227
Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosat va yer islohotining o‘tkazilishi iqtisodiy
ahamiyatdan ham ko‘ra ko‘proq siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Yer-suv islohoti natijasida qishloq
aholisining oz qismiga yer berildi, xolos. Oradan ko‘p o‘tmay yangi iqtisodiy siyosat tugatildi va
dehqonlar qo‘lidagi yerlar davlat tomonidan tortib olindi.
1917-1924-yillarda Qoraqalpog‘iston hayotiga bolsheviklar tomonidan tiqishtirilgan mustabid
sovet rejimi va uning siyosati qoraqalpoq xalqining asriy orzu-umidlariga javob bermadi.
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‘iston ASSRda 90
taga yaqin ixtisoslashtirilgan qorako‘lchilik sovxozlarida 5 mln dan ortiqroq qorako‘l qo‘ylari
boqilib, qimmatbaho qorako‘l teriiar yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln boshdan ortiqroq hisori va
jaydari qo‘ylar boqildi.
60–70-yillarda parhez parranda go‘shti, tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik
parrandachilik komplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish, ko‘paytirish, tuxum va go‘sht
yetishtirish ishlari mexanizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mln tovuqlardan qariyb
ikki mlrd dona tuxum olindi, bu 1960-yildagiga nisbatan to‘rt marta ortiq edi.
O‘zbekistonda sobiq Ittifoq bo‘yicha yetishtirilgan pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi.
1985-yilda xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan pilla 32,2 ming tonnaga yetdi.
Shuningdek, yiliga o‘rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va
Orol dengizi qirg‘oqlarida andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi, mo‘ynalar
tayyorlandi. Baliqchilik xo‘jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.
Orol fojiasi. Mustabid sovet tuzumi sharoitida dasturilamal bo‘lib qolgan «Inson tabiatning
xo‘jayini» degan soxta mafkuraviy da’vo, xo‘jalik yuritishning yaroqsiz usullari, tabiiy va mineral
xomashyo zaxiralaridan vahshiylarcha foydalanish kabi illatlar ekologik muammolarni keltirib
chiqardi. O‘zbekistonda yerning nihoyat dara-jada sho‘rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi,
yerning zaharlanishi va buzilishi, havo bo‘shlig‘i, yerusti va yerosti suvlarining ifloslanishi
ekologik muhitni yomonlashtirib bordi.
Cho‘l-u sahrolarni o‘zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta monokulturasining
kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘ylab sug‘orish tizimlarini jadal suratda qurish
ishlari Orol fojiasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning
sohillari 60–80 km ga chekindi, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko‘lga aylanib qoldi.
Dengizning suv qochgan 4 mln gektardan ortiqroq tubi qumli, sho‘rxok sahroga aylandi. Undan
kuchli shamol, bo‘ron orqali ko‘tarilgan tuz, chang-to‘zonlar atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar
sog‘lig‘ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulyoz, qorin tifi, kamqonlik, siydik yo’llari
va jigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko‘paydi. Bolalar va xotin-qizlar o‘limi ko‘payishi
kuzatilmoqda.
Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo‘ron tufayli 15–75 million tonna tuzli qumlar
atmosferaga ko‘tarilib 300–500 km masofaga yoyilmoqda. Orolning qurib borishi ekologik kulfat
darajasiga aylandi, uning atrofida yashaydigan qariyb 35 million kishi xavf-xatar ostida qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: