160
XV asrning 90-yillariga kelib Temuriylar mulkida shahzodalar o‗rtasida hokimiyat
talashuv qutqusi avj oladi. Bu holni Hirotda, Husayn Boyqaro farzandlari, shuningdek, Abu
Sa‘id Mirzoning Movarounnahrda hukm surayotgan o‗g‗illari misolida ko‗rish mumkin edi.
Toju taxt uchun kurashlar tobora kengayib, unga Hisordan Sulton Mas‘ud Mirzo,
Andijondan Zahiriddin Muhammad Bobur va... Turkistondan Muhammad Shayboniylar ham
qo‗shiladilar Muhammad Shayboniyning Temuriylar mulkiga daxl qilishi Movarounnahr ichki
nizolarining oxirgi nuqtaga kelib qolganidan dalolat edi. Uzoqni ko‗ra olmaydigan ayrim
temuriyzoda shahzodalar taxt va mamlakat taqdirini o‗zlarining shaxsiy istaklaridan tuban
qo‗yganlar.
Muhammad Shayboniy Temuriylarni yaxshi bilar edi. Uning bobosi Abulxayrxon 1428
yilda nayman, qo‗ng‗irot, qushchi, qiyot, uyg‗ur, durman, qorluq, uyshun, kenagas singari turkiy
qabilalar boshliqlari qo‗llab-quvvatlashi bilan hokimiyatga kelgan edi. Abulxayrxonning vafoti
(1468) uning davlatida hokimiyat uchun bo‗lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Taxt
talashlarida jon saqlash umidida Muhammad Shayboniy (1451 yilda tug‗ilgan) Buxoroga keladi.
Buxoroda o‗sha paytda Abdulali Tarxon hokim edi. Buxoro tarxonlari Samarqand podshohi
Sulton Ahmadga juda yaqinlashib ketgan, hukmdor ular chizig‗idan chiqmasdi. XVI asr
boshlarida, to‗qqiz yuz yettinchi (1501-1502) hijriy yildan keyin yuz bergan voqea-hodisalar
Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida o‗z ifodasini topadi. Muhammad Shayboniy
garchand asarda maqtov bilan zikr etilsa-da, shoir o‗sha davrda yuz bergan jangu jadallarni
haqqoniy aks ettiradi. Buni Qashqa vohasi shaharlarining bosib olinishi talqin etilgan sahifalarda
ham ko‗rish mumkin bo‗ladi.
XVI asr oxirlariga kelib, Shayboniylar hokimiyati zavolga yuz tutadi. Abdullaxon
vafotidan keyin (1598 yil, 8 fevral) taxtga uning o‗g‗li, Balx hokimi Abdulmo‗minxon chiqadi.
Abdulmo‗minxonning fe‘l-atvori Buxoroda saroy ahliga juda yaxshi ma‘lum edi. Shu boisdan,
uning taxtga chiqishi zimdan zo‗rlik bilan amalga oshiriladi. Ayonlar undan qo‗rqqanlaridan
nafaslarini ichlariga yutib, uni qutlagan bo‗ladilar. Aslda ular Balxda qatag‗on siyosatini
qo‗llagan, qonxo‗rlik va zolimlik bilan mashhur bo‗lgan Abdulmo‗minning hokimiyatga
kelishidan norozi edilar. Shu sababdan, ko‗p o‗tmay unga qarshi fitna uyushtiriladi.
Shayboniylar sulolasi Abdulmo‗minxon o‗limi bilan xotima topadi. Taxtga Shayboniylarga
bilvosita yaqin bo‗lgan Joniylar chiqadi. So‗nggi Ashtarxoniy hukmdor Abulfayzxon davrida
(1711-1747) Buxoro xonligi bir nechta mustaqil hokimliklarga bo‗linib ketadi. Xonlikka
tobelikdan chiqib, mustaqillik da‘vo qilgan bekliklarda qavm boshliqlari boshqaruvni o‗z
qo‗llariga oladilar.
Hokimiyat talashuvlar natijasida bir-biriga dushman bo‗lgan urug‗ boshliqlari o‗zlariga
qo‗shni bo‗lgan tuman yoxud shahar va qishloqlarni atayin talon-taroj qilar, oqibatda aholi
turmushi izdan chiqar, qishloq xo‗jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyatga katta putur
yetar edi. Abulfayzxon davrida Qashqadaryoda ikki katta o‗zbek urug‗i – mang‗itlar va
kenagaslar boshliqlari o‗rtasidagi ixtilof avjiga chiqadi. Mang‗itlar vohaning quyi qismida –
Qarshi va uning tevarak-atrofida, kenagaslar esa Shahrisabz, Kitob tumanlarida joylashgan edi.
Bu urug‗ boshliqlari xon huzurida o‗z mavqelarini oshirish nuqtai nazaridan kelisha olmas edilar.
Xonlikda obro‗ e‘tibori baland urug‗ boshlig‗i katta imtiyozlarga ega bo‗lardi. Xonlik poytaxtida
ahvol shu darajada bo‗lganidan keyin, uning viloyatlaridagi hayot tarzi nechog‗lik ekanligini
tasavvur qilish qiyin emas. Buning ustiga, Nodirshoh Afshor o‗zi tobe etgan shahar va
qishloqlardan qo‗shin oladi. Eron lashkarlariga Qarshi hokimi Muhammad Hakim Otaliqning
o‗g‗li Muhammad Rahim ham o‗z yigitlari bilan xizmatga kirgan edi. Muhammad Rahim
keyinchalik Ashtarxoniylar sulolasini tugatib, yangi – Mang‗itlar sulolasiga asos solgan kishi
edi. Nodirshoh «tarbiyasini» olgan Muhammad Rahim to‗rt-besh yillik xizmatdan so‗ng,
Buxoroga keladi va amirul umaro mansabini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: