O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

Yangi mavzu bayoni:


160 
XV asrning 90-yillariga kelib Temuriylar mulkida shahzodalar o‗rtasida hokimiyat 
talashuv qutqusi avj oladi. Bu holni Hirotda, Husayn Boyqaro farzandlari, shuningdek, Abu 
Sa‘id Mirzoning Movarounnahrda hukm surayotgan o‗g‗illari misolida ko‗rish mumkin edi. 
Toju taxt uchun kurashlar tobora kengayib, unga Hisordan Sulton Mas‘ud Mirzo, 
Andijondan Zahiriddin Muhammad Bobur va... Turkistondan Muhammad Shayboniylar ham 
qo‗shiladilar Muhammad Shayboniyning Temuriylar mulkiga daxl qilishi Movarounnahr ichki 
nizolarining oxirgi nuqtaga kelib qolganidan dalolat edi. Uzoqni ko‗ra olmaydigan ayrim 
temuriyzoda shahzodalar taxt va mamlakat taqdirini o‗zlarining shaxsiy istaklaridan tuban 
qo‗yganlar.
Muhammad Shayboniy Temuriylarni yaxshi bilar edi. Uning bobosi Abulxayrxon 1428 
yilda nayman, qo‗ng‗irot, qushchi, qiyot, uyg‗ur, durman, qorluq, uyshun, kenagas singari turkiy 
qabilalar boshliqlari qo‗llab-quvvatlashi bilan hokimiyatga kelgan edi. Abulxayrxonning vafoti 
(1468) uning davlatida hokimiyat uchun bo‗lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Taxt 
talashlarida jon saqlash umidida Muhammad Shayboniy (1451 yilda tug‗ilgan) Buxoroga keladi. 
Buxoroda o‗sha paytda Abdulali Tarxon hokim edi. Buxoro tarxonlari Samarqand podshohi 
Sulton Ahmadga juda yaqinlashib ketgan, hukmdor ular chizig‗idan chiqmasdi. XVI asr 
boshlarida, to‗qqiz yuz yettinchi (1501-1502) hijriy yildan keyin yuz bergan voqea-hodisalar 
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida o‗z ifodasini topadi. Muhammad Shayboniy 
garchand asarda maqtov bilan zikr etilsa-da, shoir o‗sha davrda yuz bergan jangu jadallarni 
haqqoniy aks ettiradi. Buni Qashqa vohasi shaharlarining bosib olinishi talqin etilgan sahifalarda 
ham ko‗rish mumkin bo‗ladi. 
XVI asr oxirlariga kelib, Shayboniylar hokimiyati zavolga yuz tutadi. Abdullaxon 
vafotidan keyin (1598 yil, 8 fevral) taxtga uning o‗g‗li, Balx hokimi Abdulmo‗minxon chiqadi. 
Abdulmo‗minxonning fe‘l-atvori Buxoroda saroy ahliga juda yaxshi ma‘lum edi. Shu boisdan, 
uning taxtga chiqishi zimdan zo‗rlik bilan amalga oshiriladi. Ayonlar undan qo‗rqqanlaridan 
nafaslarini ichlariga yutib, uni qutlagan bo‗ladilar. Aslda ular Balxda qatag‗on siyosatini 
qo‗llagan, qonxo‗rlik va zolimlik bilan mashhur bo‗lgan Abdulmo‗minning hokimiyatga 
kelishidan norozi edilar. Shu sababdan, ko‗p o‗tmay unga qarshi fitna uyushtiriladi. 
Shayboniylar sulolasi Abdulmo‗minxon o‗limi bilan xotima topadi. Taxtga Shayboniylarga 
bilvosita yaqin bo‗lgan Joniylar chiqadi. So‗nggi Ashtarxoniy hukmdor Abulfayzxon davrida 
(1711-1747) Buxoro xonligi bir nechta mustaqil hokimliklarga bo‗linib ketadi. Xonlikka 
tobelikdan chiqib, mustaqillik da‘vo qilgan bekliklarda qavm boshliqlari boshqaruvni o‗z 
qo‗llariga oladilar.
Hokimiyat talashuvlar natijasida bir-biriga dushman bo‗lgan urug‗ boshliqlari o‗zlariga 
qo‗shni bo‗lgan tuman yoxud shahar va qishloqlarni atayin talon-taroj qilar, oqibatda aholi 
turmushi izdan chiqar, qishloq xo‗jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyatga katta putur 
yetar edi. Abulfayzxon davrida Qashqadaryoda ikki katta o‗zbek urug‗i – mang‗itlar va 
kenagaslar boshliqlari o‗rtasidagi ixtilof avjiga chiqadi. Mang‗itlar vohaning quyi qismida – 
Qarshi va uning tevarak-atrofida, kenagaslar esa Shahrisabz, Kitob tumanlarida joylashgan edi. 
Bu urug‗ boshliqlari xon huzurida o‗z mavqelarini oshirish nuqtai nazaridan kelisha olmas edilar. 
Xonlikda obro‗ e‘tibori baland urug‗ boshlig‗i katta imtiyozlarga ega bo‗lardi. Xonlik poytaxtida 
ahvol shu darajada bo‗lganidan keyin, uning viloyatlaridagi hayot tarzi nechog‗lik ekanligini 
tasavvur qilish qiyin emas. Buning ustiga, Nodirshoh Afshor o‗zi tobe etgan shahar va 
qishloqlardan qo‗shin oladi. Eron lashkarlariga Qarshi hokimi Muhammad Hakim Otaliqning 
o‗g‗li Muhammad Rahim ham o‗z yigitlari bilan xizmatga kirgan edi. Muhammad Rahim 
keyinchalik Ashtarxoniylar sulolasini tugatib, yangi – Mang‗itlar sulolasiga asos solgan kishi 
edi. Nodirshoh «tarbiyasini» olgan Muhammad Rahim to‗rt-besh yillik xizmatdan so‗ng, 
Buxoroga keladi va amirul umaro mansabini egallaydi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish