Yangi mavzu bayoni:
IX asrning 70 yillarida Movarounnahrda siyosiy parchalanish kuchayib, ichki nizolar avj
oladi. Faqatgina Ismoil ibn Ahmad (892-907 y.) davrida siyosiy tarqoqlikka bardam berishga
intilish kuzatiladi. Movarounnahr ichki va tashqi jihatdan kuchayish yo‗liga kiradi. Ikki asrdan
ziyod davom etgan arablar istilosidan so‗ng, Movarounnahr hap jihatdan o‗zini o‗nglay
boshlaydi. Arab xalifaligi tobeligidan qutulgan yurtda markazlashgan boshqaruv amalga oshadi,
ichki nizolarga barham berila boradi.
Ismoil Somoniy asoslagan sulola saltanatining davomiyligi, eng avvalo, ularning
mahalliy kishilarga, aslzoda va dehqonlarga, shuningdek, turk sipohiylariga tayanishida ko‗zga
tashlanadi. Nizomulmulk ham Somoniylar xaqida gapirganida ular orasidagi eng aqlli, tadbirli va
odil hukmdorni Ismoil Somoniy deb biladi va uning haqida naqllar keltirib o‗tadi. Nizomulmulk
e‘tiroficha, hukmdor o‗z yurtining yaxshi katxudosi – xo‗jayini bo‗lishi lozim, mamlakatning
obodonligi uning zimmasida: ariq va nahrlar qazish, korizlar ochish, daryolarga ko‗priklar solish,
qishloqlarning farovon va dehqonchilikning rivoji uchun g‗amxo‗rlik qilishi, istehkomlar va
shaharlarda go‗zal, baland qasrlar qurishi, yo‗l bo‗ylarida rabotlar tiklashi unga obro‗ va qudrat
keltiradi. U Ismoil Somoniyni shunday hukmdorlar mundarijasiga kiritadi.
Somoniylar hokimiyati yillarida Nasaf ancha rivojlangan va o‗ziga xos madaniy
markazlardan biriga aylangan edi. Buni somoniylar davlati toj da‘vogarlarining Nasafda turishi
ham dalolat etadi. Buni Som‘oniyning dalilida ham ko‗rish mumkin. Somoniy Ahmad ibn
Asadning o‗g‗illaridan biri Ishoq Buxoroda shikoyatlar va arizalarni ko‗rib chiqish bilan
(qozilik) shug‗ullangan.
Tarix ilmida ―qoraxoniylar‖ yoki ―ilikxon‖lar deb ataladigan turkiy sulolaning shajarasi
yaxshi aniqlangan emas. Akademik V.V.Bartold, ―Biz, Somoniylar hukmronligiga chek qo‗ygan
turk xonlari davlati qanday tashkil topganligi haqida ma‘lumotga ega emasmiz. Hatto, bu xonlar
qaysi bir turkiy qabilaga mansub ekanligi masalasi ham bahslidir‖, degan edi. Qoraxoniylar
shajarasi bobida V.V.Bartold fikrlariga tayangan tojik olimi B.G‗ofurov, bu haqda qoraxoniylar
davlatining asosini yag‗mo va chigil deb ataluvchi turkiy qabilalar tashkil etgan, deydi. Uning
shahodaticha, buning dalili ilk qoraxoniylar olgan unvonlarda ham mavjud. Jumladan, eng oliy
unvon Arslonxon (chigil totemi) va Bo‗g‗roxon (tuya-yag‗molar totemi) bo‗lishgan.
Qoraxoniylar davrida vujudga kelgan amlok tizimi, yerga bo‗lgan chek egaligi
dehqonchilikda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Biroq yangi sulola hokimiyatga
kelgan dastlabki paytlarda dehqonlarning mavqei ko‗tarilgan, hatto, Iloq dehqoni o‗zining
tangasini zarb etadi. Movarounnahrda ham dehqonlarning ahamiyati ancha ko‗tarilgan ko‗rinadi.
Biroq, yerning qadrsizlanishi dehqonlarning mavqei tushib borishiga sabab bo‗ladi.
Qoraxitoylar XII asr boshlarida o‗zini o‗nglab, katta davlat tuzishga muvaffaq bo‗ladilar.
Ular tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonni o‗zlariga tobe qiladilar. Movarounnahr hukmdori
Mahmud Xo‗jand yonida qoraxitoyliklarga qarshi urush boshlaydi. Biroq 1137 yilning
ramazonida (may-iyun) mag‗lub bo‗ladi.
Bu paytda Qoraxitoylarga qarshi ikki kuch yetilib kelayotgan edi. Biri Muhammad
Xorazmshoh Iskandari soniy, ikkinchisi, naymanlar yo‗lboshchisi Kuchlukxon. Muhammad
Xorazmshoh Talasda Go‗rxonning lashkarboshisi Tayonqani asir oladi va Xorazmga badarg‗a
156
qiladi. Shu voqeadan so‗ng uning nomiga «Iskandari soniy» rutbasi qo‗shib aytiladigan bo‗ladi.
Qoraxitoylar uchinchi tarafdan yana bir siquvda qoladiki, bular Mo‗g‗ulistondan Chingizxon
tazyiqi tufayli qochgan ko‗chmanchilar edi. Ular ham qoraxitoylar bilan to‗qnashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |