O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi


-mavzu. 1917-1991 yillarda Qoraqolpog'iston (sovet hokimiyatini



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/105
Sana28.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#588632
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi

19-mavzu. 1917-1991 yillarda Qoraqolpog'iston (sovet hokimiyatini 
o’rnatilishi va mustahkamlanishi)
Reja: 
1.
 
1917-1918 yillarda Turkiston o'lkasining Amudaryo bo'limidagi siyosiy jarayonlar. 
Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat. Yer-suv munosabatlari. «Harbiy kommunizm» siyosati, yangi 
iqtisodiy siyosatning o'tkazilishi.
2.
 
Sovetlar hukmronligining Amudaryo viloyati iqtisodiyotiga salbiy ta'siri. Kadrlar 
masalasi undagi nomutanosib siyosat, 1917-1924 yillarda Qoraqolpog'istonda sovet 
hokimiyati boshqaruv tizimining mustahkamlanishi va uning milliy siyosati.
3.
 
Milliy mustaqillik uchun kurashning davom etishi. Qoraqolpog'iston muhtor viloyatining 
tuzilishi (1925 fevral`), xo'jalik tarmoqlaridagi o'zgarishlar. Qishloq xo'jaligidagi 
o’zgarishlarining xususiyatlari.
Adabiyotlar. 
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari. 
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000. 
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: 
Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 


225 
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining 
ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008. 
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998. 
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 
2012. 
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). 
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010. 
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. 
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010. 
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. 
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000. 
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi 
tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011. 
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi 
shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
1917-yil fevralda chorizmning ag‘darilishi qoraqalpoq xalqining hayotiga ham kuchli ta’sir 
ko‘rsatdi. Qoraqalpoqlar bu paytda asosan Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Amudaryo 
bo‘limi - okrugi (markazi Petro-Aleksandrovsk-hozirgi To‘rtko‘1 shahri) va Xiva xonligining ayrim 
bekliklarida istiqomat qilishgan. Mart oyida To‘rtko‘lda soldat deputatlari soveti tashkil qilindi. 
1917-yil oktabrdan to 1918-yil boshlariga qadar Amudaryo bo‘limi komissari vazifasini 
gidrotexnik V.Palishev egallab turdi. Bu davrda hokitniyat tizimida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 
Amudaryo bo‘limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar aholisi To‘rtko‘1 ma’murlaridan hech qanday 
harbiy va moddiy ko‘mak olmasdan o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga 
nufuzli urug‘ boshliqlari hisoblangan Xon Maxsum - Ubaydulla Bohautdinov (1887-1956), Bola 
biy va boshqalar yetakchilik qilishdi. Qoraqalpoq xalqi urug‘ yo’lboshchilari tevaragiga qiyinchilik 
bilan bo‘lsa ham birlasha boshladi, chunki ocharchilik, qurg‘oqchilik, tartibsizlik va qaroqchilik 
hujumlari xavf solayotgan edi. 
1918-yil aprelda Amudaryo bo‘limi Turkiston respublikasi tarkibiga kiritilganligi e’lon 
qilindi. 1918-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo‘limida vaziyat keskin o‘zgardi. Bu 
eng awalo bolsheviklar faoliyati va qizil gvardiyachilar otryadlarining xattiharakatlari bilan 
bog‘liqdir. Bolsheviklar Amudaryo bo‘limiga Chorjo‘y va Toshkentdan qizil gvardiyachilar 
otryadlarini jo‘natishdi. To‘rtko‘1 shahri bolsheviklar hokimiyatining tayanchi, uning harbiy 
bazasiga aylantirildi. Ular Amudaryo bo‘limi hududida turib, Xiva xonligiga qarshi harbiy 
harakatlarga puxta tayyorlandilar. 
Bolsheviklar qizil gvardiyachi otryadlarga tayanib, 24 ta hunarmandchilik va baliq 
korxonalari, paxta tozalash zavodlari, bog‘lar, dorixonalar, kasalxonalar va badavlat kishilarning 
uylari va yerlarini musodara qildi. Yangi hokimiyat komissarlari mahalliy kengashlarga saylov 
o‘tkazdilar, biroq saylovda savdogarlar, ruhoniylar, mulkdorlar ishtirok qilishiga yo’l qo‘yilmadi. 
Bolsheviklarning sinfiy prinsip asosida mahalliy kengashlarga o‘tkazgan saylovlari milliy va 
mahalliy xususiyatni e’tiborga olmadi, qoraqalpoq jamoalari urug‘chilik asosida tuzilganligiga amal 
qilinmadi. Saylovlar jarayonida poraxo‘rlik va zo‘ravonlik avj oldi. Yangi hokimiyat asrlar 
davomida shakllangan an’anaviy sharqona hayotni, qoraqalpoq xalqi turmushida faol rol o‘ynab 
kelayotgan biylik boshqaruv usulini barbod qilishga kirishdi. 
Bolshevik komissarlar ulamolar, shuningdek, madrasalar, masjidlar va eski maktablarni 
xalqning tafakkuri uchun kurashda o‘zining asosiy raqobatchilari deb hisoblab, Amudaryo 
bo‘limidagi diniy arboblarga «salib yurishi»ni o‘tkazdi. Qizil askarlar o‘rtasida ichkilikbozlik, 
o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, talonchilik, ayollarni zo‘rlash avj oldi. Aholining aksariyat qismi yangi 
hokimiyatning bunday siyosatidan norozi bo‘lib, unga qarshi kurashga chog‘landi. Mahalliy 
aholining bu kurashini Ural kazaklari (ular 1874-yili Amudaryo bo‘limiga ko‘chirilgan edi) ham 
qo‘llab-quwatlashdi. 
Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon.1919-yil iyun oyining oxirida Chimboy 
uchastkasining Zair posyolkasiga maxsus komissiya jo‘natildi. Ularga berilgan farmoyishda «3-Zair 
kazaklar harbiy bo‘linmasidagi burjua unsurlarini qurolsizlantirish» kerakligi ko‘rsatilgan edi. 
Biroq, 3-Zair kazaklar harbiy bo‘linmasi maxsus komissiyaga bo‘ysunmasdan, Chimboyga ketib 
qoldi. 


226 
Bolsheviklarning Amudaryo soveti 29-iyulda maxsus qarorqabulqilib, Chimboyga 
RSFSRning Xivaxonligidagi favqulodda vakili A.Xristoforov boshchiligidagi maxsus komissiyani 
yubordi. Komissiya raisiga favqulodda huquqlar berilgan edi. Biroq komissiyaning urallik kazaklar 
atamani MFilchev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat keltirmadi. Shunda komissiya 
Chimboy ijroiya qo‘mitasini tarqatib yuborib, uning o‘rniga Chimboy uchastkasi inqilobiy 
qo‘mitasi (peBKOM)ni tuzdi. Bu holat Chimboyda sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko‘tarilishiga 
olib keldi. 10-avgust kuni favqulodda komissiya To‘rtko‘ldan harbiy yordam so‘radi. Chimboyga 
bu yerdan qizil askar otryadlari jo‘natilgan bo‘lsa ham, ular qamalga tushib qoldi. 14- avgustda 
maxsus komissiya a’zolari qamoqqa olindi. Tez orada qo‘zg‘olonchilar Nukus qal’asini ishg‘ol 
qildilar. 17-avgustga kelib Chimboy uchastkasi va Mo‘ynoq tumani hududi butunlay 
bolsheviklardan ozod qilindi. Shu tariqa, Amudaryo bo‘limining shimoliy qismida bolsheviklarsiz 
xalq hokimiyati o‘rnatildi. Xalq hokimiyatining boshlig‘i qilib urallik kazak Mixail 
Filchevsaylandi. Uning tarkibiga qoraqalpoqbiylaridan Xon Maxsum (U. Bohautdinov), Ibrohim 
Odilov, Bola biy, Seytnazar Pirnazarov, Inoyat Niyozov va boshqalar kirishdi. Ular faoliyati 
qoraqalpoqlar tomonidan qo‘llabquwatlandi. 
Bolsheviklarga qarshi harakat tobora keng ko‘lam kasb etib bordi. Sovet rejimi Amudaryo 
bo‘limiga o‘zining yangi harbiy qismlarini jo‘natdi. 11-noyabrda N.Shaydakov boshchiligidagi qizil 
askarlar Nukus qaFasini bosib olishdi. Oradan ko‘p o‘tmay Xiva xonligi tugatildi. 1920-yil 18-
fevralda Turkkomissiya vakili G.Skalov bilan muxolifatdagi kuchlar yo’lboshchisi o‘rtasida sulh 
bitimi tmzolandi. Unga ko‘ra, Chimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuzildi. 
Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning o‘z-o‘zini 
boshqaruviga ruxsat etildi. Qo‘zg‘olonchilarga amnistiya berildi. Mazkur bitimning asosiy qoidalari 
20-mayda Zakaspiy fronti qo‘shinlari Amudaryo gruppasi qo‘mondonligi bilan qoraqalpoqlar va 
kazaklar o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasi bilan tasdiqlandi. 
Biroq oradan ko‘p o‘tmay bolshevik komissarlar o‘z va’dalarini unutdilar. 1921-yil fevralda 
Chimboy uchastkasida isyonning sobiq ishtirokchilaridan 24 kishi hibsga olindi. Xon Maxsum va 
boshqalar Sibirga surgun qilindi. Yirik yer egalari va savdogarlar -75 kishidan 10.000 Rossiya 
chervon rubli miqdorida tovon puli undirib olindi. 
Amudaryo bo‘limida bolsheviklar amalga oshirgan to‘ntarish va sovet rejimi mahalliy aholiga 
katta zarar va azob-uqubatlar keltirdi. Agar to‘ntarishga qadar bu yerda 232700 kishi yashagan 
bo‘lsa, 1920-yilga kelib ulardan atigi 113440 kishi qolgan edi, xolos. Chorvador aholining 
ko‘pchilik qismi ocharchilik natijasida ham nobud bo‘ldi. 
Amudaryo bo‘limida qoraqalpoqlardan tashqari o‘zbeklar va qozoqlar ham yashashgan. 
Bo‘limning janubi-sharqiy hududida asosan o‘zbeklar istiqomat qilgan. 
Amudaryo viloyatida iqtisodiy o‘zgarishlar. Ma’muriy jihatdan Amudaryo bo‘litni ko‘p 
pog‘onali boshqaruv tizimiga ega bo‘1gan: u maorif va sud ishlari bo‘yicha Samarqand viloyatiga, 
harbiy xo‘jalik va sovet qurilishi bo‘yicha Sirdaryo viloyatiga, ayrim favqulodda holatlarda bevosita 
Turkiston respublikasi MIK va XKSga bo‘ysunar edi. Bolsheviklar hokimiyati tomonidan 
Amudaryo bo‘limini boshqarish shu tariqa murakkablashtirilgan edi. 
1920-yil oktabr oyida Turkiston MIK Amudaryo bo‘limining 1917-yildagi hududi doirasida 
unga viloyat maqomini berdi. Sho‘raxon va Chimboy uchastkalari shu nomli uyezdlarga 
aylantirildi. Viloyat markazi sifatida To‘rtko‘1 shahri e’lon qilindi. Amudaryo viloyatining 
inqilobiy qo‘mitasini Turkiston MIK tayinladi. 
Bolsheviklar hukmronligi Amudaryo viloyatining iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Harbiy 
kommunizm davrida ekin ekiladigan umumiy maydon 1917-yildagi 57950 desyatinadan 1920-yilda 
47000 desyatinaga, olinadigan yalpi paxta hosili 1917-yildagi 433000 puddan 1920-yilda zo‘rg‘a 
88000 pudga yetdi. G‘alla ekinlari deyarli 3 baravar kamayib, chorva mollar soni 500000 boshdan 
201000 boshga tushib qoldi. 
Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosatning joriye tilishi dastlabki yillarda bir qadar 
ijobiy siljishlarga olib keldi. Viloyatdagi chorva mollar soni 1921-yildagi 201000 boshdan 1922-
yilda 233000 boshga yetdi. Bu paytda 200 ta mayda xususiy savdo korxonalari faoliyat ko‘rsatardi. 
Ariqlarning kengaytirilishi va uzaytirilishi, yangi dambalar qurilishi va eskilarining 
mustahkamlanishi qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan maydonlarni ancha ko‘paytirish imkonini 
berdi. Biroq yetishtirilgan mahsulotlarning aksariyat qismi Rossiyaga tashib ketilardi. 1921-1924-
yillarda viloyatdan jami 339521 pud baliq Markazga olib ketildi. 


227 
Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosat va yer islohotining o‘tkazilishi iqtisodiy 
ahamiyatdan ham ko‘ra ko‘proq siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Yer-suv islohoti natijasida qishloq 
aholisining oz qismiga yer berildi, xolos. Oradan ko‘p o‘tmay yangi iqtisodiy siyosat tugatildi va 
dehqonlar qo‘lidagi yerlar davlat tomonidan tortib olindi. 
1917-1924-yillarda Qoraqalpog‘iston hayotiga bolsheviklar tomonidan tiqishtirilgan mustabid 
sovet rejimi va uning siyosati qoraqalpoq xalqining asriy orzu-umidlariga javob bermadi. 
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‘iston ASSRda 90 
taga yaqin ixtisoslashtirilgan qorako‘lchilik sovxozlarida 5 mln dan ortiqroq qorako‘l qo‘ylari 
boqilib, qimmatbaho qorako‘l teriiar yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln boshdan ortiqroq hisori va 
jaydari qo‘ylar boqildi. 
60–70-yillarda parhez parranda go‘shti, tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik 
parrandachilik komplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish, ko‘paytirish, tuxum va go‘sht 
yetishtirish ishlari mexanizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mln tovuqlardan qariyb 
ikki mlrd dona tuxum olindi, bu 1960-yildagiga nisbatan to‘rt marta ortiq edi. 
O‘zbekistonda sobiq Ittifoq bo‘yicha yetishtirilgan pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi. 
1985-yilda xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan pilla 32,2 ming tonnaga yetdi. 
Shuningdek, yiliga o‘rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va 
Orol dengizi qirg‘oqlarida andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi, mo‘ynalar 
tayyorlandi. Baliqchilik xo‘jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.
Orol fojiasi. Mustabid sovet tuzumi sharoitida dasturilamal bo‘lib qolgan «Inson tabiatning 
xo‘jayini» degan soxta mafkuraviy da’vo, xo‘jalik yuritishning yaroqsiz usullari, tabiiy va mineral 
xomashyo zaxiralaridan vahshiylarcha foydalanish kabi illatlar ekologik muammolarni keltirib 
chiqardi. O‘zbekistonda yerning nihoyat dara-jada sho‘rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi, 
yerning zaharlanishi va buzilishi, havo bo‘shlig‘i, yerusti va yerosti suvlarining ifloslanishi 
ekologik muhitni yomonlashtirib bordi. 
Cho‘l-u sahrolarni o‘zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta monokulturasining 
kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‘ylab sug‘orish tizimlarini jadal suratda qurish 
ishlari Orol fojiasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning 
sohillari 60–80 km ga chekindi, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko‘lga aylanib qoldi. 
Dengizning suv qochgan 4 mln gektardan ortiqroq tubi qumli, sho‘rxok sahroga aylandi. Undan 
kuchli shamol, bo‘ron orqali ko‘tarilgan tuz, chang-to‘zonlar atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar 
sog‘lig‘ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulyoz, qorin tifi, kamqonlik, siydik yo’llari 
va jigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko‘paydi. Bolalar va xotin-qizlar o‘limi ko‘payishi 
kuzatilmoqda. 
Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo‘ron tufayli 15–75 million tonna tuzli qumlar 
atmosferaga ko‘tarilib 300–500 km masofaga yoyilmoqda. Orolning qurib borishi ekologik kulfat 
darajasiga aylandi, uning atrofida yashaydigan qariyb 35 million kishi xavf-xatar ostida qoldi. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish