O‘zbekiston tarixi


TOSHKENT SHAXRINING BOSIB OLINISHI



Download 4,82 Mb.
bet83/211
Sana30.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#194391
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   211
Bog'liq
ИЖТИМОИЙ.ЎЗБ.тарих.Мажмуа.2018-2019

TOSHKENT SHAXRINING BOSIB OLINISHI

Turkiston va CHimkentning bosib olinishi natijasida rus harbiy qo‘shinlarining bosqinchilik harakatlari yanada kengayib, endilikda mintaqaning eng katta va boy shaharlaridan bo‘lmish Toshkentni bosib olishga keng yo‘l ochildi. 1864 yilning 1 oktyabrida general CHernyaev katta harbiy qo‘shinlari bilan birga Toshkentning sharqidagi Darvishak qopqa degan joyga etib keladi. 2 oktyabrda dastlabki hujum boshlandi. Ammo Toshkent mudofaasi mehnatkash ommaning umumiy mudofaasiga aylanib, shahar atrofidagi devorlarda askarlar va xalq ko‘ngillilari joylashgan edi. Ular shu darajada qarshilik ko‘rsatdilarki, general CHernyaev mag‘lubiyatga uchrab CHimkentga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.

Mag‘lubiyat o‘chini olish hissida general CHernyaev 1865 yil 28 aprelda CHirchiq yonidagi Niyozbek qal’asini olishga buyruq berdi. SHaharni suv bilan ta’minlaydigan “Kaykovus” arig‘i to‘g‘onini buzib, uni CHirchiq daryosiga burib yuboradi. 1865 yil 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi general M.G.CHernyaev boshliq qo‘shinlar Toshkentga yana hujum uyushtirib, shaharning Kamolon darvozasi orqali shaharga kirib borishga muvaffaq bo‘ladilar. Toshkent uchun bo‘lgan janglardan so‘ng 1865 yili bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tashkil qilindi. 1866 yili Aleksandr II ning Toshkentni Rossiya tasarrufiga olinganligi e’lon qilindi. 1867 yil iyul oyida Turkiston general gubernatorligi tashkil etildi. Markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo viloyati, markazi Verniy bo‘lgan Ettisuv viloyatlari general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.

Turkiston va CHimkentning bosib olinishi natijasida rus harbiy qo‘shinlarining bosqinchilik harakatlari yanada kengayib, endilikda mintaqaning eng katta va boy shaharlaridan bo‘lmish Toshkentni bosib olishga keng yo‘l ochildi. 1864 yilning 1 oktyabrida general CHernyaev katta harbiy qo‘shinlari bilan birga Toshkentning sharqidagi Darvishak qopqa degan joyga etib keladi. 2 oktyabrda dastlabki hujum boshlandi. Ammo Toshkent mudofaasi mehnatkash ommaning umumiy mudofaasiga aylanib, shahar atrofidagi devorlarda askarlar va xalq ko‘ngillilari joylashgan edi. Ular shu darajada qarshilik ko‘rsatdilarki, general CHernyaev mag‘lubiyatga uchrab CHimkentga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.

Mag‘lubiyat o‘chini olish hissida general CHernyaev 1865 yil 28 aprelda CHirchiq yonidagi Niyozbek qal’asini olishga buyruq berdi. SHaharni suv bilan ta’minlaydigan “Kaykovus” arig‘i to‘g‘onini buzib, uni CHirchiq daryosiga burib yuboradi. 1865 yil 14 iyundan 15 iyunga o‘tar kechasi general M.G.CHernyaev boshliq qo‘shinlar Toshkentga yana hujum uyushtirib, shaharning Kamolon darvozasi orqali shaharga kirib borishga muvaffaq bo‘ladilar. Toshkent uchun bo‘lgan janglardan so‘ng 1865 yili bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tashkil qilindi. 1866 yili Aleksandr II ning Toshkentni Rossiya tasarrufiga olinganligi e’lon qilindi. 1867 yil iyul oyida Turkiston general gubernatorligi tashkil etildi. Markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo viloyati, markazi Verniy bo‘lgan Ettisuv viloyatlari general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.

SHuni aytish kerakki, yuqori tabaqaning ayrim vakillari o‘z manfaatlarini o‘ylab bosqinchilarga yordam berishdi. 1867 yili O‘rta Osiyoning rus hukumati bosib olgan joylarida hamda Qozog‘istonda tashkil etilgan Sirdaryo va Ettisuv viloyatlari tarkibida Turkiston general – gubernatorligi tashkil etildi. Toshkent uning markazi bo‘lib, general Kaufman general – gubernator qilib tayinlandi. General Kaufman qo‘liga kiritgan joylarda rus davlati mavqeini mustahkamlash va qonli urushlarni niqoblash maqsadida bir guruh vakillarni rus davlatiga sodiq, rus qo‘shinlariga har tomnlama yordam bergan kishilar sifatida Peterburgga yuborishga qaror qildi. Ular orasida SHayxul – islom Nosir Mulla Isoq (turkiston), Qozi mulla Talashpan (CHimkent), Dulat qabilasining biyi mayor Xudoybergan (Avliyo - ota), Sayidazimbay Muxammad o‘g‘li (Toshkent), YUsufxo‘ja Abdullaxo‘ja o‘g‘li (Xo‘jand va boshqalar) bor edi.

Turkiston vakillari 1867 yil mart oyida Peterburgga keladilar. Ularni Aleksandr II qabul qiladi. Vakillar imperatorga go‘yo Turkiston aholisi rus davlati tobeligiga olinganligidan baxtiyorligini, unga mangu sodiqligini izhor qiluvchi maktub topshiradilar. Maktubga Toshkent, Turkiston, CHimkent, Xo‘jand va boshqa joylarning boshliklaridan 59 kishi imzo chekkan va muxr bosilgan edi.

Amir Muzaffar xalq qo‘zg‘olonini butun Zarafshon vodiysiga tarqalishidan qo‘rqib chorizmga qarshi tayyorgarliksiz harbiy yurish uyushtiradi. Zirabuloq tepaligiga kelib o‘rnashadi. Amir Muzaffar xalqqa murojat qiladi: “Sodiq musulmon fuqarolari, g‘alaba biz tomonda bo‘lg‘ay, Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni qo‘ldan ketishi biz uchun uncha katta yo‘qotish emas. Biz Temuriylar avlodimiz, biz o‘z erimizni qaytarib olishimizni ko‘rsatib qo‘yamiz. Men dinimiz va Vatanimiz uchun musulmon ahlini qaxramonona jang qilishni, kofirlar ko‘z o‘ngida namoyon qilishingizni umid qilaman. Musulmonlar, Turkiston General gubernatori talab qilayotgan 125000 tillo (500000 so‘m) sovg‘a sifatida sizga beriladi”. Ushbu murojaat o‘q ovozlari ostida o‘qib eshittiriladi. 1868 yil 2 mayda dushman bilan jang boshlandi. Biroq amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydilar. Amir qo‘rqib Qizilqumga qochadi. Zirabuloqda jang vaqtida Samarqandda chorizmga qarshi xalq qo‘zg‘oloni boshlandi.

Bu vaqtda amir Muzaffarning obro‘si va maqei tobora tushib borayotgan edi. 1868 yili 23 iyunda amir Muzaffarning elchilari Samarqandga Kaufman huzuriga kelib, sulh tuqishga rozilik bildirdilar. Sulhga ko‘ra, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Zarafshon daryosining yuqori qismi xonlikdan ajratib olinib Rossiya tarkibiga kiritildi. Amir tovon sifatida 500000 so‘m to‘lashga va xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqa qilmaslikka va’da berdi. SHuningdek, Rossiya savdogarlariga xonlik tasarrufida bemalol savdo – sotiq ishlari bilan shug‘ullanishga, hamda karvonsaroylar qurishga ijozat etildi. Ular to‘laydigan savdo bojlari miqdori buxoroliklar to‘laydigan bojlardan oshmasligi kerak edi. xullas, shartnoma tuzilgandan so‘ng Buxoro amiri urushni rasman to‘xtatib, rus davlatiga tobeligini tan oladi.

CHor xukumati Xiva xonligini bosib olish uchun, katta tayyorgarlik ko‘rdi. 1869 yilgi ma’lumotlarga qaraganda Xiva xonligining 2,5 ming kishidan iborat muntazam armiyasi bo‘lsa – da, harbiy texnikasi nihoyatda nochor ahvolda edi. Rus hukumati xonlikka qarshi 3 tarafdan: Turkiston general – gubernatorligi, Orenburg va Kaspiy dengizi tomonlaridan harbiy kuch tashladi. Qo‘shin yaxshi qurollangan 12000 kishidan iborat bo‘lib, ularga fon Kaufman qo‘mondonlik qildi. 1873 yil may oyida yo‘lakay xivaliklar qarshiligini engib borgan istilochilar 28 mayda Xiva shahri ostonalarida to‘xtadilar. Bu vaqtda Said Muxammad Rahimxon qochishga ulgurgan edi. Qo‘shin general Veryovkin boshchiligida Xiva shahriga xujum boshladi. Biroq fon Kaufman urushni to‘xtatib, Xiva xonining taxtni qaytadan egallashni taklif qildi. SHundan so‘ng Muxammad Rahimxon Xivaga kelib, rus davlatining vassali sifatida taxtni egalladi. 1873 yil 12 avgustda sulh tuzilib, Xiva xoni o‘z siyosiy mustaqilligini yo‘qotadi. Xon tovon to‘lashni va rus savdogarlariga xonlikda bemalol yurishlari uchun sharoit yaratib berishni zimmasiga oldi. Amudaryoning qirg‘og‘i Rossiya ixtiyoriga o‘tkazildi.



SHunday qilib, Buxoro va Xiva xonliklari o‘z mustaqilliklarini yo‘qotib rus davlati manfaati doirasida ish yuritishga majbur bo‘ldilar. Buxoro xonligi urush harajatlarini qoplash uchun 500000 so‘m, Xiva xonligi esa 2 mln. 200000 so‘m tovon to‘lashga majbur bo‘ladi.

Rus istilochilarining keyingi niyati Qo‘qon xonligini yo‘qotish edi. Ular Turkiston, CHimkent, Toshkent va boshqa joylarni egallab, Qo‘qon xonligiga qattiq zarba berdilar. Qo‘qon xoni Xudoyorxon qo‘rqoq va tadbirsiz bo‘lganligi uchun, vatan himoyasi uchun arzigulik biror – bir ish qila olmadi. 1868 yili rus davlati bilan sulh tuzib, amalda Rossiyaga qaram bo‘lib qoldi. Xudoyorxonning itoatkorligi aholining g‘azabini oshirib yubordi. Natijada 1872 yili xonning subutsizlik va zulmiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon 1876 yilgacha davom etdi.

Qo‘zg‘olonga Xudoyorxon tomonidan o‘ldirilgan Musulmonqulning o‘g‘li Abduraxmon oftobachi rahbarlik qildi. Qo‘zg‘olonga shahar, qishloqlar aholisi bilan birga qipchoq va qirg‘izlar ham qo‘shildilar. Ruslarga qarshi g‘azovat (Muqaddas urush) boshlandi. Xudoyorxon 40 aravaga xazinasini yuklab Xo‘jandga qochdi. Uning katta o‘g‘li Nasriddin xon deb e’lon qilindi. Amalda esa xokimiyatni Abduraxmon Oftobachi va xonning ukasi Sulton Murodbek boshqargan. Ular ruslardan madad so‘rashgan. Xo‘jandda ruslar qo‘liga tushgan Xudoyorxon Toshkentga jo‘natildi. Bu erda uning mol – mulki musodara qilinib, o‘zi Orenburgga surgun qilindi.

1876 y. 19 fevralda Qo‘qon xonligini Rossiyaga qo‘shilganligi e’lon qilindi. Farg‘ona vodiysi harbiy gubernatori qilib M.Skobelov tayinlandi.

SHunday qilib, rus podsholigi o‘zining asriy maqsadiga erishdi. Asrlar davomida adabiyoti, fani, mehr – oqibatli, ma’rifatparvar, tinchliksevar xalqi bilan jahon e’tiboriga tushgan buyuk Turkiston mustamlakaga aylandi. Turkiston erlarining umumiy maydoni 5 mln 733 ming 800 kvadrat km edi. Vatanimiz g‘arbini Rossiya bosib olgan bo‘lsa, SHarqini 1876 yili xitoylar istilo qildi. Rus bolshevizmi davlat to‘ntarishi yasab, ikkiga bo‘lingan Turkistonni yana bir necha bo‘laklar (respublikalar)ga bo‘lib yubordi. SHunday qilib, erkin, ozod, hur. Turkiston mahalliy xukmdorlarning ojizligi tufayli parchalanib bosqinchilarga em bo‘ldi.


Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish