17-mavzu. O'zbekiston 1925-1941 yillarda
Reja:
1.
O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi. SSSRda boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik
tuzimining
qaror
topishi
va
mustaxkamlanishi.
Partiyaning
davlat
apparatini
«maxalliylashtirish» niqobi ostida yurgizgan siyosati.
2.
O’zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning respublikada ma’muriy-
buyruqbozlik tizimini mustaxkamlashdagi roli. Mustabid tuzimning katag’on siyosati.
3.
«Inogomovchilik», «o’n sakkizlar guruxi», «Qosimonchilik». Atoqli ma’rifatchi Munavvar
Qori Abdurashidxonov boshchiligidagi «Milliy istiqlol» tashkilotining tor-mor etilishi.
4.
Partiya, sovet xo’jalik xodimlari, xarbiylar, ziyolilar, ruxoniylar, ishchilar va kolxozchilar
orasida xam «tozalash» ishlarini o’tkazilishi. Milliy raxbar kadrlar (Akmal Ikromov, Usmon
Yusupov) hayoti va faoliyati. Sovet qatag’on siyosatining asoratlari.
Adabiyotlar.
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent:
Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining
ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008.
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998.
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi,
2012.
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari).
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010.
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010.
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida.
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000.
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi
tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi
shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Xalq ta'limi, maorif sohasida bajarilgan ishlar, maktab qurilishi. O'qitishning shakl va
usullari, an'anaviy maktablarni tugatish, maktablarni pedagogik kadrlar bilan ta'minlanishi. Xalq
ta'limi tizimidagi o’zgarishlar.Mahalliy yozuvchilar asarlarining milliy qadriyatlarni yoqlash va
himoya qilishdagi ahamiyati. 30-yillarning boshlaridagi yozuvchi va adiblar faoliyati. O'zbek Milliy
dramaturgiyasi va musiqa, teatr va kino. Tasviriy va amaliy san'at. O'zbek xotin qizlari o’rtasida
olib borilgan tadbirlar va muammolar. «Hujum» kompaniyasining o’tkazilishi. Xotin qizlar
mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari. O'zbekiston ziyolilarining mamlakatimizning aql-
zakovati va salohiyatini oshirish yo'lidagi hissalari. Sovet davlati tomonidan “katta qirg’in”ning
190
amalga oshirilishi, qatag’on siyosatining asoratlari (1937-1938 yillar). O'zbekistonning 20-30
yillardagi xalqaro aloqalari. Ilmiy-madaniy aloqalar. Xalqaro aloqalarning cheklanishi.
Vatanimiz tarixida 1925 – 1941 yillar o‘ta salbiy va murakkab jarayonlar – monoideologiya
va mustabid tuzumning ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimi qaror topishi va
mustahkamlanishi bilan bir qatorda, mehnatkash o‘zbek xalqining matonati, mehnatsevarligi va
bag‘rikengligi tufayli erishilgan yutuqlari bilan ham ahamiyatlidir.
1925 yilning fevral oyida yetarli tayyorgarliklarsiz milliy davlat chegaralanishi amalga
oshirildi. O‘zbekiston sovetlarining I syezdida «O‘zbekiston SSRning tuzilgani haqidagi
deklaratsiya»si tasdiqlandi. May oyida esa Sovetlarning III syezdida O‘zbekiston SSR Sovet
Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Bu orqali ittifoq va respublika o‘rtasidagi
vazifalar taqsimlandi. Lekin hal qiluvchi qarorlar faqat Markaz tomonidan qabul qilinar edi.
Sovet hokimiyati iqtisodiyotni va taqsimotni bir joydan turib boshqarishni ma’qul hisoblardi.
Shu bois, O‘rta Osiyoda vaqtinchalik bo‘lsa-da, Markazning yangi boshqaruv organi tashkil etilishi
kerak edi. Xuddi shu maqsadda 1925 yilning 24 aprelida O‘rta Osiyo SSSR Mehnat va Mudofaa
Kengashi huzurida favqulodda respublikalararo organ, ya’ni UpolSTO - SSSR Mehnat va Mudofaa
Kengashining O‘rta Osiyodagi vakillik organi tuzildi. «UpolSTO va uning qoshidagi (vaqtinchalik)
Iqtisodiy Byuro to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra, UpolSTO O‘rta Osiyodagi yangi tashkil etilgan
respublikalar va muxtor viloyatlardagi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning
xo‘jalik hayotini boshqarishi, SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi hamda SSSR iqtisodiy
komissarliklari buyruq va qarorlarining bu o‘lkada bajarilishini nazorat qilishi kerak edi. Shu bilan
birga, O‘rta Osiyodagi respublikalar va muxtor viloyatlar hayotida vujudga keladigan davlatlararo
nizolarni hal etish, O‘rta Osiyo va SSSR ahamiyatiga molik bo‘lgan korxonalarning,
muassasalarning faoliyatiga rahbarlik qilish ana shu yangi organ vazifasiga kirardi.
1925 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Iqtisodiy Kengashining 4 sonli majlisida O‘zbekiston
SSR XKS qarori bilan UpolSTO qoshida iqtisodiy vakillik organi tashkil etilgani ma’lum qilindi.
Mazkur majlisda “Iqtisodiy vakillik organi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilinib, unga binoan berilgan
topshiriq va vazifalar O‘zbekiston SSR rahbariyati tomonidan qanday bajarilayotganligini kuzatish
hamda barcha iqtisodiy va xo‘jalik faoliyati ham UpolSTO orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Iqtisodiy vakillik organiga O‘zbekiston SSR Davlat reja komissiyasi direktivalari hamda
UpolSTOning muhim tadbirlarining hayotga tatbiq etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Ushbu qaror, avvalo, Markaz hukmronligini yanada mustahkamlashga qaratilgandi. Bu esa
O‘rta Osiyo respublikalari, jumladan, O‘zbekiston ham nomigagina mustaqil, amalda markazga
qaram respublika ekanini ko‘rsatardi. Umuman, O‘rta Osiyoda yuqorida qayd etilgan
tashkilotlarning tashkil etilishi bu hududda Markazning hukmronlik ta’sirini yanada oshirdi.
Iqtisodiy byuro o‘zining qisqa, ya’ni bir yilu uch oylik faoliyati davomida O‘rta Osiyo
respublikalari iqtisodiyotini to‘la boshqarishga harakat qildi. Bu boshqaruvni yanada
mustahkamlash maqsadda O‘rta Osiyo respublikalarining 1925-1926 yillarga mo‘ljallangan xo‘jalik
rejasi ishlab chiqildi. Nega endi uzoqroq muddatni ko‘zlagan emas, aynan bir yillik reja ishlab
chiqishga qaror qilindi? Chunki Markaz O‘rta Osiyoda yangi tashkil etilgan respublikalar va muxtor
viloyatlarning xalq xo‘jaligi, aholisi, yer resurslari, irrigatsiya inshootlari va boshqa tabiiy-moddiy
boyliklari haqida hali aniq ma’lumotlar ega emas edi. Shu bois, Iqtisodiy Byuro respublikalar va
muxtor viloyatlar haqida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, uzoq muddatli reja ishlab
chiqishni ma’qul ko‘rmadi.
Iqtisodiy Byuroning talabiga ko‘ra, bir yillik reja shunday puxta, makkor strategiyani o‘ziga
singdirishi kerak ediki, bu orqali O‘rta Osiyo respublikalari Ittifoqning xomashyo bazasiga
aylanishi lozim edi. Ana shu g‘arazli maqsad Iqtisodiy Byuro ishlab chiqqan yangi bir yillik rejada
to‘la aksini topdi. Bu O‘zbekistonning Markazga qaramligini har tomonlama kuchaytirishga
qaratilgan choralarni boshlab berdi. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida belgilangan vazifalardan eng
muhimi O‘rta Osiyo respublikalarida, xususan, O‘zbekistonda yer-suv islohotini o‘tkazish, avvalo,
yersiz va kam yerli dehqon xo‘jaliklarini yer bilan ta’minlash edi. Ayniqsa, Farg‘ona vodiysida
yersiz va bir desyatina(3-4 tanob) dan kam maydonga ega bo‘lganlar dehqon xo‘jaliklari 65 foizni
tashkil etishi Markaz e’tiborini tortdi. Chunki Farg‘ona vodiysi O‘rta Osiyoda paxta yetishtiradigan
asosiy hudud hisoblangan. Shu bois, yersiz dehqonlarga qanchalik ko‘p yer bo‘lib berilsa, paxta
ekin maydonlari kengayib, hosil salmog‘i oshishi ma’lum edi. O‘rta Osiyo Iqtisodiy Byurosi
masalaning mazkur jihatlarini yaxshi anglab yetgan edi.
191
Qolaversa, SSSR to‘qimachilik sanoatining yuqori sur’atda rivojlanib borishi ham paxta
xomashyosiga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keldi. Butunittifoq Xalq Xo‘jalik Kengashi
(VSNXO)ning taxminiy hisob-kitobiga ko‘ra, Ittifoq to‘qimachilik sanoati uchun yaqin olti yilda
140 million pud paxta tolasi zarur bo‘lgan. Biroq O‘rta Osiyo respublikalari tomonidan
yetishtirilayotgan paxta Ittifoq to‘qimachilik sanoatining bu ehtiyojini mutlaqo qondirmasdi.
Masalan, 1925 yilda O‘rta Osiyo va Kavkazorti respublikalarining Ittifoq sanoati uchun 11 million
pud paxta tolasi yetkazib berishi mo‘ljallangan. Ushbu raqamni yaqin 6 yilga ko‘paytirganda ham
yetkazib beriladigan paxta tolasi 66 million pudni tashkil etar va bu Ittifoq sanoati ehtiyojining
yarmini ham tashkil etmasdi. Muammoni to‘liq hal qilish uchun esa Markaz chetdan 74 million pud
paxta sotib olishi kerak bo‘lardi. Bir pud paxta tolasini o‘rtacha 22-23 rubldan sotib olganda ham 6
yil mobaynida 1 millird 700 million rubl sarflashga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun O‘rta Osiyo
Iqtisodiy Byurosi qanday bo‘lmasin mamlakat paxtachiligini rivojlantirishi zarur edi. 1925-1926
yillarga mo‘ljallangan xo‘jalik rejasida paxtachilikni rivojlantirish eng muhim yunalishlardan biri
sifatida belgilanganining boisi ham shunda edi.
Yillik rejalarda O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish bilan birga paxta tozalash va yog‘
ishlab chiqarish sanoatini taraqqiy ettirish ham ko‘zda tutildi. Shu maqsadda O‘rta Osiyo
respublikalarida paxta tozalash zavodlarini qurish uchun 6,5 million rubl, yog‘ ishlab chiqarish
korxonalarini tashkil etishga 8 million rubldan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu davr xo‘jalik yuritish
rejasida O‘rta Osiyo respublikalarida industrlashtirish siyosatiga ham katta ahamiyat berildi. Bu
jarayonda har bir respublika va muxtor viloyatning jug‘rofiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib
chiqib, ularni asosan paxtachilik, chorvachilik, g‘allachilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashtirishga
e’tibor qaratildi. O‘rta Osiyoda ana shu yo‘nalishdagi sanoat obyektlari qurildi. O‘zbekiston va
Turkmanistonda bittadan to‘qimachilik kombinatini qurish nazarda tutildi. Keyinchalik O‘zbekiston
va Qozog‘istonda g‘alla omborlari – elevatorlar barpo etish boshlab yuborildi. O‘zbekiston,
Turkmaniston, Tojikiston respublikalarida tegirmonlar, qog‘oz fabrikasi, teri hamda neftni qayta
ishlash zavodi, tuz ishlab chiqarish obyektlari bunyod etila boshlandi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, O‘zbekistonda qanday sanoat korxonalari qurilishidan qat’iy nazar, harakatning asl
mohiyati - respublikadan xomashyo olib ketishga qaratilgan edi. Aynan shu yillarda O‘rta Osiyodan
olib ketilgan xomashyoning umumiy miqdori 222 million rublni tashkil qilib, unda O‘zbekistonning
(u davrda Tojikiston bilan birga) hissasi 189 million rublga, Turkmanistonning hissasi 24 million
rublga, Qirg‘izistonning hissasi 9 million rublga teng bo‘lgan.Markazning barcha respublikalar
negizida shakllantirilayotgan yagona halq xo‘jaligi kompleksi asosida olib borayotgan
harakatlaridan biri O‘rta Osiyodan xomashyolarni olib ketish va o‘rniga xalqqa kerakli
mahsulotlarni o‘z ko‘rsatmalariga binoan yetkazib berish edi. Mazkur yillarda O‘zbekistondan
asosan paxta (180,6 mln rubl) va chorvachilik mahsulotlari (23,7 mln rubl) olib chiqib ketilgan.
Lekin bu ham Markaz manfaatlarini to‘la qanoatlantirmas edi. Shu bois, O‘rta Osiyoda kerakli
xomashyolar yetishtirishni yanada ko‘paytirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda
respublikalarda xomashyo tayyorlash masalasi Iqtisodiy Byuro Plenumida va Prezidiumida 13 oy
mobaynida 6 marta ko‘rib chiqiladi. Aholini sanoat mollari bilan ta’minlash koniqarsiz darajada
bo‘lgani bois, bu masala ham 5 marta Iqtisodiy Byuro Plenumining maxsus kun tartibiga qo‘yilgan
edi. Shunga qaramasdan, Iqtisodiy Byuro O‘rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini bir yunalishga
solishga, qishloq xo‘jaligi hamda sanoatini faqat xomashyo va yarim xomashyo yetishtirishga
moslashtirgan holda rivojlantirishga harakat qildi.
Shu vaqt oralig‘ida O‘rta Osiyo respublikalari, mehnatkash xalqlarining xarakati tufayli,
paxtachilik sohasida qator yutuqlarga erishgan bo‘lishiga qaramasdan, bu ko‘rsatkichlar ham Ittifoq
to‘qimachilik sanoati extiyojini qondira olmasdi. YA’ni bu bilan Ittifoq hali paxta mustaqilligiga
to‘liq erisha olmagandi. Shu bois, Sovet davlati chetdan paxta tolasini oltin hisobiga sotib olishni
tezroq kamaytirib borishga intildi. Bu borada qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, O‘zbekistonda
paxta ekin maydonlarini kengaytirishga kirishdi. Bu sug‘oriladigan maydonlarda boshqa ekinlarni
qisqartirish va yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshirildi. Markaz irrigatsiya tizimini
yaxshilash va kanallar qazib, yangi yerlarga suv chiqarish bilan bog‘liq ishlar uchun mablag‘ni
ayamadi. Misol uchun, 1924-1925 yilda irrigatsiya ishlari uchun O‘zbekistonga 1 million 676 rubl
ajratilgan bo‘lsa, 1925-26 yilda bu raqam 3 million 799 ming rublni tashkil etdi. Markaz o‘z
mustabid siyosatini amalga oshirishda O‘zbekistonni paxta xomashyosi bazasiga aylantirish bilan
qanoatlanmadi. 1925 yil oktabr oyidagi Iqtisodiy Byuroning navbatdagi majlisida pillachilik
192
masalasi ham ko‘rib chiqildi va respublikada bu sohani rivojlantirish mamlakat uchun muhim
iqtisodiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shu orqali chetdan pilla sotib olishni to‘xtatishga
erishish mumkinligi aytib o‘tildi. Shu tariqa, O‘zbekiston endilikda paxta va boshqa sohalar qatori
pilla yetishtirishda ham asosiy xomashyo bazasiga aylandi.
Markaz O‘rta Osiyoning murakkab iqtisodiyotini Ittifoq xalq xo‘jaligi majmuasiga faqat
qattiqqo‘llik, zulm bilangina birlashtirish mumkin deb bilardi. Shu maqsadda SSSR XKSning 1926
yil 10 sentabrdagi qarori bilan O‘rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (SredazEKOSO) tashkil etildi.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi shakllandi va zimmasiga qator masalalar yuklatildi. Bular sirasiga
ishchi-dehqon inspeksiyasi, ichki va tashqi savdo, yul transporti, pochta va telegraf xizmati, paxta
kampaniyasini nazorat qilish hamda boshqa qator masalalar kirar edi. SredazEKOSOning bosh
organi Plenum hisoblanib, bir yilda kamida 4 marta chaqirilgan. SredazEKOSO bolsheviklar
tomonidan O‘rta Osiyo xalqlarining “sotsializmga sakrashi” sifatida baholangan, mahalliy aholi
uchun esa o‘ta murakkab bo‘lgan bir davrda faoliyat yuritdi. U O‘rta Osiyoning, xususan,
O‘zbekistonning birinchi (1927-32) va ikkinchi besh yillik (1933-37) rejalarini tuzishga rahbarlik
qildi. Bu rejalarda Sovet hokimiyatining davlatni boshqarish usullaridan biri – “sinfiylik” prinsipiga
amal qilish va buni keng qamrovli doirada qo‘llash maqsadida O‘zbekistonda va butun O‘rta
Osiyoda mahalliy millat vakillaridan proletariat (ishchi) sinfini shakllantirish asosiy siyosiy vazifa
sifatida belgilangan edi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholi orasida sovet davlatining
xayrixohlarini ko‘paytirish edi.
O‘zbekistonda industrlashtirish jarayonini ham SredazEKOSO boshqardi. Industrlashtirishda
asosan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘langan sanoat tarmoqlarini vujudga keltirishga katta e’tibor
berildi. Shuning uchun ham rejada qishloq xo‘jalik mashinasozligi, kimyo, to‘qimachilik
mashinalari ishlab chiqarish, agrar sektor mahsulotlarini qayta ishlash sanoatlarini rivojlantirishga
alohida ahamiyat qaratildi. O‘z navbatida O‘zbekistondagi qator sanoat tarmoqlari respublika
hisobidan chiqarilib, Ittifoq sanoati tarkibiga kiritildi. Masalan, «Ferganaugol» tresti «Sredazugol»
trestiga aylantirildi. Umuman, foyda keltiradigan paxta, yog‘, ipakchilik kabi ishlab chiqarish
korxonalarining barchasi Ittifoq sanoati tarkibiga kiritilib, ular ustidan Markaz rahbarlik nazorati
o‘rnatildi. Foyda keltirmaydigan korxonalar esa respublika hisobida qoldirildi. Jumladan, o‘sha
paytda neft, oziq-ovqat (vinochilik, pivo ishlab chiqarish, qand zavodlari) va kooperativ sanoatlar
foyda keltirmaydigan sohalar qatoriga kirardi. Lekin shunga qaramasdan 1927 – 1928 yillarga kelib
respublikada xo‘jalik hayotida sezilarli darajada jonlanish yuz berdi. Asosan paxtachillik va
ipakchilik sanoatida o‘sish yuqori bo‘ldi. O‘sha yillarda paxta va pilla hosili yaxshi bo‘lganidan har
ikki tarmoq sanoati korxonalari yetarli darajada xomashyo oldi. Natijada kapital mablag‘i oldingi
yilga nisbatan 144,2 foizga oshdi. Biroq paxtachilik va pillachilikdagi bu o‘sish barcha
korxonalarga ham foyda bermadi. Chunki respublikaning bu ikki sanoati topgan mablag‘dan asosan
Ittifoq tasarrufidagi korxonalar manfaatdor bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur davrda hunarmandchilik sanoati O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa,
O‘zbekiston SSRda yaxshi rivojlangan edi. Chunki davlatga tegishli sanoat korxonalari hali
aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlarni to‘liq yetkazib berish
imkoniyatiga ega emasdi. Markaziy Statistika boshqarmasi (SSU) tomonidan 1926-1927 xo‘jalik
yilida birinchi marotaba O‘zbekistonda hunarmandchilikning ahvoli o‘rganilib, bu soha ancha
yaxshi rivojlanayotgani, tarmoqda ishlab chiqargan mahsulot 138 million rublga teng ekani
aniqlandi. Hunarmandchilik sanoatining bir yillik ishlab chiqarishi O‘zSSR xalq xo‘jaligi umumiy
mahsulotining 18 foizini tashkil qilgan. Bu paytda O‘zbekistonda hunarmandchilik bilan 130300
kishi band bo‘lgan. Sanoat rivojlanishini belgilaydigan raqamlarga nazar tashlasak, 1931 yilda
O‘zSSR bo‘yicha sanoatning yalpi mahsuloti 590 million rublga teng bo‘lib, 1930 yilga nisbatdan
81,7 foizga ortgan edi. O‘sha paytda sanoat tizimida mehnat qiladiganlar 27685 nafarga yetgandi.
Bu 1930 yilga nisbatdan 54,3 foiz o‘sishga erishilganini ko‘rsatardi. Ushbu ko‘rsatgichlar ayni shu
davrda sanoat rivojlanishi O‘zbekistonda yuqori bo‘lganini anglatadi. Umuman olganda, Markaz
o‘z manfaatini ko‘zlagan holda sanoatni tiklash ishlarini faol olib bordi. 1928-1929 yillarda O‘rta
Osiyo respublikalarida ushbu jarayon deyarli tugallangan deb hisoblandi. Va 1929-1930 yildan
sanoatni keng rekonstruksiyalash, qayta qurish davri boshlandi.
O‘zbekistonda ham sanoatni qayta qurish, asosan, elektr energiyasiga bog‘liq edi. Shuning
uchun energetika bazasini mustahkamlashga muhim vazifa sifatida qaraldi. 1932–1933 yillarga
kelib elektr energiyasi quvvati birmuncha ortgan bo‘lsada, ayni shu sohadagi korxonalarni qurish
193
juda sust tarzda amalga oshirildi. Shu bois, gidroelektrostansiyalar bilan bir qatorda
teploelektrostansiya qurilishini ham boshlab yuborish zaruriyati yuzaga keldi. O‘rta Osiyo daryolari
arzon energiya ishlab chiqaradigan eng muhim va katta resurslarga ega bo‘lgan bir paytda undan
foydalanish sur’ati ham nihoyatda past edi. Umuman, hududdagi daryolarning elektr quvvati
imkoniyatlari Ittifoq zahirasining 14 foizini tashkil qilgan. Keyinchalik, Chirchiq, Norin, Shahrixon,
Isfara, Chu hamda Vaxsh daryolarida bir nechta gidroelektrostansiyalar qurildi
Shu tariqa elektr energiyasi ishlab chiqarishning ortib borishi natijasida O‘rta Osiyoda sanoat
korxonalarining soni ham, quvvati ham ortib bordi. Bu orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari o‘rtasidagi tafovut ham o‘zgardi. 1931 yilga kelib sanoat yetakchi o‘ringa chiqa
boshladi. Agar 1929-1930 yillarda sanoat ishlab chiqarishining salmog‘i qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariga nisbatdan 45 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1931-1932 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 51
foizga yetdi. SredazEKOSO amalga oshirgan chora-tadbirlar natijasida O‘rta Osiyo
respublikalarining birinchi besh yillik rejasidagi rivojlanish ko‘rsatkichi umumittifoq sur’atidan
yuqori bo‘ldi. O‘zbekiston SSRda sanoatning o‘sishi 1927-1928 yillarda 95 foizni tashkil etgan
bo‘lsa, 1932 yilda 150 foizga, 1934 yilda esa 362 foizga yetdi.
Yo‘l va transport tizimi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan kommunikatsiyaning muhim tarmog‘i
va xalq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun eng zarur soha hisoblanadi. Shuni hisobga olgan
holda, 1927 yilning 16-19 yanvar kunlari Toshkentda SredazEKOSO va Gosplanning qo‘shma
kengashi o‘tkazildi. Kengash Turkiston-Sibir temiryo‘l magistrali(Turksib)ni qurish masalasini
ko‘rib chiqdi. Qabul qilingan qarorda temiryo‘lni barpo etish muddatini qisqartirish, obyektni
qurilish materiallari, ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari aniq ko‘rsatilgan edi. Ishni
bir yo‘la ikki yo‘nalishda - Frunze (Bishkek) va Semipalatinsk shaharlaridan boshlash ma’qul deb
topildi. Markaz O‘rta Osiyo respublika rahbarlariga Turksib temiryo‘l magistrali qurilishi uchun
ularni zarur materiallar bilan ta’minlash va muntazam yordam berish vazifasini yukladi.
O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan yoqilg‘i muammosini hal qilish maqsadida Ko‘kyong‘oq
ko‘mir konini rivojlantirish va undan besh yillik rejada ko‘zda tutilgan 1 million tonna ko‘mir qazib
olish hamda 1927 yilda Jalolobod-Ko‘kyong‘oq-Taranbozor temiryo‘l tarmog‘ini qurib bitkazish
uchun SSSR Gosplani tomonidan 400 000 rubl mablag‘ ajratildi. Toshkent shahrini yoqilg‘i bilan
ta’minlash maqsadida Ugadja-Tutlik temiryo‘l tarmog‘i qurilishi ham boshlab yuborildi. Natijada
1933 yilning oxiriga kelib O‘rta Osiyo respublikalarida 3 ming kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llar
qurildi. Shuning bilan bir qatorda SredazEKOSO transportning boshqa turlarini, jumladan, suv
transportini (Amudaryo orqali yuk va yo‘lovchilarni tashish uchun) tashkil etdi. Bular o‘z davrida
nafaqat Ittifoq manfaati, balki O‘zbekiston SSR ravnaqi uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan katta
ahamiyatga ega bo‘lgan edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Sovet hokimiyati o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda qishloq
xo‘jaligiga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘rta Osiyoni “rivojlantirish”ga qaratilgan besh yillik
rejalarida mahalliy ekologik vaziyat inobatga olinmay turib, sug‘orishning keng qamrovli dasturi
qabul qilindi. Bu rejaga asosan sug‘oriladigan yer maydonini 1930-1931 yillarga kelib 4106806
gektarga yetkazish nazarda tutilgandi. Dehqon ho‘jaliklarini dastlab iqtisodiy rag‘batlantirish,
keyinchalik esa targ‘ibot-tashviqot va ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan g‘alla, sholi o‘rniga
paxta ekishga majburladi. Paxta ekkan dehqon xo‘jaliklari soliqdan ozod qilindi. G‘alla, sholi kabi
sug‘oriladigan ekin ekkanlarga og‘ir soliqlar joriy qilindi.
Shu tarzda Markaz O‘zbekiston SSRning besh yillik rejasidagi paxtachilik qismini har yili
qayta ko‘rib chiqib, paxta ekin maydonlarini kengaytirib bordi. Chet eldan keltiriladigan paxtadan
ozod bo‘lish, to‘qimachilik sanoatini bosqichma-bosqich kengaytirish maqsadida paxtachilikni
izchil rivojlantirishga qattiq kirishildi. Bularning barchasi oxir-oqibatda paxta yakkahokimligini
yanada chuqurlashtirdi va kelajakda katta ekologik muammolarning kelib chiqishiga zamin yaratdi.
O‘rta Osiyo respublikalarida, ayniqsa, O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini yuzaga keltirish
qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, umuman, buning ayanchli oqibatlarini tushungan bir
qator olimlar bu haqda o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqa boshladilar. 1928-1929-yillarda mutbuot
sahifalarida o‘nlab munozarali maqolalar e’lon qilindi. Hatto Bosh Paxta Qo‘mitasi vakilligi 1928
yili Toshkentda paxta yakkahokimligi masalasida olimlar, mutaxassislar ishtirokida keng munozara
o‘tkazdi. Bir qator olimlar, jumladan, professorlar V.Vilyams, N.Ivanov, M.Nikolskiy,
Y.Poslavskiy, N.Yarashevich, A.Chayanov o‘z chiqishlarida O‘rta Osiyo respublikalarida paxta
ekin maydonlarini birinchi besh yillikda belgilangan 1.266.500 gektarga yetkazish agronomik,
194
meliorativ
va
ekologik
nuqtai
nazardan
noto‘g‘ri
ekanligini
bayon
qildilar.
Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish kerakki, XX asrning 20-yillari oxiriga kelib, mamlakatda
bolsheviklar partiyasi yakkahokimlikka erishdi. Natijada Sovet hukumatining siyosiy, mafkuraviy
siquvi kuchayib bordi. Buning birinchi qadami 1929 yilda Yangi iqtisodiy siyosat(NEP – novaya
ekonomicheskaya politika)ga chek qo‘yishi bo‘ldi. Dehqon xo‘jaliklarini jamolashtirish zo‘ravonlik
va sun’iy yo‘l bilan amalga oshirildi. Jamoa xo‘jaligiga kirmagan o‘ziga to‘q dehqonlar “boy-quloq
unsurlar” tamg‘asi bilan jazolandi va surgun qilindi.
XX asrning 30-yillari boshlariga kelib paxta yakkahokimligiga qarshilik bildirgan olimlar
quvg‘in ostiga olindi. SSSRda paxta mustaqilligi uchun keskin kurash ketayotgan bir paytda
yuqoridagi kabi erkin chiqishlar Ittifoq manfaatlariga mutlaqo mos kelmas edi. Respublikada paxta
maydonlarining kengayishi va hosil salmog‘ining ortishi hisobiga Markazga olib ketiladigan
miqdor ham yildan-yilga o‘sib bordi. Umuman, O‘zbekistonda sodir bo‘lgan tarixiy jarayonlarning
tahlili shundan dalolat beradiki, bolsheviklar g‘oyalariga tayangan sovet hokimiyati boshidanoq
zo‘ravonlikka asoslangan davlat tuzishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.
Sovet hukumati bu o‘lkani xomashyo bazasi sifatida saqlab qolish uchun barcha chora-
tadbirlarni ko‘rgan. Eng avvalo, barcha hududlarda pastdan yuqorigacha siyosiy, iqtisodiy va
madaniy boshqaruv idoralari tashkil qilindi. Joylarda mahalliy boshqaruvni nazorat qiluvchi
Markazning nazoratchi idoralari ham tuzildi. Bu mahalliy xalqlarga nisbatan ishonchsizlikdan
dalolat edi. Xususan, XX asrning 20-30 yillarida O‘rta Osiyo mintaqasida sovet hokimiyati
tomonidan tashkil etilgan Turkbyuro, Turkkomissiya, Sredazbyuro kabi siyosiy-mafkuraviy
nazoratchi organlar Toshkentda ham faoliyat ko‘rasatib, hukmronlik qildilar. Mahalliy rahbarlar
ularning izmidan chiqolmas, o‘zlaricha tashabbus ko‘rsatib biror bir ishni qilishlariga yo‘l quyilmas
edi.
Nazorat organlarining zug‘umi, makkor strategiyasi bilan o‘lkada xususiy mulkchilikning
barcha turlari bekor qilinib, ular davlat mulki, deb e’lon qilindi. Majburiy mehnat yo‘lga qo‘yildi.
Bundan norozi bo‘lgan xalq qurolli kurash boshladi. Bu kurash, ayniqsa, Farg‘ona vodiysi va
Buxoroda ommaviy tus oldi. Sovet hukumatining boshqa birorta milliy respublikasida bu darajada
kuchli norozilik bo‘lmagan. Shu tufayli bolsheviklar barcha ichki resurslarini o‘lkada sovetlar
hokimiyatini saqlab qolish uchun safarbar qildi. Bolsheviklar rahbariyatining fikricha,
O‘zbekistonda yuz bergan bu inqirozli holat joylarda sovet davlatining zaifligi, boshqaruv
organlarining faoliyatsizligi, ayniqsa, o‘lka iqtisodiyotini boshqarish to‘g‘ri yo‘lga quyilmagani
uchun yuz bergan edi.
O‘zbekistonda yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy ahvol ocharchilik va yuqumli kasalliklarni
nihoyatda kuchaytirib yubordi. Shunga qaramasdan, hokimiyat tepasiga chiqib olgan bolsheviklar
o‘lkada yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy ahvolni hal qilishdan ko‘ra Markazdan jo‘natiladigan
ko‘rsatmalarni kutish va ularni bajarish bilan ovora bo‘ldi. Bolsheviklar tomonidan olib borilgan
siyosat, xususan, boshqaruvning markazlashtirilishi O‘zbekiston SSR iqtisodiyotini Markaz
manfaatlariga moslashtirdi. O‘rta Osiyo respublikalarining, jumladan, O‘zbekistonning ham Ittifoq
yagona iqtisodiy majmuasidagi o‘rni va vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida
paxta yakkahokimligi yuzaga kelishida, sanoatining bir tomonlama, xomashyo shaklida mahsulot
ishlab chiqarishga moslashtirilishida va ularning Markazga tashib ketilishida ushbu siyosatning
“xizmati” katta bo‘lgan.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti SSSRda boshqaruvning mustabid va ma’muriy
buyruqbozlik tizimi o‘zining barcha salbiy ko‘rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi
sharoitida kechar edi. Ushbu davrning respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan
yana bir xususiyati – Sovet mustabid davlati siyosiy tizimida sinfiy mafkura shakllanib,
kommunistik partiya mutlaq xukmronlik qilar edi. Kompartiya o‘zi amalga oshirgan oktabr
tuntarishi tufayli hokimiyatni qo‘lga oldi va «alohida olingan bir mamlakatda sotsializm qurish»ni
o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘ydi. Lekin Markaz O‘zbekistonda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarni ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan sun’iy ravishda tezlashtirib, respublikadagi haqiqiy
ahvolni umuman e’tiborga olmas edi.
Natijada O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ancha ziddiyatli tus oldi. Xukmronlik
qilayotgan kompartiya o‘ziga ma’qul bo‘lgan sinfiy yondoshuvga asosan jamiyatni sun’iy ravishda
«mehnatkashlar» va «mehnatkash bo‘lmaganlar»ga ajratib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni
kuchaytirdi. Bir tomondan, kommunistik tuzum ko‘r-ko‘rona «mehnatkashlar ommasi»ning siyosiy
195
faolligini «qo‘zg‘ash»ga, ularni partiya-davlat tuzilmalariga va jamoat tashkilotlariga keng jalb
qilishga intilsa, ikkinchi tomondan, aholining «mehnatkash bo‘lmagan» - mulkdorlar, dindorlar,
amaldorlar kabi qatlamining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini o‘z maqsadlari yo‘lida qabul
qilingan qonun asosida cheklab qo‘ydi. Shu bilan birga, ularga qarshi doimiy ish olib bordi. Bu
kurash faqat «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlarga emas, kommunistik rejimga qarshi chiqqan
barcha kishilarga - yangicha fikr yuritadiganlarga, o‘zbek xalqining manfaatlarini himoya
qilganlarga qarshi ham yuritildi.
Keyinchalik Markaz rahbariyati o‘zi olib borgan qatag‘on siyosatni asoslash maqsadida
“sinfiy kurash avjiga chiqqanligi” haqidagi shiordan keng foydalanadi. Shu tariqa iqtisodiy-ijtimoiy
hayotdagi barcha kamchilik va xatolar sinfiy dushmanlarga ag‘darildi. Bu siyosat keyinchalik XX
asr 30 yillarining boshlarida mustabid tuzumning ommaviy qatag‘onlariga aylanib ketadi. Xalqqa
qarshi qaratilgan ushbu kurashga kommunistik partiya va markazning rahbarlari g‘oyaviy
rahnamolik qildi. Umuman, Sovet hokimiyati o‘rnatilgan kundan boshlab jamiyatning barcha
sohalarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida kommunistik partiya maydonga chiqdi.
1925 yil fevralda o‘zining I syezdida tashkiliy jihatdan rasmiylashgan respublika partiya tashkiloti
ham O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsata boshladi. U o‘zi tashkil
topgan vaqtda nisbatan kam sonli bo‘lib, u paytda hammasi bo‘lib 16.570 nafar partiya a’zosi va
nomzodi bor edi. O‘zbekiston KP(b) keng «mehnatkashlar» ommasini o‘z ta’siriga olish uchun
saflarini «ilg‘or» ishchilar, qishloq yo‘qsillari va yarim yo‘qsillar, shuningdek, xizmatchilar
hisobiga muttasil kengaytirib bordi. Shu bilan birga, kompartiya o‘zini baynalmilalligini, faqat
Rossiya tasarrufidagi barcha xalqlar partiyasi ekanini ko‘rsatish maqsadida sun’iy ravishda o‘zining
milliy tarkibiga e’tibor berdi. O‘z KP(b) tashkil topgandan keyingi 15 yildan ko‘proq vaqt
mobaynida uning milliy tarkibi ham sezilarli ravishda o‘zgardi. Partiya a’zolari va a’zolikka
nomzodlarning 60 foizini o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, tojiklar va boshka mahalliy
millatlarningvakillaritashkiletardi.
O‘z KP(b) o‘z ta’siri doirasini kengaytirish maqsadida barcha tashkilot va korxonalarda
partiya yacheykalari (bo‘linmalari)ni tashkil etib, o‘ziga bo‘ysunadigan shaxslarni u yerga
joylashtirib, shu yul bilan ularni bevosita boshqarishga intildi. Shu tariqa partiya a’zolari va
tashkilotlari keskin ko‘payib bordi. 1941 yilning boshlarida O‘zbekiston KP(b) tarkibida 4.132 ta
partiya tashkiloti mavjud edi. Bu vaqtga kelib 6 ta viloyat qo‘mitasi, 1 ta okrug qo‘mitasi, 10 ta
shahar, 9 ta shahar ichidagi tuman partiya qo‘mitasi hamda 116 ta tuman partiya qo‘mitasi orqali
hududiy partiya tuzilmalarining keng tarmog‘i tashkil etildi. Natijada KP(b) o‘zining rahbarlik
ta’siri bilan butun respublika hududini, undagi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni
qamrab ola boshladi.Umuman, VKP(b)ning tarkibiy va ajralmas qismi bo‘lgan O‘zKP(b) Moskvada
partiya MK kabinetlarida respublika partiya tashkiloti vakillari ishtirokisiz va uning manfaatlarini
hisobga olmasdan ishlab chiqilgan qarorlarni amalga oshirishga majbur edi. Shu bois ham
O‘zbekiston kompartiyasining syezdlarida va MK plenumlarida VKP(b) belgilab bergan bosh yo‘l
asosida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanish strategiyasi
belgilandi. Ularda kommunistik rejimni mustahkamlashga, «sotsialistik qurilish»ni avj oldirishga,
boshqa respublikalar bilan aloqalar va hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan masalalar o‘z ifodasini
topgan edi. Davlat organlari va jamoat tashkilotlari partiya apparatining tazyiqi va zulmi bilan
sekin-asta uning qarorlarini so‘zsiz bajaruvchi oddiy ijrochilariga aylandilar.O‘zbekiston
kompartiyasi o‘z yo‘lini deyarli barcha korxonalar va muassasalarda ish olib borayotgan
boshlang‘ich partiya tashkilotlari, rahbar kommunistlar orqali so‘zsiz amalga oshirardi. Shuningdek,
barcha rahbar lavozimlarga faqat kommunist bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi shart edi. Partiya
qo‘mitalari bu rahbar kommunistlarni xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy qurilishning barcha sohalariga
boshchi qilib qo‘ygan edi.
Ma’muriy-buyruqbozlik usulida ish olib borgan partiya qo‘mitalari mehnat jamoalarining
mustaqilligini cheklar, ularning tashabbusini bo‘g‘ar, faoliyatidagi demokratik qarashlarini yo‘qqa
chiqarar edi.Ma’lumki, Ittifoq davlatining oliy organi dastlab Sovetlarning Butunittifok Markaziy
Ijroiya Qo‘mitasi, keyinchalik SSSR Oliy Soveti bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida ham qonun
chiqaruvchi, ham ijro organlari hisoblangan. Aslida esa mustabid tuzum hayot tajribasi shuni
ko‘rsatdiki, davlat oliy organi bo‘lgan Oliy Sovet faoliyatini barcha bosqichlarda partiya boshqarib
kelgan. Barcha qonun va qarorlar partiya organlari tomonidan tayyorlanar yoki ularning ko‘rsatmasi
bilan yozilar, Oliy Sovet sessiyalarida esa ular nomigagina tasdiqlanar edi. O‘zbekiston SSR tashkil
196
qilinganidan so‘ng respublika davlat boshqaruvi tuzilmasi ittifoq organlari shaklida tuzildi. Bu
ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga,
takomillashgan mustahkam shakli edi.
Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi
ma’muriy-hududiy bo‘linish amalga oshirildi. Avvaliga respublikaning viloyat bo‘linishidan okrug
shakliga o‘tildi. Keyin yana viloyat bo‘linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng
tarmog‘i tuzildi. Ma’muriy-hududiy islohotlar yanada jipslashish va Markazni aholiga
yaqinlashtirish bahonasida o‘tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat
apparatining
cheksiz
hukmronligini
mustahkamlash
maqsadida
amalga
oshirilardi.
1927 yil mart oyida O‘zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi.
Bu Konstitutsiya mutloq sinfiy tusda bo‘lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan
sug‘orilgandi. Konstitutsiyaga muvofiq, «mehnatkash bo‘lmagan» qatlamlardan chiqqan ko‘pgina
ijtimoiy tabaqalar, dindorlar va boshqalar saylov hukuqlaridan mahrum etilgandi. Bu orqali
yuqorida aytilganidek, aholining katta qismi kommunistik rejim tomonidan davlat qurilishida va
ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Faqat oradan 10 yil o‘tgandan
keyingina, 1936 yilgi SSSR Konstitutsiyasi asosida 1937 yil 12 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston
SSRning Konstitutsiyasida bu adolatsizlikka chek qo‘yildi. Barcha fuqarolarga ularning ijtimoiy
kelib chiqishi va qaysi sinfga mansubligidan qat’iy nazar saylov huquqi berildi. Biroq 1936 yilgi
SSSR Konstitutsiyasi va 1937 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasining ko‘pgina moddalari,
ayniqsa, fuqarolarning keng huquqlari va erkinliklari aks etgan moddalari vaqt o‘tishi bilan soxta,
nomigagina ekani ko‘rinib qoldi. Shuningdek, O‘zbekiston SSRning har ikkala Konstitutsiyada
e’lon qilingan suvereniteti ham «yasama» va soxta bo‘lib chiqdi. Chunki mazkur Konstitutsiyalarga
muvofiq, SSSR Davlatining «teng hukuqli» a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston SSR yillar davomida
Markazga, uning partiya-davlat tuzilmalariga qaram bo‘lib keldi.
Shuni aytish kerakki, mehnatkashlarning eng ommaviy tashkiloti — kasaba uyushmalari ham
partiya qo‘mitalariga to‘la-to‘kis qaram bo‘lib qolgandi. 1925 yilning boshlarida O‘zbekiston
kasaba uyushmalari 90 mingdan ortiq kishini birlashtirgandi. Biroq ularda mahalliy aholi
«yevropalik»lardan birmuncha kam bo‘lib, kasaba uyushmalari a’zolari umumiy sonining qariyb 40
foizini tashkil etardi. Vaholanki, mahalliy aholi O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ko‘prog‘ini
tashkil etardi. 1940 yilga kelib respublika kasaba uyushmalari a’zolarining soni 600 mingdan oshib
ketdi. YA’ni 15 yil ichida O‘zbekiston kasaba uyushmalari a’zolarining soni 6,5 baravar ortdi.
Partiya hukmronligi mustahkamlanib borgan sari kasaba uyushmalari yollanma ishchilar va
xizmatchilarning hayotiy manfaatlarini ta’minlashdan iborat o‘zlarining asosiy vazifalarini
bajarishdan, ularning ijtimoiy muhofazalanishiga yordam berishdan mahrum bo‘lib bordi. Oxir-
oqibatda ular ham hukmron kommunistik partiyaning «dastyoriga» aylanib qoldilar. Kasaba
uyushmalari ma’muriy-buyruqbozlik tizimni mehnatkashlarning har qanday «isyoni»dan himoya
qiladigan, barcha «zarba»ni o‘ziga oladigan vositaga aylandi.
Mustabid tuzum kasaba uyushmalari zimmasiga ishlab chiqarish harakteridagi mehnat
unumdorligi uchun kurash, mehnat intizomini mustahkamlash, mahsulot sifatini oshirish va uning
tannarxini arzonlashtirish singari vazifalarni yukladi. Shu tarzda kasaba uyushmalari haqiqiy
funksiyalarini unutgan holda mustabid tuzum sharoitida ommaning mehnat faolligini oshiradigan va
ular o‘rtasida hukmron partiya yulini o‘tkazadigan davlat tuzilmasiga aylantirildi. Umuman, Sovet
hokimiyati O‘zbekistonning barcha sohalaridagi hayotini o‘z ta’siriga oladi. Bu jarayonda o‘zlariga
so‘zsiz bo‘ysunadigan, ongi, qalbi ana shunday ruh bilan sug‘orilgan yosh avlodni tarbiyalashga
jiddiy e’tibor qaratadi. YA’ni kommunistik mafkuraga so‘zsiz xizmat qiladigan “yangicha shaxs”ni
shakllantirish asosiy g‘oya bo‘lgan. Shu maqsadda boshlang‘ich sinflardan to yuqori sinflargacha
bo‘lgan o‘quvchilar uchun maxsus uyushmalar tashkil etiladi va ularga yoshlarni keng jalb qilinadi.
Shuningdek, bunda yoshlar ongiga kommunistik mafkurani singdirish, ularni ushbu jamiyatning
sodiq a’zosi va tuzum g‘oyalari targ‘ibotchisiga aylantirish uchun tuzilgan kommunistik yoshlar
ittifoqi (kommunisticheskiy soyuz molodeji - komsomol) muhim rol o‘ynadi.
Komsomol ham partiyaga va uning tashkilotlariga bo‘ysundirilgan edi. Partiya uni o‘zining
yordamchisi va «jangovar rezervi» deb hisobladi. Sovet hokimiyatini targ‘ib qiluvchi mafkuraviy
jarayonlar keng tus olgani bois, O‘zbekiston komsomolining saflari yuqori sur’atlar bilan o‘sdi va
1940 yilga kelib qariyb 400 ming kishini tashkil qildi. Holbuki, 1925 yilda uning tarkibida 30,2
ming a’zo bor edi. Partiya qo‘mitalari komsomolni «sinfiy dushman»ga qarshi kurashda, qishloq
197
xo‘jaligini jamoalashtirish va xalqqa cheksiz ofatlar keltirgan mustabid tuzumning tadbirlarini
ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan amalga oshirishda o‘zining yetakchi kuchiga aylantirdi.
Kommunistik partiya butun imkoniyati bilan mehnatkash xalqni turli siyosiy va ijtimoiy-
ommaviy tashkilotlarga qamrab olib, ularga muntazam ravishda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishga, ularni
bir qolipda ushlab turishga harakat qildi. Bu jarayondan dehqonlar ham chetda qolmadi. XX asrning
20-yillarida O‘zbekiston dehqonlarini g‘oyaviy jihatdan birlashtirgan tashkilotlardan biri
«Qo‘shchi» ittifoqi edi. 1925 yilda 157 ming kishini qamrab olgan «Qo‘shchi» ittifoqi ham
O‘zbekiston dehqonlarining ommaviy tashkilotidan sekin-asta qishloqda mustabid tuzum siyosatini
targ‘ib qiluvchi qurolga aylandi. Borib-borib sinfiy tashkilotga aylangan «Qo‘shchi» ittifoqi
jamoalashtirish va «quloqlashtirish» davrida o‘ta salbiy rol o‘ynadi.
Sovet hokimiyati o‘z faoliyatida davomida olib borgan siyosatida sinfiylikni milliy va
umuminsoniy qadriyatlardan ustun tutdi. Dinning ahloqiy imkoniyatlari va tamoyillarini inkor etdi.
Respublikada Markaz ko‘rsatmasi asosida tashkil qilingan «Xudosizlar ittifoqi», «Kurashchan
xudosizlar», «Yo‘qolsin savodsizlik» kabi tashkilotlar esa partiya siyosatini aholining turli guruhlari
o‘rtasida amalga oshirishda oddiy vositachilarga aylandilar. Xususan, sovet hokimiyati dinga qarshi
olib borgan siyosatning asosiy quroli va targ‘ibotchisi “Kurashchan xudosizlar” ittifoqi edi. 1928
yilga kelib O‘zbekistonda ular qatorida 830 yacheyka (tuzilma) mavjud bo‘lib, 14 ming a’zosi bor
edi. Hatto ular tomonidan o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida «Xudosizlar» deb nomlangan
jurnal ham tashkil etilgan. “Kurashchan xudosizlar” ittifoqi respublikadagi barcha muzeylarda
bo‘limlar tashkil etib, ularda dinga qarshi tashviqot ishlarni olib borish uslublari bo‘yicha maxsus
yig‘ilishlar
o‘tkazib
borgan.
Mustabid tuzumning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahqamlanib borishi bilan birga
respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy hayoti muttasil siyosiylashtirilib, baynalminallashtirilib
borildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu darajaga borib yetdiki, har bir masalaga siyosiy nuqtai nazardan
qaraladigan bo‘ldi. Oqibatda milliylik o‘rniga amalda baynalmilallik ustivor qilib qo‘yildi, milliy
qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar oyoqosti qilindi. Asrlardan asrlarga o‘tib kelgan milliy va diniy
bayramlar bekor qilindi, ular o‘rniga “proletar” bayramlari e’lon qilindi.
XX asrning 20-yillari boshlarida bolsheviklar lideri V.I.Lenin ishlab chiqqan “Jamiyatni
sotsialistik tipda qurish”, madaniy sohani ham yangi jamiyatning muhim bo‘g‘ini sifatida
sotsialistik shaklda o‘zgartirish dasturi sekin-asta O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqi uchun
cheksiz azob-uqubatlar, xo‘rliklar olib kela boshladiki, bu mahalliy aholi, avvalo, ziyolilarning
noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular xalqning milliy madaniyatini, an’analari va urf-odatlarini, ko‘p
asrlik ma’naviy merosini saqlab qolishga intildilar. Shu maqsadda Markaz zo‘ravonligiga qarshi
ochiq tanqidiy fikrlar bildirdilar.
O‘zbekistonda «sotsialistik islohotlar» sekin-asta, demokratik yo‘llar bilan, xalqning muayyan
tarixiy va milliy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda o‘tkazilishini talab qilishdi. Mustabid
tuzumga qarshi milliy oppozitsiyada jamoat va davlat arboblari, o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar,
jurnalistlar, bir so‘z bilan aytganda, barcha ziyolilar birlashgandi. Oqibatda ularga qarshi ommaviy
terror boshlanadi. Aslida, Sovet hokimiyati o‘rnatilgan ilk davrdanoq, ya’ni 1918 yil 14 sentabr
kuni respublika MIQ tomonidan qabul qilingan nizomga binoan kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash
bo‘yicha Favqulodda tergov komissiyasi tuzilgandi. O‘sha kunidayoq Toshkent shahar Kengashi
tomonidan “Qizil terror qo‘mitasi” va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgandi. Umuman
olganda, Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng mamlakatda 84 konslager faoliyat ko‘rsatgan va
ularda 50 mingdan ortiq mahbuslar bo‘lgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustabid tuzum o‘z faoliyatining turli davrlarida qatag‘on
siyosatining yangi-yangi usullarini o‘ylab topgan. Masalan, sovet hokimiyatining O‘zbekistonda
olib borgan qatag‘on siyosatini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin:
1.1918-1921 yillar - O‘zbekistondagi milliy-ozodlik harakatiga qarshi harbiy qatag‘onlar.
2.1921-1929 yillar - zo‘ravonlik bilan o‘rnatilgan hokimiyatga, madaniy sohadagi siyosatga
qarshilik qilganlarga nisbatdan o‘tkazilgan qatag‘onlar (“Inog‘omovchilik”, “O‘n sakkizlar guruhi”,
«Qosimovchilik», “Milliy istiqlol”, “Milliy ittihod” guruhlari va boshqalar).
3. 1930 – 1936 yillar: partiya va sovet organlarida faoliyat ko‘rsatayogan milliy rahbar va
boshqa iste’dodli kadrlar («tozalash»), muhandis-texnik kadrlar, ilmiy soha va ta’lim tizimi,
madaniy soha, huquq tartibot organlari xodimlarga qarshi, 1932 yil va 1934 yildagi qabul qilingan
qonunlarga binoan va jamolashtirish jarayonidagi qatag‘onlar.
198
4. 1937-1939 yillar - barcha sohalarda olib borilgan ommaviy qatag‘onlar – “Katta qirg‘in”.
5. 1946-1953 yillar - madaniy va san’at sohalari xodimlari, shoirlar, yozuvchilar, olimlar,
umuman, ziyolilarga (“Vrachlar ishi”, “Sharq yulduzi”-“Zvezda Vostoka” jurnallari) qarshi
qatag‘onlar.
6. 1984 – 1988 yillar: Markaz tomonidan maxsus tashkil etilgan davlat va xo‘jalik
xodimlariga qarshi qatag‘onlar ( «Paxta ishi»).
Yuqorida keltirilgan qatag‘on siyosatini tahlil qiladigan bo‘lsak, deyarli barcha soha vakillari
bu ommaviy qirg‘indan chetda qolmagan. Ayniqsa, mustabid tuzum aholining ilg‘or qatlami –
ziyolilar, ayrim vatanparvar rahbarlar tomonidan bildirgan xurfikrlikka mutlaqo toqat qilmagan va
ularga qarshi doimiy tarzda qatiy kurash olib borgan. Masalan, sovet hokimiyati o‘rnatilgach, xalq
noroziliklari asta-sekin milliy ozodlik harakatga aylana boshlaydi. Shu bois, bolsheviklar ularga
qarshi keskin choralarni qo‘llaydi. Nafaqat ilg‘or qatlam vakillari, balki ularning tarafdori bo‘lgan
oddiy aholiga nisbatdan ham beshafqat jazolar ko‘riladi. Xususan, Turkiston fronti qo‘mondoni
M.V.Frunze aynan shu masalada qarshilik harakati vakillari joyida otib tashlash, ular bilan aloqador
bo‘lgan aholiga ham keskin chora ko‘rish to‘g‘risida buyruq bergan edi. Shundan keyin milliy
ozodlik harakati vakillariga qarshi qatag‘onlar keng tus oladi.
XX asrning 20-yillari ikkinchi yarmi va 30-yillarda mavjud tuzumga muholifatda turganlarga
qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazildi. O‘z hokimiyatini o‘rnatgach sovetlar o‘ziga xos siyosiy va
mafkuraviy struktaralarni shakllantira boshladi. Ushbu tashkilotlar orqali ular o‘zlaridan farqli
ravishda fikrlaydiganlarga keskin choralar ko‘rdi. Ana shunday jabrlanuvchilar qatorida halqqa o‘z
ta’sirini ko‘rsata oladigan, o‘z mafkuraviy va tashkiliy mustaqilligiga ega bo‘lgan diniy muassasalar
va ularning xodimlari ham bor edi. Bolsheviklar dinga qarshi ayovsiz terror olib boradi: vaqflar
musodara qilinadi, diniy maktablar, qozilar sudi tugatiladi va dindorlar ayovsiz qirg‘in ositiga
olinadi. O‘z navbatida bu kabi adolatsizliklar mahalliy aholini bolsheviklar va ularning partiyasiga
keskin ravishda qarshi qilib qo‘ydi. Ana shunday ruhdagi rahbarlarga esa keskin choralar ko‘rildi.
YA’ni respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi va milliy-ma’naviy qadriyatlarni asrab qolishga
intilgan, mahalliy aholi manfaatlarini ko‘zlagan rahbar xodimlar sovet hokimiyatiga qarshi deya
qattiq tanqid qilindi. Ularni tarafdorlari bilan birga turli siyosiy yorliq ostida «g‘ayripartiyaviy»
guruhlar deb e’lon qilishdi.
O‘zbekiston xalqining o‘z milliy xususiyatlari e’tiborga olinishi, uning mustaqil rivojlanishi,
sovet hokimiyatining milliy siyosatini o‘zgartirishi uchun qayg‘urganlarga nisbatan «18lar guruhi»;
jamiyatning rivojlanishida ziyolilarning roli asosiy deb bilgan, ta’lim sohasida milliy an’analarni
saqlab qolish uchun fikr bildirgan rahbarlarga nisbatan «Inog‘omovchilik harakati»; 1926 – 1930
yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy kadr va ziyolilar O‘zbekiston oliy sudi raisi nomi bilan
yuritilgan va sud xodimlariga qarshi qaratilgan navbatdagi o‘ydirma «Qosimovchilik harakati»;
quloqlashtirish jarayonidagi qatag‘onlarni asli mazmun-mohiyatiga o‘z munosabatini bildirgan
prokuratura xodimlariga qarshi «Badretdinovchilik harakati»; respublika rahbar xodimlari tarkibida
mahalliy kadrlar salohiyatini kuchaytirish uchun qayg‘urganlarga nisbatan «Xlopkoprom» boshlig‘i
R.Xudoyberganov nomi bilan yuritilgan bo‘hton «Xudoyberganovchilik harakati» singari mustabid
tuzumning jazo organlari tomonidan ataylab o‘ylab topilgan uydirmalar to‘qib chiqarildi. Ularni
barchasi birin-ketin «fosh etildi» va badnom qilindi. Bu kabi qatag‘onlar esa demokratiya, inson
erkinliklari va huquqlari haqidagi nizomlar faqt qog‘ozdagi deklaratsiya bo‘lib qolganini anglatadi.
XX asrning 20-yillari oxiri va 30-yillar boshlarida qatag‘on qilinganlar orasida Munavvar
Qori
Abdurashidxonov,
Saidnosir
Mirjalilov,
Mahmud
Hodiyev
(Botu),
Ubaydulla
Asadullaxo‘jayev, Ashurali Zohiriy, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov,
Usmon Nosir kabi vatanparvar ziyolilar bor edi. Umuman, 1929 yilning yanvar oyidan 1933
yilgacha mustabid tuzum yurtimiz ziyolilarining 217 nafarini qatag‘on qildi. Eng ayanchlisi,
ularning aksariyati otildi.
Qatag‘on siyosati faqat ziyolilarnigina o‘z domiga tortmadi, istibdodning olovida barcha
baravar yondi. XX asrning 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida jamoalashtirishni muddatdan oldin
tugatish, yer egaligida xususiy mulkchilikni tugatish maqsadida dehqonlarga nisbatan misli
ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Boy, quloq, o‘rta hol dehqon (bittagina sigiri bor
dehqonlar ham ushbu kategoriyaga kiritildi) oilalari Sibir, Ukraina, Stavropol va Krasnodar
o‘lkasiga - yashash uchun to‘g‘ri kelmaydigan, sharoiti og‘ir bo‘lgan hudularga surgun qilindi.
Umuman, bu jarayonda O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi «quloq» qilinib, ulardan
199
31,7 mingi qatag‘on qilingandi. Qatag‘on siyosatining yana bir keng qamrovli pallasi 1932 yildagi
ocharchilik paytiga to‘g‘ri keladi. Bunda asosan qiyin ahvolda qolgan dehqonlar qatag‘on qilinadi.
YA’ni 1932 yil 7 avgustda SSSR hukumati “Sotsialistik mulkni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
qonunni qabul kildi. Qonunda “... davlat, ya’ni kolxoz mulkini talon-toroj qilganligi uchun sud jazo
sifatida otish va barcha mol-mulkini musodara qilish», yumshatuvchi holatlarda esa «10 yildan kam
bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etish va butun mol-mulkini musodara qilish» belgilab
qo‘yilgandi. Bu qonun halq orasida “Zakon o tryox koloskax” (“Boshoq to‘g‘risida qonun”) deb
nom oldi. Chunki qonunga ko‘ra hatto uch dona bug‘doy boshog‘ini olgan odam ham jazolangan.
O‘zbekistonda mazkur qonunga muvofiq 1933 yilning o‘zida 2,5 ming dehqon javobgarlikka
tortildi.
Umuman, bolsheviklar tuzumining XX asrning 30-yillari oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan
qatag‘onlari, ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida birorta rahbar
«xalq dushmani» deb e’lon qilinsa, uning «dumi» sifatida yana 50-60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a
qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy
hayotini larzaga keltirdi, kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik o‘yg‘otdi. 1936
yilning oxirida o‘z Konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid tuzum
oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining ta’siri doirasida
O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning respublikadagi tuzilmalari hech
bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi,
minglab jamoat arboblari, yirik olimlar, adabiyot va san’at namoyondalari, xalq xo‘jaligi xodimlari,
ishchilar, dehqonlar, din vakillari sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandi. Kommunistik rejim shu yo‘l
bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qatlamini, ya’ni mustabid tuzum mohiyatini
tushunib yetadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu qabihliklarni amalga oshirar ekanlar, ular
avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta «aksilinqilobiy tashkilotlar»ni o‘ylab topar va ularni
«fosh etish»ga kirishardi. Jumladan, 1937 – 1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va
uning respublikadagi «nazoratchilari» O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni «fosh
etdilar» va «tugatdilar». Bular: respublika rahbarlari A. Ikromov va F. Xo‘jayev boshchiligidagi
«Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», A.Qoriyev rahbarligidagi «Musulmon
ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti», «Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti
markazi», S.Xo‘janov boshchiligidagi «Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti», «Buxoro va
Turkiston baxt-saodati» nomli sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilot, respublika komsomoli MK
kotibi I.Ortiqov rahbarligida «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti»,
«Uyg‘urlarning aksilinqilobiy josuslik-isyonchilik tashkiloti», Mirzoyan, Amelyan va boshqalar
rahbarligidagi «Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik
rezidenturasi», «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi» edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha,
bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib,
haqiqatda bunday «aksilinqilobiy tashkilotlar» respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan. Soxta
«ishlar» to‘qib chiqarilgani, hech qanday asos bo‘lmagani holda jazo organlari tomonidan qamoqqa
olishlar amalga oshirilgani haqida O‘zbekiston KP(b) MQ birinchi kotibi Usmon Yusupov Markaz
raxbariyatiga, hususan Moskvaga quyidagilarni yozgan edi: «Xalq komissarlari organlari (NKVD
ko‘zda tutilmoqda) faoliyatida juda katta kamchilik va qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilmoqda...
Ommaviy qamoqqa olishlarga zo‘r berilgan, ko‘p holatlarda ular yetarli darajada asoslanmagan.
Ichki ishlar xalq komissarligida, uning rayonlardagi bo‘limlarida, hatto, eng ko‘p qamoqqa olish
uchun musobaqa e’lon qilindi... Bu esa yetarli darajada asoslanmay qamashlarga keng yo‘l ochdi».
Biroq Usmon Yusupovning mazkur xatiga Markaz rahbariyati e’tibor bermadi. Aksincha, XX
asrning 30-yillar oxiriga kelganda, butun mamlakatda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham qatag‘onlar
yanada avj oldirildi. Qatag‘onlar SSSR Oliy Sudi, SSSR Oliy Sud kollegiyasi, O‘zbekiston SSR
Oliy Sudi, O‘zbekiston SSR harbiy kollegiyasi va sudlar, SSSR NKVD qoshidagi sayyor ravishda
ishlaydigan “Osoboye soveshaniye” (“Maxsus kengash”) kabi organlar hamda 1929 yilda joriy
qilingan maxsus “Uchliklar” (Tuman partiya qo‘mitasining 1-kotibi, Tuman ispolkomi (ijroya
komiteti) raisi, mahalliy militsiya boshlig‘i) tomonidan amalga oshirilgan.
Sovet hokimiyati tomonidan olib borilgan qatag‘on siyosatining eng cho‘qqisi 1937 – 1938
yillarga to‘g‘ri kelib, tarihda «Katta qirg‘in» nomini oldi. Ushbu davrda mashhur davlat, partiya
arboblari va xodimlari, turli masalalarda o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan, iqtidorli va iste’dodli siyosiy
liderlarni hibsga olindi. Ular orasida F.Xo‘jayev, A.Ikromov, D.Manjara, S.Segizbayev, D.Rizayev,
200
A.Karimov,
S.Boltaboyev,
N.Paskutskiy,
I.Xudoyqulov,
A.Sexer,
M.Shermuhamedov,
M.Usmonov, I.Ortiqov, K.Beregin, A.Islomov, F.Tarasov, M.Tursunxo‘jayev, K.Boltayev,
N.Israilov, Y.Irismetov, mashhur tarixchi P.Saliyev va boshqalar bor edi. 1938 yilning bahoriga
kelib respublika viloyatlari, rayonlar va shaharlar rahbarlarining 60 % i, yilning ikkinchi yarmida
esa yana 114 kishi qatag‘on qilindi. Bularning ichida jadidlar ham nohaq jazoga tortilishdi. Sovet
hokimiyati turli yapon, nemis, turk «shpionlari» bilan kurash olib borib, qatag‘on qilinajak
shaxslarning sonini reja va jadval asosida respublikalarga, ular esa viloyatlarga bo‘lib berishar va
bajarilishini qattiq nazoratga olib turishar edi.
«Qizil terror» o‘sha davrda qanchalik ommaviy tus olgani haqida quyidagi ma’lumotlar
dalolat beradi: 1936 yilning oxiridan 1940 yilgacha bo‘lgan davrda respublika buyicha davlat,
jamoat arboblari, yozuvchilar, jurnalistlardan 5758 kishi qamoqqa olingan va ulardan 4811 kishi
otib tashlangan. O‘ylab chiqarilgan soxta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda 1937 – 1939 yillarda
hammasi bo‘lib 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ulardan 37 mingdan ortiq kishi
jazolangan, 6 ming 920 kishi esa otib tashlangan. Umuman olganda GULAG (Lagerlar Bosh
boshqarmasi) lagerlarida o‘zbeklar soni quyidagicha bo‘lgan: 1939 yilda 24449 kishi, 1940 yilda
26888 kishi, 1941 yilda 23154 kishi, 1942 yilda 26198 kishi, 1943 yilda 20129 kishi, 1944 yilda
8380 kishi, 1945 yilda 8426 kishi, 1946 yilda 5570 kishi, 1947 yilda 4777 kishi.
Shunday qilib, 30-yillarning oxiri butun Ittifoqda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mustabid
tuzum boshlagan qatag‘on siyosatining mislsiz beboshliklari, ommaviy «Qizil terror»ning
vahshiyliklari bilan tarixda qoldi va o‘zbek xalqi tarixida eng fojiaviy sahifalarni tashkil etdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston tarixining o‘rganilmagan sahifalaridan biri bu - sovet
hokimiyatining XX asrning 20-30 yillaridagi qatag‘on siyosatidir. Ushbu davr tarixini xolisona
yoritish, xalqimiz qanday zug‘umlarni, xo‘rliklarni boshidan o‘tkazganini kelajak avlodga yetkazish
davr talabi. Umuman, ushbu jarayonlarni mukammal o‘rganish tarixiy adolatni tiklashda muhim
ahamiyatga ega.
Milliy-hududiy chegaralanishdan keyin agrar o‘zgarishlarning yangi bosqichi boshlandi.
1924—1925 yillarda o‘lkadagi mehnatga layoqatli aholining 85%i qishloq xo‘jaligi bilan band edi.
Agrar sektor mahsulotlarining salmog‘i butun yalpi mahsulotning qariyb 80%ini tashkil etardi.
Sanoatning 90%i qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash bilan shug‘ullanardi. Bunday
sharoitda agrar islohotlar o‘tkazilishi chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega edi.
XX asrning 20-yillari o‘rtalariga kelib qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir oz
oldinga siljishlar ko‘zga tashlandi. Yangi iqdisodiy siyosatga o‘tilishi munosabati bilan dehqonlar
erkinroq nafas olayotgan edi. Oziq-ovqat razvyorstkasi(taqsimoti)ning oziq-ovqat solig‘i bilan
almashtirilishi, ayrim bozor mexanizmlarining tiklanishi qishloq mehnatkashlariga ortiqcha
mahsulotlarini sotish, qishloq xo‘jalik ekinlarini kupaytirish imkonini berdi. Natijada dehqon
xo‘jaliklarining turmush darajasi birmuncha ko‘tarildi. Shunga qaramasdan, qishloq xo‘jaligini
tiklashga doir asosiy masalalar hali yechilmagan, vaziyat murakkabligicha qolayotgan edi. 1924
yilda dehqonchilikda foydalanilgan yerlar respublikadagi mavjud ekin maydonlarining faqat
58,7%inigina tashkil qildi, qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti esa 1913 yildagi darajaning
47,2%ini tashkil etardi.
1921-1922 yillar Turkiston SSRda o‘tkazilgan yer islohotiga qaramasdan, qishloqlarida
hamon kam yerli va yersiz dehqonlar mavjud edi. Har 100 ta xo‘jalikdan 13 tasi ekin ekiladigan
yerga ega emasdi.
Hokimiyat organlari qishloq xo‘jaligini ijtimoiy qayta qurishning tarixiy jihatdan sinalgan
vositalarini, «kapitalistik mamlakatlar»da dehqonlar masalasini halqilishning muhim tajribasini,
boshidanoq inkor etdi. Sovet hokimiyati va kommunistik partiya rahbarlari marksizmning xato
nazariy aqidalariga tayangan holda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishning asosiy quroli
sifatida zo‘ravonlikni tanladilar.
Bolsheviklar rahbariyatining mulohazasi bo‘yicha, o‘zbek qishloqlarining sotsialistik
rivojlanish yo‘liga qat’iy tushib olishi uchun mafkura ta’siriga olingan qishloq iqtisodiyotinining
tayanch negizlarini vujudga keltirish lozim edi. «Agrar inqilob»ning strategiya va taktikasi
O‘zbekiston kompartiyasining II syezdida (1925 y. noyab.) tasdiqlandi. Syezd qarorlarida xususiy
mulkchilik munosabatlari davlatning sotsialistik iqtisodiyoti ta’siriga buysundirilishi kerakligi
alohida ta’kidlab o‘tildi. Bunday yondashuv yer tuzilishi vazifalarini hal qilishda yangi iqtisodiy
siyosatning sog‘lom imkoniyatlaridan foydalanish mumkinligini sezilarli ravishda cheklab qo‘ydi.
201
O‘zbekiston KP II syezdining mafkuraviy yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq 1925 yil 2 dekabrda
O‘zSSR MIQning favqulodda sessiyasida «Yer va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida» dekret
(qaror)qabul qilindi. Unda yerni tortib olish shart-sharoitlari va agrar islohot bosqichlari belgilab
berilgan edi. Bunga ko‘ra Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 des.(desyatina)dan, Farg‘ona
viloyatida esa 40 des.dan ortiq yeri bor xo‘jaliklarning yerlari musodara qilinishi; 7-10 des.dan ortiq
yeri bor xo‘jaliklar esa qisqartirilishi lozim edi. Islohotni g‘oyaviy-tashkiliy jihatdan ta’minlash
uchun markaziy partiya-davlat komissiyasi, joylarda esa viloyat, uyezd va volost komissiyalari
tashkil etildi.
Islohot boshlangunga qadar O‘zbekistonning barcha mintaqalarida faol tashviqot-targ‘ibot
ishlari avj oldirib yuborildi. Hamma joyda «Qo‘shchi» ittifoqi a’zolarining yig‘ilishlari, maxsus
qishloq yig‘inlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘inlarda faol chorakorlar, mardikorlar, yersiz dehqonlardan iborat
islohotga ko‘maklashuvchi yacheykalar tuzildi. Ular yordamida barcha toifadagi xo‘jaliklarning
ro‘yxatlari tuzilib, yerga muhtoj bo‘lganlar soni aniqlandi, «ortiqcha» ish hayvonlari va «mehnat
bilan shug‘ullanmaydigan» xo‘jaliklardagi qishloq xo‘jalik asboblari hisobga olindi.
Sovet hokimiyati dehqonlarning kambag‘al qatlamini badavlat guruhlariga gijgijlash yuli
bilan sinfiy nafratni avj oldirishga intildi. Bu jarayon partiya hujjatlarida «sinfiy tabaqalanishga
yordam berish» deb ataldi. Bunday harakatlardan asosiy maqsad sovet hokimiyatiga qarshi bo‘lgan
tabaqani, sovet davlatiga xayrixoh bo‘lgan kambag‘al dehqonlar qo‘li bilan yuqotish edi.
Bu islohotlar ommaviy jamoalashtirish (kollektivlashtirish) yillarida amalga oshirilgan
«quloqlashtirish» siyosatini ma’lum darajada boshlab bergan edi. Bunda sovet hokimiyatining shu
yillardagi barcha organlari uchun xos bo‘lgan «inqilobiy-byurokratik» tafakkur mantig‘iga muvofiq
miqdoriy ko‘rsatkichlar ortidan quvish, ekspropriatsiya qilinadigan(majburiy tortib olinadigan)lar
ro‘yxatiga iloji boricha ko‘proq xo‘jaliklarni kiritish avj olib ketdi. Masalan, dastlabki rejaga ko‘ra
1925 yilda butun Farg‘ona viloyatida 155 ta xo‘jalikni tugatish mo‘ljallangan bo‘lsa, 1926 yilning
15 yanvariga kelib, qilingan ishlar rejaga nisbatan 3,5 baravardan ko‘proq bo‘lib chiqdi. Tugatilgan
xo‘jaliklar soni 575 taga yetdi. Bu xildagi manzara hamma joyda mavjud edi. Natijada
«ekspropriatsiya qilinadiganlar» orasiga ko‘p hollarda o‘rtahol dehqonlar, hunarmandlar va hatto
qishloq kambag‘al xo‘jaliklari ham kirib qolgan edi.
Ma’murlarning huquqqa zid xatti-harakatlari qishloq aholisining juda keng qatlamlari orasida,
hatto dehqonlarning eng kambag‘al qismlari orasida ham qoralandi. Bu holat qishloqdagi siyosiy
vaziyatni jiddiy ravishda keskinlashtirdi. Har tomondan ta’qib ostiga olingan badavlat dehqonlar yer
komissiyalariga qarshilik ko‘rsatishar, yer va qishloq xo‘jalik asboblarini yashirishar, qo‘llarida
qurol bilan islohotga qarshi kurashishga intilardi.
Biroq, ma’murlar davlatning butun qudratini «quloq-boy unsurlar»ga qarshi kurashga safarbar
qildi. 1926 yilda O‘zSSR Sovetlari MIQ Jinoyat kodeksining 80-moddasiga qo‘shimcha kiritdi.
Unda yer maydonini yashirgan yoki qishloq xo‘jalik asboblari soni haqida noto‘g‘ri ma’lumot
berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilinishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston bo‘yicha 1925–1929 yillardagi agrar islohotlar natijasida «pomeshchik» tipidagi
1492ta xo‘jalik tugatildi, 27992 ta xo‘jalikning yeri tortib olindi yoki qisqartirildi. 89492 ta yersiz
va kam yerli dehqon xo‘jaliklariga chek yerlari berildi. Islohotlar natijasida, bir tomondan, yersiz
kambag‘al dehqonlarning ma’lum qismi yerga ega bo‘lib, qishloqlardagi ijtimoiy ahvol biroz
yaxshilangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, asrlar mobaynida o‘zbek qishloqlarida shakllangan
ijtimoiy-psixologik tartib va milliy qadriyatlarning buzilishini boshlab berdi.
Kommunistik partiyaning yer-suv islohotlarini o‘tkazishdan maqsadi kambag‘al dehqon
xo‘jaliklarini yer bilan ta’minlab, uning iqtisodiy ahvolni yaxshilash emas, aksincha, qishloqda
«sotsialistik ijtimoiy tuzum»ning moddiy asosi bo‘lgan jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish shakllarini
rivojlantirishdan iborat edi.
Mazkur yo‘nalishda tashlangan dastlabki qadamlardan biri kooperatsiyalar tashkil etish
bo‘ldi. Obyektiv jihatdan olganda, yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida kooperatsiya
qishloqlarda bozor munosabatlarini tiklash va xo‘jalik hayotini jonlantirish borasida muhim voqea
bo‘ldi. Chunki kooperatsiya – jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish
uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvidan iborat. Kooperatsiyaning o‘ziga xos tomoni ham shunda
ediki, u har qanday sinfiylikdan xoli bo‘lsagina ijobiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.
Afsuski, kommunistik rahbariyat kooperatsiya orqali qishloq ommasini sotsialistik qurilishiga jalb
qilishga intilib, kooperativ harakatga bozor iqtisodiyotiga yot bo‘lgan siyosiylashgan unsurlarni
202
kiritdi, kooperativ birlashmalarning iqtisodiy va ijtimoiy mustaqilligini cheklab qo‘ydi. Natijada
kooperativ birlashmalarning davlat manfaatdor bo‘lgan shakllari ko‘proq rivojlandi. Davlatning
iqtisodiy manfaati esa, birinchi navbatda, paxtachilikka qaratilgan edi. Ittifoq hukumati
O‘zbekistonga asosiy paxta yetkazib beruvchi respublika sifatida qarab, o‘lkada paxta yetishtirish
hajmini jadallik bilan oshirishga ko‘proq ahamiyat berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi bilan
hukumat paxtachilik kooperatsiyasining imkoniyatlaridan foydalanish, bu strategik vazifani hal
qilish kafolati deb bildi. 1927 yil respublikada 386 ta paxtachilik kooperativlari mavjud edi.
Paxtachilik kooperatsiyasi yordamida g‘o‘za ekinlari hosili uchun oldindan shartnomalar tuzish
amalga oshirildi, xomashyoni sotib olish tashkil etildi, xo‘jalikni asboblar va jihozlar bilan
ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
Tez rivojlanib borayotgan kooperatsiya tizimi qishloqning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy
o‘zgarishida sezilarli omil bo‘lib qoldi. Uning vositasida xususiy sektor faoliyati tartibga solib
turildi, davlat krediti taqsimlandi, dehqonlarning xo‘jalik yuritishga jalb qilinishi amalga oshirildi.
Kooperativ harakat qishloqlarni ma’lum darajada bozorga tortishga, mayda tovar xo‘jaligini
jonlantirishga yordam berdi. Shu bilan birga, kooperatsiyada mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan
ko‘pincha cheklangan tarzda foydalanildi. U buzilgan sinfiy qarashlar negizida namoyon bo‘ldi.
Sinfiy yondoshuv unsurlari, ayniqsa, kredit siyosatida yaqqol ko‘zga tashlandi. Misol uchun, 1927 –
1928 yillarda kambag‘al sinf vakillari uzoq muddatli ssuda(qarz)ning 92,5%ini va qisqa muddatli
ssudaning 89,7%ini oldi. O‘rtahol dehqonlar sinfi tegishli ravishda 4,8 va 10,3% ssuda oldi.
Badavlat xo‘jalik vakillari deb qaralgan sinfga esa umuman berilmadi.
Qishloq xo‘jaligini sotsialistik asosda o‘zgartirish istiqbollariga yondashish jarayonida
kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon xo‘jaligidan yaxshiroq
degan fikrga qat’iy asoslanib ish ko‘rdilar. Chunki yerdan foydalanishning jamoa tizimi
markazlashgan rejalashtirishni va ko‘pmillionli qishloq, mehnatkashlarini boshqarishni
osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy ishlarini butun mamlakat miqyosida
tezroq amalga oshirish imkonini berardi. Eng asosiysi, jamoa xo‘jaliklari markscha tasavvurga
ko‘ra, sotsializm ideallariga yot bo‘lgan «mayda burjua psixologiyasi» bilan «zaharlangan»
dehqonni sotsialistik yo‘lga solishni tezlashtirar edi. Ommaviy jamoalashtirish g‘oyasi, umuman
olganda, «lenincha kooperativ reja»da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda dehqonlarni bosqichma-
bosqich kooperatsiyalash yo‘li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori
va murakkab shakl bo‘lgan jamoa xo‘jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi.
Ommaviy «quloqlashtirish» fuqarolar urushi qonunlari asosida haddan tashqari zo‘ravonlik
bilan o‘tkazildi. Bu harakatlar joylarda amalda qanday o‘tkazilgani haqida Zarafshon viloyatidagi
«kolxoz faollari»ning Stalinga yo‘llagan xatlari asosida tasavvur qilish mumkin. Xatda shunday
yozilgan: «Biz quloqlar va boylarga nisbatan zamonaviy siyosatning barcha qoidalari asosida
muomala qilmoqdamiz. Faqat chorva mollari va xo‘jalik anjomlarinigina emas, balki urug‘lik va
oziq-ovqatini ham olib qo‘ymoqdamiz. Onasi qanday tuqqan bo‘lsa, o‘shanday holda
qoldirmoqdamiz».
Jadal jamoalashtirish, quloq qilish, o‘rtahol qatlamlarga shubha bilan qarash, qishloq
aholisining boshqa qatlamlari insoniy huquqlarining poymol etilishiga qaratilgan yo‘l qishloqda
siyosiy vaziyat keskin tus olishiga sabab bo‘ldi. Rasmiy targ‘ibot bu holni sinfiy kurashning
kuchayishi deb atadi. Haqiqatda esa qatag‘onlar tufayli tazyiq ostida qolgan tinch qishloq
aholisining noroziligi edi.
1930 yil 2 martda «Pravda» gazetasida Stalinning «Yutuqlardan esankirash» nomli maqolasi
bosilib chiqdi. Unda jamoalashtirish davridagi «qing‘irliklar» uchun butun ayb mahalliy xodimlarga
to‘nkaldi. Stalin ularga nisbatan g‘oyat qattiq choralar ko‘rilishini talab qildi. «Agrar inqilob»
yo‘lini bo‘shashtirish bo‘yicha ayrim tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, jamoalashtirishni
jadallashtirish sur’atlari sekinlashtirildi. 1930 yilning mart-aprelida «quloq qilish» aksariyat
to‘xtatildi. Barcha tumanlarda, qishloq sovetlarida quloq qilingan va hududlardan mahrum
etilganlarning ro‘yxatini tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Bu ro‘yxatga tushgan
o‘rtahol dehqonlarning fuqarolik huquqlari tiklandi, ularning tortib olingan chorvasi va mol-
mulklari qaytarib berildi. Biroq bu xildagi «tuzatish kiritish», bolshevik ma’murlari tili bilan
aytganda, «noxush oqibatlar»ga olib keldi. Ma’muriy va zo‘ravonlik usullar bilan tuzilgan
kolxozlar tarqalib keta boshladi. Masalan, Farg‘ona okrugining Bag‘dod tumanida 20 fevraligacha
dehqon xo‘jaliklarining 80% jamoalashtirilgan bo‘lsa, mart oyiga kelib ulardan faqat 10% qolgan
203
edi. Respublika bo‘yicha esa jamoalashtirish darajasi 1930 yil martdan maygacha 47,8%dan
27,5%ga tushib ketdi. Bunday manzarani butun mamlakatda kuzatish mumkin edi. Kolxozlardan
ketib qolish natijasida 1930 yilning yozi oxirlariga kelib SSSRning qishloq xo‘jalik artellariga
yozilganlarning uchdan bir qismidan kamrog‘i qolgan edi. Bunday holat stalincha rahbariyatni
mutlaqo qanoatlantirmasdi.
1930 yilning sentabridayoq VKP(b) MQ barcha o‘lkalar, viloyat qo‘mitalariga va ittifoqdosh
respublikalar kompartiyalari MQga «jamoalashtirish to‘g‘risida» maktub yo‘lladi. Unda «kolxoz
harakatini yangidan qudratli yuksaltirishga erishish» uchun dehqonlar orasida faol siyosiy va
tashkilotchilik ishlarini avj oldirish tavsiya qilingan edi. Markazning partiyaviy direktivasi
jamoalashtirish sur’atlarini qayta tiklash, qishloq aholini nafrat o‘yg‘otuvchi kolxozlarga «haydab
kirish» uchun yana sinab ko‘rilgan ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan ham keng foydalanildi.
Markazning tazyiqi bilan 1931 yilning bahoridan O‘zbekistonda yoppasiga jamoalashgan
tumanlar tashkil etish tajribasi qayta tiklandi. Mamlakatning g‘allakor tumanlarini jamoalashtirish
sur’atlari bo‘yicha «quvib yetish va o‘zib ketish» shiori yana ilgari surildi. Bu vazifani ta’minlash
ilgari ishlab chiqilgan reja bo‘yicha amalga oshirildi. Natijada, 1930 yil iyun oyida respublikada
6124 ta kolxoz mavjud bo‘lib, ularga jalb qilinganlar dehqon xo‘jaliklarining 27,1 % ini tashkil
etgan bo‘lsa, yilning oxiriga borib, u 37,7 % ga, 1931 yilning mayida 56,7 % ga yetdi. 1 dekabrda
esa 68,2 % bo‘ldi. Yoppasiga jamoalashtirish yana avj olishi bilan «quloq-boy unsurlar»ga qarshi
kurash chora-tadbirlari keng ko‘lamda olib borildi. Ta’qib qilinganlar tuman tashqarisiga,
respublikaning aholi kam yashaydigan mintaqalariga chiqarib yuborilardi, u joylarda 17 ta maxsus
posyolka tashkil etilgan edi. Shuningdek, ular O‘zbekistondan tashqariga, dastlab qo‘shni O‘rta
Osiyo respublikalariga, 1931 yildan boshlab esa Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Sibirga ham surgun
qilindilar.
«Quloqlar»ga qarshi kurash O‘zbekistonda kun sayin avj olib bordi. 1931 yilning avgustiga
kelib yana 3828 ta «quloq xo‘jaliklari» tugatildi. Respublikadan tashqariga – Ukraina, Sibir va
Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun qilindi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq»
xo‘jaliklari soni rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 5500 taga yetgan edi. Jamoalashtirishni
jadallashtirishning «iqtisodiy» usullaridan o‘ziga xos tarzda foydalanildi. Bu usullar aslida yakka
xo‘jalik sektorini iqtisodiy jihatdan bo‘lib qo‘yish siyosatidan iborat edi. Yakka dehqonlar uchun
qishloq xo‘jalik solig‘i miqdori keskin ko‘paytirildi, faqat ularning o‘zidan olinadigan bir galgi
soliqlar ham joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |