O„zbekiston tarixi kafedrasi


-mavzu: Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

 
11-mavzu: Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi 
Maqsad: 
Talabalarda mavzu bo‗yicha teran tushunchalar hosil qilish. 
Kutilayotgan natija: 
Talabalar o‗tilayotgan mashg‗ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu 
doirasida mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish.
Material va jihozlar: 
Qo‗llanmalar, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar 
ko‗rgazmasi, rasmlar, doska, bo‗r.
 
I. Tashkiliy qism: 
Talabalarni mashg‗ulotga jalb qilish: Mavzu yuzasidan qisqa axborot berish.
Talabalarning mavzuga oid fikr-mulohazalarini tinglash.
II. O'tilgan ma‟ruza mavzusini takrorlash: 
Ilgarigi o‗tilgan mavzuni qisqa takrorlash, frontal 
so‗rab – bilish -blitz yoki mavzu bo‗icha savol va topshiriqlarni talabalarning og‗zaki javoblarini 
tinglash shaklida o‗tkaziladi. 
 
III. Yangi mavzu rejasi: 
1.
Amir Temurning 1360-1370 yillarida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy faoliyati 
2.
Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi 
3.
Amir Temurning harbiy yurushlari 
Yangi mavzu bayoni:
Mo‗g‗ul hukmdori Tug‗luq Temurning Movarounnahrga qo‗shin tortishi, deyarli jangu 
jadalsiz uni zabt etishi ayni vaqtda porloq g‗alaba va mash‘um halokat debochasi edi. Tug‗luq 
Temur o‗zi mutlaqo sezmagan, tasavvur qilmagan holda yana bir Temurni, mo‗g‗ul 
bosqinchilarini tag-tomiri bilan mamlakatdan uloqtirib tashlaydigan mazlum xalq farzandini 
kashf etgan edi. Turkistonga qo‗shin tortib kelayotgan mo‗g‗ullar Sirdaryo yaqinida, Toshkent 
cho‗lida joylashgan Chinoqbuloq mavzesida to‗xtab, bosqin rejalarini pishiqtirib oladilar. 
Turkistonda mo‗g‗ullarga qarshi kurash, bo‗ysunmaslikning alangalanib turgan o‗chog‗i Qashqa 
vohasi edi. Tug‗luq Temurning amirlari va arkoni davlati kengash qurib, Shahrisabz va 
Samarqand ustiga qo‗shin tortishga kelishib oladilar. «Zafarnoma»da keroyit umoqidan 
(aymoqidan) Ulug‗ Tuqa Temur arqonut umoqidan umoqidan Hojibek va qang‗li umoqidan 
Bikijaklar mo‗ljalni Keshga oladilar. Ular birgalikda Shahrisabz tomon yuzlandilar», deyiladi. 
Tug‗luq Temurning o‗zi ham to‗g‗ridan-to‗g‗ri Keshga (Shahrisabz) yo‗l olgan. 
Amir Temur o‗sha dolg‗ali damlarda yon berishga, kuchli dushman bilan murosa qilishga 
majbur edi. Amir Hoji Sayfiddin Amir Temurni mo‗g‗ul podshohi Tug‗luq Temur oldiga 


158 
boshlab boradi. Amirlar Hoji Barlosdan yuz o‗girib, qaytib kelgan yosh yigitni maqtab ta‘rif 
qiladilar. Tug‗luq Temur ham uning aqlu-farosatiga qoyil bo‗ladi va uning shaxsida o‗zining 
sodiq ittifoqchisini ko‗radi. Mo‗g‗ul podshohi unga ko‗plab suyurg‗ol berib, avloddan-avlodga 
barlosiya merosi bo‗lgan Shahrisabz tumanini Amir Sohiqironga inoyat qiladi.
1361 yildan keyingi voqealar Amir Temur uchun tashvishli kechadi. O‗z qarorgohiga 
hashamatu mamnuniyat bilan qaytgan Tug‗luq Temur Movarounnahr hokimiyatini o‗g‗li 
Ilyosxo‗ja O‗g‗longa topshiradi. Amir Bekijak (Bekichak, Bekkichik shakllari ham bor) mazlum 
yurtni boshqarish jilovini o‗z qo‗liga oladi.
Amir Temur va amir Husayn 1365 yilda Samarqandda yuz bergan sarbadorlar kurashi va 
uning oqibatlari Amir Temur va amir Husaynning uzil-kesil muxolif qutblarga ajralishida asosiy 
sabab bo‗ladi. Amir Husayn Turkistonni idora qilishda o‗ziga teng raqiblar bo‗lishini istamas 
edi. Amir Temur uning yo‗lidagi o‗tib bo‗lmas g‗ov edi. Shu sababdan u o‗ziga ittifoqchilarni 
ko‗paytirishga intilib, muxolifi SHer Bahromni makr va aldov yo‗li bilan o‗ziga ag‗darib olishga 
erishadi. Bahrom Jaloyir ham g‗oyat badgumon odam bo‗lganidan na amir Husayn oldiga 
borishga jazm qiladi va na viloyatda qolishga jasorati yetadi. O‗ziga hamjihat deb bilgan bir 
guruh odam bilan mo‗g‗ullar tomonga otlanib, tarki vatan qiladi. Aniqroq aytganda, u Amir 
Temur va amir Husayn o‗rtasida kun sayin kuchayib borayotgan kurashdan o‗zini chetga oladi. 
Balx jangida amir Husayn mag‗lub bo‗lib, qo‗lga tushadi. Bu voqea 1370 (771 hijriy) 
yilda yuz beradi. Garchi Amir Temur bir umr o‗ziga xiyonat qilib kelgan amir Husaynning 
qonidan kechgan bo‗lsa-da, ko‗pni ko‗rgan, hayot ta‘mini totgan» keksa amir Uljoytu amir 
Kayxisrav va amir Muayyadga ishora qildi va ular majlisdan chiqib ot choptirib ketdilar hamda 
amir Husaynni qatl qilib, boshini uning tanasidan judo etdilar. Amir Husayn qatlini amalga 
oshirganlar Kayxisrav ukasi Kayqubod o‗chi uchun (Kayqubod amir Qazog‗on o‗limida qo‗li 
bor, deb amir Husayn tomonidan qatl etilgan edi), amir Muayyad esa keyingi ikki yil ichida amir 
Husayn tomonidan qattiq ta‘qib ostiga olinganligi uchun shu yo‗lni tanlaydilar. Shriat ahkomi bu 
jazoni xun haqqi (Kaykubod xuni) evaziga to‗g‗ri topadi. Amir Husayn Balxning Xoja O‗qosha 
qabristoniga dafn etiladi. 
Amir Temur Movarounnahr hukmdorligini qo‗lga kiritgach, ichki va tashqi siyosatda ikki 
asosiy yo‗lni o‗tkazadi. Birinchisi – Turkistonni, Turon mulklarini yagona davlatga birlashtirish 
g‗oyasi, bunga u qariyb o‗n yilga yaqin vaqt sarfladi. Ikkinchisi – mamlakatni uzil-kesil mo‗g‗ul 
xavfidan qutqarish siyosati. Shuning uchun ham, 772 (1370-71) hijriy yildayoq, ya‘ni 
hokimiyatga chiqishidan ko‗p o‗tmay jataga – mo‗g‗ullar ustiga qo‗shin tortadi. Kepak Temur 
bilan o‗rtada sulh tuziladi va Amir Temur o‗z qarorgohiga keladi. Lekin mo‗g‗ul xoni tezda 
dushmanlik yo‗liga o‗tadi va shu yilning o‗zidayoq u yana Mo‗g‗ulistonga yurish qiladi. Fasih 
Havofiy shu yillar tarixini bitar ekan, Amir Temurning jataga qilgan ikkinchi yurishdan 
Samarqandga qaytganligini ta‘kidlaydi. Binobarin, 1370 yilning o‗rtalarida Amir Temur o‗ziga 
poytaxt sifatida Samarqandni tanlaydi. 
1390 yillarga kelib Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirgan edi. U o‗zining 
asrlar davomida talangan, qashshoqlashgan, tanazzulga botgan ona-yurtiga ozodlik, taraqqiyot va 
bardam ruhni qaytarish ga muvaffaq buladi. V.V.Bartold, Amir Temur 1396 yilda besh yillik 
harbiy safardan qaytganidan so‗ng Turkiston axolisini uch yillik soliqdan ozod qilganini 
ta‘kidlaydi. 
Amir Temur Qashqa vohasini boshqarib turgan XIV asrning 60-yillari o‗rtalarida 
Shahrisabz va Qarshini muhofaza qilishga, bu shaharlarda mustahkam devor, masjidlar barpo 
etishga intilgan. 1378-79 yilda Amir Temur Xorazmga 3-yurishni amalga oshirish oldidan 
Qarshi shimolida joylashgan Zanjirsaroy shahrida qishlaydi.
Amir Temurning 1370 yilga qadar bo‗lgan faoliyatida asosiy tashvishlar Qarshi bilan 
bog‗liq kechgan edi. U o‗sha yillari Qarshining har bir ko‗chasini, qudug‗i va devorining past-


159 
balandligini, suv kirish joylarini besh barmog‗idek o‗rganib chiqqan edi. Sohibqiron Turkiston 
hokimiyatiga erishgandan so‗ng, Qarshi shahri va uning tevarak-atrofida faqatgina o‗ta muhim 
davlat ishlari taqozosi bilan bir-ikki safar bo‗la olgan. 
Amir Temur uch yillik yurishdan qaytib, 1385 yilda Qarshi va uning yonverida qishlab 
qoladi. Shu yili Samarqandda Eronga qo‗shin tortish uchun sipoh yig‗ish ishlari nihoyasiga 
yetadi. «Zafarnoma»da 1385 yilda Qarshida qishlash haqidagi rasmiy xabardan bo‗lak, ortiqcha 
tafsilotlar yo‗q. Fasih Havofiy bu qishlov to‗g‗risidagi ma‘lumotni o‗z «Mujmal-i»ga kiritmagan 
ham. 
To‗xtamishning Movarounnahr janubida qilgan talon-taroji, ko‗rnamakligi Amir 
Temurga qattiq botadi. Ayniqsa, Zanjirsaroyning vayron etilganligini u sira ham kechira 
olmaydi. Amir Temurning qudratli qo‗shini Dashti Qipchoq bo‗ylab, To‗xtamishning izidan 
boradilar. Sharafiddin Ali Yazdiy shu yurish haqida so‗zlaganida, «Zafarpanohning sipohiylari 
Volga daryosining muzi ustidan o‗tib, Saroy shahrini oldilar va unga o‗t qo‗ydilar... 
Zanjirsaroyni dushman lashkari vayronu g‗orat qilganligi uchun Saroyni vayron qilish jasoratli 
intiqom edi», deb ta‘kidlaydi. 
Amir Temur vafotidan keyin Temuriylar davlatining asosiy poytaxti Samarqanddan 
Hirotga ko‗chadi. Zamonamizning muarrixlari Shohruh Mirzoning poytaxt masalasida bu xilda 
yo‗l tutganligi oqibatlariga hali yetarlicha baho berganlari yo‗q. Bir narsa aniqki, yangi poytaxt – 
Hirotga Movarounnahrdan, ayniqsa, Temuriylarning nasab tayanchi bo‗lgan barloslardan 
aksariyat xonadonlar ko‗chib o‗tib, doimiy o‗rnashib qolganlar. Ulug‗bek Mirzodan so‗ng 
Temuriyzodalarning Qashqa vohasiga bo‗lgan e‘tibori bir qadar susayadi. Bu hol, ayniqsa, 
Qarshi shahri misolida yaqqol ko‗zga tashlanadi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish