O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi


-mavzu. O'zbekiston 1925-1941 yillarda



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/105
Sana28.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#588632
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Bog'liq
O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi

17-mavzu. O'zbekiston 1925-1941 yillarda
Reja: 
1.
 
O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi. SSSRda boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik 
tuzimining 
qaror 
topishi 
va 
mustaxkamlanishi. 
Partiyaning 
davlat 
apparatini 
«maxalliylashtirish» niqobi ostida yurgizgan siyosati.
2.
 
O’zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning respublikada ma’muriy- 
buyruqbozlik tizimini mustaxkamlashdagi roli. Mustabid tuzimning katag’on siyosati.
3.
 
«Inogomovchilik», «o’n sakkizlar guruxi», «Qosimonchilik». Atoqli ma’rifatchi Munavvar 
Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi «Milliy istiqlol» tashkilotining tor-mor etilishi.
4.
 
Partiya, sovet xo’jalik xodimlari, xarbiylar, ziyolilar, ruxoniylar, ishchilar va kolxozchilar 
orasida xam «tozalash» ishlarini o’tkazilishi. Milliy raxbar kadrlar (Akmal Ikromov, Usmon 
Yusupov) hayoti va faoliyati. Sovet qatag’on siyosatining asoratlari. 
Adabiyotlar. 
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari. 
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000. 
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: 
Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining 
ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008. 
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998. 
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 
2012. 
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). 
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010. 
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. 
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010. 
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. 
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000. 
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi 
tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011. 
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi 
shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Xalq ta'limi, maorif sohasida bajarilgan ishlar, maktab qurilishi. O'qitishning shakl va 
usullari, an'anaviy maktablarni tugatish, maktablarni pedagogik kadrlar bilan ta'minlanishi. Xalq 
ta'limi tizimidagi o’zgarishlar.Mahalliy yozuvchilar asarlarining milliy qadriyatlarni yoqlash va 
himoya qilishdagi ahamiyati. 30-yillarning boshlaridagi yozuvchi va adiblar faoliyati. O'zbek Milliy 
dramaturgiyasi va musiqa, teatr va kino. Tasviriy va amaliy san'at. O'zbek xotin qizlari o’rtasida 
olib borilgan tadbirlar va muammolar. «Hujum» kompaniyasining o’tkazilishi. Xotin qizlar 
mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. O'zbekiston ziyolilarining mamlakatimizning aql-
zakovati va salohiyatini oshirish yo'lidagi hissalari. Sovet davlati tomonidan “katta qirg’in”ning 


190 
amalga oshirilishi, qatag’on siyosatining asoratlari (1937-1938 yillar). O'zbekistonning 20-30 
yillardagi xalqaro aloqalari. Ilmiy-madaniy aloqalar. Xalqaro aloqalarning cheklanishi. 
Vatanimiz tarixida 1925 – 1941 yillar o‘ta salbiy va murakkab jarayonlar – monoideologiya 
va mustabid tuzumning ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimi qaror topishi va 
mustahkamlanishi bilan bir qatorda, mehnatkash o‘zbek xalqining matonati, mehnatsevarligi va 
bag‘rikengligi tufayli erishilgan yutuqlari bilan ham ahamiyatlidir. 
1925 yilning fevral oyida yetarli tayyorgarliklarsiz milliy davlat chegaralanishi amalga 
oshirildi. O‘zbekiston sovetlarining I syezdida «O‘zbekiston SSRning tuzilgani haqidagi 
deklaratsiya»si tasdiqlandi. May oyida esa Sovetlarning III syezdida O‘zbekiston SSR Sovet 
Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Bu orqali ittifoq va respublika o‘rtasidagi 
vazifalar taqsimlandi. Lekin hal qiluvchi qarorlar faqat Markaz tomonidan qabul qilinar edi.
Sovet hokimiyati iqtisodiyotni va taqsimotni bir joydan turib boshqarishni ma’qul hisoblardi. 
Shu bois, O‘rta Osiyoda vaqtinchalik bo‘lsa-da, Markazning yangi boshqaruv organi tashkil etilishi 
kerak edi. Xuddi shu maqsadda 1925 yilning 24 aprelida O‘rta Osiyo SSSR Mehnat va Mudofaa 
Kengashi huzurida favqulodda respublikalararo organ, ya’ni UpolSTO - SSSR Mehnat va Mudofaa 
Kengashining O‘rta Osiyodagi vakillik organi tuzildi. «UpolSTO va uning qoshidagi (vaqtinchalik) 
Iqtisodiy Byuro to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra, UpolSTO O‘rta Osiyodagi yangi tashkil etilgan 
respublikalar va muxtor viloyatlardagi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning 
xo‘jalik hayotini boshqarishi, SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi hamda SSSR iqtisodiy 
komissarliklari buyruq va qarorlarining bu o‘lkada bajarilishini nazorat qilishi kerak edi. Shu bilan 
birga, O‘rta Osiyodagi respublikalar va muxtor viloyatlar hayotida vujudga keladigan davlatlararo 
nizolarni hal etish, O‘rta Osiyo va SSSR ahamiyatiga molik bo‘lgan korxonalarning, 
muassasalarning faoliyatiga rahbarlik qilish ana shu yangi organ vazifasiga kirardi. 
1925 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Iqtisodiy Kengashining 4 sonli majlisida O‘zbekiston 
SSR XKS qarori bilan UpolSTO qoshida iqtisodiy vakillik organi tashkil etilgani ma’lum qilindi. 
Mazkur majlisda “Iqtisodiy vakillik organi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilinib, unga binoan berilgan 
topshiriq va vazifalar O‘zbekiston SSR rahbariyati tomonidan qanday bajarilayotganligini kuzatish 
hamda barcha iqtisodiy va xo‘jalik faoliyati ham UpolSTO orqali amalga oshirilishi belgilandi. 
Iqtisodiy vakillik organiga O‘zbekiston SSR Davlat reja komissiyasi direktivalari hamda 
UpolSTOning muhim tadbirlarining hayotga tatbiq etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Ushbu qaror, avvalo, Markaz hukmronligini yanada mustahkamlashga qaratilgandi. Bu esa 
O‘rta Osiyo respublikalari, jumladan, O‘zbekiston ham nomigagina mustaqil, amalda markazga 
qaram respublika ekanini ko‘rsatardi. Umuman, O‘rta Osiyoda yuqorida qayd etilgan 
tashkilotlarning tashkil etilishi bu hududda Markazning hukmronlik ta’sirini yanada oshirdi. 
Iqtisodiy byuro o‘zining qisqa, ya’ni bir yilu uch oylik faoliyati davomida O‘rta Osiyo 
respublikalari iqtisodiyotini to‘la boshqarishga harakat qildi. Bu boshqaruvni yanada 
mustahkamlash maqsadda O‘rta Osiyo respublikalarining 1925-1926 yillarga mo‘ljallangan xo‘jalik 
rejasi ishlab chiqildi. Nega endi uzoqroq muddatni ko‘zlagan emas, aynan bir yillik reja ishlab 
chiqishga qaror qilindi? Chunki Markaz O‘rta Osiyoda yangi tashkil etilgan respublikalar va muxtor 
viloyatlarning xalq xo‘jaligi, aholisi, yer resurslari, irrigatsiya inshootlari va boshqa tabiiy-moddiy 
boyliklari haqida hali aniq ma’lumotlar ega emas edi. Shu bois, Iqtisodiy Byuro respublikalar va 
muxtor viloyatlar haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, uzoq muddatli reja ishlab 
chiqishni ma’qul ko‘rmadi. 
Iqtisodiy Byuroning talabiga ko‘ra, bir yillik reja shunday puxta, makkor strategiyani o‘ziga 
singdirishi kerak ediki, bu orqali O‘rta Osiyo respublikalari Ittifoqning xomashyo bazasiga 
aylanishi lozim edi. Ana shu g‘arazli maqsad Iqtisodiy Byuro ishlab chiqqan yangi bir yillik rejada 
to‘la aksini topdi. Bu O‘zbekistonning Markazga qaramligini har tomonlama kuchaytirishga 
qaratilgan choralarni boshlab berdi. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida belgilangan vazifalardan eng 
muhimi O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda yer-suv islohotini o‘tkazish, avvalo, 
yersiz va kam yerli dehqon xo‘jaliklarini yer bilan ta’minlash edi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida 
yersiz va bir desyatina(3-4 tanob) dan kam maydonga ega bo‘lganlar dehqon xo‘jaliklari 65 foizni 
tashkil etishi Markaz e’tiborini tortdi. Chunki Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoda paxta yetishtiradigan 
asosiy hudud hisoblangan. Shu bois, yersiz dehqonlarga qanchalik ko‘p yer bo‘lib berilsa, paxta 
ekin maydonlari kengayib, hosil salmog‘i oshishi ma’lum edi. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Byurosi 
masalaning mazkur jihatlarini yaxshi anglab yetgan edi.


191 
Qolaversa, SSSR to‘qimachilik sanoatining yuqori sur’atda rivojlanib borishi ham paxta 
xomashyosiga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keldi. Butunittifoq Xalq Xo‘jalik Kengashi 
(VSNXO)ning taxminiy hisob-kitobiga ko‘ra, Ittifoq to‘qimachilik sanoati uchun yaqin olti yilda 
140 million pud paxta tolasi zarur bo‘lgan. Biroq O‘rta Osiyo respublikalari tomonidan 
yetishtirilayotgan paxta Ittifoq to‘qimachilik sanoatining bu ehtiyojini mutlaqo qondirmasdi. 
Masalan, 1925 yilda O‘rta Osiyo va Kavkazorti respublikalarining Ittifoq sanoati uchun 11 million 
pud paxta tolasi yetkazib berishi mo‘ljallangan. Ushbu raqamni yaqin 6 yilga ko‘paytirganda ham 
yetkazib beriladigan paxta tolasi 66 million pudni tashkil etar va bu Ittifoq sanoati ehtiyojining 
yarmini ham tashkil etmasdi. Muammoni to‘liq hal qilish uchun esa Markaz chetdan 74 million pud 
paxta sotib olishi kerak bo‘lardi. Bir pud paxta tolasini o‘rtacha 22-23 rubldan sotib olganda ham 6 
yil mobaynida 1 millird 700 million rubl sarflashga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun O‘rta Osiyo 
Iqtisodiy Byurosi qanday bo‘lmasin mamlakat paxtachiligini rivojlantirishi zarur edi. 1925-1926 
yillarga mo‘ljallangan xo‘jalik rejasida paxtachilikni rivojlantirish eng muhim yunalishlardan biri 
sifatida belgilanganining boisi ham shunda edi.
Yillik rejalarda O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish bilan birga paxta tozalash va yog‘ 
ishlab chiqarish sanoatini taraqqiy ettirish ham ko‘zda tutildi. Shu maqsadda O‘rta Osiyo 
respublikalarida paxta tozalash zavodlarini qurish uchun 6,5 million rubl, yog‘ ishlab chiqarish 
korxonalarini tashkil etishga 8 million rubldan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu davr xo‘jalik yuritish 
rejasida O‘rta Osiyo respublikalarida industrlashtirish siyosatiga ham katta ahamiyat berildi. Bu 
jarayonda har bir respublika va muxtor viloyatning jug‘rofiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib 
chiqib, ularni asosan paxtachilik, chorvachilik, g‘allachilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashtirishga 
e’tibor qaratildi. O‘rta Osiyoda ana shu yo‘nalishdagi sanoat obyektlari qurildi. O‘zbekiston va 
Turkmanistonda bittadan to‘qimachilik kombinatini qurish nazarda tutildi. Keyinchalik O‘zbekiston 
va Qozog‘istonda g‘alla omborlari – elevatorlar barpo etish boshlab yuborildi. O‘zbekiston, 
Turkmaniston, Tojikiston respublikalarida tegirmonlar, qog‘oz fabrikasi, teri hamda neftni qayta 
ishlash zavodi, tuz ishlab chiqarish obyektlari bunyod etila boshlandi. Shuni alohida ta’kidlash 
kerakki, O‘zbekistonda qanday sanoat korxonalari qurilishidan qat’iy nazar, harakatning asl 
mohiyati - respublikadan xomashyo olib ketishga qaratilgan edi. Aynan shu yillarda O‘rta Osiyodan 
olib ketilgan xomashyoning umumiy miqdori 222 million rublni tashkil qilib, unda O‘zbekistonning 
(u davrda Tojikiston bilan birga) hissasi 189 million rublga, Turkmanistonning hissasi 24 million 
rublga, Qirg‘izistonning hissasi 9 million rublga teng bo‘lgan.Markazning barcha respublikalar 
negizida shakllantirilayotgan yagona halq xo‘jaligi kompleksi asosida olib borayotgan 
harakatlaridan biri O‘rta Osiyodan xomashyolarni olib ketish va o‘rniga xalqqa kerakli 
mahsulotlarni o‘z ko‘rsatmalariga binoan yetkazib berish edi. Mazkur yillarda O‘zbekistondan 
asosan paxta (180,6 mln rubl) va chorvachilik mahsulotlari (23,7 mln rubl) olib chiqib ketilgan. 
Lekin bu ham Markaz manfaatlarini to‘la qanoatlantirmas edi. Shu bois, O‘rta Osiyoda kerakli 
xomashyolar yetishtirishni yanada ko‘paytirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda 
respublikalarda xomashyo tayyorlash masalasi Iqtisodiy Byuro Plenumida va Prezidiumida 13 oy 
mobaynida 6 marta ko‘rib chiqiladi. Aholini sanoat mollari bilan ta’minlash koniqarsiz darajada 
bo‘lgani bois, bu masala ham 5 marta Iqtisodiy Byuro Plenumining maxsus kun tartibiga qo‘yilgan 
edi. Shunga qaramasdan, Iqtisodiy Byuro O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini bir yunalishga 
solishga, qishloq xo‘jaligi hamda sanoatini faqat xomashyo va yarim xomashyo yetishtirishga 
moslashtirgan holda rivojlantirishga harakat qildi.
Shu vaqt oralig‘ida O‘rta Osiyo respublikalari, mehnatkash xalqlarining xarakati tufayli, 
paxtachilik sohasida qator yutuqlarga erishgan bo‘lishiga qaramasdan, bu ko‘rsatkichlar ham Ittifoq 
to‘qimachilik sanoati extiyojini qondira olmasdi. YA’ni bu bilan Ittifoq hali paxta mustaqilligiga 
to‘liq erisha olmagandi. Shu bois, Sovet davlati chetdan paxta tolasini oltin hisobiga sotib olishni 
tezroq kamaytirib borishga intildi. Bu borada qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, O‘zbekistonda 
paxta ekin maydonlarini kengaytirishga kirishdi. Bu sug‘oriladigan maydonlarda boshqa ekinlarni 
qisqartirish va yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshirildi. Markaz irrigatsiya tizimini 
yaxshilash va kanallar qazib, yangi yerlarga suv chiqarish bilan bog‘liq ishlar uchun mablag‘ni 
ayamadi. Misol uchun, 1924-1925 yilda irrigatsiya ishlari uchun O‘zbekistonga 1 million 676 rubl 
ajratilgan bo‘lsa, 1925-26 yilda bu raqam 3 million 799 ming rublni tashkil etdi. Markaz o‘z 
mustabid siyosatini amalga oshirishda O‘zbekistonni paxta xomashyosi bazasiga aylantirish bilan 
qanoatlanmadi. 1925 yil oktabr oyidagi Iqtisodiy Byuroning navbatdagi majlisida pillachilik 


192 
masalasi ham ko‘rib chiqildi va respublikada bu sohani rivojlantirish mamlakat uchun muhim 
iqtisodiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu orqali chetdan pilla sotib olishni to‘xtatishga 
erishish mumkinligi aytib o‘tildi. Shu tariqa, O‘zbekiston endilikda paxta va boshqa sohalar qatori 
pilla yetishtirishda ham asosiy xomashyo bazasiga aylandi. 
Markaz O‘rta Osiyoning murakkab iqtisodiyotini Ittifoq xalq xo‘jaligi majmuasiga faqat 
qattiqqo‘llik, zulm bilangina birlashtirish mumkin deb bilardi. Shu maqsadda SSSR XKSning 1926 
yil 10 sentabrdagi qarori bilan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) tashkil etildi. 
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi shakllandi va zimmasiga qator masalalar yuklatildi. Bular sirasiga 
ishchi-dehqon inspeksiyasi, ichki va tashqi savdo, yul transporti, pochta va telegraf xizmati, paxta 
kampaniyasini nazorat qilish hamda boshqa qator masalalar kirar edi. SredazEKOSOning bosh 
organi Plenum hisoblanib, bir yilda kamida 4 marta chaqirilgan. SredazEKOSO bolsheviklar 
tomonidan O‘rta Osiyo xalqlarining “sotsializmga sakrashi” sifatida baholangan, mahalliy aholi 
uchun esa o‘ta murakkab bo‘lgan bir davrda faoliyat yuritdi. U O‘rta Osiyoning, xususan, 
O‘zbekistonning birinchi (1927-32) va ikkinchi besh yillik (1933-37) rejalarini tuzishga rahbarlik 
qildi. Bu rejalarda Sovet hokimiyatining davlatni boshqarish usullaridan biri – “sinfiylik” prinsipiga 
amal qilish va buni keng qamrovli doirada qo‘llash maqsadida O‘zbekistonda va butun O‘rta 
Osiyoda mahalliy millat vakillaridan proletariat (ishchi) sinfini shakllantirish asosiy siyosiy vazifa 
sifatida belgilangan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholi orasida sovet davlatining 
xayrixohlarini ko‘paytirish edi.
O‘zbekistonda industrlashtirish jarayonini ham SredazEKOSO boshqardi. Industrlashtirishda 
asosan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘langan sanoat tarmoqlarini vujudga keltirishga katta e’tibor 
berildi. Shuning uchun ham rejada qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo, to‘qimachilik 
mashinalari ishlab chiqarish, agrar sektor mahsulotlarini qayta ishlash sanoatlarini rivojlantirishga 
alohida ahamiyat qaratildi. O‘z navbatida O‘zbekistondagi qator sanoat tarmoqlari respublika 
hisobidan chiqarilib, Ittifoq sanoati tarkibiga kiritildi. Masalan, «Ferganaugol» tresti «Sredazugol» 
trestiga aylantirildi. Umuman, foyda keltiradigan paxta, yog‘, ipakchilik kabi ishlab chiqarish 
korxonalarining barchasi Ittifoq sanoati tarkibiga kiritilib, ular ustidan Markaz rahbarlik nazorati 
o‘rnatildi. Foyda keltirmaydigan korxonalar esa respublika hisobida qoldirildi. Jumladan, o‘sha 
paytda neft, oziq-ovqat (vinochilik, pivo ishlab chiqarish, qand zavodlari) va kooperativ sanoatlar 
foyda keltirmaydigan sohalar qatoriga kirardi. Lekin shunga qaramasdan 1927 – 1928 yillarga kelib 
respublikada xo‘jalik hayotida sezilarli darajada jonlanish yuz berdi. Asosan paxtachillik va 
ipakchilik sanoatida o‘sish yuqori bo‘ldi. O‘sha yillarda paxta va pilla hosili yaxshi bo‘lganidan har 
ikki tarmoq sanoati korxonalari yetarli darajada xomashyo oldi. Natijada kapital mablag‘i oldingi 
yilga nisbatan 144,2 foizga oshdi. Biroq paxtachilik va pillachilikdagi bu o‘sish barcha 
korxonalarga ham foyda bermadi. Chunki respublikaning bu ikki sanoati topgan mablag‘dan asosan 
Ittifoq tasarrufidagi korxonalar manfaatdor bo‘ldi. 
Shuningdek, mazkur davrda hunarmandchilik sanoati O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa, 
O‘zbekiston SSRda yaxshi rivojlangan edi. Chunki davlatga tegishli sanoat korxonalari hali 
aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlarni to‘liq yetkazib berish 
imkoniyatiga ega emasdi. Markaziy Statistika boshqarmasi (SSU) tomonidan 1926-1927 xo‘jalik 
yilida birinchi marotaba O‘zbekistonda hunarmandchilikning ahvoli o‘rganilib, bu soha ancha 
yaxshi rivojlanayotgani, tarmoqda ishlab chiqargan mahsulot 138 million rublga teng ekani 
aniqlandi. Hunarmandchilik sanoatining bir yillik ishlab chiqarishi O‘zSSR xalq xo‘jaligi umumiy 
mahsulotining 18 foizini tashkil qilgan. Bu paytda O‘zbekistonda hunarmandchilik bilan 130300 
kishi band bo‘lgan. Sanoat rivojlanishini belgilaydigan raqamlarga nazar tashlasak, 1931 yilda 
O‘zSSR bo‘yicha sanoatning yalpi mahsuloti 590 million rublga teng bo‘lib, 1930 yilga nisbatdan 
81,7 foizga ortgan edi. O‘sha paytda sanoat tizimida mehnat qiladiganlar 27685 nafarga yetgandi. 
Bu 1930 yilga nisbatdan 54,3 foiz o‘sishga erishilganini ko‘rsatardi. Ushbu ko‘rsatgichlar ayni shu 
davrda sanoat rivojlanishi O‘zbekistonda yuqori bo‘lganini anglatadi. Umuman olganda, Markaz 
o‘z manfaatini ko‘zlagan holda sanoatni tiklash ishlarini faol olib bordi. 1928-1929 yillarda O‘rta 
Osiyo respublikalarida ushbu jarayon deyarli tugallangan deb hisoblandi. Va 1929-1930 yildan 
sanoatni keng rekonstruksiyalash, qayta qurish davri boshlandi.
O‘zbekistonda ham sanoatni qayta qurish, asosan, elektr energiyasiga bog‘liq edi. Shuning 
uchun energetika bazasini mustahkamlashga muhim vazifa sifatida qaraldi. 1932–1933 yillarga 
kelib elektr energiyasi quvvati birmuncha ortgan bo‘lsada, ayni shu sohadagi korxonalarni qurish 


193 
juda sust tarzda amalga oshirildi. Shu bois, gidroelektrostansiyalar bilan bir qatorda 
teploelektrostansiya qurilishini ham boshlab yuborish zaruriyati yuzaga keldi. O‘rta Osiyo daryolari 
arzon energiya ishlab chiqaradigan eng muhim va katta resurslarga ega bo‘lgan bir paytda undan 
foydalanish sur’ati ham nihoyatda past edi. Umuman, hududdagi daryolarning elektr quvvati 
imkoniyatlari Ittifoq zahirasining 14 foizini tashkil qilgan. Keyinchalik, Chirchiq, Norin, Shahrixon, 
Isfara, Chu hamda Vaxsh daryolarida bir nechta gidroelektrostansiyalar qurildi 
Shu tariqa elektr energiyasi ishlab chiqarishning ortib borishi natijasida O‘rta Osiyoda sanoat 
korxonalarining soni ham, quvvati ham ortib bordi. Bu orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari o‘rtasidagi tafovut ham o‘zgardi. 1931 yilga kelib sanoat yetakchi o‘ringa chiqa 
boshladi. Agar 1929-1930 yillarda sanoat ishlab chiqarishining salmog‘i qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlariga nisbatdan 45 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1931-1932 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 51 
foizga yetdi. SredazEKOSO amalga oshirgan chora-tadbirlar natijasida O‘rta Osiyo 
respublikalarining birinchi besh yillik rejasidagi rivojlanish ko‘rsatkichi umumittifoq sur’atidan 
yuqori bo‘ldi. O‘zbekiston SSRda sanoatning o‘sishi 1927-1928 yillarda 95 foizni tashkil etgan 
bo‘lsa, 1932 yilda 150 foizga, 1934 yilda esa 362 foizga yetdi. 
Yo‘l va transport tizimi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan kommunikatsiyaning muhim tarmog‘i 
va xalq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun eng zarur soha hisoblanadi. Shuni hisobga olgan 
holda, 1927 yilning 16-19 yanvar kunlari Toshkentda SredazEKOSO va Gosplanning qo‘shma 
kengashi o‘tkazildi. Kengash Turkiston-Sibir temiryo‘l magistrali(Turksib)ni qurish masalasini 
ko‘rib chiqdi. Qabul qilingan qarorda temiryo‘lni barpo etish muddatini qisqartirish, obyektni 
qurilish materiallari, ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari aniq ko‘rsatilgan edi. Ishni 
bir yo‘la ikki yo‘nalishda - Frunze (Bishkek) va Semipalatinsk shaharlaridan boshlash ma’qul deb 
topildi. Markaz O‘rta Osiyo respublika rahbarlariga Turksib temiryo‘l magistrali qurilishi uchun 
ularni zarur materiallar bilan ta’minlash va muntazam yordam berish vazifasini yukladi.
O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan yoqilg‘i muammosini hal qilish maqsadida Ko‘kyong‘oq 
ko‘mir konini rivojlantirish va undan besh yillik rejada ko‘zda tutilgan 1 million tonna ko‘mir qazib 
olish hamda 1927 yilda Jalolobod-Ko‘kyong‘oq-Taranbozor temiryo‘l tarmog‘ini qurib bitkazish 
uchun SSSR Gosplani tomonidan 400 000 rubl mablag‘ ajratildi. Toshkent shahrini yoqilg‘i bilan 
ta’minlash maqsadida Ugadja-Tutlik temiryo‘l tarmog‘i qurilishi ham boshlab yuborildi. Natijada 
1933 yilning oxiriga kelib O‘rta Osiyo respublikalarida 3 ming kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar 
qurildi. Shuning bilan bir qatorda SredazEKOSO transportning boshqa turlarini, jumladan, suv 
transportini (Amudaryo orqali yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun) tashkil etdi. Bular o‘z davrida 
nafaqat Ittifoq manfaati, balki O‘zbekiston SSR ravnaqi uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan edi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Sovet hokimiyati o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda qishloq 
xo‘jaligiga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘rta Osiyoni “rivojlantirish”ga qaratilgan besh yillik 
rejalarida mahalliy ekologik vaziyat inobatga olinmay turib, sug‘orishning keng qamrovli dasturi 
qabul qilindi. Bu rejaga asosan sug‘oriladigan yer maydonini 1930-1931 yillarga kelib 4106806 
gektarga yetkazish nazarda tutilgandi. Dehqon ho‘jaliklarini dastlab iqtisodiy rag‘batlantirish, 
keyinchalik esa targ‘ibot-tashviqot va ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan g‘alla, sholi o‘rniga 
paxta ekishga majburladi. Paxta ekkan dehqon xo‘jaliklari soliqdan ozod qilindi. G‘alla, sholi kabi 
sug‘oriladigan ekin ekkanlarga og‘ir soliqlar joriy qilindi. 
Shu tarzda Markaz O‘zbekiston SSRning besh yillik rejasidagi paxtachilik qismini har yili 
qayta ko‘rib chiqib, paxta ekin maydonlarini kengaytirib bordi. Chet eldan keltiriladigan paxtadan 
ozod bo‘lish, to‘qimachilik sanoatini bosqichma-bosqich kengaytirish maqsadida paxtachilikni 
izchil rivojlantirishga qattiq kirishildi. Bularning barchasi oxir-oqibatda paxta yakkahokimligini 
yanada chuqurlashtirdi va kelajakda katta ekologik muammolarning kelib chiqishiga zamin yaratdi. 
O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa, O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini yuzaga keltirish 
qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, umuman, buning ayanchli oqibatlarini tushungan bir 
qator olimlar bu haqda o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqa boshladilar. 1928-1929-yillarda mutbuot 
sahifalarida o‘nlab munozarali maqolalar e’lon qilindi. Hatto Bosh Paxta Qo‘mitasi vakilligi 1928 
yili Toshkentda paxta yakkahokimligi masalasida olimlar, mutaxassislar ishtirokida keng munozara 
o‘tkazdi. Bir qator olimlar, jumladan, professorlar V.Vilyams, N.Ivanov, M.Nikolskiy, 
Y.Poslavskiy, N.Yarashevich, A.Chayanov o‘z chiqishlarida O‘rta Osiyo respublikalarida paxta 
ekin maydonlarini birinchi besh yillikda belgilangan 1.266.500 gektarga yetkazish agronomik, 


194 
meliorativ 
va 
ekologik 
nuqtai 
nazardan 
noto‘g‘ri 
ekanligini 
bayon 
qildilar. 
Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish kerakki, XX asrning 20-yillari oxiriga kelib, mamlakatda 
bolsheviklar partiyasi yakkahokimlikka erishdi. Natijada Sovet hukumatining siyosiy, mafkuraviy 
siquvi kuchayib bordi. Buning birinchi qadami 1929 yilda Yangi iqtisodiy siyosat(NEP – novaya 
ekonomicheskaya politika)ga chek qo‘yishi bo‘ldi. Dehqon xo‘jaliklarini jamolashtirish zo‘ravonlik 
va sun’iy yo‘l bilan amalga oshirildi. Jamoa xo‘jaligiga kirmagan o‘ziga to‘q dehqonlar “boy-quloq 
unsurlar” tamg‘asi bilan jazolandi va surgun qilindi. 
XX asrning 30-yillari boshlariga kelib paxta yakkahokimligiga qarshilik bildirgan olimlar 
quvg‘in ostiga olindi. SSSRda paxta mustaqilligi uchun keskin kurash ketayotgan bir paytda 
yuqoridagi kabi erkin chiqishlar Ittifoq manfaatlariga mutlaqo mos kelmas edi. Respublikada paxta 
maydonlarining kengayishi va hosil salmog‘ining ortishi hisobiga Markazga olib ketiladigan 
miqdor ham yildan-yilga o‘sib bordi. Umuman, O‘zbekistonda sodir bo‘lgan tarixiy jarayonlarning 
tahlili shundan dalolat beradiki, bolsheviklar g‘oyalariga tayangan sovet hokimiyati boshidanoq 
zo‘ravonlikka asoslangan davlat tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.
Sovet hukumati bu o‘lkani xomashyo bazasi sifatida saqlab qolish uchun barcha chora-
tadbirlarni ko‘rgan. Eng avvalo, barcha hududlarda pastdan yuqorigacha siyosiy, iqtisodiy va 
madaniy boshqaruv idoralari tashkil qilindi. Joylarda mahalliy boshqaruvni nazorat qiluvchi 
Markazning nazoratchi idoralari ham tuzildi. Bu mahalliy xalqlarga nisbatan ishonchsizlikdan 
dalolat edi. Xususan, XX asrning 20-30 yillarida O‘rta Osiyo mintaqasida sovet hokimiyati 
tomonidan tashkil etilgan Turkbyuro, Turkkomissiya, Sredazbyuro kabi siyosiy-mafkuraviy 
nazoratchi organlar Toshkentda ham faoliyat ko‘rasatib, hukmronlik qildilar. Mahalliy rahbarlar 
ularning izmidan chiqolmas, o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatib biror bir ishni qilishlariga yo‘l quyilmas 
edi. 
Nazorat organlarining zug‘umi, makkor strategiyasi bilan o‘lkada xususiy mulkchilikning 
barcha turlari bekor qilinib, ular davlat mulki, deb e’lon qilindi. Majburiy mehnat yo‘lga qo‘yildi. 
Bundan norozi bo‘lgan xalq qurolli kurash boshladi. Bu kurash, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi va 
Buxoroda ommaviy tus oldi. Sovet hukumatining boshqa birorta milliy respublikasida bu darajada 
kuchli norozilik bo‘lmagan. Shu tufayli bolsheviklar barcha ichki resurslarini o‘lkada sovetlar 
hokimiyatini saqlab qolish uchun safarbar qildi. Bolsheviklar rahbariyatining fikricha, 
O‘zbekistonda yuz bergan bu inqirozli holat joylarda sovet davlatining zaifligi, boshqaruv 
organlarining faoliyatsizligi, ayniqsa, o‘lka iqtisodiyotini boshqarish to‘g‘ri yo‘lga quyilmagani 
uchun yuz bergan edi.
O‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy ahvol ocharchilik va yuqumli kasalliklarni 
nihoyatda kuchaytirib yubordi. Shunga qaramasdan, hokimiyat tepasiga chiqib olgan bolsheviklar 
o‘lkada yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy ahvolni hal qilishdan ko‘ra Markazdan jo‘natiladigan 
ko‘rsatmalarni kutish va ularni bajarish bilan ovora bo‘ldi. Bolsheviklar tomonidan olib borilgan 
siyosat, xususan, boshqaruvning markazlashtirilishi O‘zbekiston SSR iqtisodiyotini Markaz 
manfaatlariga moslashtirdi. O‘rta Osiyo respublikalarining, jumladan, O‘zbekistonning ham Ittifoq 
yagona iqtisodiy majmuasidagi o‘rni va vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 
paxta yakkahokimligi yuzaga kelishida, sanoatining bir tomonlama, xomashyo shaklida mahsulot 
ishlab chiqarishga moslashtirilishida va ularning Markazga tashib ketilishida ushbu siyosatning 
“xizmati” katta bo‘lgan. 
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti SSSRda boshqaruvning mustabid va ma’muriy 
buyruqbozlik tizimi o‘zining barcha salbiy ko‘rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi 
sharoitida kechar edi. Ushbu davrning respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan 
yana bir xususiyati – Sovet mustabid davlati siyosiy tizimida sinfiy mafkura shakllanib, 
kommunistik partiya mutlaq xukmronlik qilar edi. Kompartiya o‘zi amalga oshirgan oktabr 
tuntarishi tufayli hokimiyatni qo‘lga oldi va «alohida olingan bir mamlakatda sotsializm qurish»ni 
o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘ydi. Lekin Markaz O‘zbekistonda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarni ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan sun’iy ravishda tezlashtirib, respublikadagi haqiqiy 
ahvolni umuman e’tiborga olmas edi. 
Natijada O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ancha ziddiyatli tus oldi. Xukmronlik 
qilayotgan kompartiya o‘ziga ma’qul bo‘lgan sinfiy yondoshuvga asosan jamiyatni sun’iy ravishda 
«mehnatkashlar» va «mehnatkash bo‘lmaganlar»ga ajratib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
kuchaytirdi. Bir tomondan, kommunistik tuzum ko‘r-ko‘rona «mehnatkashlar ommasi»ning siyosiy 


195 
faolligini «qo‘zg‘ash»ga, ularni partiya-davlat tuzilmalariga va jamoat tashkilotlariga keng jalb 
qilishga intilsa, ikkinchi tomondan, aholining «mehnatkash bo‘lmagan» - mulkdorlar, dindorlar, 
amaldorlar kabi qatlamining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini o‘z maqsadlari yo‘lida qabul 
qilingan qonun asosida cheklab qo‘ydi. Shu bilan birga, ularga qarshi doimiy ish olib bordi. Bu 
kurash faqat «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlarga emas, kommunistik rejimga qarshi chiqqan 
barcha kishilarga - yangicha fikr yuritadiganlarga, o‘zbek xalqining manfaatlarini himoya 
qilganlarga qarshi ham yuritildi.
Keyinchalik Markaz rahbariyati o‘zi olib borgan qatag‘on siyosatni asoslash maqsadida 
“sinfiy kurash avjiga chiqqanligi” haqidagi shiordan keng foydalanadi. Shu tariqa iqtisodiy-ijtimoiy 
hayotdagi barcha kamchilik va xatolar sinfiy dushmanlarga ag‘darildi. Bu siyosat keyinchalik XX 
asr 30 yillarining boshlarida mustabid tuzumning ommaviy qatag‘onlariga aylanib ketadi. Xalqqa 
qarshi qaratilgan ushbu kurashga kommunistik partiya va markazning rahbarlari g‘oyaviy 
rahnamolik qildi. Umuman, Sovet hokimiyati o‘rnatilgan kundan boshlab jamiyatning barcha 
sohalarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida kommunistik partiya maydonga chiqdi.
1925 yil fevralda o‘zining I syezdida tashkiliy jihatdan rasmiylashgan respublika partiya tashkiloti 
ham O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsata boshladi. U o‘zi tashkil 
topgan vaqtda nisbatan kam sonli bo‘lib, u paytda hammasi bo‘lib 16.570 nafar partiya a’zosi va 
nomzodi bor edi. O‘zbekiston KP(b) keng «mehnatkashlar» ommasini o‘z ta’siriga olish uchun 
saflarini «ilg‘or» ishchilar, qishloq yo‘qsillari va yarim yo‘qsillar, shuningdek, xizmatchilar 
hisobiga muttasil kengaytirib bordi. Shu bilan birga, kompartiya o‘zini baynalmilalligini, faqat 
Rossiya tasarrufidagi barcha xalqlar partiyasi ekanini ko‘rsatish maqsadida sun’iy ravishda o‘zining 
milliy tarkibiga e’tibor berdi. O‘z KP(b) tashkil topgandan keyingi 15 yildan ko‘proq vaqt 
mobaynida uning milliy tarkibi ham sezilarli ravishda o‘zgardi. Partiya a’zolari va a’zolikka 
nomzodlarning 60 foizini o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar va boshka mahalliy 
millatlarningvakillaritashkiletardi.
O‘z KP(b) o‘z ta’siri doirasini kengaytirish maqsadida barcha tashkilot va korxonalarda 
partiya yacheykalari (bo‘linmalari)ni tashkil etib, o‘ziga bo‘ysunadigan shaxslarni u yerga 
joylashtirib, shu yul bilan ularni bevosita boshqarishga intildi. Shu tariqa partiya a’zolari va 
tashkilotlari keskin ko‘payib bordi. 1941 yilning boshlarida O‘zbekiston KP(b) tarkibida 4.132 ta 
partiya tashkiloti mavjud edi. Bu vaqtga kelib 6 ta viloyat qo‘mitasi, 1 ta okrug qo‘mitasi, 10 ta 
shahar, 9 ta shahar ichidagi tuman partiya qo‘mitasi hamda 116 ta tuman partiya qo‘mitasi orqali 
hududiy partiya tuzilmalarining keng tarmog‘i tashkil etildi. Natijada KP(b) o‘zining rahbarlik 
ta’siri bilan butun respublika hududini, undagi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni 
qamrab ola boshladi.Umuman, VKP(b)ning tarkibiy va ajralmas qismi bo‘lgan O‘zKP(b) Moskvada 
partiya MK kabinetlarida respublika partiya tashkiloti vakillari ishtirokisiz va uning manfaatlarini 
hisobga olmasdan ishlab chiqilgan qarorlarni amalga oshirishga majbur edi. Shu bois ham 
O‘zbekiston kompartiyasining syezdlarida va MK plenumlarida VKP(b) belgilab bergan bosh yo‘l 
asosida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish strategiyasi 
belgilandi. Ularda kommunistik rejimni mustahkamlashga, «sotsialistik qurilish»ni avj oldirishga, 
boshqa respublikalar bilan aloqalar va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan masalalar o‘z ifodasini 
topgan edi. Davlat organlari va jamoat tashkilotlari partiya apparatining tazyiqi va zulmi bilan 
sekin-asta uning qarorlarini so‘zsiz bajaruvchi oddiy ijrochilariga aylandilar.O‘zbekiston 
kompartiyasi o‘z yo‘lini deyarli barcha korxonalar va muassasalarda ish olib borayotgan 
boshlang‘ich partiya tashkilotlari, rahbar kommunistlar orqali so‘zsiz amalga oshirardi. Shuningdek, 
barcha rahbar lavozimlarga faqat kommunist bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi shart edi. Partiya 
qo‘mitalari bu rahbar kommunistlarni xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy qurilishning barcha sohalariga 
boshchi qilib qo‘ygan edi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usulida ish olib borgan partiya qo‘mitalari mehnat jamoalarining 
mustaqilligini cheklar, ularning tashabbusini bo‘g‘ar, faoliyatidagi demokratik qarashlarini yo‘qqa 
chiqarar edi.Ma’lumki, Ittifoq davlatining oliy organi dastlab Sovetlarning Butunittifok Markaziy 
Ijroiya Qo‘mitasi, keyinchalik SSSR Oliy Soveti bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida ham qonun 
chiqaruvchi, ham ijro organlari hisoblangan. Aslida esa mustabid tuzum hayot tajribasi shuni 
ko‘rsatdiki, davlat oliy organi bo‘lgan Oliy Sovet faoliyatini barcha bosqichlarda partiya boshqarib 
kelgan. Barcha qonun va qarorlar partiya organlari tomonidan tayyorlanar yoki ularning ko‘rsatmasi 
bilan yozilar, Oliy Sovet sessiyalarida esa ular nomigagina tasdiqlanar edi. O‘zbekiston SSR tashkil 


196 
qilinganidan so‘ng respublika davlat boshqaruvi tuzilmasi ittifoq organlari shaklida tuzildi. Bu 
ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga, 
takomillashgan mustahkam shakli edi. 
Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi 
ma’muriy-hududiy bo‘linish amalga oshirildi. Avvaliga respublikaning viloyat bo‘linishidan okrug 
shakliga o‘tildi. Keyin yana viloyat bo‘linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng 
tarmog‘i tuzildi. Ma’muriy-hududiy islohotlar yanada jipslashish va Markazni aholiga 
yaqinlashtirish bahonasida o‘tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat 
apparatining 
cheksiz 
hukmronligini 
mustahkamlash 
maqsadida 
amalga 
oshirilardi. 
1927 yil mart oyida O‘zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi. 
Bu Konstitutsiya mutloq sinfiy tusda bo‘lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan 
sug‘orilgandi. Konstitutsiyaga muvofiq, «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlardan chiqqan ko‘pgina 
ijtimoiy tabaqalar, dindorlar va boshqalar saylov hukuqlaridan mahrum etilgandi. Bu orqali 
yuqorida aytilganidek, aholining katta qismi kommunistik rejim tomonidan davlat qurilishida va 
ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Faqat oradan 10 yil o‘tgandan 
keyingina, 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi asosida 1937 yil 12 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston 
SSRning Konstitutsiyasida bu adolatsizlikka chek qo‘yildi. Barcha fuqarolarga ularning ijtimoiy 
kelib chiqishi va qaysi sinfga mansubligidan qat’iy nazar saylov huquqi berildi. Biroq 1936 yilgi 
SSSR Konstitutsiyasi va 1937 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining ko‘pgina moddalari, 
ayniqsa, fuqarolarning keng huquqlari va erkinliklari aks etgan moddalari vaqt o‘tishi bilan soxta, 
nomigagina ekani ko‘rinib qoldi. Shuningdek, O‘zbekiston SSRning har ikkala Konstitutsiyada 
e’lon qilingan suvereniteti ham «yasama» va soxta bo‘lib chiqdi. Chunki mazkur Konstitutsiyalarga 
muvofiq, SSSR Davlatining «teng hukuqli» a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston SSR yillar davomida 
Markazga, uning partiya-davlat tuzilmalariga qaram bo‘lib keldi. 
Shuni aytish kerakki, mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti — kasaba uyushmalari ham 
partiya qo‘mitalariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qolgandi. 1925 yilning boshlarida O‘zbekiston 
kasaba uyushmalari 90 mingdan ortiq kishini birlashtirgandi. Biroq ularda mahalliy aholi 
«yevropalik»lardan birmuncha kam bo‘lib, kasaba uyushmalari a’zolari umumiy sonining qariyb 40 
foizini tashkil etardi. Vaholanki, mahalliy aholi O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ko‘prog‘ini 
tashkil etardi. 1940 yilga kelib respublika kasaba uyushmalari a’zolarining soni 600 mingdan oshib 
ketdi. YA’ni 15 yil ichida O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolarining soni 6,5 baravar ortdi. 
Partiya hukmronligi mustahkamlanib borgan sari kasaba uyushmalari yollanma ishchilar va 
xizmatchilarning hayotiy manfaatlarini ta’minlashdan iborat o‘zlarining asosiy vazifalarini 
bajarishdan, ularning ijtimoiy muhofazalanishiga yordam berishdan mahrum bo‘lib bordi. Oxir-
oqibatda ular ham hukmron kommunistik partiyaning «dastyoriga» aylanib qoldilar. Kasaba 
uyushmalari ma’muriy-buyruqbozlik tizimni mehnatkashlarning har qanday «isyoni»dan himoya 
qiladigan, barcha «zarba»ni o‘ziga oladigan vositaga aylandi.
Mustabid tuzum kasaba uyushmalari zimmasiga ishlab chiqarish harakteridagi mehnat 
unumdorligi uchun kurash, mehnat intizomini mustahkamlash, mahsulot sifatini oshirish va uning 
tannarxini arzonlashtirish singari vazifalarni yukladi. Shu tarzda kasaba uyushmalari haqiqiy 
funksiyalarini unutgan holda mustabid tuzum sharoitida ommaning mehnat faolligini oshiradigan va 
ular o‘rtasida hukmron partiya yulini o‘tkazadigan davlat tuzilmasiga aylantirildi. Umuman, Sovet 
hokimiyati O‘zbekistonning barcha sohalaridagi hayotini o‘z ta’siriga oladi. Bu jarayonda o‘zlariga 
so‘zsiz bo‘ysunadigan, ongi, qalbi ana shunday ruh bilan sug‘orilgan yosh avlodni tarbiyalashga 
jiddiy e’tibor qaratadi. YA’ni kommunistik mafkuraga so‘zsiz xizmat qiladigan “yangicha shaxs”ni 
shakllantirish asosiy g‘oya bo‘lgan. Shu maqsadda boshlang‘ich sinflardan to yuqori sinflargacha 
bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus uyushmalar tashkil etiladi va ularga yoshlarni keng jalb qilinadi. 
Shuningdek, bunda yoshlar ongiga kommunistik mafkurani singdirish, ularni ushbu jamiyatning 
sodiq a’zosi va tuzum g‘oyalari targ‘ibotchisiga aylantirish uchun tuzilgan kommunistik yoshlar 
ittifoqi (kommunisticheskiy soyuz molodeji - komsomol) muhim rol o‘ynadi.
Komsomol ham partiyaga va uning tashkilotlariga bo‘ysundirilgan edi. Partiya uni o‘zining 
yordamchisi va «jangovar rezervi» deb hisobladi. Sovet hokimiyatini targ‘ib qiluvchi mafkuraviy 
jarayonlar keng tus olgani bois, O‘zbekiston komsomolining saflari yuqori sur’atlar bilan o‘sdi va 
1940 yilga kelib qariyb 400 ming kishini tashkil qildi. Holbuki, 1925 yilda uning tarkibida 30,2 
ming a’zo bor edi. Partiya qo‘mitalari komsomolni «sinfiy dushman»ga qarshi kurashda, qishloq 


197 
xo‘jaligini jamoalashtirish va xalqqa cheksiz ofatlar keltirgan mustabid tuzumning tadbirlarini 
ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan amalga oshirishda o‘zining yetakchi kuchiga aylantirdi. 
Kommunistik partiya butun imkoniyati bilan mehnatkash xalqni turli siyosiy va ijtimoiy-
ommaviy tashkilotlarga qamrab olib, ularga muntazam ravishda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishga, ularni 
bir qolipda ushlab turishga harakat qildi. Bu jarayondan dehqonlar ham chetda qolmadi. XX asrning 
20-yillarida O‘zbekiston dehqonlarini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan tashkilotlardan biri 
«Qo‘shchi» ittifoqi edi. 1925 yilda 157 ming kishini qamrab olgan «Qo‘shchi» ittifoqi ham 
O‘zbekiston dehqonlarining ommaviy tashkilotidan sekin-asta qishloqda mustabid tuzum siyosatini 
targ‘ib qiluvchi qurolga aylandi. Borib-borib sinfiy tashkilotga aylangan «Qo‘shchi» ittifoqi 
jamoalashtirish va «quloqlashtirish» davrida o‘ta salbiy rol o‘ynadi. 
Sovet hokimiyati o‘z faoliyatida davomida olib borgan siyosatida sinfiylikni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlardan ustun tutdi. Dinning ahloqiy imkoniyatlari va tamoyillarini inkor etdi. 
Respublikada Markaz ko‘rsatmasi asosida tashkil qilingan «Xudosizlar ittifoqi», «Kurashchan 
xudosizlar», «Yo‘qolsin savodsizlik» kabi tashkilotlar esa partiya siyosatini aholining turli guruhlari 
o‘rtasida amalga oshirishda oddiy vositachilarga aylandilar. Xususan, sovet hokimiyati dinga qarshi 
olib borgan siyosatning asosiy quroli va targ‘ibotchisi “Kurashchan xudosizlar” ittifoqi edi. 1928 
yilga kelib O‘zbekistonda ular qatorida 830 yacheyka (tuzilma) mavjud bo‘lib, 14 ming a’zosi bor 
edi. Hatto ular tomonidan o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida «Xudosizlar» deb nomlangan 
jurnal ham tashkil etilgan. “Kurashchan xudosizlar” ittifoqi respublikadagi barcha muzeylarda 
bo‘limlar tashkil etib, ularda dinga qarshi tashviqot ishlarni olib borish uslublari bo‘yicha maxsus 
yig‘ilishlar 
o‘tkazib 
borgan.
Mustabid tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahqamlanib borishi bilan birga 
respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti muttasil siyosiylashtirilib, baynalminallashtirilib 
borildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu darajaga borib yetdiki, har bir masalaga siyosiy nuqtai nazardan 
qaraladigan bo‘ldi. Oqibatda milliylik o‘rniga amalda baynalmilallik ustivor qilib qo‘yildi, milliy 
qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar oyoqosti qilindi. Asrlardan asrlarga o‘tib kelgan milliy va diniy 
bayramlar bekor qilindi, ular o‘rniga “proletar” bayramlari e’lon qilindi.
XX asrning 20-yillari boshlarida bolsheviklar lideri V.I.Lenin ishlab chiqqan “Jamiyatni 
sotsialistik tipda qurish”, madaniy sohani ham yangi jamiyatning muhim bo‘g‘ini sifatida 
sotsialistik shaklda o‘zgartirish dasturi sekin-asta O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqi uchun 
cheksiz azob-uqubatlar, xo‘rliklar olib kela boshladiki, bu mahalliy aholi, avvalo, ziyolilarning 
noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular xalqning milliy madaniyatini, an’analari va urf-odatlarini, ko‘p 
asrlik ma’naviy merosini saqlab qolishga intildilar. Shu maqsadda Markaz zo‘ravonligiga qarshi 
ochiq tanqidiy fikrlar bildirdilar. 
O‘zbekistonda «sotsialistik islohotlar» sekin-asta, demokratik yo‘llar bilan, xalqning muayyan 
tarixiy va milliy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda o‘tkazilishini talab qilishdi. Mustabid 
tuzumga qarshi milliy oppozitsiyada jamoat va davlat arboblari, o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, 
jurnalistlar, bir so‘z bilan aytganda, barcha ziyolilar birlashgandi. Oqibatda ularga qarshi ommaviy 
terror boshlanadi. Aslida, Sovet hokimiyati o‘rnatilgan ilk davrdanoq, ya’ni 1918 yil 14 sentabr 
kuni respublika MIQ tomonidan qabul qilingan nizomga binoan kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash 
bo‘yicha Favqulodda tergov komissiyasi tuzilgandi. O‘sha kunidayoq Toshkent shahar Kengashi 
tomonidan “Qizil terror qo‘mitasi” va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgandi. Umuman 
olganda, Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng mamlakatda 84 konslager faoliyat ko‘rsatgan va 
ularda 50 mingdan ortiq mahbuslar bo‘lgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustabid tuzum o‘z faoliyatining turli davrlarida qatag‘on 
siyosatining yangi-yangi usullarini o‘ylab topgan. Masalan, sovet hokimiyatining O‘zbekistonda 
olib borgan qatag‘on siyosatini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
1.1918-1921 yillar - O‘zbekistondagi milliy-ozodlik harakatiga qarshi harbiy qatag‘onlar. 
2.1921-1929 yillar - zo‘ravonlik bilan o‘rnatilgan hokimiyatga, madaniy sohadagi siyosatga 
qarshilik qilganlarga nisbatdan o‘tkazilgan qatag‘onlar (“Inog‘omovchilik”, “O‘n sakkizlar guruhi”, 
«Qosimovchilik», “Milliy istiqlol”, “Milliy ittihod” guruhlari va boshqalar). 
3. 1930 – 1936 yillar: partiya va sovet organlarida faoliyat ko‘rsatayogan milliy rahbar va 
boshqa iste’dodli kadrlar («tozalash»), muhandis-texnik kadrlar, ilmiy soha va ta’lim tizimi, 
madaniy soha, huquq tartibot organlari xodimlarga qarshi, 1932 yil va 1934 yildagi qabul qilingan 
qonunlarga binoan va jamolashtirish jarayonidagi qatag‘onlar. 


198 
4. 1937-1939 yillar - barcha sohalarda olib borilgan ommaviy qatag‘onlar – “Katta qirg‘in”. 
5. 1946-1953 yillar - madaniy va san’at sohalari xodimlari, shoirlar, yozuvchilar, olimlar, 
umuman, ziyolilarga (“Vrachlar ishi”, “Sharq yulduzi”-“Zvezda Vostoka” jurnallari) qarshi 
qatag‘onlar.
6. 1984 – 1988 yillar: Markaz tomonidan maxsus tashkil etilgan davlat va xo‘jalik 
xodimlariga qarshi qatag‘onlar ( «Paxta ishi»).
Yuqorida keltirilgan qatag‘on siyosatini tahlil qiladigan bo‘lsak, deyarli barcha soha vakillari 
bu ommaviy qirg‘indan chetda qolmagan. Ayniqsa, mustabid tuzum aholining ilg‘or qatlami – 
ziyolilar, ayrim vatanparvar rahbarlar tomonidan bildirgan xurfikrlikka mutlaqo toqat qilmagan va 
ularga qarshi doimiy tarzda qatiy kurash olib borgan. Masalan, sovet hokimiyati o‘rnatilgach, xalq 
noroziliklari asta-sekin milliy ozodlik harakatga aylana boshlaydi. Shu bois, bolsheviklar ularga 
qarshi keskin choralarni qo‘llaydi. Nafaqat ilg‘or qatlam vakillari, balki ularning tarafdori bo‘lgan 
oddiy aholiga nisbatdan ham beshafqat jazolar ko‘riladi. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni 
M.V.Frunze aynan shu masalada qarshilik harakati vakillari joyida otib tashlash, ular bilan aloqador 
bo‘lgan aholiga ham keskin chora ko‘rish to‘g‘risida buyruq bergan edi. Shundan keyin milliy 
ozodlik harakati vakillariga qarshi qatag‘onlar keng tus oladi.
XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmi va 30-yillarda mavjud tuzumga muholifatda turganlarga 
qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazildi. O‘z hokimiyatini o‘rnatgach sovetlar o‘ziga xos siyosiy va 
mafkuraviy struktaralarni shakllantira boshladi. Ushbu tashkilotlar orqali ular o‘zlaridan farqli 
ravishda fikrlaydiganlarga keskin choralar ko‘rdi. Ana shunday jabrlanuvchilar qatorida halqqa o‘z 
ta’sirini ko‘rsata oladigan, o‘z mafkuraviy va tashkiliy mustaqilligiga ega bo‘lgan diniy muassasalar 
va ularning xodimlari ham bor edi. Bolsheviklar dinga qarshi ayovsiz terror olib boradi: vaqflar 
musodara qilinadi, diniy maktablar, qozilar sudi tugatiladi va dindorlar ayovsiz qirg‘in ositiga 
olinadi. O‘z navbatida bu kabi adolatsizliklar mahalliy aholini bolsheviklar va ularning partiyasiga 
keskin ravishda qarshi qilib qo‘ydi. Ana shunday ruhdagi rahbarlarga esa keskin choralar ko‘rildi. 
YA’ni respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi va milliy-ma’naviy qadriyatlarni asrab qolishga 
intilgan, mahalliy aholi manfaatlarini ko‘zlagan rahbar xodimlar sovet hokimiyatiga qarshi deya 
qattiq tanqid qilindi. Ularni tarafdorlari bilan birga turli siyosiy yorliq ostida «g‘ayripartiyaviy» 
guruhlar deb e’lon qilishdi.
O‘zbekiston xalqining o‘z milliy xususiyatlari e’tiborga olinishi, uning mustaqil rivojlanishi, 
sovet hokimiyatining milliy siyosatini o‘zgartirishi uchun qayg‘urganlarga nisbatan «18lar guruhi»; 
jamiyatning rivojlanishida ziyolilarning roli asosiy deb bilgan, ta’lim sohasida milliy an’analarni 
saqlab qolish uchun fikr bildirgan rahbarlarga nisbatan «Inog‘omovchilik harakati»; 1926 – 1930 
yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy kadr va ziyolilar O‘zbekiston oliy sudi raisi nomi bilan 
yuritilgan va sud xodimlariga qarshi qaratilgan navbatdagi o‘ydirma «Qosimovchilik harakati»; 
quloqlashtirish jarayonidagi qatag‘onlarni asli mazmun-mohiyatiga o‘z munosabatini bildirgan 
prokuratura xodimlariga qarshi «Badretdinovchilik harakati»; respublika rahbar xodimlari tarkibida 
mahalliy kadrlar salohiyatini kuchaytirish uchun qayg‘urganlarga nisbatan «Xlopkoprom» boshlig‘i 
R.Xudoyberganov nomi bilan yuritilgan bo‘hton «Xudoyberganovchilik harakati» singari mustabid 
tuzumning jazo organlari tomonidan ataylab o‘ylab topilgan uydirmalar to‘qib chiqarildi. Ularni 
barchasi birin-ketin «fosh etildi» va badnom qilindi. Bu kabi qatag‘onlar esa demokratiya, inson 
erkinliklari va huquqlari haqidagi nizomlar faqt qog‘ozdagi deklaratsiya bo‘lib qolganini anglatadi. 
XX asrning 20-yillari oxiri va 30-yillar boshlarida qatag‘on qilinganlar orasida Munavvar 
Qori 
Abdurashidxonov, 
Saidnosir 
Mirjalilov, 
Mahmud 
Hodiyev 
(Botu), 
Ubaydulla 
Asadullaxo‘jayev, Ashurali Zohiriy, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, 
Usmon Nosir kabi vatanparvar ziyolilar bor edi. Umuman, 1929 yilning yanvar oyidan 1933 
yilgacha mustabid tuzum yurtimiz ziyolilarining 217 nafarini qatag‘on qildi. Eng ayanchlisi, 
ularning aksariyati otildi. 
Qatag‘on siyosati faqat ziyolilarnigina o‘z domiga tortmadi, istibdodning olovida barcha 
baravar yondi. XX asrning 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida jamoalashtirishni muddatdan oldin 
tugatish, yer egaligida xususiy mulkchilikni tugatish maqsadida dehqonlarga nisbatan misli 
ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Boy, quloq, o‘rta hol dehqon (bittagina sigiri bor 
dehqonlar ham ushbu kategoriyaga kiritildi) oilalari Sibir, Ukraina, Stavropol va Krasnodar 
o‘lkasiga - yashash uchun to‘g‘ri kelmaydigan, sharoiti og‘ir bo‘lgan hudularga surgun qilindi. 
Umuman, bu jarayonda O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi «quloq» qilinib, ulardan 


199 
31,7 mingi qatag‘on qilingandi. Qatag‘on siyosatining yana bir keng qamrovli pallasi 1932 yildagi 
ocharchilik paytiga to‘g‘ri keladi. Bunda asosan qiyin ahvolda qolgan dehqonlar qatag‘on qilinadi. 
YA’ni 1932 yil 7 avgustda SSSR hukumati “Sotsialistik mulkni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonunni qabul kildi. Qonunda “... davlat, ya’ni kolxoz mulkini talon-toroj qilganligi uchun sud jazo 
sifatida otish va barcha mol-mulkini musodara qilish», yumshatuvchi holatlarda esa «10 yildan kam 
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish va butun mol-mulkini musodara qilish» belgilab 
qo‘yilgandi. Bu qonun halq orasida “Zakon o tryox koloskax” (“Boshoq to‘g‘risida qonun”) deb 
nom oldi. Chunki qonunga ko‘ra hatto uch dona bug‘doy boshog‘ini olgan odam ham jazolangan. 
O‘zbekistonda mazkur qonunga muvofiq 1933 yilning o‘zida 2,5 ming dehqon javobgarlikka 
tortildi. 
Umuman, bolsheviklar tuzumining XX asrning 30-yillari oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan 
qatag‘onlari, ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida birorta rahbar 
«xalq dushmani» deb e’lon qilinsa, uning «dumi» sifatida yana 50-60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a 
qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy 
hayotini larzaga keltirdi, kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik o‘yg‘otdi. 1936 
yilning oxirida o‘z Konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid tuzum 
oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining ta’siri doirasida 
O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning respublikadagi tuzilmalari hech 
bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi, 
minglab jamoat arboblari, yirik olimlar, adabiyot va san’at namoyondalari, xalq xo‘jaligi xodimlari, 
ishchilar, dehqonlar, din vakillari sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandi. Kommunistik rejim shu yo‘l 
bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qatlamini, ya’ni mustabid tuzum mohiyatini 
tushunib yetadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu qabihliklarni amalga oshirar ekanlar, ular 
avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta «aksilinqilobiy tashkilotlar»ni o‘ylab topar va ularni 
«fosh etish»ga kirishardi. Jumladan, 1937 – 1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va 
uning respublikadagi «nazoratchilari» O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni «fosh 
etdilar» va «tugatdilar». Bular: respublika rahbarlari A. Ikromov va F. Xo‘jayev boshchiligidagi 
«Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», A.Qoriyev rahbarligidagi «Musulmon 
ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti 
markazi», S.Xo‘janov boshchiligidagi «Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti», «Buxoro va 
Turkiston baxt-saodati» nomli sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilot, respublika komsomoli MK 
kotibi I.Ortiqov rahbarligida «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti», 
«Uyg‘urlarning aksilinqilobiy josuslik-isyonchilik tashkiloti», Mirzoyan, Amelyan va boshqalar 
rahbarligidagi «Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik 
rezidenturasi», «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi» edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, 
bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib, 
haqiqatda bunday «aksilinqilobiy tashkilotlar» respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan. Soxta 
«ishlar» to‘qib chiqarilgani, hech qanday asos bo‘lmagani holda jazo organlari tomonidan qamoqqa 
olishlar amalga oshirilgani haqida O‘zbekiston KP(b) MQ birinchi kotibi Usmon Yusupov Markaz 
raxbariyatiga, hususan Moskvaga quyidagilarni yozgan edi: «Xalq komissarlari organlari (NKVD 
ko‘zda tutilmoqda) faoliyatida juda katta kamchilik va qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmoqda... 
Ommaviy qamoqqa olishlarga zo‘r berilgan, ko‘p holatlarda ular yetarli darajada asoslanmagan. 
Ichki ishlar xalq komissarligida, uning rayonlardagi bo‘limlarida, hatto, eng ko‘p qamoqqa olish 
uchun musobaqa e’lon qilindi... Bu esa yetarli darajada asoslanmay qamashlarga keng yo‘l ochdi».
Biroq Usmon Yusupovning mazkur xatiga Markaz rahbariyati e’tibor bermadi. Aksincha, XX 
asrning 30-yillar oxiriga kelganda, butun mamlakatda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham qatag‘onlar 
yanada avj oldirildi. Qatag‘onlar SSSR Oliy Sudi, SSSR Oliy Sud kollegiyasi, O‘zbekiston SSR 
Oliy Sudi, O‘zbekiston SSR harbiy kollegiyasi va sudlar, SSSR NKVD qoshidagi sayyor ravishda 
ishlaydigan “Osoboye soveshaniye” (“Maxsus kengash”) kabi organlar hamda 1929 yilda joriy 
qilingan maxsus “Uchliklar” (Tuman partiya qo‘mitasining 1-kotibi, Tuman ispolkomi (ijroya 
komiteti) raisi, mahalliy militsiya boshlig‘i) tomonidan amalga oshirilgan.
Sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan qatag‘on siyosatining eng cho‘qqisi 1937 – 1938 
yillarga to‘g‘ri kelib, tarihda «Katta qirg‘in» nomini oldi. Ushbu davrda mashhur davlat, partiya 
arboblari va xodimlari, turli masalalarda o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan, iqtidorli va iste’dodli siyosiy 
liderlarni hibsga olindi. Ular orasida F.Xo‘jayev, A.Ikromov, D.Manjara, S.Segizbayev, D.Rizayev, 


200 
A.Karimov, 
S.Boltaboyev, 
N.Paskutskiy, 
I.Xudoyqulov, 
A.Sexer, 
M.Shermuhamedov, 
M.Usmonov, I.Ortiqov, K.Beregin, A.Islomov, F.Tarasov, M.Tursunxo‘jayev, K.Boltayev, 
N.Israilov, Y.Irismetov, mashhur tarixchi P.Saliyev va boshqalar bor edi. 1938 yilning bahoriga 
kelib respublika viloyatlari, rayonlar va shaharlar rahbarlarining 60 % i, yilning ikkinchi yarmida 
esa yana 114 kishi qatag‘on qilindi. Bularning ichida jadidlar ham nohaq jazoga tortilishdi. Sovet 
hokimiyati turli yapon, nemis, turk «shpionlari» bilan kurash olib borib, qatag‘on qilinajak 
shaxslarning sonini reja va jadval asosida respublikalarga, ular esa viloyatlarga bo‘lib berishar va 
bajarilishini qattiq nazoratga olib turishar edi. 
«Qizil terror» o‘sha davrda qanchalik ommaviy tus olgani haqida quyidagi ma’lumotlar 
dalolat beradi: 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo‘lgan davrda respublika buyicha davlat, 
jamoat arboblari, yozuvchilar, jurnalistlardan 5758 kishi qamoqqa olingan va ulardan 4811 kishi 
otib tashlangan. O‘ylab chiqarilgan soxta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda 1937 – 1939 yillarda 
hammasi bo‘lib 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi 
jazolangan, 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan. Umuman olganda GULAG (Lagerlar Bosh 
boshqarmasi) lagerlarida o‘zbeklar soni quyidagicha bo‘lgan: 1939 yilda 24449 kishi, 1940 yilda 
26888 kishi, 1941 yilda 23154 kishi, 1942 yilda 26198 kishi, 1943 yilda 20129 kishi, 1944 yilda 
8380 kishi, 1945 yilda 8426 kishi, 1946 yilda 5570 kishi, 1947 yilda 4777 kishi.
Shunday qilib, 30-yillarning oxiri butun Ittifoqda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mustabid 
tuzum boshlagan qatag‘on siyosatining mislsiz beboshliklari, ommaviy «Qizil terror»ning 
vahshiyliklari bilan tarixda qoldi va o‘zbek xalqi tarixida eng fojiaviy sahifalarni tashkil etdi. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston tarixining o‘rganilmagan sahifalaridan biri bu - sovet 
hokimiyatining XX asrning 20-30 yillaridagi qatag‘on siyosatidir. Ushbu davr tarixini xolisona 
yoritish, xalqimiz qanday zug‘umlarni, xo‘rliklarni boshidan o‘tkazganini kelajak avlodga yetkazish 
davr talabi. Umuman, ushbu jarayonlarni mukammal o‘rganish tarixiy adolatni tiklashda muhim 
ahamiyatga ega. 
Milliy-hududiy chegaralanishdan keyin agrar o‘zgarishlarning yangi bosqichi boshlandi. 
1924—1925 yillarda o‘lkadagi mehnatga layoqatli aholining 85%i qishloq xo‘jaligi bilan band edi. 
Agrar sektor mahsulotlarining salmog‘i butun yalpi mahsulotning qariyb 80%ini tashkil etardi. 
Sanoatning 90%i qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash bilan shug‘ullanardi. Bunday 
sharoitda agrar islohotlar o‘tkazilishi chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega edi. 
XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir oz 
oldinga siljishlar ko‘zga tashlandi. Yangi iqdisodiy siyosatga o‘tilishi munosabati bilan dehqonlar 
erkinroq nafas olayotgan edi. Oziq-ovqat razvyorstkasi(taqsimoti)ning oziq-ovqat solig‘i bilan 
almashtirilishi, ayrim bozor mexanizmlarining tiklanishi qishloq mehnatkashlariga ortiqcha 
mahsulotlarini sotish, qishloq xo‘jalik ekinlarini kupaytirish imkonini berdi. Natijada dehqon 
xo‘jaliklarining turmush darajasi birmuncha ko‘tarildi. Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligini 
tiklashga doir asosiy masalalar hali yechilmagan, vaziyat murakkabligicha qolayotgan edi. 1924 
yilda dehqonchilikda foydalanilgan yerlar respublikadagi mavjud ekin maydonlarining faqat 
58,7%inigina tashkil qildi, qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti esa 1913 yildagi darajaning 
47,2%ini tashkil etardi. 
1921-1922 yillar Turkiston SSRda o‘tkazilgan yer islohotiga qaramasdan, qishloqlarida 
hamon kam yerli va yersiz dehqonlar mavjud edi. Har 100 ta xo‘jalikdan 13 tasi ekin ekiladigan 
yerga ega emasdi.
Hokimiyat organlari qishloq xo‘jaligini ijtimoiy qayta qurishning tarixiy jihatdan sinalgan 
vositalarini, «kapitalistik mamlakatlar»da dehqonlar masalasini halqilishning muhim tajribasini, 
boshidanoq inkor etdi. Sovet hokimiyati va kommunistik partiya rahbarlari marksizmning xato 
nazariy aqidalariga tayangan holda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishning asosiy quroli 
sifatida zo‘ravonlikni tanladilar. 
Bolsheviklar rahbariyatining mulohazasi bo‘yicha, o‘zbek qishloqlarining sotsialistik 
rivojlanish yo‘liga qat’iy tushib olishi uchun mafkura ta’siriga olingan qishloq iqtisodiyotinining 
tayanch negizlarini vujudga keltirish lozim edi. «Agrar inqilob»ning strategiya va taktikasi 
O‘zbekiston kompartiyasining II syezdida (1925 y. noyab.) tasdiqlandi. Syezd qarorlarida xususiy 
mulkchilik munosabatlari davlatning sotsialistik iqtisodiyoti ta’siriga buysundirilishi kerakligi 
alohida ta’kidlab o‘tildi. Bunday yondashuv yer tuzilishi vazifalarini hal qilishda yangi iqtisodiy 
siyosatning sog‘lom imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligini sezilarli ravishda cheklab qo‘ydi. 


201 
O‘zbekiston KP II syezdining mafkuraviy yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq 1925 yil 2 dekabrda 
O‘zSSR MIQning favqulodda sessiyasida «Yer va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida» dekret 
(qaror)qabul qilindi. Unda yerni tortib olish shart-sharoitlari va agrar islohot bosqichlari belgilab 
berilgan edi. Bunga ko‘ra Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 des.(desyatina)dan, Farg‘ona 
viloyatida esa 40 des.dan ortiq yeri bor xo‘jaliklarning yerlari musodara qilinishi; 7-10 des.dan ortiq 
yeri bor xo‘jaliklar esa qisqartirilishi lozim edi. Islohotni g‘oyaviy-tashkiliy jihatdan ta’minlash 
uchun markaziy partiya-davlat komissiyasi, joylarda esa viloyat, uyezd va volost komissiyalari 
tashkil etildi. 
Islohot boshlangunga qadar O‘zbekistonning barcha mintaqalarida faol tashviqot-targ‘ibot 
ishlari avj oldirib yuborildi. Hamma joyda «Qo‘shchi» ittifoqi a’zolarining yig‘ilishlari, maxsus 
qishloq yig‘inlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘inlarda faol chorakorlar, mardikorlar, yersiz dehqonlardan iborat 
islohotga ko‘maklashuvchi yacheykalar tuzildi. Ular yordamida barcha toifadagi xo‘jaliklarning 
ro‘yxatlari tuzilib, yerga muhtoj bo‘lganlar soni aniqlandi, «ortiqcha» ish hayvonlari va «mehnat 
bilan shug‘ullanmaydigan» xo‘jaliklardagi qishloq xo‘jalik asboblari hisobga olindi. 
Sovet hokimiyati dehqonlarning kambag‘al qatlamini badavlat guruhlariga gijgijlash yuli 
bilan sinfiy nafratni avj oldirishga intildi. Bu jarayon partiya hujjatlarida «sinfiy tabaqalanishga 
yordam berish» deb ataldi. Bunday harakatlardan asosiy maqsad sovet hokimiyatiga qarshi bo‘lgan 
tabaqani, sovet davlatiga xayrixoh bo‘lgan kambag‘al dehqonlar qo‘li bilan yuqotish edi.
Bu islohotlar ommaviy jamoalashtirish (kollektivlashtirish) yillarida amalga oshirilgan 
«quloqlashtirish» siyosatini ma’lum darajada boshlab bergan edi. Bunda sovet hokimiyatining shu 
yillardagi barcha organlari uchun xos bo‘lgan «inqilobiy-byurokratik» tafakkur mantig‘iga muvofiq 
miqdoriy ko‘rsatkichlar ortidan quvish, ekspropriatsiya qilinadigan(majburiy tortib olinadigan)lar 
ro‘yxatiga iloji boricha ko‘proq xo‘jaliklarni kiritish avj olib ketdi. Masalan, dastlabki rejaga ko‘ra 
1925 yilda butun Farg‘ona viloyatida 155 ta xo‘jalikni tugatish mo‘ljallangan bo‘lsa, 1926 yilning 
15 yanvariga kelib, qilingan ishlar rejaga nisbatan 3,5 baravardan ko‘proq bo‘lib chiqdi. Tugatilgan 
xo‘jaliklar soni 575 taga yetdi. Bu xildagi manzara hamma joyda mavjud edi. Natijada 
«ekspropriatsiya qilinadiganlar» orasiga ko‘p hollarda o‘rtahol dehqonlar, hunarmandlar va hatto 
qishloq kambag‘al xo‘jaliklari ham kirib qolgan edi.
Ma’murlarning huquqqa zid xatti-harakatlari qishloq aholisining juda keng qatlamlari orasida, 
hatto dehqonlarning eng kambag‘al qismlari orasida ham qoralandi. Bu holat qishloqdagi siyosiy 
vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirdi. Har tomondan ta’qib ostiga olingan badavlat dehqonlar yer 
komissiyalariga qarshilik ko‘rsatishar, yer va qishloq xo‘jalik asboblarini yashirishar, qo‘llarida 
qurol bilan islohotga qarshi kurashishga intilardi. 
Biroq, ma’murlar davlatning butun qudratini «quloq-boy unsurlar»ga qarshi kurashga safarbar 
qildi. 1926 yilda O‘zSSR Sovetlari MIQ Jinoyat kodeksining 80-moddasiga qo‘shimcha kiritdi. 
Unda yer maydonini yashirgan yoki qishloq xo‘jalik asboblari soni haqida noto‘g‘ri ma’lumot 
berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilinishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston bo‘yicha 1925–1929 yillardagi agrar islohotlar natijasida «pomeshchik» tipidagi 
1492ta xo‘jalik tugatildi, 27992 ta xo‘jalikning yeri tortib olindi yoki qisqartirildi. 89492 ta yersiz 
va kam yerli dehqon xo‘jaliklariga chek yerlari berildi. Islohotlar natijasida, bir tomondan, yersiz 
kambag‘al dehqonlarning ma’lum qismi yerga ega bo‘lib, qishloqlardagi ijtimoiy ahvol biroz 
yaxshilangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, asrlar mobaynida o‘zbek qishloqlarida shakllangan 
ijtimoiy-psixologik tartib va milliy qadriyatlarning buzilishini boshlab berdi.
Kommunistik partiyaning yer-suv islohotlarini o‘tkazishdan maqsadi kambag‘al dehqon 
xo‘jaliklarini yer bilan ta’minlab, uning iqtisodiy ahvolni yaxshilash emas, aksincha, qishloqda 
«sotsialistik ijtimoiy tuzum»ning moddiy asosi bo‘lgan jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish shakllarini 
rivojlantirishdan iborat edi.
Mazkur yo‘nalishda tashlangan dastlabki qadamlardan biri kooperatsiyalar tashkil etish 
bo‘ldi. Obyektiv jihatdan olganda, yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida kooperatsiya 
qishloqlarda bozor munosabatlarini tiklash va xo‘jalik hayotini jonlantirish borasida muhim voqea 
bo‘ldi. Chunki kooperatsiya – jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish 
uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvidan iborat. Kooperatsiyaning o‘ziga xos tomoni ham shunda 
ediki, u har qanday sinfiylikdan xoli bo‘lsagina ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi. 
Afsuski, kommunistik rahbariyat kooperatsiya orqali qishloq ommasini sotsialistik qurilishiga jalb 
qilishga intilib, kooperativ harakatga bozor iqtisodiyotiga yot bo‘lgan siyosiylashgan unsurlarni 


202 
kiritdi, kooperativ birlashmalarning iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini cheklab qo‘ydi. Natijada 
kooperativ birlashmalarning davlat manfaatdor bo‘lgan shakllari ko‘proq rivojlandi. Davlatning 
iqtisodiy manfaati esa, birinchi navbatda, paxtachilikka qaratilgan edi. Ittifoq hukumati 
O‘zbekistonga asosiy paxta yetkazib beruvchi respublika sifatida qarab, o‘lkada paxta yetishtirish 
hajmini jadallik bilan oshirishga ko‘proq ahamiyat berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi bilan 
hukumat paxtachilik kooperatsiyasining imkoniyatlaridan foydalanish, bu strategik vazifani hal 
qilish kafolati deb bildi. 1927 yil respublikada 386 ta paxtachilik kooperativlari mavjud edi. 
Paxtachilik kooperatsiyasi yordamida g‘o‘za ekinlari hosili uchun oldindan shartnomalar tuzish 
amalga oshirildi, xomashyoni sotib olish tashkil etildi, xo‘jalikni asboblar va jihozlar bilan 
ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
Tez rivojlanib borayotgan kooperatsiya tizimi qishloqning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy 
o‘zgarishida sezilarli omil bo‘lib qoldi. Uning vositasida xususiy sektor faoliyati tartibga solib 
turildi, davlat krediti taqsimlandi, dehqonlarning xo‘jalik yuritishga jalb qilinishi amalga oshirildi. 
Kooperativ harakat qishloqlarni ma’lum darajada bozorga tortishga, mayda tovar xo‘jaligini 
jonlantirishga yordam berdi. Shu bilan birga, kooperatsiyada mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan 
ko‘pincha cheklangan tarzda foydalanildi. U buzilgan sinfiy qarashlar negizida namoyon bo‘ldi. 
Sinfiy yondoshuv unsurlari, ayniqsa, kredit siyosatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Misol uchun, 1927 – 
1928 yillarda kambag‘al sinf vakillari uzoq muddatli ssuda(qarz)ning 92,5%ini va qisqa muddatli 
ssudaning 89,7%ini oldi. O‘rtahol dehqonlar sinfi tegishli ravishda 4,8 va 10,3% ssuda oldi. 
Badavlat xo‘jalik vakillari deb qaralgan sinfga esa umuman berilmadi. 
Qishloq xo‘jaligini sotsialistik asosda o‘zgartirish istiqbollariga yondashish jarayonida 
kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon xo‘jaligidan yaxshiroq 
degan fikrga qat’iy asoslanib ish ko‘rdilar. Chunki yerdan foydalanishning jamoa tizimi 
markazlashgan rejalashtirishni va ko‘pmillionli qishloq, mehnatkashlarini boshqarishni 
osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy ishlarini butun mamlakat miqyosida 
tezroq amalga oshirish imkonini berardi. Eng asosiysi, jamoa xo‘jaliklari markscha tasavvurga 
ko‘ra, sotsializm ideallariga yot bo‘lgan «mayda burjua psixologiyasi» bilan «zaharlangan» 
dehqonni sotsialistik yo‘lga solishni tezlashtirar edi. Ommaviy jamoalashtirish g‘oyasi, umuman 
olganda, «lenincha kooperativ reja»da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda dehqonlarni bosqichma-
bosqich kooperatsiyalash yo‘li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori 
va murakkab shakl bo‘lgan jamoa xo‘jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. 
Ommaviy «quloqlashtirish» fuqarolar urushi qonunlari asosida haddan tashqari zo‘ravonlik 
bilan o‘tkazildi. Bu harakatlar joylarda amalda qanday o‘tkazilgani haqida Zarafshon viloyatidagi 
«kolxoz faollari»ning Stalinga yo‘llagan xatlari asosida tasavvur qilish mumkin. Xatda shunday 
yozilgan: «Biz quloqlar va boylarga nisbatan zamonaviy siyosatning barcha qoidalari asosida 
muomala qilmoqdamiz. Faqat chorva mollari va xo‘jalik anjomlarinigina emas, balki urug‘lik va 
oziq-ovqatini ham olib qo‘ymoqdamiz. Onasi qanday tuqqan bo‘lsa, o‘shanday holda 
qoldirmoqdamiz».
Jadal jamoalashtirish, quloq qilish, o‘rtahol qatlamlarga shubha bilan qarash, qishloq 
aholisining boshqa qatlamlari insoniy huquqlarining poymol etilishiga qaratilgan yo‘l qishloqda 
siyosiy vaziyat keskin tus olishiga sabab bo‘ldi. Rasmiy targ‘ibot bu holni sinfiy kurashning 
kuchayishi deb atadi. Haqiqatda esa qatag‘onlar tufayli tazyiq ostida qolgan tinch qishloq 
aholisining noroziligi edi.
1930 yil 2 martda «Pravda» gazetasida Stalinning «Yutuqlardan esankirash» nomli maqolasi 
bosilib chiqdi. Unda jamoalashtirish davridagi «qing‘irliklar» uchun butun ayb mahalliy xodimlarga 
to‘nkaldi. Stalin ularga nisbatan g‘oyat qattiq choralar ko‘rilishini talab qildi. «Agrar inqilob» 
yo‘lini bo‘shashtirish bo‘yicha ayrim tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, jamoalashtirishni 
jadallashtirish sur’atlari sekinlashtirildi. 1930 yilning mart-aprelida «quloq qilish» aksariyat 
to‘xtatildi. Barcha tumanlarda, qishloq sovetlarida quloq qilingan va hududlardan mahrum 
etilganlarning ro‘yxatini tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Bu ro‘yxatga tushgan 
o‘rtahol dehqonlarning fuqarolik huquqlari tiklandi, ularning tortib olingan chorvasi va mol-
mulklari qaytarib berildi. Biroq bu xildagi «tuzatish kiritish», bolshevik ma’murlari tili bilan 
aytganda, «noxush oqibatlar»ga olib keldi. Ma’muriy va zo‘ravonlik usullar bilan tuzilgan 
kolxozlar tarqalib keta boshladi. Masalan, Farg‘ona okrugining Bag‘dod tumanida 20 fevraligacha 
dehqon xo‘jaliklarining 80% jamoalashtirilgan bo‘lsa, mart oyiga kelib ulardan faqat 10% qolgan 


203 
edi. Respublika bo‘yicha esa jamoalashtirish darajasi 1930 yil martdan maygacha 47,8%dan 
27,5%ga tushib ketdi. Bunday manzarani butun mamlakatda kuzatish mumkin edi. Kolxozlardan 
ketib qolish natijasida 1930 yilning yozi oxirlariga kelib SSSRning qishloq xo‘jalik artellariga 
yozilganlarning uchdan bir qismidan kamrog‘i qolgan edi. Bunday holat stalincha rahbariyatni 
mutlaqo qanoatlantirmasdi. 
1930 yilning sentabridayoq VKP(b) MQ barcha o‘lkalar, viloyat qo‘mitalariga va ittifoqdosh 
respublikalar kompartiyalari MQga «jamoalashtirish to‘g‘risida» maktub yo‘lladi. Unda «kolxoz 
harakatini yangidan qudratli yuksaltirishga erishish» uchun dehqonlar orasida faol siyosiy va 
tashkilotchilik ishlarini avj oldirish tavsiya qilingan edi. Markazning partiyaviy direktivasi 
jamoalashtirish sur’atlarini qayta tiklash, qishloq aholini nafrat o‘yg‘otuvchi kolxozlarga «haydab 
kirish» uchun yana sinab ko‘rilgan ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan ham keng foydalanildi. 
Markazning tazyiqi bilan 1931 yilning bahoridan O‘zbekistonda yoppasiga jamoalashgan 
tumanlar tashkil etish tajribasi qayta tiklandi. Mamlakatning g‘allakor tumanlarini jamoalashtirish 
sur’atlari bo‘yicha «quvib yetish va o‘zib ketish» shiori yana ilgari surildi. Bu vazifani ta’minlash 
ilgari ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshirildi. Natijada, 1930 yil iyun oyida respublikada 
6124 ta kolxoz mavjud bo‘lib, ularga jalb qilinganlar dehqon xo‘jaliklarining 27,1 % ini tashkil 
etgan bo‘lsa, yilning oxiriga borib, u 37,7 % ga, 1931 yilning mayida 56,7 % ga yetdi. 1 dekabrda 
esa 68,2 % bo‘ldi. Yoppasiga jamoalashtirish yana avj olishi bilan «quloq-boy unsurlar»ga qarshi 
kurash chora-tadbirlari keng ko‘lamda olib borildi. Ta’qib qilinganlar tuman tashqarisiga, 
respublikaning aholi kam yashaydigan mintaqalariga chiqarib yuborilardi, u joylarda 17 ta maxsus 
posyolka tashkil etilgan edi. Shuningdek, ular O‘zbekistondan tashqariga, dastlab qo‘shni O‘rta 
Osiyo respublikalariga, 1931 yildan boshlab esa Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Sibirga ham surgun 
qilindilar. 
«Quloqlar»ga qarshi kurash O‘zbekistonda kun sayin avj olib bordi. 1931 yilning avgustiga 
kelib yana 3828 ta «quloq xo‘jaliklari» tugatildi. Respublikadan tashqariga – Ukraina, Sibir va 
Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun qilindi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq» 
xo‘jaliklari soni rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 5500 taga yetgan edi. Jamoalashtirishni 
jadallashtirishning «iqtisodiy» usullaridan o‘ziga xos tarzda foydalanildi. Bu usullar aslida yakka 
xo‘jalik sektorini iqtisodiy jihatdan bo‘lib qo‘yish siyosatidan iborat edi. Yakka dehqonlar uchun 
qishloq xo‘jalik solig‘i miqdori keskin ko‘paytirildi, faqat ularning o‘zidan olinadigan bir galgi 
soliqlar ham joriy qilindi.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish