O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

Yangi mavzu bayoni: 
Milodning IV-V asrlarida kechgan voqealar markazida kidariylar, xioniylar va eftaliylar 
deb nom olgan qavmlar muhim o‗rin tutadi. Asr boshlarida Naxshabda kechgan siyosiy 
o‗zgarishlar ma‘lum darajada kidariylar va xioniylar bilan bog‗langan. Xitoy manbalarida, Bey-
shi yilnomasida ―jujanlar hujumidan bezor bo‗lgan yuyechji yo‗lboshchisi o‗z qarorgohini Bolo 
shahriga ko‗chirdi‖, degan xabar uchraydi. 
Xioniylar o‗zlarining keyingi yurishlarini So‗g‗d hududidan amalga oshirgan. 
Manbalarda kidariylar va xioniylar qanchalik aralashtirilib yuborilgan bo‗lsa, eftaliylar bilan 
xioniylar tafovutini belgilash ham qiyin. 450-yil voqealari haqida hikoya qilinar ekan, ―Eftaliylar 
davlati‖ degan istiloh yuzaga chiqadi. 
Qashqa vohasida xioniylar daxmalari saqlanib qolganmi, degan savolga qadimshunoslar 
ijobiy javob beradilar. Naxshabga yaqin Pirmatbobotepa atrofdagi tepachalar qazib ko‗rilganda 
(4-raqami bilan belgilangan nomsiz tepacha), guruhlab dafn etilgan daxma topilgan. Daxmada 
alp qomatli erkakning suyaklari bilan bir qatorda yana beshta jasad qoldiqlari ham bo‗lgan. 
S.K.Kabanov daxmani mufassal tadqiq etib, uning bir paytda amalga oshirilgan guruhlab 
ko‗mish joyi bo‗lganligini aytadi. Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz do‗nglik daxma xarobasi 
bo‗lib, u V asr so‗nglarida vujudga kelgan. 
Qashqa vohasining quyi qismida, Bo‗riariqning g‗arbiy tarafida paydo bo‗lgan manzillar 
V asrda ham yashashda davom etgan, ammo shu asr so‗nglarida bu yerdagi barcha qishloqlar 
bo‗shab, huvillab qolgan. Buning sababini S.K.Kabanov 468 yilda yuz bergan Valaam (Balaam), 
ya‘ni, Bolo shahrining Sosoniylar tomonidan qamal qilinishi bilan bog‗laydi. Pirmatbobotepa 
atrofidagi bir yo‗la ko‗p kishi dafn etilgan qabrlar-daxmalar ham shu davrda vujudga keladi. 
Pirmatbobotepa atrofidagi daxmalarga etnik jihatdan kimlar dafn etilganligini aniqlash 
uchun, shubhasiz, ko‗mish marosimining bir vaqtdami yoxud davomiymi ekanligini aniqlash 
juda axamiyatli edi. Qachonlardir daxma talab ketilgan, bu esa jasad qoldiqlarining holatini bir 
qadar buzgan. Daxmaning pastki qismi ancha oldin (demak, tinch vaqtlarda) amalda bo‗lgan. 
Shu tarifa, 4-tepalikdagi daxma o‗rganilganda, uning yuqori qismida bir vaqtning o‗zida bir 
necha kishini dafn etish amalga oshirilganligi aniqlangan. Bu yerda dafn etilgan kata yoshli 
erkak kishining o‗limi o‗zi bilan birga eng kamida besh kishining birgalikda ko‗milishiga sabab 
bo‗lgan. Dafn etilganlardan biri yosh bola bo‗lgan.
Qadimshunoslar muqoyasasiga ko‗ra, Quyi Qashqadaryodagi V asrga taalluqli daxmadan 
chiqqan va sun‘iy suboq holga keltirilgan bosh suyagi Shimoliy Hindistonda hukm surgan 
eftaliylar hukmdori Mixirakulaning sun‘iy shakl berilgan bosh suyagiga juda o‗xshashdir. 
Pirmatbobotepa yaqinidagi 4-nomsiz tepalikdagi daxmadan olingan bosh suyaklari o‗z tuzilishi 
bilan Mixirakula bosh suyagini eslatadi. Bu ham Quyi Qashqadaryoda eftaliylar mozorlari 
bo‗lganligini tasdiqlovchi muhim dalillardan yana biri bo‗ladi. 
Dafn vaqti ham yozma manbalardagi eftaliylarning Naxshabga kelishi sanalariga 
muvofiq, deyish mumkin. Yapon olimi K.Yenoki So‗g‗dning eftaliylar tomonidan bosib 


153 
olinishini 473-479 yillar deb ko‗rsatadi. Samarqandning eftaliylar tomonidan zabt etilishi sanasi 
ilmiy adabiyotlarda 509 yil tariqasida ko‗rsatiladi. 468 yilda yuz bergan kidariylar 
mag‗lubiyatidan so‗ng, So‗g‗dda bosh-boshdoqlik vujudga kelib, uni bosib olish juda oson 
kechgan. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish