarining o‘zboshimchaliklariga chek qo‘yilishini hohlamagan feodallarning manfaatlarini ifodalashdan iboratdir. U Magdeburg, uchun ham huquq manbai bo‘lib xizmat qilgan. Sakson zersalosi qulchilikka qarshi kurashgan holda, feodallar tomonidan asoratga solingan mehnatkashlar ommasining tengsizlgini mustahkamlagan.1
Saksoniya zersalosi, bu huquqiy madaniyatning yirik yodgorligi bo‘lib, Sharqiy Saksoniyada asrlar mobaynida vujudga kelgan odat huquqi normalarining yozma to‘plami bo‘lsa-da, unda albatta uni tuzgan kishi Eyke Fon Repkofning ilg‘or ijtimoiy-siyosiy qarashlari o‘zining ifodasini topgandir. «Xuddi oyna ayollar qiyofasini o‘zida aks ettirgandek, zersalo ham sakslar huquqini shunday to‘g‘ri aks ettirsin», - deb yozadi bu haqida Fon Repkof Zersaloga she’riy kirish so‘zida. Zersaloning xotin qizlar, qul xotinlar va boshqalarning qadr- qimmatini sud yo‘li bilan himoya qilish, slavyan va nemis dehqonlarining teng huquqligi, nemis tilini bilmaydigan sudlanuvchining tarjimonga bo‘lgan huquqi, azoblab ko‘rsatma olishga intilishini chegaralash, barcha sudlarning saylanib qo‘yilishi to‘g‘risidagi normalari, bular o‘z davrining huquqshunosligida ijobiy g‘oyalar edi. U nemis tilidan prof. L. I. Dembo tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.2 Zersalo o‘zining tuzumiga ko‘ra, ikki qisimdan iborat bo‘lib, 460 moddani o‘z ichiga oladi. Ikkala qismi ham o‘zaro ichki bog‘liqlikka ega va ma’lum ma’noda o‘sha davr german huquqining tizimini o‘zida aks ettiradi.
Birinchi qisim Zemskiy huquqi deb ataladi, uch kitob va 234 moddadan iborat. Uning Birinchi kitobi 71 moddadan iborat bo‘lib, sud tuzulishi, sud protsessi, sud majburiyatlari - sud majlisi va majlislarda qatnashish, qurolli to‘qnashuv (poedink) masalalariga bag‘ishlangan qoidalarni o‘z ichida oladi. Zersaloning qiziq normalaridan biri shuki, unga ko‘ra yer egalari sud majburiyatiga, ya’ni sud ishlarida ishtirok etish majburiyatlarga ega. Bunga ko‘ra ozod yer egalari qirol farmoyishiga binoan har 18 haftadan keyin graflik sudlari bo‘lgan Sheffenlar sudi ishlarida, grafning sud ishlari bo‘yicha o‘rinbosari yoki vakilining sudi – Shultgeys sudida, Poselenslar – ozod lekin, mulki yo‘q kishilar sudida esa 6 haftadan keyin Gograf sudi majlislarida qatnashishi lozim bo‘lgan.
Ikkinchi kitob – servitutlar, ya’ni yerdan foydalanishi bilan bog‘liq majburiyatlar, jinoyat va jazo masalalari, protsesual huquq, qisman vorislik masalalarga bag‘ishlangan qoidalarni o‘z ichiga olgan.
Zersaloga ko‘ra inson o‘zidan keyin nima qoldirgan bo‘lsa, uning hammasi meros hisoblanadi. Merosxo‘rdan birinchi navbatda xizmatkorlar o‘z xo‘jayinlari vafot etgan kungacha haqini to‘lashini talab qilmog‘i lozim. Agarda voris ularni o‘z ishlarini davom ettirishlarini hohlamasa boshqa ish topgunlaricha 30 kun boqib turishi lozim. Albatta bu qoida o‘z davridagi ilg‘or normalardan deb hisoblanmog‘i lozim.
Vorislikda harbiy buyumlar voyaga yetmagan katta o‘g‘ilga, agar bunday o‘g‘il bo‘lmasa, qilich tutishga loyiq bo‘lgan qarindoshiga o‘tishi lozim bo‘lgan.
Grajdanlik huquqida yer mulkiga nisbatan bo‘lgan huquqini 31 yilu 6 hafta 3 kun da’vo qilmagan bo‘lsa, o‘zining huquqini yo‘qotgan. Davlat yer mulki, shuningdek, Shvablarning yer mulklariga bo‘lgan huquqlari esa muddatsiz bo‘lgan, chunki ular o‘z huquqlarini guvohlarning ko‘rsatmalari asosida isbot qilishlari mumkin bo‘lgan.
Jinoyat huquqiga kelganimizda, zersaloda davlatga qarshi chiqish og‘ir jinoyat bo‘lib hisoblangan: «Agar sinornlar qasam ichib, til biriktirgan holda imperiyani rad qilsalar, ular imperiyaga qarshi harakat qilgan bo‘ladilar», - deyiladi ikkinchi kitobning birinchi moddasida. Nomusga tegish og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, unda qatnashgan har bir kishini boshi tanidan judo qilingan. Shunday jinoyat sodir etilgan uy ham sud qarori bilan buzib tashlanishi lozim bo‘lgan.
O‘ g‘irlik uchun osib o‘ldirish jazosi belgilangan. Agarda kunduzgi 3 shillingdan oshiq bo‘lmagan qiymatga ega o‘g‘irlik sodir etilgan bo‘lsa, o‘sha kunning o‘zida unga tan jazosi berilishi, sochini qirqib tashlash yoki pul to‘lash evaziga jazodan ozod qilinishi mumkin. Ammo o‘g‘ri barcha huquqlardan mahrum etilgan deb hisoblangan. O‘ g‘irlangan katta miqdordagi mulkni yashirganlar, boshini tanidan judo qilish, kesish yo‘li bilan qatl etilgan. Zersalogaga ko‘ra ish hayvonlari bo‘lgan otlar, ho‘kizlarni o‘g‘irlaganlar, tegirmon, cherkov, qabristonlarni talaganlar, o‘t qo‘yuvchilar, qotillarga nisbatan g‘ildirakka bog‘lab, qatl etish jazosi nazarda tutilgan.1
Voyaga yetmagan shaxslar (21 yoshga to‘lmagan) odam o‘ldirsalar, ularga nisbatan tan jazolari, hayotdan mahrum etish, qatl etish jazolari qo‘llanilmasdan, ularni mulklaridan xun (vergeld) undirilgan. O‘ g‘il otasining vafotdan keyin u sodir qilgan jinoyat uchun javob bermagan. A’zolariga shikast yetkazganlik, ishdan chiqarganlik uchun yarim xun (vergeld) undirilgan. Qatl etish yoki a’zoga shikast yetkazuvchi jazolarni vergeld to‘lash, sotib olish yo‘li bilan almashtirish mumkin bo‘lgan. Vergeld 12 hafta ichida to‘lanishi shart bo‘lgan.
Zersaloning ijobiy qoidalari sudlov qoidalarida ham o‘zining ifodasini topgan. Unda ko‘rsatilishcha, dunyoviy sudlar saylanib qo‘yilishi, agar o‘zining len mulkiga asosan sudya bo‘lmasa, tayinlanadigan sudyaning bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatilgan.
Agar o‘g‘ri yoki talonchi jinoyat ustida qo‘lga tushsa, unda sud qilish uchun kamida uchta qishloqdan bittadan uchta gograf (parcha yeri bor ozod kishi) saylashni va gograf sudi tuzish lozim. Qiroldan buyruq olmasdan yoki saylanmasdan qirol nomidan sud qilganlarni tilini kesish yoki vergeld undirish bilan jazolangan. Sudga kelishi lozim bo‘lgan kishilar sudga chaqirilsa-yu, uzrsiz sabablar bilan kelmasa, unga nisbatan sud jarimasi belgilanib, u 6 hafta ichida undirib olinishi lozim bo‘lgan. Agarda biror kishi biror ashyoni o‘g‘irlanishi munosabati bilan ayblansa-yu, u ashyo undan chiqmasa, u kishiga qasam ichib, o‘zini tozalash huquqi berilgan. Agarda, shu ashyo unda ekanligi isbotlansa, u so‘zsiz javob berishi lozim bo‘lgan (I k., 15-M., II-2).
Qonunda guvohlar keltrish turli masalalar bo‘yicha turlicha ko‘proq 7 kishining guvohlik berib tasdiqlashi to‘g‘risida gapirilgan. Sud ijrochisining guvohligi yetti kishining guvohligi talab qilinadigan joylarda ikki kishining guvohligiga o‘tgan. Sudlarning qarorlaridan qanoatlanmagan tomonlar yuqori sudlarga, hatto qirol sudiga ham shikoyat qilishi mumkin bo‘lgan. Jinoyat uchun jinoyatchiga berilishi lozim bo‘lgan jazoga tortish ko‘rsatilgan.
Uchinchi kitob 91 moddadan iborat bo‘lib, grajdanlik huquqi masalalaridan kafolat, kafillik, da’volar, jazo, vergeld xun va uning mikdorlari, davlat huquqi masalaridan qirolni saylash, sud, sud ishtirokchilari, abbatlarni saylash tartibi, ma’muriy bo‘linish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Qonun kitobining ikkinchi qismi o‘n bobga bo‘linib, 226 moddani o‘z ichiga oladi va Len huquqi deb atalib, shartli yer egaligi borasidagi munosabatlarni tartibga solishga bag‘ishlangan. U Len huquqidan foydalanuvchi yer egalari uchun yozilgan bo‘lib, unda Len yerini olish va boshqa bir shaxsga o‘tkazish shartlari, ularga egalik qilish, Len yer mulkini merosga o‘tkazish tartibi, vasallik majburiyatlarini bajarish, Len yer mulki egalik huquqlarini sud va boshqa yo‘llar bilan himoya qilish masalalari tartibga solinadi.
Len huquqidan klerklar, ayollar, dehqonlar, savdogarlar, huquqdan mahrum etilganlar, qonuniy nikohsiz tug‘ilganlar, shuningdek, otasi tomonidan ritsarlik unvoniga ega bo‘lmaganlar barchasi mahrum etilgan.
Voris bo‘lgan o‘g‘il Len yer mulkiga ham voris hisoblangan shuning uchun u o‘z xo‘jasidan len huquqini tasdiqlashini so‘rashi shart hisoblanmagan. Lekin bir yilu olti hafta ichida Len egasining huzuriga borib, o‘zini vassal deb tanishligini so‘rashi lozim bo‘lgan. Mazkur iltimosga Len egasi indamasa, merosxo‘r Lenga majburiyatsiz egalik qilishi mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari bu qismida syuzirenetet-vassalitet munosabatlari buzilganda, Len sudida (yer egasining sudi) ishni ko‘rish tartiblari, shaharlardagi Len yer mulklari, uning egasini huquq va burchlari, uni bajarmaganlik uchun javobgarlik masalalari to‘g‘risidagi qoidalar mavjud. Saksonlarning huquq kitobi o‘zining ilg‘or qoidalari bilan faqat Germaniyadagina emas, boshqa qo‘shni mamlakatlar huquqini rivojlanishiga ma’lum darajada katta ko‘rsatdi. Deyarli 600 yil mobaynida ayrim German davlatlarida esa 1990 yilning 1 yanvarigacha sudlar tomonidan qo‘llanilib kelindi. Shuningdek, Avstriya, Gollandiya, Shveysariya, Polsha, Chexoslavakiya, Boltiq bo‘yi, Belorussiya, hatto Ukrainaning bir qismida ham huquqning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Odat huquqlarining ikkinchi to‘plami – Shvab zersalosi Shvabiya viloyatining qonun kitobi bo‘lib, u 1273-1282 yillarda noma’lum kishi tomonidan tuzilgan, uni tuzishda Bovariya hamda Alliman pravdalaridan, shuningdek, kanonik huquqdan, bibliya (tovrot) hamda qisman odat huquqlaridan manba sifatida foydalanilgan. Unda imperatorning huquqlari haqida batafsil gapirilganligi uchun imperator huquqi ham deb yuritiladi va ko‘proq Janubiy Germaniyaga yoyilgan.
Germaniyada siyosiy tarqoqlik davridagi huquq manbalariga shuningdek, qirol Fridrix II feodallarga bergan huquqlarini mustahkamlagan 1220 yildagi «Dindor knyazlarning huquqlari» haqidagi konstitutsiyalarini ham ko‘rsatish mumkin.
Yer mulki egaligi masalasida mulkiy hamda oilaviy holatlar bilan belgilanuvchi tartiblar hukmron edi. Len olgan vassal uni begonalashtirishi mumkin emas edi. U vassalga o‘tkazilganda investitura (marosim) o‘tkazilgan. 1307 yilda qirol Konrad II qonun chiqarib, lenni merosiy egalikka o‘tkazish mumkinligini o‘rnatdi.
Yetti knyaz hukmronligi (kyurfristlar) davrida Germaniya grajdanlik huquqida ham ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar ko‘proq mulk egaligining feodal cheklashlaridan ozod bo‘la borishi, dehqonlarning qaramlikka tashlanishi, feodallarning jamoa yerlarini talashlari natijasida marka – jamoaning yemirila borishi bilan harakterlanadi.
Jinoyat huquqi sohasida german huquqi tarixida katta rol o‘ynagan huquqiy yodgorlik 1532 yildagi «Karolina»dir.
Bu kodeks imperator Karlning topshirig‘iga binoan tuzilib, u jinoyat huquqi va jinoyat sudlov jarayoni huquqi normalarini o‘z ichiga oladi, unda tug‘ilib kelayotgan mutloqiy yakka hokimlikning o‘ziga xos tomonlari o‘z ifodasini topadi. Mazkur kodeks tizimiga ko‘ra, nashr qilish to‘g‘risidagi qonun kirish so‘zidan va qonun matnidan iborat bo‘lib, jami 219 moddani tashkil qiladi. Kodeks oxirida foydalanishga oson bo‘lishi uchun moddalar ro‘yxati – reestr berilgan. Unda qaysi moddada nima haqida aytilganligi to‘g‘risida gapiriladi.
O‘zining mazmuniga ko‘ra, Karolina ko‘proq jinoyat sudlov jarayoni kodeksidir. Garchi u Germaniya milliy huquqining yodgorligi bo‘lsa-da, unda Rim huquqining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Uning 142 moddasi jinoyat protsessual normalaridan, 78 moddasi esa jinoyat huquqi qoidalaridan iboratdir. U juda chalkash, unda moddiy hamda sud yuritishga oid huquq qo‘shilib ketgan. Karolinaga ko‘ra, jazoning maqsadi qo‘rqitishdan iborat bo‘lib, uning ishlab chiqilishi ijtimoiy kurashning 1525 yildagi dehqonlar qo‘zg‘olonining natijasi edi. Yagona kodeks ishlab chiqish masalasi 1498 yil Feyburg seymida, 1527 Vorm reyxstagida, 1524 yil Nyurenberg reyxstaglarida muhokama etilib, uning ko‘p loyihalari rad etildi. 1539 yilda Shpeyr reyxstagi 3 loyihani ham rad etadi.
1532 yilda kodeks matniga «Biz kyurfyuristlar, knyazlar hamda tabaqalarning huquqiy odatlariga ko‘ra meros qilib olgan tub huquqlardan mahrum qilmaymiz» degan qoida kiritilgachgina Regensburg reyxstagi ham (qonunchilik majlis) kodeksini tasdiqlaydi.1
Unda 9 xil o‘lim jazosi, 4 xil tan jazosi berilishi hollari ko‘rsatilgan (cho‘qtirib o‘ldirish, to‘rt bo‘lakka bo‘lib tashlash, boshini qirqish, g‘ildirakka bog‘lash va hokazolar: quloqni qirqish, burunni qirqish, ko‘zni chiqarish). Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kodeks o‘zining dahshatli jazolar belgilashi bilan harakterlanadi. Eng qattiq jazolar davlat jinoyatlariga – xiyonat, sotqinlik, soxta pul yasash va boshqalarga qo‘llanilgan.
Soxta pul yasash jinoyati kodeksda uchga bo‘lingan: 1. Tangaga tegishli bo‘lmagan qiymatni zarb etish. 2. Unga tegishli bo‘lmagan metallni qo‘shish. 3. Qasddan uni og‘irligini kamaytirish. Yuqoridagi jinoyatlarga, shuningdek, soxta hujjat va muhrni yasashga ham qatl etish jazosi berilgan. Mulkka qarshi qaratilgan jainoyatlarda talonchilik (qilich bilan qatl etilgan), o‘g‘irlik jinoyatlari og‘ir jinoyatlar hisoblangan.
O‘g‘irlik uchga bo‘lingan: a) sindirish bilan bog‘liq o‘g‘irlik; erkak kishi osib o‘ldirish, ayol kishi cho‘qtirib o‘ldirish bilan jazolangan yoki sudlar sharoitiga qarab bir ko‘zini chiqarish, bir qo‘lini qirqish bilan almashtirish mumkin bo‘lgan; b) 2-marta o‘g‘irlik (mayda o‘g‘irlik) «uyat yog‘ochi»ga bog‘lab qo‘yish va mamlakatdan quvib yuborish; v) 3-marta o‘g‘irlik – erkak kishi osib o‘ldirish, xotin kishi cho‘qtib o‘ldirish bilan jazolangan. Mayda o‘g‘irlik birinchi marta sodir etilsa, 5 guldengacha jarma solingan.
Oilaga qarshi qaratilgan jinoyatlar: nomusga tegish (qilich bilan qatl etish) ikki nikohlik – qatl etish, erga yoki xotinga xiyonat, ayol kishi tomonidan bolasini o‘ldirish (tiriklayin ko‘mib ustidan qoziq qoqish bilan jazolangan), shuningdek, tabiiy jinsiy aloqaga rioya qilmasdan, jinsiy aloqa qilish (gomoseksualizm) odatga ko‘ra yoqib yuborish bilan jazolangan, 14 yoshli o‘g‘rilarga faqat tan jazosi berilgan.
Diniy jinoyatlarga – dahriylik uchun qatl qilish, folbinlik jinoyatlari uchun yoqib yuborish jazosi qo‘llanilgan.
Karolina 300 yil mobaynida umum Germaniya imperiyasining jinoyat va protsessual qonuni bo‘lib keldi. U bosilib chiqqan vaqtda, Germaniya «German millatining qutlug‘ Rim imperiyasi» deb atalib, turli gersoglik va qirolliklar Vengriya, Avstriya, Sardiniya, Flandriya, Burgundiya, Ierusalim va boshqa yerlar uning tarkibiga kirgan. Bunday so‘zlar Karolinaga kirish so‘zida yozilib, u yarim sahifadan oshadi. U harbiy jinoyatlar haqidagi qonunlar sifatida Shveysariya leyb gvardiyasi polklarida, butun G‘arbiy Yevropada qo‘llanilgan. Rus imperatori Petr I ham «Harbiy artikllar»ni tuzishda uni o‘rgangan. Karolina imperiyaning barcha qismlari uchun majburiy bo‘lmasdan, balki namuna sifatida taqdim qilingan. Sudlov jarayoni dastlabki tergovga, sud muhokamasiga: umumiy va maxsus tergovga bo‘lingan. Birinchisining vazifasi jinoyat bo‘lganligni aniqlash, ikkinchisi – gumondorni hamda ishtirokchilarni so‘roq qilish, azoblash usullarini qo‘llash bilan fosh qilishdan iborat bo‘lgan. Hukm uch xil: ayblash, oqlash, gumondor qilib qoldirish kabi shakllarda chiqarilgan.1
Mutloqiy monarxiya davriga kelib, Germaniyada alohida davlatlarning huquqi bilan bir qatorda Rim huquqi qoidalari ham amalda bo‘ldi. Umumgerman yagona kodeksi Karolina bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, asosan politsiya xizmati maqsadlarini ko‘zda tutgan bir qancha umumimperiya qonunlari ham qabul qilindi. Ayrim davlatlarda huquqni koidifikatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
1794 yilning 1 iyunida Prussiya grajdanlik ulojeniesi (Nizom) nashr qilindi. Germaniyadagi munosabatlarning yarim feodalligidan qat’i nazar, bu ulojenieda o‘sib kelayotgan sanoat burjuaziyasining xos g‘oyalari bayon qilingan edi. Masalan: mulk egaligi shaxsning eng muhim, shart bo‘lgan mulkiy huquq sifatida, grajdanlik huquqining asosi sifatida qaraladi. Shular bilan bir qatorda ulojenie qirolining yakka hokimligini, politsiya rejimini, dehqonlarning qaramlik holatidagi munosabatlarini mustahkamlaydi.
XVIII asrda German davlatlaridan yana biri Avstryada ham qonunlarni to‘plamlashtirish ishlari o‘tkazilib, 1769 yilda Mariya Tereza (Tereziana) jinoyat qonunlari to‘plami, 1781 yilda umumgrajdan qonunlari to‘plami, 1781 yilda umumgrajdan qonunlar to‘plamining birinchi qismi, 1788 yilda yangi jinoiy sud yuritish nizomnomalari qabul qilindi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Prussiya va Avstriya maorifli mutloqiy monarxiya siyosatini olib bordi.
1 Қаранг: Хрестоматия памятников феодального государства и права. М., Госюриздат, 1961, 128-139; Сборник документов по всеобщей истории государства и права. - ЛГУ, 1977. 30-34 стр.
1 Хрестоматия памятников феодального государства и права. – М., 1961, Госюриздат, 62 бет.
1 Хрестоматия памятников феодального государства и права. - М.,Госюриздат, 1961, 92-бет
1 Ҳозирги «умумий ҳуқуқ» кўпроқ суд қарорлари ва даъволари билан боғлиқ бир гуруҳа ҳуқуқ манбаларини англатади.
2 Полянский Н.Н. Уголовное право и уголовный суд Англии И. во 2-е исправленное и дополненное. - М.: Госюриздат. 1969 34 стр.
3 Хрестоматия памятников феодального государства и права. – М.: Госюризд, 1961 год, 144-стр.
1 1980 йилда Лейпигцгдаги Саксония фанлар Академияси фон Репкоф туғилган кунининг 800 й., Саксония зерцалосининг 750 йиллигини кенг нишонлади.
2 Саксонское зерцало (памятник, комментарии, исследования). Отв. Ред. Акад. Ан. УССР В.М. Корецкий, Москва:Наука, 1985
1 Саксонское зеркало. -М.: Наука, 1985. стр.-55.
1 История государства и права зарубежных стран. Ч.I. -М., 1963. стр – 431.
1 Хрестоматия по истории государства и права зарубежных стран. -М., Госюриздат. 1984. стр. 132-152.
Do'stlaringiz bilan baham: |