3-MAVZU: NAVTAKA TARIXI
Reja:
1.
Navtaka tarixiga oid manbalar. Shaharning paydo bo‗lishi. Qishloqlar va aholi
manzilgohlarida hayot tarzi.
2.
Qadim Naxshab - Navtoq - Yerqo'rg'on obidasi. Navtaka shahrining paydo bo‘lishi haqida
dastlabki manbalar. Shaharning paydo bo‗lishi.
3.
Qadim Naxshab - Navtoq - Yerqo'rg'on obidasi. Yerqo‘rg‘on obidasida olib borilgan
arxeologik izlanishlar. Yerqo‘rg‘on obidasining Qashqa vohasi tarixida tutgan o‘ni.
Tayanch so‘z va iboralar:
Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, Kir II, Ahamoniylar
hukmdorligi, Yerqo‗rg‗on obidasi, Aleksandr Makedonskiy, Bess, Oksdan (Amudaryo), Qal‘ai
Zahhoki Moron.
Qarshi (Naxshab, Navtaka, Nasaf, Behbudiy (1926-1937 yillarda) – O‗zbekiston
Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar, viloyat markazi (1943 yildan). Shahar
Qashqa vohasining markazida Qashqadaryo daryosi bo‗yida, xalqaro temir yo‗l va avtomobil
yo‗llari kesishgan joyda joylashgan. Maydoni 7,5 ming gektar. U turli davrlarda Bolo,
Nashebolo, Naxshab, Nasaf nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.
Milodgacha bo‗lgan IX-VIII asrlarda Qashqadaryoning o‗rta oqimida kichik bir manzil
paydo bo‗ladi va u zamonlar o‗tishi bilan qishloq, shahar tusini olib, Naxshab deb atala
boshlaydi. Asrlar o‗tib Naxshabning tevarak-atrofi gavjumlasha borib, ko‗plab kishilik
manzillari vujudga keladi. Yirik savdo yo‗llariga yaqin joylashgan bu shahar So‗g‗diyonaning
yirik shaharlaridan biriga aylandi.
Miloddan avvalgi 545-539 yillarda Eron shohi Kir II Xorazm, So‗g‗diyona,
Marg‗iyonani va sak qabilalarini o‗ziga bo‗ysundirdi. Naxshab ham So‗g‗diyonaning bir qismi
sifatida Ahamoniylar hukmdorligi ostiga o‗tdi.
Qadim Naxshab – Navtoq – Yerqo‗rg‗on obidasi Qarshi va Koson shaharlari oralig‗ida,
Qarshidan o‗n chaqirimcha narida, uning shimoliy qismida joylashgan. Qadimshunoslar dalolat
etishicha, bu shahar xarobasi vohada quldorlik jamiyati hukm surgan asrlarda vujudga kelgan
yagona shahar qoldig‗idir. Yerqo‗rg‗onda uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar
shahodat etishicha, bir zamonlar shahar ikki qatorlama devor (ichki va tashqi) bilan o‗rab
olingan. Ichki mudofaa devori ulkan beshburchak shaklida bo‗lib, qariyb 40 tanobcha joyni
muhofaza qilib turgan.
Ichki devorning har 17-18 qadam bo‗lgan oralig‗ida baland minoralar qad rostlagan,
ularning qabariq o‗rinlari hamon bilinib turadi. Tashqi aylana devorning uzunligi 4,5
chaqirimcha bo‗lib, 150 tanob keladigan joyni o‗rab turgan. Tashqi devorning har joyida,
masalan, shimoliy tarafida pastak ko‗tarmalar tutashib ketishi kuzatiladi. Yerqo‗rg‗on
devorlarining balandligi 8 metrga yaqin bo‗lgan. Pastak ko‗tarmalar esa shaharning qamal
18
qilinganini, qamal qiluvchilar devorni qulatish va undan o‗tish uchun shu usulni qo‗llaganini
ko‗rsatadi. Qadimda bunday harbiy muhandislik yechimlari amalda bo‗lgan.
Ichki devorning qiyshiq tushgan joylarida, jumladan, sharqiy tarafdan uzilib qolish holati
yuz berishi uning qadimiy qal‘a xarobalari ustida qurilganligini ko‗rsatadi. Eski qal‘aning baland
joyi to‗g‗ri kelganda devor unga taqab ko‗tarilgan. Ichki devorga yonlama holda 20 ga yaqin
tepachalar ko‗rinadi. Tepalarning bir qismi turnaqator bo‗lib joylashgan. Bular shahar mahallasi
uylari bo‗lsa kerak. Qolgan tepalar alohida, katta binolar vayronalari, deb taxmin qilinadi. Tashqi
va ichki devorlar oralig‗ida, hatto, ularning tevarak-atrofida yashash manzillari anchagina
bo‗lgan.
Qadimshunoslarning aniqlashicha, shu tariqa, Yerqo‗rg‗on shaharchasi milodga qadar
bo‗lgan VIII-VII asrlarda yirik dehqonchilik manzili sifatida vujudga kelib, milodga qadar
bo‗lgan VI-V asrlarda yuksalishga erishadi.
Yerqo‗rg‗on shahri bir vaqtda yoxud bir asrda qurilmagan. Kichik aholi manzilidan u
asta-sekin yiriklasha borgan, hatto, shu viloyatning asosiy shahriga aylangan. Bu orada asrlar
kechgan. Shahar yuksalgan, vayron bo‗lgan, necha bor tiklangan. Yerqo‗rg‗onning 150 tanoblik
maydonida olib borilgan qazish ishlari bu joydagi qasr, ibodatxona va o‗zga binolarning turli
davrlarda, turli asrlarda qurilganligini ko‗rsatadi. Bu haqda shaharchaning sharqiy qismidagi
tepalikda o‗tkazilgan tadqiqotlar yetarli ma‘lumot bera oladi.
Aleksandr Navtoqqa birinchi bor Bess izidan, uni quvib kelganida asosiy shahar
Naxshabni qamal qilgan va uni yondirib, kuch bilan olgan. C.K.Kabanovning ta‘kidlashicha,
mudofaa devorlariga tutashib ketan tashqi ko‗tarmalar ana shu qamal asoratidir. Naxshab-Navtoq
Aleksandr bosqinidan so‗ng, keyingi asrlarda shahar sifatida o‗z mavqeini tiklab ololmagan.
Qadim yunon muarrixlari Aleksandr Makedonskiyning Markaziy Osiyoga qilgan yurishi,
harb-zarblari haqida hikoya qilganlarida, So‗g‗d va uning janglar kechgan viloyatlari haqida ham
yo‗l-yo‗lakay so‗zlab o‗tadilar. Jumladan, Doro III ni hokimiyatdan chetlatib, undan
podshohlikni va shohona anjomlarni tortib olgan Bess haqida gap ketganda, birinchi bor Navtoq
tilga olinadi. Arrian bu haqda: ―Bessga Aleksandr yaqinlab qolganini aytganlariga, u Oksdan
(Amudaryo ) suzib o‗tadi, qayiqlarni esa yondirib, So‗g‗d yeriga, Navtoqqa ketadi‖, deydi.
Navtoq qadimiy tarixiy manbalarda, qolaversa, hozirgi tadqiqotlarda ikki ma‘noda –
birida viloyat, ikkinchisida shahar nomi sifatida taqdim etiladi. Arrianda u aniq joy nomi sifatida
berilganligi tushunarli. Bu voqea milodgacha bo‗lgan 330 yil nari-berisida yuz beradi. So‗g‗d
bilan bog‗liq shu voqeadan ikki yillar chamasi keyin yuz bergan yurishlar haqida so‗zlagan
Kvint Kursiy Ruf esa, ―Shoh (Aleksandr) o‗z qo‗shini bilan Navtoq deb atalgan viloyatga yetib
keldi‖, deb yozadi. Har ikkala muarrixdan bir qancha vaqt oldin yashagan sitsiliyalik Diodor
(miloddan avvalgi 90-yilda tug‗ilib, 21-yilda vafot etgan) Aleksandr Makedonskiyning So‗g‗d
19
tuprog‗idagi harbiy harakatlari haqida so‗zlaganida, uning ―Navtoq qabilalariga qarshi yurish‖
qilganini aytadi. Bu yerda gap bir shaharda yashaydigan qabilalar haqida emasligi ravshan.
Diodor ―Navtoq qabilalari‖, deganda viloyat va uning aholisini ko‗zda tutadi.
V.Lunin ―Navtoq‖qa: ―hozirgi vaqtda Navtaka (Nautaki) xarobasini Markaziy Osiyoning
eng katta shaharlaridan biri – Yerqo‗rg‗on deb qarashga barcha asoslar yetarli, chunki uning
o‗rnida antik davr So‗g‗d shahriga xos bo‗lgan madaniy qatlamlar saqlanib qolgan‖
1
, degan
izohni beradi. Iskandar, salavkiylar va Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ellin madaniyati keng
tarqaldi.
Qashqadaryo viloyatining quyi qismida o‗tmish obidalarini aniqlash va tadqiq etish
bobida uzoq yillar ish olib borgan qadimshunos olim S.K.Kabanov Navtoq va Ksenippaning
hozirgi Qashqadaryo viloyatining yuqori yoki quyi qismiga to‗g‗ri kelishi masalasida bahs
yuritadi. S.K.Kabanov Navtoqni ham, Ksenippani ham shaharlar tarzida emas, viloyatlar sifatida
qaraydi. Yozma manbalarda ikki viloyat – Navtaka va Ksenippa ma‘lum, – deydi S.K.Kabanov,
– ularni tarixchilar va qadimshunoslar Qashqadaryo vohasida, deb ko‗rsatadilar. Bu viloyatlar,
albatta, vohaning yuqori va quyi qismidagi ikki qadimiy dehqonchilik vodiylari – Shahrisabz va
Qarshiga to‗g‗ri keladi. Biroq bu nomlarning hozirgi joylariga to‗g‗ri kelishi masalasida
tadqiqotchilarning qarashlarida tafovut bor. Oldin Navtaka vohaning yuqori qismi, Ksenippa esa
quyi qismi, degan nuqtai nazar bosim edi. M.YE.Masson esa bunga zid fikrni qo‗llab-
quvvatlaydi, ya‘ni, uningcha, Ksenippa vohaning yuqori qismi, Navtaka bo‗lsa quyisida
joylashgan. Qadimshunos olim bunda Navtoqning quyi viloyatning asosiy shahri Yerqo‗rg‗on
xarobasi o‗rniga to‗g‗ri kelishini ham qayd etadi‖.
―Yerqo‗rg‗on‖ atamasi, tabiiyki, nisbatan keyingi asrlarda paydo bo‗lgan. Quyi viloyat va
uning asosiy qal‘asi nomi yunon muarrixlarida ―Nautaka‖, ―Nautak‖ tarzida berilganligini
ko‗rdik.
Qarshi vohasining qadimiy poytaxti – Yerqo‗rg‗on shahristoni hozirgi Qarshi shahri
Shayxali mahallasidan 2 kilometr shimolda joylashgan tuproq qal‘a bo‗lgan. Yerqo‗rg‗on 50-60-
yillarda dastavval S.Kabanov va M.Masson tomonidan o‗rganilgan. XX asrning 70-80-yillarida
esa O‗zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining ekspeditsiyasi tomonidan bu yerda
ilmiy arxeologik tadqikotlar olib borilgan.
Yerqo‗rg‗on hududi turli hajmdagi tepaliklar bilan qoplangan bo‗lib, ular sobiq shahar
vayronalaridir. Eng yirik tepalik hukmdor saroyi ekani aniqlangan. Shuningdek, qazuv ishlari
davomida shahar butxonasi, maqbara, zardushtiylik dahmasi, hunarmandlar mahallalari topilgan.
Yerqo‗rg‗ondagi shahar taxminan VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi va Sosoniylarning
birlashgan kuchlari tomonidan eftalitlar davlatini yakson qilish paytida vayron qilingan.
1
―История Узбекистана в источниках‖. Б.92.
20
Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‗rtalarida shahar kengayib boradi. U 35
gektarlik maydonni egallaydi. Taxminan miloddan avvalgi VI asrda qurilgan yangi mudofaa
devorining balandligi 8 metr, poydevori 3 metr kenglikda bo‗lgan. U shaharni sak
chavandozlaridan himoya kilgan. Vaqt o‗tishi bilan u bir necha marta ta‘mirlangan va
kengaytirilgan, IV asrning o‗rtalariga kelib, uning qalinligi 20 metrga yetgan.
Miloddan avvalgi III-II asrlarda Yerqo‗rg‗on o‗rnidagi shahar rivojlanib borgan, buni
arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Jumladan, sopol buyumlarning shakli o‗zgara boshlagan.
Bular nafis jomlar, ovqat solinadigan idishlar, laganlardir, ayni paytda bu davrda vohada
koroplastika san‘ati vujudga kela boshlaydi. Bu davrdagi noyob terrakota rasmlar va bezaklar
ellincha usulda yasalgan. Qazilmalar mobaynida topilgan momaqaldiroq xudosi Zevs tasviri
tushirilgan miloddan avvalgi V-IV asrlarga mansub etruskcha gemmaintaliya ham shu davrga
oiddir. Soqolli yalang‗och mavjudot yarim burilgan holda chap qo‗lida Zevsning hamrohi –
burgut qo‗ngan asoni ushlab turgan tarzda tasvirlangan.
Miloddan avvalgi II asrning birinchi yarmida Qashqa vohasi Sharqiy Orolbo‗yi
hududidan chiqqan saklar sulolasi hukmronligi ostida qolgan. O‗sha davrda Yerqo‗rg‗ondan 15
kilometr janubda qal‘a shaklidagi yangi shahar – Qal‘ai Zahhoki Moron barpo etilgan. U yagona
arxitektura inshooti sifatida qurilgan. Uning markazida tomonlari yuzga yuz metr bo‗lgan, 15
metrgacha balandlikdagi ulkan minora joylashgan. Ushbu inshootni uch qator devor qurshab
olgan.
Qal‘ai Zahhoki Moron va uning o‗n metr qalinlikdagi devorlari Yerqo‗rg‗on kabi bir
necha marotaba qayta qurilgan. Devor tarkibini o‗rganish ularning eng dastlabkilari miloddan
avvalgi II-I asrlarga mansubligini ko‗rsatdi. Milodning IV-V asrlarida shahristonni qayta tiklash
paytida devor ichidagi yo‗laklar barpo etilgan. Milodning VIII asriga kelib shaharning asosiy
qismida hech kim yashamay qo‗ygan, markaziy minoraning tepasida kichik qo‗rg‗on bunyod
etilgan.
Miloddan avvalgi dastlabki asrlarda Yerqo‗rg‗on o‗rnidagi shahar kengaytirilgan hamda
deyarli 150 gektarlik maydonni qamrab oluvchi tashqi devor bilan o‗ralgan. Yerqo‗rg‗onning
tashqi devori ichki yo‗lkalari bor mustahkam mudofaa inshooti bo‗lib, uning hududida har 60
metrdan so‗ng minoralar o‗rnatilgan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda Yerqo‗rg‗onning ichki shahrida VIII-VII asrlarga mansub
eng qadimgi devor xarobalari o‗rnida kulollar mavzesi barpo etilgan, tashqi shaharda esa –
Samarqand tomonga olib boruvchi qadimgi yo‗l yoqasida temirchilar mavzesi bo‗lib, ular shahar
VI asrda vayron bo‗lguncha mavjud bo‗lgan.
So‗nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar Qashqadaryo vohasi (Janubiy
So‗g‗d) qadimgi shaharlarini o‗rganish masalalariga ham ko‗pgina aniqliklar kiritdi. Asrimizning
21
60-yillarida M.E.Masson Yerqo‗rg‗on ko‗hna shahrida tadqiqot ishlari olib borib uning yirik
ko‗hna shahar ekanligi, bir necha madaniy qatlamlar rivojlanish jarayonidan dalolat berishini
ta‘kidlasa ham, uning shakllanishi va rivojlanishi dastlabki bosqichdagi aniq sanasini bermagan.
Keyingi tadqiqotlar esa Yerqo‗rg‗on ko‗hna shahrining shakllanishi va rivojlanishi,
shaharsozlikning paydo bo‗lishi, moddiy madaniyat va iqtisodiy tarixi, xronologiya va
davrlashtirish masalalariga ko‗pgina aniqliklar kiritish imkonini berdi.
Yerqo‗rg‗on ikki qator mustahkam himoya devorlari bilan o‗ralgan bo‗lib, tashqi
devorning hududi 150 gektarga yaqin, ichki devorning hududi esa 40 gektarga yaqin. Mil.avv.
IX-VIII asrlarda Yerqo‗rg‗on o‗rnida o‗troq aholi manzilgohi paydo bo‗ladi. So‗nggi
ma‘lumotlarga ko‗ra u mudofaa inshootlari bilan muhofaza etilgan bo‗lishi mumkin.
Yerqo‗rg‗on qazishmalarining ko‗pqatlamliligi miloddan avvalgi VII-VI asrlarda ko‗hna shahar
hududi jadallik bilan o‗zlashtirilib borilganidan dalolat beradi.
Yerqo‗rg‗onning ijtimoiy-o‗troqlashish rivojlanishi uning sug‗orish tarmoqlari bilan
uzviy bog‗liq holda kechgan. Tipologik klassifikatsiya va statistik ma‘lumotlarning tahliliga
qaraganda, yashash makonlari o‗z o‗lchamlariga ko‗ra ierarxik tizim ostida tarqalgan va ushbu
qadimgi So‗g‗diyona jamoasi tizimining eng cho‗qqisida Yerqo‗rg‗on ko‗hna shahri turgan.
Shuningdek, mahalliy ahamiyatga molik bo‗lgan kichik shaharlar ham mavjud bo‗lgan.
Yerqo‗rg‗on topilmalari hamda bu yerda ochilgan hokim saroyi, shahar ibotxonasi,
daxma va maqbaralarni boshqa hududlardagi topilmalar bilan solishtirib va qiyoslab shunday
xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi So‗g‗d shaharlari me‘morchiligi – qadimgi sharq
shaharsozligining ko‗plab usullari, xususan qo‗shni Baqtriya va Marg‗iyonaning bronza va ilk
temir asriga oid boy bunyodkorlik merosi bilan uyg‗unlashib, o‗ziga xos yo‗nalishda davom
etadi.
FA Arxeologiya institutining so‗nggi yillardagi tadqiqotlariga ko‗ra, Yerqo‗rg‗onning
pastki qatlamlaridan mil.avv. IX-VII asrlarga oid madaniy qatlamlar aniqlandi. Shuningdek,
Yerqo‗rg‗onda to‗rtta qurilish davri mavjud bo‗lganligi hamda birinchi qurilish davriga oid eng
qadimgi himoya devori mil.avv. VIII-VII asrlarda bunyod etilganligi kuzatildi. Demak, so‗nggi
tadqiqotlar ham Yerqo‗rg‗onni O‗rta Osiyoning boshqa shu davrga oid yodgorliklari qatori
(Qiziltepa, Marv, Boloi Hisor, Uzunqir, Afrosiyob va boshq.) urbanistik markazlar safiga kiritish
mumkinligini yana bir marta isbotlaydi.
Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida shahar butkul vayron qilinib, shundan keyin
uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Miloddan avvalgi II-I-
asrlarda hozirgi temir yo‗l stansiyasi hududida yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan
Zahhoki Moron qal‘asi bunyod etildi. Bu qal‘a ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya
bordi. (qoldiqlari hozirda Shulluktepa deb ataladi).
22
Xioniylar va eftalitlar davrida Naxshab gullab yashnadi, So‗g‗d vohasining savdo,
hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi.
Milodiy 468-yilda Kidariylar o‗z qarorgohini yangi Naxshabga ko‗chirdilar. 710-yilda
shahar va uning atrofidagi hududlarni arablar bosib oldilar. (Naxshab arabcha talaffuzda Nasaf).
Shaharda ilk masjid barpo etilgan.
IX-XIII asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. X
asrda Nasafda o‗sha davr musulmon olamining ilmiy kongressi – Majlisi tadris o‗tkazilgan.
IX asrning boshlarida Nasaf Somoniylar davlati tarkibiga kirdi. XI asrda qoraxoniylar
qo‗liga o‗tdi. Mo‗g‗ullar bosqini arafasida Nasaf Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirar edi.
1220 yilda Nasafni Chingizxon qo‗shinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (XIV
asrda) voha markazi 3 marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi o‗rnida qayta tiklandi.
Chingiziylardan bo‗lgan Chig‗atoy ulusi xoni Kepakxon (1318-1326) Nasafdan ikki farsax (12-
14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan shu qasrga ko‗chirgan. Nasaf
aholisi asta-sekin Qarshi atrofiga ko‗chib o‗ta boshladi va shu paytdan boshlab Qarshi Nasafning
ikkinchi nomiga aylandi va XIX asrga kelib Nasaf nomini iste‘moldan chiqardi.
XIV asrning ikkinchi yarmida shahar qo‗rg‗oni atrofi g‗isht va paxsa devor bilan
o‗ralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qal‘a atrofida 2,5-3 metr chuqurlikdagi handaq
qazilgan. Handaq ustida to‗rtta ko‗tarma ko‗prik bo‗lgan. Amir Temur Nasafni himoya devorlari
bilan o‗radi. Ammo amirning ona shahri Keshning maqei ko‗tarilishi natijasida Nasaf biroz
e‘tibordan qoldi.
Shayboniylar hukmronligi davrida Qarshi tez rivojlana boshladi. Qashqadaryo daryosi
ustidagi ko‗prik, Ko‗kgumbaz jome masjidi kabi obidalarning ko‗pchiligi aynan Shayboniylar
davrida barpo etildi. XVI asrda shahar yaqinida yirik Nomozgoh masjidi, hammom binolari qad
ko‗targan. Imomqulixon davrida Qashqadaryodan Qarshi cho‗liga kanal chiqarilgan. XVII-
XVIII asrlarda Qarshi Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi.
1785 yilda Buxoroda Amir Shoh Murod o‗zini amir deb e‘lon qilgach, Buxoro xonligi
amirlikka aylantirildi. Buxoro amrligi davrida Qarshi amirlikning ikkinchi ahamiyatga ega
bo‗lgan shahriga aylandi. Nufuzi va hajmi jihatidan hatto Samarqandni ham ortda qoldirgan
Qarshi Buxoro amirligi taxt vorislarining rasmiy qarorgohi bo‗lib qoldi. Buxoroning so‗nggi
amiri Said Olimxon 1898 yildan 1910 yilgacha Nasaf voliysi vazifasini bajargan.
1919 yilda Mahmudxo‗ja Behbudiy Qarshida qatl etilgandan so‗ng, shahar 1926-1937
yillarda Behbudiy deb atala boshladi. Ammo keyinchalik aholi ko‗nikkan Qarshi nomi qaytarildi.
SHo‗rolar davrida shahardagi masjid-madrasalar omborxonalarga, hatto qamoqxonalarga
aylantirildi. ―Toshturma‖ degan sovuq nomga ega bo‗lgan bunday qamoqxonalardan biri
shaharning 2700 yillik yubileyiga qadar o‗z vazifasini bajarib keldi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |