O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi


-mavzu. O'zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida(1941-1945 yillar)



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/105
Sana28.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#588632
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
O`zbekiston tarixi kafedrasi o’zbekiston tarixi

18-mavzu. O'zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida(1941-1945 yillar) 
Reja:
1.
 
O'zbek xalqining yuksak gumanizmi. Urushning og'ir yillarida o'zbek xalqining 
ma'naviy–axloqiy xususiyatlari va insorparvarligining yorqin namoyon bo'lishi. 
2.
 
Ikkinchi jahon urushida Qoraqalpog'iston respublikasi mehnatkashlarining faol 
ishtiroki. Qoraqalpog'istonlik o'g'lonlarning jangohlardagi qahramonlik jasoratlari.
3.
 
Frontga yuborilgan qishloq xo'jalik mahsulotlari. Aholining moddiy-maishiy ahvoli. 
Mudofaa uchun shaxsiy jamg'armalar.
4.
 
Evakuatsiya qilingan aholiga hamda jangchilar oilalariga g'amxo'rlik va mehribonlik.
Adabiyotlar. 
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari. 
Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000. 
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: 
Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. 
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining 
ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008. 
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998. 
6.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 
2012. 


204 
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). 
Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010. 
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003. 
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010. 
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. 
Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000. 
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi 
tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011. 
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi 
shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
Ikkinchi jahon urushi butun dunyo ahli, shu jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham juda katta 
kulfat keltirgan dahshatli fojia sifatida tarix sahifalaridan joy oldi. Bu urush girdobiga 61 mamlakat 
tortildi, janglar Yevropa, Osiyo, Afrika hududlarining qirqta mamlakatida olib borildi. Eng 
ayanchlisi, ushbu urush oqibatida 50 milliondan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu Birinchi jahon 
urushidagi qurbonlardan 5 baravar ko‘pdir. Vayrongarchilikdan ko‘rilgan zarar va urush olib borish 
uchun sarflangan mablag‘lar miqdori 4 trillion dollarni tashkil qildi. Insoniyat boshiga mislsiz 
qirg‘inbarotlar, ofatlar, vayrongarchiliklar olib kelgan mazkur urush 1939 yil 1 sentabr – Germaniya
harbiy qo‘shinlari Polshaga hujum qilgan kuni boshlangandi. Uning tugash vaqti esa 1945 yil 2 
sentabr kuni Tokio ko‘rfazidagi AQShning “Missuri” esminets bortida Yaponiya kapitulyatsiyasi 
haqidagi aktning imzolanishi hisoblanadi. 
Halokatli jahon mojarosi kelib chiqishining bosh sababalaridan biri 20-30-yillar atrofida 
dunyoning asosiy mintaqalarini qamrab olgan chuqur siyosiy va iqtisodiy tanglik edi. Lekin harbiy 
zo‘ravonlikning ortishida Yevropa, Osiyo va AQSH mamlakatlari hukmron doiralarining geopolitik 
da’volari ham sezilarli rol o‘ynadi. 
Ikkinchi jahon urushining avj olishida fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyadan 
tashqari “urushdan avvalgi” Angliya va Fransiyaning siyosiy yetakchilari xatti-harakatlari ham 
muhim o‘rin tutdi. Chunki ular “bolshevizm balosi”ni yo‘q qilishga intilib, ko‘pincha tarixan 
oqlanmagan harakatlarni amalga oshirdilar. Ularning bu intilishlari ko‘p jihatdan Germaniyada 
«urush partiyasi»ni mustahkamlashga, gitlerchilar rejimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. 
Bundan ruhlangan Gitler bolshevizmni, marksizmni tugatuvchi xaloskor sifatida maydonga chiqdi. 
Aslida esa uning asosiy maqsadi «uchinchi german reyxi»ni vujudga keltirish, hamma joyda 
Germaniyaga hududiy qaram yerlar platsdarmini ko‘paytirishdan iborat edi. 
Harbiy mamlakatlar hukmron doiralarining Germaniyani «kelishtirish» siyosati 1938 yil mart 
oyida Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo‘shib olinishiga va 1939 yilning sentabrida Myunxen 
bitishuviga yo‘l ochib berdi. Bu o‘z navbatida Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos 
bo‘lib xizmat qildi. Gitlerchilar Germaniyasi rahbariyatining oshkora hududiy da’volari oldida 
SSSRning tashqi siyosiy yo‘li tinchliksevar bo‘lib tuyulardi. Biroq Sovetlarning yuqori siyosiy 
tabaqasi ham xalqaro keskinlik kuchayishi va buning oqibatida urush boshlanishida yetarlicha 
javobgar hisoblanishadi. Chunki Sovet davlati tashkil topgan dastlabki damlardanoq uning tashqi 
siyosati «jahon proletar inqilobi» mafkurasiga tayangan holda umumplaneta kommunistik 
imperiyasini tuzishga qaratilgan edi. Stalin fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga qarshi 
gijgijlashga, ularning kuchi o‘zaro tugashi bilan qizil armiyaning qaqshatqich zarbasini 
yog‘dirishga intildi. 
Fojiaviy jahon ixtilofi arafasidagi siyosiy hayotning farq qiluvchi, ya’ni o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, Angliya, Fransiya va SSSR davlatlari o‘zaro uzoqlashib, aksincha, Stalin bilan Gitler 
o‘rtasidagi yaqinlashuv ortib bordi. VKP(b) XVIII syezdida (1939 yil) mamlakat siyosiy rahbariyati 
Yevropada urush xavfi kuchayib borayotgani uchun Germaniyaga nisbatan Angliya hamda Fransiya 
ko‘proq javobgardir, deb ularni ochiqdan-ochiq aybladi. Bu davlatlarning javobi ham shunga 
muvofiq bo‘ldi. Natijada fashizmga qarshi yagona blok tuzishga doir bo‘lajak koalitsiya jarayoni 
barbod qilindi. 1939 yil 23 avgustda Germaniya Tashqi ishlar vaziri I.Ribbentrop Moskvaga keldi. 
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar jarayonida SSSR tashqi ishlar halq komissari V.Molotov va I.Ribbentrop 
10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risidagi hujjat hamda unga qo‘shimcha uchta maxfiy 
protokollarni imzolashadi. Ushbu bitim bo‘yicha Yevropani taqsimlash bo‘yicha SSSR 
Germaniyaning tarafdoriga aylangan edi. 


205 
Ilgari “Sovet tarixi” fanida «avgust bitimi» mamlakat xavfsizligini mustahkamladi, sovet-
german urushining boshlanishini orqaga surdi, deb muttasil ta’kidlanardi. Aslida Stalinning urush 
boshlanishidan, ya’ni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishidan xabari bo‘lgan. Gitler esa bu 
jarayondan SSSRni chiqarib, mamlakatni o‘zining vaqtinchalik tarafdori sifatida ushlab turmoqchi 
bo‘lgan. Lekin shunga qaramay 22 oydan keyin Gitler ikki mamlakat o‘rtasidagi bitimni buzib, 
SSSRga hujum qilmoqchi bo‘lgani haqida razvedkachilar turli yo‘llar bilan Stalinga ma’lumot 
yetkazib turishgan edi. O‘sha davr ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlarga 
ko‘ra, SSSR hamda Germaniya o‘rtasidagi “do‘stona munosabatlar” 1939 yil 23 avgustdan to 1941 
yil 22 iyungacha davom etgan. Buni ular o‘rtasidagi keng iqtisodiy dasturning bajarilishida ham 
kuzatish mumkin. O‘sha paytlarda teatr repertuarlaridan, radio dasturlaridan fashizmga qarshi 
bo‘lgan syujetlar olib tashlangan edi, ommaviy ahborot vositalari sovet-german do‘stlik va 
hamkorligini keng targ‘ibot qila boshladi.
Shu o‘rinda yana bir jihatga alohida e’tibor qaratish kerakki, 1939 yilda Germaniya SSSRga 
hujum qilishga tayyor emasdi. Chunki Germaniyada hujumni boshlash va o‘z harbiy qo‘shinlarini 
joylashtirish uchun zarur bo‘lgan SSSR bilan yagona chegara yo‘q edi. Lekin Germaniya yuqorida 
aytilgan 22 oy muddatdan unumli foydalangan holda SSSRga qarshi urushga tayyorgarlikni boshlab 
yuborgandi. Bu paytda SSSR esa o‘z mudofaasini kuchaytirishni o‘rniga tashqi ekspansiya 
bilan,ya’ni Finlyandiyaga qarshi bo‘layotgan urush bilan band edi. SSSRni zaiflashtirib turgan omil 
faqat shugina emasdi. Mamlakat harbiy qudratini kuchsizlantirib turgan muhim faktorlardan yana 
biri - 1939 yilga kelib Stalin armiyaning yetakchi, iqtidorli harbiy rahbarlarini, zamonaviy 
fikrlaydigan, yangilikka intilgan va armiyani modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlagan, jonko‘yar 
marshal va generallarni qatag‘on qilib yuborgan edi. Qizil Armiyaning ana shu zaifliklari 
Finlyandiya bilan olib borilgan “qishki urush”da yaqqol namoyon bo‘ldi. Shu bois, Stalin tezda 
harbiy sohani isloh qilishga katta e’tibor qaratdi. Natijada harbiy sohaga ajratilgan mablag‘lar 
miqdori 1939 yildan 1941 yilning iyun oyigacha 26 foizdan 43foizga ortdi. Harbiy kuchlar soni esa 
shu vaqt oralig‘ida 2 milliondan 5,4 millionga ko‘paydi. Umuman olganda, SSSRning harbiy 
qudrati, texnika, zamonaviy harbiy mashinalar bilan ta’minlangan tank kuchlari, aviatsiya va 
artilleriyasi sifat jihatdan ham, son bo‘yicha ham Germaniyadan ustun edi. Gap ulardan unumli 
foydalanishda qolgandi. Ammo shuni ham qayd etish kerakki, harbiy sanoat imkoniyatlarini 
rivojlantirish yo‘lida qilgan chora-tadbirlar to‘la o‘zini oqlamadi. Bunga bir qator omillar sabab 
bo‘lgandi. Birinchidan, mamlakatda keng tarqalgan jismoniy va ma’naviy terror, ikkinchidan, 
armiyani rekonstruksiya qilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, ko‘plab iqtidorli 
injenerlar, konstruktorlar qatag‘onga uchragani bois yangi harbiy texnika ishlab chiqarish 
ko‘rsatgichlari ancha orqada edi. Misol uchun, o‘sha paytda SSSRning 85 nafar oliy toifali 
qo‘mondonidan 76 nafari qatag‘on etilgandi. Bularning barchasi harbiy mutaxassislar 
yetishmovchiligidan, harbiy san’at va harbiy-iqtisodiy potensial saviyasining pastligidan dalolat 
berar edi. Qolaversa, bu faktorlar mudofaa sanoatining taraqqiy etishiga, tizimning samarali 
ishlashiga halaqit bergan edi. Shu bois ham SSSRda chiqarilgan harbiy texnika, xususan,
samolyotlar soni Germaniya davlatinikiga qaraganda ancha ko‘proq bo‘lsa-da, ularning barchasi 
eskirgan aviatsiya na’munalari edi.
Urushdan keyingi butun tarixiy davr mobaynida hujum qilmaslik haqidagi sovet-german 
bitimining xaqiqiy mazmuni zo‘r berib yashirib kelindi. To‘g‘ri, 1939 yil 24 avgustda ikki davlat 
o‘rtasida imzolangan shartnoma e’lon qilingan edi. Biroq shartnomadagi Polsha davlatining taqdiri 
haqida gap borgan qo‘shimcha maxfiy bayonnoma sir saqlanib kelindi. Aynan shu hujjatda 
Germaniya davlatining ham, Sovet davlatining ham strategik maqsadlari to‘la aks etgandi. 
1939 yil shartnomasi fojeaviy yechimni jadallashtirdi. Chunki aynan shartnoma 
imzolangandan keyin voqealar jadal rivojlanib bordi. O‘sha yili 1 sentabrda Germaniya xavfli 
«sharqiy qo‘shnisi»ni betaraf qoldirib, Polshaga qarshi hujum boshladi. 3 sentabrda Angliya va 
Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qilishdi. Polsha armiyasi mardonavor qarshilik ko‘rsatgan 
bo‘lsa-da, gitlerchilar reyxining tizimli, yuksak texnikaga ega harbiy mashinasiga uzoq vaqt dosh 
bera olmadi. 
Sovet gazetalarida berilgan nemis qo‘shinlarining bosqinchilik yurishi haqidagi xabarlarda 
Germaniyaga xayrixohlik mazmuni yaqqon sezilib turardi. Buning o‘ziga xos sabablari bor edi. 
Zero, maxfiy bayonnomaga muvofik, Germaniya hamda SSSR ta’sir ko‘rsatish doiralarini, ya’ni 
hukmronlik qilish kerak bo‘lgan hududlarni o‘zaro bo‘lib olishgan edi. Sovet va german 


206 
manfaatlarini chegaralash yo‘li bevosita Polsha hududi orqali o‘tardi. Sovet tomoni manfatlari 
G‘apbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiya hududlarini qamrab olardi. Qizil armiya 1921 yilda 
polyak-sovet urushida mag‘lubiyatga uchragandan keyin bu hududlar Polsha davlatiga qo‘shib olin-
gan edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqbo‘yi mamlakatlariga da’vo qilishdan ham voz kechgandi. 
Germaniya va SSSR shartnomaga muvofiq Polshaga bir vaqtda qo‘shin kiritishlari lozim edi. 
Biroq Stalin ayyorona yo‘l tutib, Gitler bilan dahshatli hazilni boshlab qo‘ygandi. Germaniya 
hukumati bir necha marta, aniqrog‘i, 3, 8 va 10 sentabrda Qizil armiyaning Polsha davlati hududiga 
tezlik bilan kirishi masalasini ko‘tardi. Sovet rahbariyati esa har safar qo‘shinlar hali tayyor emas, 
deb javob qaytardi. Shu tariqa Gitler urushni yakka holda boshladi. Natijada u jahon jamoatchiligi 
ko‘z o‘ngida halokatli urush olovini yoqqan asosiy aybdor sifatida namoyon bo‘ldi. Stalin esa 
(uning Kremldagi kabinetida Germaniya bilan Polshani bo‘lishgan edi) o‘zining makkor strategiyasi 
tufayli Sharqiy Yevropaning xaloskori sifatida katta shon-shuhratga erishdi. Shu bilan birga, Stalin 
o‘zining yashirin va bosh maqsadiga ham yetishdi. U istagan urush boshlandi, G‘arbda odamlar bir-
birlarini o‘ldirib, shaharlar va zavodlarni vayron qildilar. SSSR esa qulay paytni kutib, betaraf 
qoldi. Buning ustiga Polshaga qarshi urush boshlagan Gitler bir paytning o‘zida ikki frontda jang 
olib borishga majbur bo‘ldi. Chunki Fransiya va Angliya ham Germaniyaga qarshi kurashga 
kirishgandi. 
Stalin anchadan buyon o‘zining manfaatli rejalarini ruyobga chiqarish uchun qulay paytni 
kutib kelardi. Unga «kapitalistlar itlar singari bir-birini g‘ajiydigan» vaziyat kerak edi. 1939 yilgi 
bitim xuddi shunday vaziyatni vujudga keltirdi. 
Sovet ekspansiyasining birinchi harakati 1939 yil 17 sentabrda Polshaga qo‘shin kiritish bilan 
boshlandi. Ko‘p o‘tmay Brestda mashhur nemis qo‘mondoni G.Guderian va sovet generali 
S.Krivoshein qo‘mondonligida Polshaning bo‘linishi munosabati bilan qo‘shma sovet-fashist paradi 
o‘tkazildi. Tez orada G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiya rasmiy ravishda SSSRga qo‘shib 
olindi. Birinchi ekspansiya «yutuqlaridan» ilhomlangan SSSR davlati navbatdagi xurujini 
Finlyandiyaga qaratdi. Bundan ko‘zlangan maqsad Leningradning xavfsizligini ta’minlash edi. 
Chunki SSSRning shimoliy davlat chegaralari «dohiy» nomidagi shahardan 32 kilometr uzoqlikda 
joylashgandi. 1939 yilning oxiri va 1940 yilning boshlarida bo‘lib o‘tgan sovet-fin urushi oqibatida 
Finlyandiya davlati Leningrad va Murmansk oralig‘idagi o‘z hududini SSSRga berishga majbur 
bo‘ldi. Bu orqali Sovet davlati Leningrad shahari yaqinidan o‘tgan shimoliy chegarasini 
uzoqlashtirishga va mustahkamlab olishga erishdi. 
1940 yilning yozida Sovet Ittifoqining chegaralarida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Sovet 
hukumatining rasmiy talabi bilan Ruminiya Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani SSSRga berdi. 
1940 yilning iyunida «sovetlarga qarshi avj olib ketgan faoliyatdan himoya qilish» bahonasida 
Estoniya, Latviya va Litva ham sovet qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Avgustda Boltiqbo‘yi 
respublikalarining uchalasi rasman SSSR tarkibiga kiritildi.
Yevropaning g‘arbida esa nemis qo‘shinlarining g‘olibona hujumi borardi. 1939-1940 yillar 
mobaynida fashistlar Germaniyasi Polsha, Norvegiya, Fransiya, Belgiya, Gollandiya, Daniya, 
Lyuksemburgni bosib oldi. Sovet hukumati esa nemis qo‘mondonligini Yevropaning navbatdagi 
poytaxtini bosib olish munosabati bilan muntazam tabriklab bordi. 
Hududlarni kengaytirib borish siyosati SSSR hamda Germaniyani faqat siyosiy jihatdan emas, 
balki mafkuraviy tomondan ham bir-biriga yaqinlashtirdi. Gitlerning «ittifoqchilik» tuyg‘ulari jo‘sh 
urib, hatto «natsional-sotsializm va marksizm asos e’tibori bilan ayni bir narsadir», degan fikrni 
ham ilgari surgandi. O‘z navbatida ittifoq ichidagi targ‘ibot ham tubdan qayta o‘zgartirildi. Endi 
Stalin va sovet tashqi siyosiy idorasining boshlig‘i Molotov «katta muvaffaqiyat»ni oshkora tarzda 
tabriklab bordilar. Kommunistik Internatsionalning direktivalarida fashizmga qarshi qaratilgan 
targ‘ibotni to‘xtatish talablari paydo bo‘ldi. Mamlakat ichkarisida fashizm bilan do‘stlikka 
ishonmaganlar qattiq qatag‘on qilindi. Stalin Gitler armiyasi G‘arbdagi harbiy harakatlar 
maydoniga nihoyatda bog‘lanib qolgan, shu bois ular Sovet Ittifoqiga hujum qilmaydi, deb 
ishongan edi. Chunki oldinda zabt etilmagan Buyuk Britaniya turardi, uning orqasida esa qudratli 
AQSH yashiringandi. Ayni vaqtda sovet rahbariyati doirasida kurashayotgan tomonlarning 
imkoniyatlari yaqin orada tugab bitadi, degan ishonch ham bor edi. Yevropa urushi siyosiy 
tanglikning ortishi va keng xalq ommasining noroziligi — inqilobiy vaziyatni vujudga keltiradi, 
degan markscha rejaga mos kelganday bo‘lib tuyulardi. Bunday sharoitda o‘z qudratini saqlab 
qolgan SSSR zaiflashib qolgan «kapitalistik mamlakatlar»ni ommaviy ravishda sovetlashtirishga 


207 
bemalol erishishi mumkin edi. Buning ustiga shu paytgacha erishilgan «muvaffaqiyatlar» «yaqqol» 
ko‘zga tashlanib turardi: nisbatan qisqa vaqt ichida sovet imperiyasining chegaralari jiddiy ravishda 
kengaydi. 
Umuman olganda, Stalin Gitler avgust shartnomasi bandlarini so‘zsiz bajaradi, deb umid 
qilgan edi. Lekin har ikkala mustabid hukmdor bir-biriga o‘xshash tamoyillar asosida fikrlardi. 
Ularning har biri «hujum qilmaslik haqidagi bitim»ni o‘zi uchun qulay bo‘lgan paytda bekor 
qilishni oqilona ish deb o‘ylardi. Stalinning mo‘ljallariga zid o‘laroq, fyurer 1940 yilning 
o‘rtalaridan e’tiboran avvalgi yo‘lidan chetga chiqa boshladi. Gitler Stalindan xavfsirardi, shuning 
uchun u masalani undan ko‘ra boshqacharoq hal qilishga urindi. Oqibatda SSSR Ikkinchi jahon 
urushining girdobiga tortildi. 
Fashistlar Germaniyasi 1941 yilning 22 iyunida, ya’ni yakshanba kuni tongotar paytida hujum 
qilmaslik haqidagi avgust shartnomasi shartlarini buzib, Sovet Ittifoqi hududiga hujum qildi. Shu 
kundan Sovet Ittifoqi xalqlari, shu jumladan, O‘zbekistonliklar uchun og‘ir sinovlar – nemis-fashist 
bosqinchilariga qarshi fidokorona kurash boshlandi. Gitlerchilarning Sharqga doir harbiy 
muddaolarini o‘zida ifodalagan «Barbarossa» rejasiga «yashin tezligidagi urush» g‘oyasi asos 
bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, Sovet davlati qisqa muddatli kampaniya jarayonida mag‘lub qilinishi va 
1941 yilning kuzidayoq urush tugashi kerak edi. 
Mamlakat tepasida paydo bo‘lgan juda katta xavf SSSRni dushmanga qarshi qat’iy va 
shoshilinch choralar ko‘rishga majbur etdi. 22 iyun kunining o‘zida radio orqali fashistlar 
Germaniyasi xiyonatkorona hujum qilgani haqida hukumat axboroti eshittirildi. U shunday so‘zlar 
bilan xulosa qilingan edi: «Bizning ishimiz haq. Dushman tor-mor etiladi, g‘alaba bizning 
tomonimizdadir!». Butun rasmiy targ‘ibot sovet qo‘shinlari har qanday agressorga, shu jumladan, 
german fashizmiga ham zarba berishga, uni tor-mor etishga qodir, deb tinmay uktirib kelardi. Xalq 
bunga ishonardi. Odamlar ro‘y bergan vaziyatning g‘oyatda jiddiy ekanini hali to‘la anglab 
yetmagan edi. 
Ammo ko‘p o‘tmay og‘ir sinov kunlari boshlandi. Barcha xalqlar Vatan himoyasiga otlandi. 
Hukumat axboroti o‘qib eshittirilgach, butun Sovet Ittifoqi hududida bo‘lgani singari O‘zbekistonda 
ham yakshanba kuni bo‘lishiga qaramay ishchilar, xizmatchilar o‘z ish joylariga, o‘quvchilar bilim 
dargohlariga yo‘l oldilar. Urush boshlangan kuniyoq Toshkent to‘qimachilik kombinatida miting 
bo‘lib o‘tdi. Uning rezolyutsiyasida shunday so‘zlar yozilgan edi: «Xuddi shu daqiqadan boshlab 
biz o‘zimizni Vatan himoyasiga safarbar deb hisoblaymiz va O‘zbekistonning barcha 
mehatkashlarini sarosimaga tushmaslikka, sabr-bardoshli bo‘lishga hamda halol, fidokorona 
mehnatga da’vat etamiz». «Tashselmash» zavodi ishchilari ham har qanday topshiriqni sharaf bilan 
ado etishga, dushmanni yakson qilish uchun hamma kuch va vositalarni ishga solishga so‘z berdilar. 
1941 yil 22 iyunda mamlakatda harbiy holat joriy etilgani haqidagi farmon e’lon qilindi. 
Mazkur farmonga muvofiq, 14 okrug hududida 1905-1919 yillarda tug‘ilgan harbiy xizmatga 
majbur kishilarning umumiy safarbarligi qonunan kuchga kirdi. Shu tariqa dushmanga zarba 
berishning keng dasturi amalga oshirila boshlandi. Alohida strategik mavqega ega bo‘lgan O‘rta 
Osiyo harbiy okrugi hukumat qaroriga muvofiq umumiy safarbarlik o‘tkazmadi. Hududda armiyaga 
chaqiruv taqsimlash tartibida amalga oshirildi. Mudofaa Xalq Komissarligining markazlashgan 
naryadlari bajarilib, mamlakatning janubiy sarhadlari yopib turildi. 
Okrug harbiy kengashi boshqaruvning mahalliy organlaridan harbiy xizmatga majbur 
kishilarni o‘z vaqtida va uyushqoqlik bilan chaqirishni talab etdi. Boshlangan urush davlat 
hayotining barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlarni amalga oshirishni, shiddatli mudofaa uchun 
katta kuch sarflashni, safarbarlik qilishni talab etardi. Yuqori hokimiyat boshqaruvida esa 
sarosimalik ko‘zga tashlanardi. Faqat 29 iyundagina Xalq Komissarlari Kengashi nomidan joylarga 
ko‘rsatmalar jo‘natildi. Unda urush ahvolni keskin o‘zgartirib yuborgani, mamlakat jiddiy xavf 
ostida qolgani, barcha ishlarni harbiy izga solish uchun tez va qatiy ravishda qayta qurishni amalga 
oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgandi. Hujjatning asosiy talabi «Hamma narsa front uchun, hamma 
narsa g‘alaba uchun!» degan chaqiriqda o‘z ifodasini topgan edi. 
1941 yilning 30 iyunida I.V.Stalin boshchiligida Davlat Mudofaa Qo‘mitasi (DMK) tashkil 
topdi. DMK tasarrufida davlat, harbiy va partiyaviy hokimiyat birlashgan edi. Shuningdek, sovet 
qurolli kuchlariga strategik rahbarlikni amalga oshiruvchi favqulodda organ sifatida Stalin boshliq 
Oliy Bosh Qo‘mondon Qarorgohi tashkil etildi. 8 avgustda Stalin Oliy Bosh Qo‘mondon lavozimini 
qabul qilib oldi. Endi barcha muhim harbiy-siyosiy qarorlarni qabul qilish uning qo‘lida edi. Bu 


208 
qarorlar DMK buyruqlari yoki VKP(b) MK Siyosiy byurosining qarorlari sifatida 
rasmiylashtirilardi. Lekin og‘ir vaziyat bo‘lishiga qaramay Stalin faqat yirik masalalarnigina emas, 
balki arzimas kichik muammolarni ham hal qilishga urinardi. Bu esa ko‘plab rahbarlar tashabbusini 
bo‘g‘ib qo‘ygandi. Faqat 1941 yil 3 iyuldagina Stalin xalqqa murojaat qilishga qaror qildi. U 
o‘zining radio orqali so‘zlagan nutqida haqiqiy ahvolni, keskin vaziyatni ochiq-oydin aytishga 
majbur bo‘lgan edi. 
Urushning dastlabki og‘ir kunlaridanoq sovet xalqi bosqinchilar ustidan g‘alabaga erishish 
uchun butun kuchlarini bag‘ishlashga intildilar. O‘zbekiston xalqi ham ushbu dahshatli urush 
ofatlaridan, g‘am-qayg‘ularidan chetda qolmagan edi. Shu bois, o‘zbek xalqi o‘zining 
vatanparvarlik burchini sharaf bilan yuksak darajada ado etishga kirishdi. Xalqimiz fashizmdan 
faqat SSSRni emas, eng avvalo, O‘zbekistonni himoya qilishga, uni yana bir bosqinchidan saqlab 
qolishga intildi. Chunki qudratli mustabid davlat mashinasi xalqimiz boshiga ne-ne kunlarni 
solmagandi. Shu bois, bu haqda gapirganda xalqning Ikkinchi jahon urushi xususiyatini va fashizm 
bilan kurashdagi o‘z o‘rnini idrok etishdagi axloqiy-g‘oyaviy qarashlarini e’tibordan chetda 
qoldirmasligimiz zarur. Og‘ir va mashaqqatli urush yillarini boshidan kechirgan kishilarning 
xotiralaridan ma’lum bo‘lishicha, odamlar o‘sha vaqtda «sotsializmning afzalliklari», sovet rejimini 
himoya qilish zarurligi haqida kam o‘ylardi. Xalqning aksariyat qismi mustabid tuzumni qoralab 
kelgan. Chunki odamlar hali Turkiston Muxtoriyatining qonga belanganini, ozodlik uchun kurash 
harakatining zo‘ravonlik bilan bostirilganini, diniy e’tiqodlari tufayli qattiq ta’qib etilib, 
jazolanganliklarini esdan chiqarmagan edi. Jamoalashtirishning stalincha zo‘ravonlik bilan amalga 
oshirilishi natijasida yuz bergan jinoyatlar ham xotiradan o‘chmagan, 1937-1939 yillardagi 
ommaviy qatag‘onlardan qolgan qalb yaralari hali bitmagandi. 
Biroq o‘z yurtiga bo‘lgan chinakam yuksak muhabbat tuyg‘usi, jonajon zaminga tajovuz 
qilgan dushmanga nisbatan nafrat hissi mustabid tuzum yetkazgan g‘am-alamni, qalb iztiroblarini 
biroz ortga chekintirdi. Xalq o‘zini dushmanni to‘xtatish va uloqtirib tashlashga qodir bo‘lgan 
yagona kuch deb his qildi. Odamlar O‘zbekiston uchun, Vatan himoyasi uchun fashizmga qarshi 
kurash eng adolatli yo‘l ekaniga ishondi. Shu jihatdan ham Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimovning urush davri voqealarini, jangchilarimizning jasoratlarini tahlil etishda va ta’riflashda 
mafkurabozlikka berilmaslikka doir chaqirig‘i nihoyatda dolzarb bo‘lib jaranglaydi. Birinchi 
Prezidentimiz haqli ravishda bunday deb ta’kidlagan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qanday 
qaralmasin, bu urush qaysi g‘oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo‘lmasin, o‘z Vatani, 
el-yurtining yorug‘ kelajagi, beg‘ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo‘lganlarni, o‘z 
umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni 
unutishga hech kimning haqi yo‘q va bunga yo‘l ham bermaymiz!»
Chindanda xalqimiz ko‘rsatgan jasoratni faqat erksiz harakat tarzida, ma’murlarning o‘ch 
olishidan qo‘rqishning oqibati deb tasavvur qilish, jang maydonlarida halok bo‘lganlar xotirasini 
haqoratlash, mamlakat ichkarisidagi millionlab mehnatkashlarning fidokorona mehnatini nazar-
pisand qilmaslik bu - Vatanni asrash va himoya qilishda ulug‘ insoniy fazilatlarni, cheksiz 
matonatni namoyish qilgan keng xalq ommasining buyuk kahramonliklarini kamsitishdan iboratdir. 
Zero, o‘zbek xalqi gitlerchilarga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan yelkama-yelka bir safda 
turib, «jigarrang vabo»ni yo‘q qilishga munosib hissa qo‘shdi. 
Fashizmga qarshi kurashda O‘zbekiston xalqining faol ishtirok etishi, o‘g‘lonlarimizning 
mardlik va jasorat ko‘rsatishi uning milliy ruhi qudratini, jasurligini, oriyatini, vatanparligini yana 
bir bor namoyon etdi. Urushning dastlabki kunlaridanoq butun Sovet Ittifoqida bo‘lganidek, 
O‘zbekistonda ham partiya tashkilotlari tomonidan mitinglar va yig‘ilishlar tashkil qilindi. Ulardagi 
barcha qatnashchilar fashizmga qarshi o‘z g‘azab-nafratlarini ifoda etib, bor kuchini, agar lozim 
bo‘lsa hayotlarini ham g‘alabaga bag‘ishlashga azmu qaror qilganliklarini yakdillik bilan bayon 
qilishdi. Chunonchi, 1941 yilning 22 iyunidayoq Toshkent to‘qimachilik kombinatining ishchilari 
hamisha Vatan himoyasiga tayyor ekanini bildirdilar. «Toshkent qishloq xo‘jalik mashinalari» 
zavodi, «Qizil tong» fabrikasi ishchilari ham dushmanni tor-mor qilish uchun har qanday vazifani 
sharaf bilan bajarishga, butun kuch va vositalarini bag‘ishlashga qaror qilganliklarini hukumatga 
ma’lum qildi. Shu yilning 23-24 iyunida Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, 
Nukus va respublikaning boshqa ko‘plab shaharlarida ham ko‘p ming kishilik mitinglar bo‘lib o‘tdi. 
Ularda so‘zga chiqqanlar ona yurtini ko‘kraklarini qalqon qilib himoya qilishga so‘z berdi, 
boshqalarni ham shunga dav’at etdi. Har bir nutqda yovuz bosqinchilar ustidan g‘alabaga erishishga 


209 
bo‘lgan ishonch, vatanparvarlik tuyg‘usi ustun edi. Frontga jo‘natish istagi bilan harbiy 
komissarliklarga keladigan ixtiyoriy arizalar soni kun sayin ortib bordi. Bu ham xalqimizda milliy 
vatanparvarlik tuyg‘usi yuksakligining yaqqol namunasi bo‘ldi. Arxiv hujjatlarining dalolat 
berishicha, urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga 
ko‘ngillilardan 14 mingdan ortiq ariza tushgan. 
Ko‘ngillilar va xizmatga chaqirilganlarni harakatdagi armiya saflariga kuzatish partiya 
organlari tomonidan siyosiy tadbirga aylantirildi, mitinglar tashkil qilindi. O‘zbekiston xalqi 
fashistlar bosqinini o‘z yurtiga, jonajon yeriga qilingan tajovuz deb bildi. Shuning uchun ham ota 
va onalar o‘z o‘g‘lonlarini frontga kuzatar ekanlar, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi kabi 
milliy qahramonlar kabi bosqinchilarga qarshi sharaf bilan kurashishni, ular ko‘rsatgan jangovar 
jasoratlardan ibrat olishni tilab qolardilar. 
O‘zbek halqi mentalitetining yana bir eng yorqin fazilati aholining an’anaviy 
vatanparvarligining ajoyib namunasi - frontga umumxalq yordami ko‘rsatish bo‘ldi. 
O‘zbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamg‘armasini tashkil etish harakatida 
faol ishtiroq etdi. Omma tashabbusi bilan bunday jamg‘arma tuzishning yangi va o‘ziga xos 
shakllari vujudga keldi. Mudofaa jamg‘armasiga ishchilar, kolxozchilar, ziyolilar bir kunlik ish 
haqlari, «kommunistik shanbaliklar»da ishlab topilgan pullar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari, 
qimmatbaho boyliklari, davlat zayomlari, turli buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirilardi.
Urushning dastlabki kunlarida respublika aholisidan 30 million so‘m miqdorida pul, obligatsiya va 
boshqa qimmatbaho buyumlar yig‘ildi. Umumiy hisobda, O‘zbekiston aholisi urush yillarida 
mudofaa jamg‘armasiga jami 649,9 million so‘m pul, 22 kilogramm oltin va kumush topshirdi. 
E’tiborli jihati, frontga yordam ko‘rsatish vatanparvarlik harakatida aholining barcha qatlami 
ishtirok etdi. Xususan, bu jarayonda diniy tashkilotlar ham faol ishtirok etgandi. Biroq shu 
paytgacha bu haqda sovet tarixshunosligida hech narsa deyilmagan. Vaholanki, turli dinlarga 
e’tiqod qiluvchi dindorlar mustabid tuzumning urushgacha bo‘lgan davrdagi tazyiqlari va 
ta’qiblarini ham unutib, mehr-oqibat haqidagi umuminsoniy g‘oyalarga tayangan holda 
insonparvarlik yordami ko‘rsatishga, mamlakat iqtisodini mustahkamlashga, bu yo‘lda o‘zlarining 
munosib hissalarini qo‘shishga intildilar.
O‘zbekistonda harbiy texnika, asosan tank kolonnalari va jangovar samolyotlar eskadriliyalari 
qurilishiga mablag‘ to‘plash harakati keng quloch yozdi. Masalan, birgina «O‘zbekiston 
kolxozchisi» tank kolonnasi qurilishiga respublika kolxozchilari o‘zlarining shaxsiy 
jamg‘armalaridan 1942 yil dekabr oyida 260 million so‘m to‘plashga erishdi. 
O‘zbek xalqining vatanparvarligi, insonparvarligi bu ishlar bilan to‘xtab qolmadi. Aholi 
tomonidan Vatan himoyachilari uchun issiq kiyim-kechaklar yig‘ildi, tayyorlandi. Frontga 
muntazam ravishda paxtali kurtkalar, kalta po‘stinlar, kigiz etiklar, sharflar, qo‘lqoplar, paypoqlar, 
quloqchin qalpoqlar, jemperlar kabi issiq kiyimlar jo‘natib turildi. Jangchilar uchun yig‘ilgan, 
tayyorlangan kiyim-kechaklar, buyumlar va oziq-ovqatlarni O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 
raisi Y.Oxunboboyev rahbarligidagi delegasiya frontning oldingi marralarigacha olib bordi. Res-
publika aholisi urushning dastlabki olti oyi mobaynida frontga 421,5 mingta turli issiq kiyimlar, 
buyumlar yubordi. Yakka tartibda va jamoat yo‘li bilan yuborilgan posilkalar, turli oziq-ovqat 
mahsulotlarini ham qo‘shadigan bo‘lsak bu raqam yana bir necha mingga oshishi, shubhasiz.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida yaqqol namoyon bo‘lgan yuksak vatanparvarlik, 
insonparvarlik, hamjihatlik tuyg‘ulari o‘zbek halqining ma’naviy ildizlari mustahkamligini, o‘z 
milliy qadriyatlariga, a’analariga sodiq qolganini yana bir bor isbot etdi. Zero, bolsheviklar 
tomonidan berilgan ruhiy zarbalar, mustabid tuzumning ateistik va ma’naviy ekstremizmiga 
qaramasdan o‘zbek xalqi o‘zining chuqur milliy-ma’naviy ildizlarini, urf-odatlarini saqlab qolgandi.
Sovet-german urushi boshlang‘ich davrining eng murakkab va mas’uliyatli vazifalaridan biri 
iqtisodiyotni harbiy izga solishdan iborat edi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakat xalq 
xo‘jaligini qayta qurish o‘ta og‘ir sharoitda kechdi. Moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini front 
ehtiyojlariga muvofiq qayta taqsimlash, harbiy ishlab chiqarishni keskin oshirish va odatdagi 
mahsulotlar hajmini qisqartirish, sanoatni g‘arbdan sharqqa ko‘chirish, uni mamlakat ichkarisidagi 
tumanlarda tezlik bilan ishga tushirish zarur edi. Bularning barchasini juda qisqa vaqt ichida, shu 
bilan birga urushdan oldingi Sovet Ittifoqining qariyb 40 foiz aholisi istiqomat qiladigan, 
ko‘mirning 63 foizi qazib olinadigan, po‘latning 50 foizi, donning 38 foizi ishlab chiqariladigan, 


210 
qudratli mashinasozlik bazasi, shu jumladan, ko‘pgina mudofaa korxonalari joylashgan hududni 
bosqinchilar bosib olgan bir sharoitda amalga oshirish kerak edi. 
Urushning borishi mamlakat ichkarisidagi ishlarga bevosita bog‘liq edi. Shuning uchun ham 
siyosiy rahbariyat iqtisodiyotni qayta qurishga ustivor vazifa sifati e’tibor qaratdi. Qayta qurish 
fuqarolar urushi yillarida sinovdan o‘tgan harbiy-kommunistik usullar bilan amalga oshirildi. 1941 
yilning 26 iyunidan boshlaboq mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda 
majburiy mehnat joriy etildi. Katta yoshdagilar uchun ish kuni haftasiga olti kunlik tartibda 11 
soatgacha uzaytirildi. Haqiqatda esa bu 12-14 soatga yetar edi. Ta’tilga chiqish bekor qilindi. Bu 
ishchi- xizmatchilar sonini ko‘paytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb 1/3 ga 
oshirish imkonini berdi. 
Biroq vaqt o‘tgan sayin ishchi kuchining yetishmasligi tobora sezilib bordi. Idora 
xizmatchilari, uy bekalari, hatto o‘quvchilar ham ishlab chiqarishga jalb qilindi. 1941 yil dekabrda 
harbiy korxonalarning barcha xodimlariga safarbarlik e’lon qilindi. Mehnat intizomini buzganlar 
uchun jazo choralari keskin kuchaytirildi. Korxonalardan o‘zboshimchalik bilan ketib qolganlar 5 
yildan 8 yilgacha qamoqqa hukm qilinardi. Biroq odamlar mamlakat ichkarisida, shu jumladan, 
O‘zbekistonda ham «yuqoridan» keladigan ortiqcha qistovlarsiz ozodlik va mustaqillik yo‘lida 
fidokorona mehnat qildilar. 
Respublika hukumati 1941 yilning sentabr-dekabr oylarida O‘zbekiston sanoat ishlab 
chiqarishini harbiy tizimga moslab qayta qurishning umumiy rejalarini belgilab berdi. Qabul 
qilingan qarorlarda xalq xo‘jaligini qayta qurishga doir aniq vazifalar belgilab qo‘yilgandi. Ularda 
sanoat korxonalarini mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishga o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan, 
ichki resurslarni safarbar qilish bo‘yicha choralar taklif qilingan edi. Kadrlar tanqisligi, sanoat 
xomashyosi, yoqilg‘i, yetishmasligi, moddiy-texnik bazaning o‘ta nochorligiga qaramasdan, 1941 
yilning dekabr oyiga keliboq Toshkentdagi 63 ta va respublikadagi boshqa 230 ta korxonada 
mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Ular orasida «Toshqishloqmash» parovoz 
ta’mirlash zavodlari, Chirchiq elektr-kimyo kombinati va boshqa korxonalar bor edi. To‘qimachilik 
va tikuvchilik sanoati ham front ehtiyojlari uchun xizmat qilishga kirishdi. 
Ittifoqning g‘arbiy viloyatlaridan O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan sanoat korxonalarini 
joylashtirish, montaj qilish va g‘oyat qisqa muddatlarda ishga tushirish o‘zbekistonliklardan katta 
kuch sarf etishni, fidoiylik ko‘rsatishni talab qilardi. Bu vazifaning tashkiliy tomonlari bilan Usmon 
Yusupov boshchiligidagi komissiya shug‘ullandi. O‘sha paytda O‘zbekistonga 104 ta zavod va 
fabrika ko‘chirildi. Ular orasida Leningrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, «Rosselmash», «Qizil 
Oqsoy», Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk karborund zavodlari, Moskvadagi «Elektrokabel» 
va «Podyomnik» zavodlari, Temir yo‘llar xalq Komissarligining mashinasozlik zavodi, Chkalov 
nomidagi aviasiya zavodi, «Krasniy put» zavodi, Kiyevdagi «Transsignal» zavodi, Stalingrad 
kimyo kombinata va boshqalar bor edi. 
Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda talabalar, o‘quvchilar, uy bekalari, fan va 
madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar tinim bilmay mehnat qildilar. Urushdan oldingi 
davrda yillar mobaynida qilinadigan ishlar fidokorona mehnat evaziga kunlar va oylar ichida 
bajarildi. Misol uchun, «Rosselmash» zavodi 25 kunda, «Qizil Oqsoy» zavodi esa 29 kun ichida 
mahsulot ishlab chiqara boshladi. Umuman olganda, 1941 yilning dekabr oyiga kelib evakuatsiya 
qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yilning o‘rtalariga borib respublika 
industriyasi Sovet Ittifoqi sharqidagi harbiy sanoat bazasining tarkibiy qismiga aylandi. 
Respublikada harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sishi va rivojlanib borishi bilan xomashyo 
va yoqilg‘i-energetika bazasini kengaytirishga ham ehtiyoj ortib bordi. Jumladan, rangli metallar 
qazib chiqarishni jadallik bilan ko‘paytirish zarurati yuzaga keldi. Shuning uchun ham 1942 yilda 
Langar molibden konini foydalanishga topshirish borasidagi ishlar tez sur’atlar bilan boshlanib 
ketdi. Bu yerda juda qisqa muddatda molibden fabrikasi barpo etildi. Ayni vaqtda Qo‘ytosh 
konining va Qoratepa rangli metallar konining ishlab chiqarish quvvatlari keskin oshirildi. 
Olmaliqda olib borilgan yirik qurilish ishlari natijasida, u yerda mis va boshqa rangli metallarning 
boy konlari topildi. Angren ko‘mir razrezi respublikaning birinchi ko‘mir markaziga aylandi. 
Gidroenergetika resurslarini ishga solish ishlari keskin jadallashdi. Masalan, 1942 yilning 
boshlarida Oqtepa va Oqqovoqdagi 1- va 3-gidrostansiyalar qurilishi qayta tiklandi. Farhod GESni 
bunyod etish umumxalq hashar yo‘li bilan boshlab yuborildi. Bu GESlarning energetika tizimiga 


211 
qo‘shilishi respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishning sezilarli darajada o‘sishiga sabab 
bo‘ldi. YA’ni 1942-1943 yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish 4 baravarga o‘sdi. 
Sanoat qurilishida aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etdi. Ayniqsa, bu jarayonga 
mehnat resurslarining eng yirik bazasini tashkil etadigan qishloq mehnatkashlari salmoqli hissa 
qo‘shdi. Birgina 1941 yilning ikkinchi yarmida harbiy obyektlar qurilishiga qariyb 500 ming 
kolxozchi jalb qilingan edi. Og‘ir urush davrida rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchi, zarur 
mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasi ham jiddiy muammolardan biri bo‘lib turardi. Minglab 
tajribali ishchilarning urushga ketishi natijasida vujudga kelgan bu tanqislik sanoat korxonalariga 
yangi kelgan va hali tajribaga, mehnat malakasiga ega bo‘lmaganlarni o‘ta qisqa vaqt ichida turli 
ishlab chiqarish kasblariga o‘rgatish hamda o‘qitish yo‘li bilan to‘ldirib borildi. Shuningdek, 
O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1942 yil 13 fevraldagi Farmoniga muvofiq, urush davrida 
ishlamayotgan mehnatga layoqatli aholi, ya’ni xotin-qizlar, o‘smirlar, nafaqaxo‘rlarni safarbar 
qilish hisobiga ham ishchilar safi kengayib bordi. 
Sanoat ishlab chiqarishiga, ayniqsa, xotin-qizlar keng jalb qilindi. Xususan, 1940 yilda sanoat 
sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar 34 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1942 yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 63,5 foizga yetdi. Respublika ishchilar sinfining keskin ortib borishi asosan yoshlar 
hisobiga ro‘y berdi. Yoshlardan ishchi kadrlar tayyorlashda mehnat rezervlari tizimi muhim 
ahamiyat kasb etardi. Ana shu maqsadda 1942 yilning oxirida qo‘shimcha tarzda 31 ta FZO 
(fabrika-zavod ta’limi) maktabi ochildi. Ularga tez orada 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 15320 
o‘quvchi jalb etildi. Umuman, ayni shu vaqtda respublikada jami 14 ta hunar maktabi va 45 ta FZO 
maktabi faoliyat ko‘rsatardi. Ularda ta’lim berish jadallashgan dastur bo‘yicha olib borildi. 
Urushning dastlabki yillarida ishchilar qisqa muddatli kurslarda ommaviy, yakka tartibda va brigada 
shogirdligi usullarida tayyorlanardi. Natijada urush davrining 17 oyi davomida turli korxonalarga 
ommaviy kasblar buyicha 14-17 yoshga bo‘lgan 23300 nafar ishchi yetkazib berildi. 
Olib borilgan ana shunday chora-tadbirlar natijasida ikki yil ichida O‘zbekistonda ommaviy 
kasblar bo‘yicha 105673 nafar sanoat ishchisi tayyorlandi, ulardan 73 ming nafari ishlab chiqa-
rishning o‘zida hunar egalladi. Shu tariqa ishchilar sinfining umumiy soni ortib bordi. Agar 1940 
yilning sentabr oyida respublika sanoatida 141,6 ming nafar ishchi va xizmatchi mehnat qilgan 
bo‘lsa, urush yillarining oxiriga kelib bu raqam 196,2 ming nafarga yetdi. Lekin bularning 
aksariyat qismini O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalar bilan birga kelgan ishchilar, 
injener-texnik xodimlar tashkil qilardi. 
Ana shunday keskin choralar ko‘rilishiga qaramay urush davri murakkabliklari butun Sovet 
Ittifoqida bo‘lgani kabi O‘zbekiston harbiy iqtisodiyotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. 
Sanoat obyektlari majburiy ravishda ishga tushirildi, sexlardagi dastgohlar devorlarni tiklash bilan 
bir vaqtda o‘rnatildi. Sovuq bo‘lishiga qaramay hatto tomi yo‘q binolarda ham mahsulotlar ishlab 
chiqarildi. Malakali ishchilar o‘rnida endigina o‘qishni tamomlagan o‘smirlar va xotin-qizlar 
ishlardi. Shu bois, ishlab chiqarish sifati ham, samaradorligi ham past edi.
Biroq ana shunday murakkabliklarga, qiyinchiliklarga qaramay odamlarning hamjihatligi, 
fidokorona mehnatlari evaziga asosiy vazifa hal etildi. YA’ni SSSR iqtisodiy salohiyatining yarmini 
yo‘qotgan bo‘lsa-da, qurollanish poygasida ustunlikka erishdi. Bu jarayonda O‘zbekistondagi 
millionlab mehnatkashlar mehnati ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Odamlarni bo‘lajak 
g‘alabaga ishonch ilhomlantirgan, fashizmga bo‘lgan chuqur g‘azab va nafrat g‘ayratlantirgan edi. 
Misol uchun, «Toshtram» vagon ta’mirlash zavodining temir randalovchisi Pushkareva bir o‘zi ikki 
dastgohni ishlatib, 1941 yilning iyulida belgilangan rejani 350-470 foizga bajargan. 
«Toshqishloqmash» qoliplovchilar brigadasi esa kunlik ishlab chiqarish rejasini 260— 300 foizga 
yetkazgan. Shuningdek, Namangan viloyatidagi «Yangi turmush» hunarmandchilik korxonasi 
ishchilari Qirg‘izboyev, Yusupov, Nishonov, Hamroyev, Qodirov va boshqalar belgilangan rejani 
500 foiz qilib bajara boshladilar. Respublikada bunday holat ommaviy tus olgan edi. Lekin 
industriya xodimlarining haddan tashqari og‘ir mehnat qilib ko‘rsatgan jasoratlariga hamma ham 
dosh berolmasdi. Shu bois, ayrimlar holdan toyib halok bo‘lishardi. «Mehnat qochoqlari» bo‘lgan 
xizmatchilarni, ishga kechikib kelganlarni jinoiy javobgarlikka tortish hollari ham uchrab turardi. 
Lekin ko‘pincha bu ularning o‘z ayblari bilan bo‘lmasdi. Chunki zavodlarga borish uchun odatda 
12-16 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Transport yo‘q edi. Kiyim-bosh, 
poyabzal oziq-ovqat yetishmasdi. Ochlik va nihoyatda zo‘riqib mehnat qilish madorni quritishga 
qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarog‘, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan 


212 
ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solardilar. Ular urush davomida frontga 2100 ta 
samolyot, 17342 ta aviamotor, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan 
iborat minalarni yo‘q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 million dona 
mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, 3 million dona radiolampa, qariyb 300 
mingta parashyut, 5 ta bronepoyezd, 18 ta harbiy-sanitariya va hammom-kir yuvish poyezdi, 2200 
ta ko‘chma oshxona va shu kabi ko‘plab harbiy anjomlar yetkazib berdi. Birgina respublika yengil 
sanoat xalq komissarligi korxonalari tomonidan 1941-1945 yillar mobaynida 7518,8 mingta 
gimnasterka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta harbiy etik tayyorlab berildi. 
Umuman olganda, O‘zbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona ishga tushirildi. 
Respublikaning sanoat mahsulotlari tayyorlash imkoniyati 1945 yilga kelib 1940 yildagiga nisbatan 
deyarli ikki baravarga oshdi. Neft qazib olish 4, ko‘mir qazib chiqarish 30 baravardan ziyodga 
o‘sgan bo‘lsa, metall ishlash tarmoqlari mahsulotlari 4,8, mashinasozlik mahsulotlari 13,4, po‘lat va 
prokat eritish 2, elektr energiya ishlab chiqarish 2,42 martaga ortdi.
Dushmanni tor-mor keltirish yo‘lida olib borilgan umumxalq kurashida o‘zbek 
dehqonlarining o‘ziga xos matonat, jasorat ko‘rsatganini ham alohida e’tirof etish zarur. Urush 
boshqa tarmoqlar kabi respublika qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari oldiga ham o‘ta mas’uliyatli 
vazifa qo‘ydi. Soha mehnatkashlari front va mamlakat ichkarisini qishloq xo‘jalik mahsulotlari, 
sanoat tizimini esa zarur xomashyo bilan barqaror ta’minlashi zarur edi. Buning uchun qisqa 
muddat ichida agrar sohani ham harbiy tizimga o‘tkazish lozim edi. Qishloq xo‘jaligining barcha 
moddiy resurslarini safarbar etgan holda texnika ekinlari, don, kartoshka va sabzavotlar ekishni 
keskin ko‘paytirish talab etilardi. Respublika chorvadorlari oldiga ham o‘ta ma’suliyatli vazifalar 
qo‘yildi. Ular armiya uchun ham, aholi uchun ham go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarishi zarur 
edi. Bu vazifalarni hal etish faqat ishchi kuchiga, fidokorona mehnat qilishga bog‘liq emasdi. Bir 
qator omillar bor ediki, bu vaziyat yanada taranglashtirdi, juda katta kuch sarf etishni talab etdi. 
Birinchidan, Markazning ko‘p yillardan bo‘yon paxta yakkahokimligi siyosatini yuritib kelishi 
tufayli respublika dehqonchiligining butun tarkibi asosan paxta yetishtirishga moslashtirilgan edi. 
Don ekinlari yetishtirish ikkinchi darajaga tushib qolgandi. G‘alla asosan RSFSR va Ukrainadan 
tashib keltirilardi. Sovet Ittifoqning g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlarini dushman bosib 
olgandi. Bu esa O‘zbekiston agrar tarmog‘i oldiga o‘z g‘allasi bilan o‘zini ta’minlash vazifasini 
qo‘ydi. Ammo buning uchun zarur texnika, mutaxassislar yo‘q edi. Paxtayakkahokimligi siyosati 
natijasida ajdodlar tajribasi biroz unutilgan, buning ustiga stalincha ma’muriyat O‘zbekiston 
rahbariyati oldiga «oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta’minlash» vazifasini qo‘yar ekan, buni aslo paxta 
ekishni kamaytirish hisobiga amalga oshirmaslikni talab qilardi. Qolaversa, urush sharoitida paxta 
mudofaa sanoati uchun g‘oyat muhim xom ashyo hisoblanardi. Shu bois ham paxta maydonlarini 
kamaytirishga yo‘l qo‘yilmasdi. 
Soha mehnatkashlari oldiga qo‘yilgan qiyin va mas’uliyatli vazifani uddalashning yana bir 
murakkab tomoni, urush boshlanishi bilan agrar ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi 
zaiflashib qolgandi. Obyektiv voqeliklar tufayli MTS, kolxozlar, sovxozlarning transport vositalari 
izchillik bilan qisqarib bordi. Traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berilishi 
amalda to‘xtatildi. Agrar korxonalarni ehtiyot qismlar, o‘g‘itlar va yonilg‘i bilan ta’minlash keskin 
kamaytirildi. Natijada qo‘l mehnatining ulushi haddan tashqari ortib ketdi, ot-ulov bilan 
bajariladigan ishlar hajmi ko‘paydi. Asosan sigirlar bilan yer haydalar va omoch kabi oddiy mehnat 
qurollaridan foydalanishga majbur bo‘lindi. 
Shuningdek, sohada kadrlar masalasi ham achinarli ahvolda edi. Chunki, malakali kadrlar va 
mehnatga layoqatli qishloq aholisining asosiy qismi urushga ketgandi. Qolaversa, 155 mingdan 
ortiq ishga yaroqli o‘zbekistonliklar mehnat batalyonlariga (trudoviklar) mardikor sifatida safarbar 
qilinib, Rossiyaning harbiy sanoati va qurilish ishlariga yuborildi. Buning natijasida 1941-1942 
yillardayoq O‘zbekistonda mehnatga layoqatli kolxozchilar soni 20 foizga, 1945 yilga kelib esa 
qariyb 40 foizga qisqarib ketdi. Ayniqsa, mexanizatorlar soni keskin kamaydi. Masalan, urush 
boshlarida mexanizatorlar va kombaynchilarning umumiy soni 27888 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 
1942 yilda esa bu raqam 2775 nafarga tushib ketdi. 1943 yilga kelib yanada qisqardi. Shu bois, 
sohadagi ishlab chiqarishga xotin-qizlar, keksalar, o‘smirlar keng jalb qilindi. Ular hisobiga 
sanoatda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham erkaklar o‘rni birmuncha qoplandi. 
Barcha qiyinchiliklar va yetishmovliklarga qaramay qishloq mehnatkashlari ham qalb amri, 
burch va or-nomus dav’ati bilan frontga yordam ko‘rsatish uchun umumxalq yurishiga faollik bilan 


213 
qo‘shildi. Misol uchun, Sariosiyo tumanida yashovchi M.Xidirova 40 kunda front uchun 10800 
kilogramm paxta terib berdi. Shu tumandagi «Ittifoq» qishloq xo‘jalik artelining kolxozchilari 
Sh.Bobojonova, A.Yoqubova, M.Azimova ham haqiqiy jasorat ko‘rsatib, kunlik rejani 2-3 
baravarga oshirib bajardi. Bunday jasoratni, bunday fidokorona mehnatni respublikaning barcha 
hududlarida kuzatish mumkin edi. Natijada 1941 yilda paxta tayyorlash rejasi 1940 yildagiga 
nisbatan 45 kun oldin bajarildi. Davlatga 1646 ming tonna «oq oltin» topshirildi. Sohaning boshqa 
tarmoqlari bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Qishni qish, sovuqni sovuq demasdan 
dehqonlar tezda 1942 yil hosiliga zarur shart-sharoit yaratish uchun ishga kirishdi. Avvalo, g‘alla va 
texnik ekinlar maydonlarini kengaytirish uchun qo‘shimcha yerlar o‘zlashtirishga katta e’tibor 
berildi. Natijada 1942 yilning bahoriga kelib qo‘shimcha ravishda 220,5 ming gektar yangi hosildor 
yerlar o‘zlashtirildi. 
O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan korxonalarni xomashyo bilan ta’minlash maqsadida 
qishloq xo‘jalik ekinlarining nisbati sezilarli ravishda o‘zgardi. 1941 yilgacha har bir tumanda ekin 
maydonlarining 90 foizi paxta hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, urush yillarida bu maydonlar 
birmuncha kamaytirildi. Masalan, Farg‘ona viloyatida paxta ekiladigan maydonlar 51 foizga 
tushirildi. Qolgan sug‘oriladigan yerlarga boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan, 25 foiziga 
g‘alla, 4 foiz yerga sabzavot va poliz ekinlari, 16 foiz maydonga beda ekildi. Sohadagi bu islohotlar 
tezda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi. Oziq-ovqat mahsulotlari sezilarli darajada ko‘paydi. 
Urush davrida respublika g‘allakorlari mamlakatga 82 million pud g‘alla, 213 ming sentner sholi 
yetkazib berdi. 
Respublika dehqonlari qand lavlagi yetishtirishni jadal o‘zlashtirishga katta e’tibor berishdi. 
Xususan, buning uchun Samarqand, Farg‘ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida eng hosildor 
yerlar ajratildi. 1943 yilda qishloq mehnatkashlari davlatga 1565 ming sentner qand lavlagi yetkazib 
berdi. Shu tariqa O‘zbekiston butun Sovet Ittifoqida yetishtiriladigan qand lavlagining chorak 
qismini ishlab chiqara boshladi. Bu esa, faqat O‘zbekistondagi qand ishlab chiqarish 
zavodlarinigina emas, balki boshqa respublikalarni ham qand lavlagisi bilan ta’minlash imkonini 
berdi. 
O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari kungaboqar yetishtirishni ham tezda o‘zlashtirib olishdi. 
Shuningdek, zig‘ir va kanop singari texnik ekinlar ham yetishtirila boshlandi. Makkajo‘xori, kunjut 
tayyorlash keskin oshirildi. Xususan, 1942 yilda butun SSSRdagi kunjut ekiladigan maydonlarning 
50 foizi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri kelardi. Urush yillarida ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirish 
ham muhim strategik ahamiyatga ega edi. Shu bois, bu tarmoq ham rivojlantirildi. Natijada 1940 
yilda butun ittifoq mikyosidagi 47,8 foiz pilla O‘zbekistonda yetishtirilgan bo‘lsa, 1945 yilga kelib 
bu ko‘rsatkich 59,3 foizga yetdi. Bundan tashqari, respublikamizning mamlakatdagi yirik meva, 
sabzavot va poliz ekinlari yetishtiruvchi hudud sifatidagi roli ham yanada oshdi. Masalan, 
sabzavotlar ekiladigan maydonlar 1939 yilda 16 ming 517 gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 1942 yilda 
29 ming gektarga kengaydi. Kartoshka ekiladigan hudud urushdan oldingi davrga nisbatan 15 ming 
gektarga ko‘paydi. Uzumzorlar maydoni ham yildan-yilga kengayib bordi. Xususan, 1940 yilda 26 
ming 661 gektarda uzum yetishtirilgan bo‘lsa, 1943 yilda bu maydon 31 ming 723 gektarni tashkil 
etdi. 
Lekin urush yillarida qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari ham bir xilda rivojlanmadi. Davr 
qiyinchiliklari, sovet dehqonchilik tizimining ichki illatlari ayrim tarmoqlarga jiddiy salbiy ta’sir 
ko‘rsatdi. Jumladan, urush yillarida bog‘dorchilik tarmog‘i nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada 
respublikamizda 1945 yilga kelib ho‘l meva yetishtirish 1940 yildagiga nisbatan 3 baravarga 
kamayib ketdi. Bu tarmoqda rejadagi topshiriqlar aksariyat hollarda qishloq meknatkashlarining 
yordamchi xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni musodara qilish yo‘li bilan bajarilardi. Bu esa 
minglab oilalarni yanada qiyin, murakkab ahvolga solib qo‘yardi. 
Urush davrining qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ziddiyatlari, murakkabliklari, ayniqsa, 
paxtachilikda yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston agrar tizimining o‘zgarishiga qaramasdan, paxta 
respublika qishloq xo‘jalik ekinlari orasida ustun mavqeda bo‘lib qolaverdi. Sovet Ittifoqi 
rahbariyati esa paxta yetishtirishni sezilarli ravishda oshirishni qatiy talab qilardi. Natajada 
paxtakorlar urushning dastlabki kunlaridan boshlab har kilogramm paxta uchun zo‘r berib kurashdi. 
Ammo paxta yetishtirish hajmi yil sayin qisqarib bordi. Ayniqsa, 1943 yil respublika paxtakorlari 
uchun eng qiyin yil bo‘ldi. Chunki sohada yuz bergan jiddiy o‘zgarishlar natijasida paxta 
maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat ekinlari hududi kengaytirildi. Misol uchun, 1940 yilda 927690 


214 
gektar maydonda paxta yetishtirilgan bo‘lsa, 1943 yilda bu raqam 625343 gektarga tushib qoldi. 
Paxta hosildorligining kamayib ketishi muammoni yanada keskinlashtirdi. 1942-1943 yillarda 
kolxozlarda hosildorlik gektariga o‘rtacha 17,4 sentnerdan 7,1 sentnerga, sovxozlarda esa 27,1 
sentnerdan 8,8 sentnerga pasayib ketdi. Natijada 1943 yilda O‘zbekistonda 495 ming tonna paxta 
tayyorlandi. Bu rejaning 57,7 foizini tashkil etardi. 
Muammoning bunday keskinlashuviga yuqorida sanab o‘tilgan omillar bilan birga ishchi 
kuchining tobora kamayib borishi, mineral o‘g‘itlarning yetishmasligi, mexanizatsiya darajasining 
keskin qisqargan ham jiddiy ta’sir qilgandi. Qolaversa, boshqaruvdagi ma’muriy-buyruqbozlik illati 
ham muammoning yanada jiddiy tus olishiga olib keldi. Shu manoda, 1942-1943 yillarda erishilgan 
natijalar dehqonlar va qishloq mehnatkashlarining juda katta jismoniy, ma’naviy jasorati, kuch-
g‘ayrati fidoiyligi, butun o‘zbek xalqining bergan qurbonlari evaziga qo‘lga kiritilganini alohida 
ta’kidlash o‘rinlidir. Biroq Markaz obyektiv voqeylik bilan hisoblashishni istamasdi. 1944 yilning 
boshlarida O‘zbekiston rahbariyati shoshilinch ravishda Moskvaga - VKP(b) MK tashkiliy 
byurosining majlisiga chaqirtirildi. Majlisda raislik qilgan A.S.Shcherbakov O‘z KP MKning 
birinchi kotibi Usmon Yusupovning hisobotini qo‘pollik bilan bo‘lib: «O‘rtoq Yusupov, mamlakat 
uchun og‘ir bo‘lgan shunday vaqtda siz armiya va xalqni ishtonsiz qo‘ymoqchimisiz?» degan edi. 
Respublikadagi haqiqiy ahvolni anglab yetishni istamagan tashkiliy byuro U.Yusupovni paxta 
maydonlarini asossiz qisqartirganlikda ayblab, unga «qattiq hayfsan» e’lon qildi. VKP (b) MK 
maxsus qaror qabul qilib, unda 1944 yilning o‘zidayoq O‘zbekistonda paxtachilik urushdan oldingi 
darajaga yetkazilishi, keyinchalik esa paxta yetkazib berishni muntazam ko‘paytirib borish vazifa 
qilib belgilab qo‘yildi. 
Mazkur qarorga binoan respublikada paxtachilikni tiklashga qaratilgan keng tadbirlar rejasi 
ishlab chiqildi. Paxtakorlarning fidokorona mehnati natijasida 1944 yil dekabr oyining oxiriga kelib 
O‘zbekiston paxta tayyorlash rejasini 101,4 foizga bajardi. Markazga 820 ming tonna paxta 
topshirildi. Bu 1943 yildagiga nisbatan 325 ming tonnaga ko‘p edi. Hosildorlik 1,5 baravar ortdi. 
Bu o‘zbek dehqonlari erishgan katta g‘alaba edi. 
1945 yilda O‘zbekiston mehkatkashlari Sobiq Ittifoqqa 824 ming 200 tonna «oq oltin» 
topshirdi. Shu tariqa, qiyinchiliklarga, murakkibliklarga qaramasdan o‘zbek paxtakorlari front va 
mamlakat ichkarisining paxtaga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini ta’minlashga juda katta hissa qo‘shdi. 
Qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik edi. Lekin bu tarmoq Sovet 
davlatining dastlabki yillarda yo‘l qo‘ygan jiddiy xatolari tufayli hali o‘zini o‘nglab olishga 
ulgurmagan, urush davriga kelib esa yanada nochor ahvolga tushib qolgandi. Natijada respublikada 
chorva mollari soni keskin qisqarib ketdi. 1941 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, jamoat sektorida 8403,1 
ming bosh chorva mollari hisobga olingan bo‘lsa, 1944 yilning 1 yanvariga kelib bu raqam 7798,9 
ming boshga tushib qoldi. Shuningdek, shaxsiy xo‘jaliklarda ham keskin qisqarishlar ro‘y berdi. 
1941 yil 1 yanvarda shaxsiy xo‘jaliklarda barcha turdagi chorva mollari soni 3249,7 ming boshni 
tashkil qilgan bo‘lsa, 1944 yilga kelib ular soni 1385,8 ming boshga kamayib ketdi.
Umuman olganda, urush yillarida O‘zbekiston dehqonlari davlatga 4 million 148 ming tonna 
paxta, 82 million pud g‘alla, 54067 tonna pilla, 195 ming tonna sholi, 57 ming 444 tonna meva, 36 
ming tonna quritilgan meva, 159 ming 300 tonna go‘sht, 22 ming 300 tonna jun va boshqa qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berdi. Bu O‘zbekiston qishloq xo‘jalik sohasidagi 
mehnatkashlarining tinimsiz mehnatlari mahsuli, o‘zi yemay-ichmay dushmanni tor-mor qilish 
uchun umumxalq kurashiga qo‘shgan munosib hissasi edi.
O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushida - kuchli va makkor dushmanga qarshi yurt uchun, 
Vatan uchun olib borilgan ayovsiz, qonli janglarda yuksak qahramonlik, mardlik, jasorat ko‘rsatib, 
haqiqiy o‘zbekona vatanparvarlikni namoyon etdi. Bu urushda O‘zbekistondan 1 million 433230 
nafar kishi ishtirok etdi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, bir qaragandabu raqam 
uncha katta tuyulmasligi mumkin. Lekin 1941 yilda O‘zbekiston aholisi bor-yug‘i 6,5 million kishi 
ekanini eslasak, respublika xalqi boshiga tushgan sinovlar naqadar katta ekani yaqqol ko‘rinadi. 
Keltirib o‘tilgan ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan 
kulfatlarni, ofatlarni olib kelgan bu sovuq urushga O‘zbekiston aholisining 22 foizi bevosita jalb 
etilgan. Agar aholining yarmini ayollar, bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olsak,mehnatga 
yaroqli fuqarolarning 40-42 foizi frontda jang qilgani ayon bo‘ladi. Urushga tortilganlarning bunday 
yuqori salmog‘i fashizmga qarshi koalitsiyadagi ayrim mamlakatlar uchungina xos edi.Eng 


215 
ayanchlisi, bosqinchilarga qarshi olib borilgan ayovsiz, qonli janglarda 263005 nafar yurtdoshimiz 
halok bo‘lgan, 132670 nafari bedarak yo‘qolgan, 60452 nafar vatandoshimiz nogiron bo‘lib qolgan. 
Ayniqsa, 1941 yilda juda ko‘p qurbonlar berildi. Chunki favqulodda qisqa muddat ichida 
Vatan himoyasiga otlangan jangchilarning qahramonona qarshiligiga qaramasdan, fashistlar 
armiyasi nafaqat mamlakat ichkarisiga kirib ulgurdi, balki Sovet Ittifoqining muhim markaziy 
hududlariga jiddiy ziyon yetkazdi. Bugungi kunda shu narsa ayon bo‘layaptiki, SSSRga hujum 
qilishga puxta va oldindan tayyorgarlik ko‘rgan fashistlar Germaniyasidan farqli o‘laroq stalincha 
rahbariyatning yo‘l qo‘ygan xatolarisababli Sovet Ittifoqi kutilmagan hujumga dosh bera olmadi. 
Aniqrog‘i bunga tayyor bo‘lmagan. Shu bois, urushning boshlang‘ich bosqichida berilgan son-
sanoqsiz qurbonlar uchun aynan mustabid sovet davlatining yuqori partiya-davlat tabaqasi tarixan 
javobgardir. Biroq SSSR urushga umuman hozirlik ko‘rmagan edi, deyish noo‘rin. Stalincha 
ma’muriyat «jahon sotsialistik inqilobi»ni avj oldirish strategiyasidan kelib chiqib, harbiy 
salohiyatni rivojlantirishga ustuvor darajada ahamiyat bergandi. Xususan, 1930yillarda mamlakatda 
harbiy ishlab chiqarish sanoati rivojlantirilib, qator yangi qurol va texnikalar yaratildi. Afsuski, 
yaratilgan ushbu yangi qurol va texnikalarningkatta qismi jangchilarga 1941 yilning yozida emas, 
aksincha, ancha kech yetib bordi.Shuningdek, urushning dastlabki yilida sanoqsiz qurbonlar 
berilishining yana bir omili, yuqorida aytilgandek,Stalin tomonidan sanoat rahbarlariga, harbiy 
texnika konstruktorlariga, muhandislariga qarshi olib borilgan asossiz qatag‘onlardir. Armiyadagi 
ommaviy qatag‘onlar ham sovet qurolli kuchlarini zaiflashtirib qo‘ygandi. Birgina, 1937 yilning 
may oyidan sentabr oyiga qadar polk qo‘mondonlarining yarmi, diviziya, brigada, korpus va harbiy 
okruglarning barcha qo‘mondonlari — hammasi bo‘lib 40 mingdan ortiq kishi qatag‘on qilindi. 
Natijadaqo‘mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligi keskin pasayib ketdi. Bu esa urushning 
dastlabki kunlarida yaqqol namoyon bo‘ldi va aynan shuning hisobigajuda katta qurbonlar berildi. 
Mana bu misollar ham yuqoridagi fikrimizni to‘la tasdiqlaydi. Urushning boshlarida qizil armiya 
qo‘mondonlarining atigi 7 foizi oliy harbiy ma’lumotga ega edi, 37 foizi esa hatto o‘rta ma’lumotga 
ham ega emasdi.
Harbiy sohadagi qatag‘onlarga urush arafasidagi harbiy-siyosiy vaziyatda yo‘l qo‘yilgan 
qo‘pol xatolar qo‘shilib, muammoni yanada keskinlashtirdi. Fashistlar Germaniyasining SSSRga 
qarshi boshlayotgan urush xavfi to‘g‘risida sovet harbiy razvedkasi agentlari vachet el 
antifashistlarining ogohlantirishlariga qaramay, stalincha raxbariyat go‘yo xatar birinchi navbatda 
Yaponiyadan boshlanadi, degan xato fikrga qattiq yopishib olgandi. Xususan,1941 yilda Stalin 
Germaniya Ittifoqqa hujum qilmaydi, degan fikrni ko‘p bora takrorlagandi. Oqibatda g‘arbiy 
chegaralar mudofaasini mustahkamlashga yetarli darajada e’tibor berilmadi. Siyosiy rahbariyatning 
ana shunday qo‘pol xatolari va nuqsonlari mamlakatga, shu jumladan, O‘zbekiston xalqiga ham 
cheksiz g‘am-alam, iztirob, qayg‘u olib keldi. 
O‘zbekistonda umumqo‘shin tuzilmalaridan tashqari 14 ta milliy qo‘shilma va qismlar tashkil 
etilgandi. Aynan mamlakatimizda tuzilgan ko‘pgina jangovar bo‘linmalar urushning hal qiluvchi 
operatsiyalarida faol ishtirok etdi.Yurtdoshlarimiz Moskvadan Berlingacha bo‘lgan janglarda juda 
katta qahramonlik, jasorat ko‘rsatib, fashist bosqinchilarini tor-mor etishga ulkan hissa qo‘shdi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, bosqinchilarni birinchi bo‘lib chegarachilar qarshi 
olishgandi.Albatta, tarix ularning mardligi, jasorati va qahramonligini unutmaydi. Ana shunday 
jasur, mard, qahramon chegarachilar orasida o‘zbekistonlik jangchilar ham ko‘p edi. Masalan, 22 
iyun kuni tongotar paytida Grodno yaqinidagi chegara zastavasi jangni birinchilardan bo‘lib qabul 
qildi. Zastavaning qahramonona mudofaasiga leytenant Usov va siyosiy rahbar Sharipov boshchilik 
qiladi. Mard va jasur chegarachilarning barchasi o‘limga tik boqib, dushman bilan ayovsiz jang 
qildi. Ushbu jangda zastavaning oxirgi himoyachisi ham xalok bo‘lgandan keyingina fashistlar bu 
hududga kirishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Vatan himoyachilarining mardligi, jasorati ramzi bo‘lib qolgan afsonaviy Brest qal’asini mu-
dofaa qilishda ham o‘zbekistonlik jangchilar faol ishtirok etib, ko‘plab qahramonlik ko‘rsatishgan. 
Xususan, garnizonda bo‘lgan AhmadAliyev, Doniyor Abdullayev, Bobokomil Kashanov, 
UzoqO‘tayev, Nurum Siddiqov, Madamin Xojiyev, YE.Liss, Rahimboy Arslonboyev, Saidahmad 
Boytemirov, F.Layenkov kabi o‘zbekistonlik jangchilar dushman bilan ayovsiz jang olib borgan. 
Dastlabki mudofaa janglari haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlab o‘tish muhimki, askarlarning 
qahramonligi, afsuski, urushning dastlabki kunlaridagi tartibsizliklar bilan bir butun bo‘lib qo‘shilib 
ketgan edi. Qizil armiyaning yalpi mudofaa fronti yo‘q edi. Dushman tashabbusni o‘z qo‘liga olib, 


216 
zarba berardi. Natija qizil armiya chekinishga majbur bo‘ldi. Juda ko‘p qurbon berildi, katta 
miqdorda texnika yo‘qotildi. 
Harbiy harakatlarning dastlabki uch haftasi mobaynida bosqinchilar armiyasi mamlakat 
ichkarisiga yuzlab kilometr kirib keldi. Dushman bir kechakunduzda taxminan 30 kilometr hududni 
bosib o‘tardi. Natijada Latviya, Litva, Estoniya, Moldaviya, Belorussiya va Ukrainaning janubiy 
qismlari bosib olindi. Urushning boshlang‘ich bosqichidayoqqizil armiyaningg‘arbiy chegaradagi 
170 diviziyasidan 28 tasi to‘liq safdan chiqqan, 70 tasi yarmigacha odami va jangovar texnikasidan 
mahrum bo‘lgandi. Stalin bunday chigal muammoni ham sinalgan ma’muriy-qatag‘on usulida hal 
qilishga intildi. Deyarli har kuni armiyalar, frontlarning qo‘mondonlari almashtirilardi. Bir qismi 
boshqalarniqo‘rqitish uchun otib tashlanardi.Stalin harakatdagi armiyaning o‘rta va oddiy tarkibiga 
nisbatan ham qo‘rqitishning ana shunday zolimona usulini tatbiq etdi. Masalan, uning 1941 yil 16 
avgustda e’lon qilgan buyrug‘iga binoan, asirga tushganlar o‘ta ketgan dezertirlar, ya’ni harbiy 
xizmatni tashlab ketganlar deb e’lon qilingan.Ularning oilalari esa «qasamyodni buzganlarning va 
Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash»ga mahkum etilgan.Bundan biroz vaqt o‘tib, ya’ni 
1942 yil28 iyulda mashhur 227 sonli buyruq e’lon qilinadi. Unga asosan to‘siqchi (zagraditelniy 
otryad) otryadlar va jarimachi (shtrafnoy batalyon) batalyonlar tashkil etish taklif qilindi. Ushbu 
yangi tuzilmalar orqaga chekingan askarlarni otib tashlashi kerak edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 
jarimachi batalyonlar safida 1,5 milliondan ortiq kishi bo‘lgan. 
Bunday zulmkor, vahshiyonoa stalincha choralar amalda ko‘p ham o‘zini oqlamadi. 1941 yil-
ning oktabriga kelib jangovar harakatlar borayotgan frontlardagi vaziyat nihoyatda og‘ir edi. 
Strategik jihatdan o‘ta muhim markazlar va aholi punktlari bosib olingandi. SSSR bu vaqtga kelib 2 
miliondan ortiq fuqarosidan yoki mavjud harbiy kontingentning 70 foizidan ortig‘idan ajralib 
bo‘lgandi. Shuningdek, 8,3 mingta tankidan, 43,3 mingta to‘pidan, 8,2 mingta samolyotidan 
ayrilgandi. Agar taqqoslaydigan bo‘lsak, dushmanning yo‘qotishlari unchalik ko‘p emasdi. 
Xususan, ulardagi yo‘qotishlar odamlar tarkibi bo‘yicha 0,5 million kishiga (qariyb 20 foiz), tanklar 
bo‘yicha 1,8 ming (qariyb 60 foiz), samolyotlar bo‘yicha 1,6 ming dona (30 foizdan ortiq)ga teng 
edi. 
Shu tariqa stalincha rahbariyatning noshudligi, qo‘pol xatolari tufayli millionlab odamlar 
qurbon bo‘ldi.Ana shunday og‘ir, murakkab vaziyat bo‘lishiga qaramay, jangchilardagi o‘ziga 
bo‘lgan ishonch saqlanib qolgandi. ular yurtni, Vatanni himoya qilishni oliy burch, sharaf deb bildi. 
Shu bois, ular nihoyatda charchagan, o‘q-dorilar va qurollar bilan yaxshi ta’minlanmagan bo‘lsa-da, 
dushman bilan ayovsiz jang qildi. Misol uchun, Smolensk jangi amalda uch oy - 10 iyuldan 10 
oktabrgacha davom etdi. Sovet qismlari bir oy mobaynida Odessa ostonalarida dushmanning 
ayovsiz hujumlarini qaytarishga erishdi. Gitlerchilar 1941 yil 8 sentabrda qamal qilgan Leningradni 
uch yilda ham bosib olishning uddasidan chiqolmadi. Bunday misollar ko‘plab keltirish mumkin. 
Jangchilar mardligi, qahramonligi, jasorati bois,urush harakatlari olib borilgan barchahududlarda 
dushmanga ana shunday ayovsiz zarba berildi, qarshilik ko‘rsatildi. Ular safida o‘zbekistonliklar 
ham bor edi. Odamlar Vatani uchun jon berib, ko‘kragini qalqon qilib yurtni himoya qilar ekan, 
stalincha rahbariyatning mustabidligiga, zulmkor, shafqatsiz choralarini qo‘llashiga aslo hojat yo‘q 
edi.
Vatanparvar jangchilar jasorati, qahramonligiga qaramay, stalincha rahbariyatning harbiy-
moddiy bazasini ta’minlashdagi qo‘pol xatolari va urushdan oldingi harbiy siyosatdagi nuqsonlar 
qo‘shilib,ayanchli oqibatlar yuzaga keldi. 1941 yilning kuziga kelib, frontdagi vaziyat hamon 
nemislar foydasiga hal bo‘layotgan edi. Dushman Moskvaga toborayaqinlashib qolgandi. Ana 
shunday og‘ir bir sharoitda Vatan himoyasiga otlangan keng xalq ommasi, shu jumladan, 
o‘zbekistonliklarning mislsiz kuch-g‘ayrat sarflashi, son-sanoqsiz qurbon berishi, o‘g‘lonlarimiz 
ko‘rsatgan matonat, jasorat evazigadushman nafaqat Moskva ostonasida to‘xtatib qolindi, balki 
Berlin tomonga g‘olibona yurish boshlashga muvaffaq bo‘lindi. 
Moskva jangi kunlari Sovet Ittifoqining hamma burchaklaridan, shu jumladan, 
O‘zbekistondan ham uzluksiz yordamchi kuchlar yetkazib turildi, u yerga harbiy eshelonlar 
jo‘natildi. Natijada qarshilik ko‘rsatish kuchlari kun sayin ortib bordi. Aksincha, bosqinchilarning 
hujumkorlik quvvati sezilarli ravishda pasayib bordi.1941 yilning 5 dekabriga kelib Moskva 
ostonalaridagi jangda hal qiluvchi onlar boshlandi. Sovet qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdi. 1942 
yilning yanvari oyi boshlarida dushman 100-250 kilometr orqaga chekinishga majbur bo‘ldi. Shu 
tariqa, Moskvaga bo‘layotgan bevosita tahdidga barham berildi. Bu gitlerchilarning Ikkinchi jahon 


217 
urushidagi ilk yirik mag‘lubiyati bo‘lib, «yashin tezligidagi urush» rejasining to‘la-to‘kis inqirozga 
uchraganini bildirardi. 
Moskva himoyachilarining jangovar saflarida O‘zbekiston vakillari ham munosib o‘rin 
egalladi. Xususan, mudofaa janglarining borishida Turkiston harbiy okrugida tashkil etilgan 316-
o‘qchi diviziyasi mislsiz jasorat ko‘rsatdi. Toshkentdagi harbiy va harbiy-siyosiy bilim yurtlarining 
180 nafar tinglovchisi diviziyaning qo‘mondonlik va siyosiy tarkibi o‘zagini tashkil etdi. 
Diviziyaga general-mayor I.Panfilov qo‘mondonlik kildi. Uning qo‘mondonligida diviziya 
o‘zlaridan bir necha baravar ustun dushman kuchlariga qarshi jang qilib, juda katta matonat, jasorat 
va qahramonlik ko‘rsatdi. Jangovar harakatlar mobaynida dushmanning 114 ta tanki, 5 ta samolyot 
va boshka ko‘plab texnikalari ishdan chiqarildi. 26 mingdan ortiq askar va zobitlari yo‘q 
qilindi.Shuningdek, Asosan O‘zbekistonliklardan iborat ushbu dviziya jangchilarining Volokolamsk 
yonida, Dubosekovo razyezdi yakinida, Novo-Petrovskda ko‘rsatgan jasoratlari yuksak harbiy 
mahorat va vatanparvarlik timsoli sifatida Ikkinchi jahon urushi tarixiga yozib qo‘yildi. Xususan, 
yurtdoshlarimiz Abdulla Tog‘ayev va Mamadali Madaminov Volokolamsk shossesida kechgan 
shafqatsiz janglarda 35 nafar fashistni yo‘q qildi. Leytenant Pilyugin to‘qqiz jangchisi bilan og‘ir 
mudofaa janglarida 43 nafar gitlerchini yer tishlatdi, 150 ta avtomat, 11 ming dona o‘q hamda oziq-
ovqat va kiyim-kechak ortilgan yuk karvonini qo‘lga kiritdi. 
Moskva jangi frontlarida o‘zbek xalqining mard va jasurqizlari ham mardona jang qildi. Ular 
orasida 28 fashistni yer tishlatgan Zeboxon G‘aniyeva ham bor edi. U ko‘rsatgan mardligi va 
jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi.FashistlarniMoskva ostonalaridayoqtor-mor 
etish juda muhim ahamiyatga ega edi. Shu bois, sovet hukumati «Moskva mudofaasi uchun» degan 
maxsus medal ta’sis etdi. O‘zbekiston jangchilaridan 1753 nafari ana shu medal bilan mukofotlandi.
Sovet armiyasining Moskva ostonalarida erishgang‘alabasi gitlerchilar qo‘shinlarining 
yengilmasligi haqidagi fikrlarningnoto‘g‘ri ekanini isbot etdi. Bu g‘alaba SSSRning xalqaro 
miqyosdagi obro‘-e’tiborini ham oshirib yubordi va boshqa frontlardagi ittifoqchilarning jangovar 
harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Qolaversa, fashizmga qarshi koalitsiya tuzilishini ham 
jadallashtirdi. 1942 yilning 1 yanvarida 26 ta davlat, jumladan, SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy 
fashistlar blokini tor-mor qilish maqsadidaharbiy va iqtisodiy resurslarni birlashtirish to‘g‘risidagi 
dekloratsiyani imzoladi. 1942 yilning kuziga kelib fashizmga qarshi koalitsiyaga 34 ta davlat 
qo‘shildi. Ushbu davlatlarningaholisi qariyb 1,5 milliard kishini tashkil etardi. Moskva 
jangidagig‘alabadan ruhlanganStalin 1942 yildayoq dushmanni butunlay yo‘q qilish maqsadida 
barcha frontlarda hujum boshlab yuborish to‘g‘risida buyruq berdi. 1942 yilning yanvarida 2000 
kilometr masofaga yoyilgan to‘qqizta front qo‘shinlari hujumga kirishdi. 
1942 yil qishki hujum kunlarida o‘zbek xalqining mard o‘g‘loniQo‘chqor Turdiyev nomi 
butun Janubiy-G‘arbiy frontga yoyildi. U janglarda bir necha marta mardlik va jasorat ko‘rsatib, 
yuksak darajadagi vatanparvarlik namunasini ko‘rsatgan edi. Ana shu xizmatlari tufayli Qo‘chqor 
Turdiyevga 1942 yilning may oyida “Sovet IttifoqiQahramoni” unvoni berildi. Afsuski, Vatan 
himoyachilarining jangovar jasoratlari sovet rahbariyati yo‘l qo‘ygan xatolarni, nuqsonlarni to‘la 
qoplay olmadi. 1942 yilning may-iyun oylarida qizil armiyaning barcha hujumkor operatsiyalari 
mag‘lubiyat bilan tugadi. Xususan, Leningrad qamalini yorib o‘tishga qaratilgan navbatdagi urinish 
barbod bo‘ldi. Krim frontiqaqshatqich zarbaga uchradi. Xarkovni ozod qilishga urinish 
muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Deyarli chorak million kishi qurbon bo‘ldi. Xalok bo‘lganlar orasida 
o‘n minglab o‘zbekistonlik jangchilar ham bor edi. 
1942 yilning birinchi yarmidagi hujum operatsiyalarining mag‘lubiyatga uchrashi sovet-
german frontidagi vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. 25 iyunda dushman Volga va Shimoliy 
Kavkazga hujum boshladi. Sovet qo‘shinlarining bir qismi qurshovda qoldi. Iyul oyining o‘rtalarida 
gitlerchilar Don daryosining katta burilish joyiga chiqib oldilar. Butun mamlakat ustiga o‘lim xavfi 
bostirib kela boshladi.1942 yilning yozi va kuzidagi dahshatli kunlarda Vatan taqdiri hal 
qilinayotgan og‘ir bir paytda mamlakat xalqlari, shu jumladan, O‘zbekiston xalqining yana bir 
olijanob fazilati namoyon bo‘ldi. Oktabrda o‘zbek xalqi o‘z jangchilariga ochiq xat bilan murojaat 
qildi. Ushbu maktubga respublikaning 2.412 ming aholisi imzo qo‘ygandi. Undagi «O‘zbek 
xalqining shonli an’analariga sodiq bo‘lingiz, jangda qo‘rqish nimaligini bilmangiz!», degan 
dav’atlar dushman bilan jon olib, jon berib ayovsiz kurashayotgan yurdoshlarimizga kuch, ishonch 
bag‘ishladi. Ular o‘z xalqi tomonidan otalarcha qilingan nasihatni, dav’atni sharaf bilan ado etdi.


218 
O‘zbekistonlik jangchilar Kavkazni himoya qilishda ham yuksak jasorat ko‘rsatdi. «Kavkaz 
mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlanganlar orasida 2974 nafar O‘zbekistonlik borligi ham 
fikrimizni to‘la isbotlaydi. Vatan himoyachilarining Kavkaz yunalishida olib borgan qahramona 
kurashi Stalingrad hududida nemis qo‘mondonligining hujumkorlik imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi.
Manfur dushman bilan Volga va Don daryolari sohillarida olib borilgan muqaddas jang 
yilnomasida ham O‘zbekiston vakillarining qahramonliklari yorqin sahifalarda bitilgan. O‘zbek 
xalqining maktubiga javob xatida g‘arbiy frontda jang qilgan o‘zbek jangchilari «Bizning muqaddas 
kurashimiz tobora yangi va yangi pahlavonlarni vujudga keltirmoqda», deb yozgan edi. Ular 
qatorida Adat Bobomurotovning nomini aytib o‘tish mumkin. U bir jangning o‘zida dushmanga 
tegishli4 ta tankni yo‘qqilgandi. Boboqul Abzalov esa 51 fashistni yer tishlatgandi. Harbiy frontda 
Qo‘ziboyev, Toshpo‘latov, Abdurasulov hamjasur jangchilar qatoridan o‘rin oldi. Stalingrad fronti 
qo‘shinlari qo‘mondoni general Yeremenko O‘zbekiston SSR hukumati nomiga yo‘llagan 
maktubida o‘zbekistonlik jangchilar haqida faxr bilan fikr bildirar ekan, «o‘zbekning yuragi — 
sherning yuragidir», deya ta’kidlagandi. Bu shunchaki aytilgan gap, oddiy e’tirof emas. Qolaversa, 
«Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan O‘zbekiston jangchilarining 2733 nafari 
mukofotlangani ham yuqoridagi e’tiroflarni isbot etadi. 
Volgadagi qal’a yonida qozonilgan g‘alaba katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U urushning 
borishida katta burilish bo‘lishiga asos yaratdi. Aynan ana shu g‘alaba orqali Germaniyaning 
g‘arbiy qudratiga va harbiy nufuziga putur yetdi. SSSR va uning qurolli kuchlarining esa xalqaro 
obro‘si oshdi. G‘alaba Yevropada ozodlik harakatining yuksalishiga, fashizmga qarshi 
koalitsiyaning mustahkamlanishiga imkon berdi.Kurskdagi jang esa burilish yili bo‘lgan 1943 
yilning muhim voqeasi bo‘ldi. Bu jangda fashistlar Germaniyasiga shunday qattiq zarba berildiki, 
bunday dushmanning o‘ziga kelishi qiyin edi. Xususan, ushbu jangdagitlerchilar qariyb 500 ming 
nafar askar va zobitidan ayrildi. 3 mingta tupi, 1500 ta tanki, 3,7 mingdan ko‘proq samolyotidan 
mahrum bo‘ldi. 
Mazkur g‘alabadan so‘ng, ya’ni 23 avgustda Sovet jangchilari Xarkovni ozod qildi, noyabrda 
Kiyevni vao‘ng sohil Ukrainasini dushmandan tozalash boshlandi. Ayni vaqtda hujum boshqa 
yo‘nalishlardaham rivojlanib bordi.Umuman, 1943 yildagi yozgi-kuzgi hujumlar 2000 kilometr 
front chizig‘i bo‘ylab avj oldirildi. Natijada Donbass, Taman yarimoroli, Ukrainaning so‘l sohili, 
Smolensk, Bryansk ozod qilindi, Dnepr kechib o‘tildi. Unga fashistlar qo‘mondonligi katta umid 
bog‘lagan edi. 1943 yilning oxiriga borib ilgari dushman bosib olgan hududning uchdan ikki 
qismini ozod qilishga muvaffaq bo‘lindi. 
Tabiiyki, erishilgan bu g‘alabalarga o‘zbekistonlik jangchilar katta hissa qo‘shdi. Xususan, 
1943 yil yozgi-kuzgi jangovar hujum operatsiyalarida O‘zbekistonda tashkil etilgan harbiy 
qo‘shilmalar faol ishtirok etdi. Ular orasida 29, 62, 69, 162-o‘qchi diviziyalar va boshqa harbiy 
qo‘shilmalar bor edi. Ularning shaxsiy tarkibi jang maydonlarida yuksak harbiy ta’lim va jasorat 
namunalarini ko‘rsatdi. Jumladan, 69-o‘qchi diviziyasi birgina 1943 yil fevral-marti oylarida Oryol-
Kursk yunalishidagi janglar vaqtida 39 ta aholi punktini ozod etdi, dushmanning 2 mingdan ortiq 
askar va zobitlarini yo‘q qildi.Orel-Kursk jangida Sovet Ittifoqi Kahramoni Ahmadjon Shukurov, 
Voldemar Shalandin, Mansur Abdullin, Ataulla Soliqov katta jasorat, mardlik ko‘rsatib, o‘z 
nomlarini so‘nmas shon-shuhratga burkab ketdilar.Ana shu jangdagi jasorati bois, minglab 
o‘zbekistonliklar orden va medallar bilan mukofotlandi. Dneprni kechib o‘tishda ko‘rsatgan 
qahramonligi uchun Qambarali Do‘smatov, Xudoybergan Shoniyozov, Xayrullo Aminov, 
O.Krsimxo‘jayev, P.Nurmonov, V.Nabiyev, Elboy Qoraboyev, F.Yo‘ldoshev, P.M.Rjevskiy, 
A.Uzoqov, N.A.Sarayev, N.A.Traynin, M.T.Koshelev kabi 100 ga yaqin yurtdoshlarimiz Sovet 
Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. 
Kursk yonidagi g‘alaba va undan keyingi ketma-kethujumlar urushga tub burilish yasadi. 
Strategik tashabbus to‘laligicha sovet qo‘mondonligi qo‘liga o‘tdi.Bu tashabbusni urushning 
oxirigacha saklab qolindi.Sovet kurolli kuchlarining 1943 yilgi janglarda erishgan g‘alabasi 
gitlerchilar koalitsiyasining barbod bo‘lishini tezlashtirdi. Yevropada ingliz-amerika qo‘shinlari 
operatsiyalarini amalga oshirish uchun kulay vaziyat yaratildi. 1943 yilning sentabr oyida - 
ittifoqchilar qo‘shinlari kelib tushgandan keyin Italiya Buyuk Britaniya va AQSH bilan yarashish 
bitimini imzoladi.Oktabrda Germaniyaga urush e’lon qildi va Mussolini rejimi quladi. 
1944 yilning boshlariga kelib nemis-fashist armiyasi bir necha bora mag‘lubiyatga uchrashiga 
qaramasdan jangovar qobiliyatinihali to‘la yo‘qotmagandi. Sovet armiyasiga qarshilik ko‘rsatish, 


219 
o‘zini himoya qilish uchun yetarli kuchga ega edi. Qolaversa, Gitlerchilar Germaniyasi va uning 
ittifoqchilari Ukraina, Belorussiya, Boltiqbo‘yining bir qismini o‘z qo‘lida saqlab qolgan hamda Le-
ningrad devorlari yonida, Kareliya ostonasida turardi. Yevropaning katta qismi ham gitlerchilar qo‘l 
ostida edi.1944 yilda sovet-german frontining shimoliy va janubiy qanotlarida bir vaqtning o‘zida 
keng miqyosli hujum operatsiyalari boshlandi. Yanvar-fevralda Leningrad, Volxov va 2-Boltiqbo‘yi 
frontlarining qo‘shinlari Boltiq floti bilan birgalikda «Shimol» armiyalari guruhiga qaqshatqich 
zarba berib, Leningrad va Novgorod viloyatlarini ozod qildi. Estoniya hududiga kirib, Finlyandiya 
chegarasiga chiqdilar. 
Ukrainaning o‘ng sohilini ozod qilish operatsiyasi kuchaytirildi. 1-Ukraina fronti va 2-
Ukraina frontining qo‘shinlari dushmanning Korsun-Shevchenko guruhini o‘rab olishdi. Aprelning 
o‘rtalarida 1-Ukraina frontining qo‘shinlari Karpat tog‘lari yonbag‘irlariga yaqinlashib qolgandi. 25 
mart oxiriga borib 2-Ukraina frontining qo‘shilmalari davlat chegarasigacha yetib bordi.1944 
yilning yozida Belorussiya ozod qilindi. Qizil armiyaning Kareliyadagi muvaffaqiyatli 
operatsiyalari Germaniya ittifoqchilaridan biri bo‘lgan Finlyandiyaning urushdan chiqishiga olib 
keldi. Dushmanning Boltiqbo‘yidagi 30 dan ortiq diviziyasi Latviyaning kichik bir hududiga siqib 
qo‘yildi va 1945 yilning may oyida asir olindi. Vilnyus, Tallin, Riga ozod etildi. Shu tariqa 
mamlakat hududi fashist bosqinchilaridan to‘la-to‘kis tozalandi. Bu jarayonga o‘zbekistonlik 
jangchilar ham salmoqli hissa qo‘shdi. Ularning jangovar jasoratlari sovet- german frontining 
barcha qismlarida amalga oshirilgan ozod qilish operatsiyalarida yaqqol namoyon bo‘ldi.Xususan, 
Ukrainada mardona jang qilgan qismlar safida Turkiston harbiy okrugida tashkil etilgan 13- 
gvardiyachi otliq Rovno diviziyasi, 213-yangi Ukraina diviziyasi, 563-otliq diviziya alohida o‘rnak 
ko‘rsatdi. Mazkur diviziya Korsun-Shevchenko operatsiyasida faol ishtirok etgani uchun Korsun 
diviziyasi degan faxrli nomga sazovor bo‘ldi. 
Belorussiya yerlarini fashistlardan tozalashda O‘zbekiston hududida tuzilgan 69 va 194-
gvardiyachi diviziyalar katta jasorat ko‘rsatdi. Nemis qo‘shinlarining qattiq qarshilik ko‘rsatishiga 
qaramay, mazkur diviziyalar jangchilari qisqa muddat ichida Belorussiyaning fashist bosqinchilari 
qo‘lida bo‘lgan Kovel, Turov, Bobruysk, Baranovichi, Slonim va boshqa shaharlari aholisini ozod 
qilishga muvaffaq bo‘ldi. 
Shuningdek, boshqa xarbiy tuzilmalar tarkibida jang qilgan o‘n minglab o‘zbekistonliklar 
mardlikda, jasoratda boshqalarga ibrat bo‘ldi. Misol uchun, Gomel viloyatidagi Shari daryosini 
kechib o‘tish chog‘ida Odil Vohidovning bo‘linmasi alohida ajralib turdi. O‘zbek o‘g‘lonlari ikki 
kun davomida kamchilik bo‘lishiga qaramay ko‘p sonli fashistlar bilan qattiq olishdi. Ular 
dushmanning 11 ta hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ayovsiz jang oxirida faqat ikki kishi — 
Vohidov va uning hamshahari Yuldosh Bahromov tirik qolgandi. Ular oxirgi granatalarini beliga 
bog‘lab, o‘z hayotlari evaziga dushmanning ikkita tankini yo‘qqilib, yuksak jasorat ko‘rsatdi.Urush 
davomida boshqa harbiy bo‘linmalarda xam o‘zbekistonlik qahramonlar soni ortib bordi. Xususan, 
Belorussiyani ozod qilish uchun olib borilgan janglarda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun serjant 
Soli Adashev, Ro‘zi Azimov, artilleriyachi M.P.Akimov, kapitan P.A.Arefyev, yefreytor 
M.A.Arutyunov, general-mayor A.I.Baksov, starshina I.Xo‘jayev, kapitan Rudom Yoqubov va 
boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. 
O‘zbekistonlik jangchilarning Boltiqbuyi respublikalarini fashist bosqinchilardan ozod 
qilishda olib borgan qahramona jangi Ikkinchi jahon urushi tarixiga uchmas sahifa bo‘lib kirdi. 
Boltiqbuyi janglaridagi jasorati uchun ko‘plab o‘zbekistonliklar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni 
bilan taqdirlandi. Ana shunday oliy mukofotga sazovor bo‘lganlar orasida o‘qchi O‘rinboy 
Abdullayev, starshina YE.I.Ivanin, serjant YEA.Voinshin, mayor B.A.Vinenskiy, kapitan 
A.I.Volkov, starshina O.P.Dadayev, starshina A.I.Shipin, katga serjant Ne’matjon Hakimov, 
A.Shokirov kabi mard jangchilar bor edi. 
Qizil armiyaning g‘oyibona hujumiga bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy omillar ham 
sabab bo‘lgandi. Bu jarayonda partizanlar harakati muhim o‘rin tutadi.Shu ma’noda, sovet-german 
urushi tarix sahifalariga umumxalq urushi sifatida kirgani bejiz emas. Urushning dastlabki 
kunlaridan boshlab fashistlar kutilmaganda aholining faol qarshiligiga duch keldi. Fashizmga qarshi 
kurashgan barcha frontlarda bo‘lgani kabi partizanlar harakatida ham o‘zbek xalqining minglab 
mard va jasur farzandlari bor edi. Bu haqda gapirganda asosan O‘zbekistonliklardan iborat 2-
Leningrad partizanlar brigadasi qahramonligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. 1942 yil fevralda 
mazkur brigada tuman markazida va yirik temir yo‘l stansiyasida joylashgan dushman garnizonini 


220 
tor-mor keltiradi. Partizanlar razvedkasining ma’lumotlariga qaraganda, fashistlar bu yerda katta 
kuchga ega edi. Operatsiya tunda boshlandi. 22 fevral kunduzi soat 11 larda esa dushman garnizoni 
tor-mor keltirildi. Natijada 650 nemis askari va zobiti, yirik o‘q dori ombori yo‘qqilindi, 13 ta dzoti 
ishdan chiqarildi. Shelon daryosi ustidagi ko‘prik portlatilib, dushman o‘tadigan yo‘l buzib qo‘yildi. 
Bu operatsiya vaqtida o‘zbekistonliklardan, ayniqsa, Odamboy Murotov, Nig‘mon Rajabov, 
A.A.Vasilyev, Yunus Nig‘matullin alohida o‘rnak ko‘rsatdi. 
O‘zbekiston vakillari ommaviy partizanlar urushining markazi bo‘lib qolgan Belorussiyada 
ham ana shunday mardonavor jang qildi. O‘zbek xalqining jasur o‘g‘loni Mamadali Topiboldiyev 
belorus partizanlari orasida hakli ravishda katta obro‘-e’tibor qozongandi. U o‘zining jangovar 
jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. Belorussiya 
partizanlarining qahramonona harakati yilnomasiga G‘affor Sultonov, Tursun Islomov, Yevgeniy 
Dudkin, Xolmat Tursunov, Vladimir Alyoxin, Jonibek Otaboyev, Oxunjon Kahhorov va boshqa 
yuzlab o‘zbekistonliklarning nomlari oltin harflar bilan bitildi. Ular Belorussiya tuprog‘ida 
mardlarcha jang qilgandi. 
O‘zbekistonlik partizanlar Ukraina tuprog‘ida ham yuksak jasorat namunalarini ko‘rsatdi. 
O‘zbekistonlik partizanlarning janglardagi mardligi, qahramonligi kun sayin ortib bordi. Bu 
jasoratlar Ikkinchi jahon urushi tarixining o‘chmas sahifasiga kiritildi. O‘zbekistonliklarning 
Yevropa xalqlarining fashizmga qarshi kurashiga qo‘shgan hissasiham alohida e’tirofga loyiq. 1944 
yil kuzining o‘rtalarida SSSR chegaralari deyarli butunlay tiklandi. Dushman quvib chiqarildi. 
Lekin sovet mamlakati hududini ozod qilish ayni vaqtda qo‘shni Polsha, Ruminiya, Bolgariya, 
Vengriya, Chexoslavakiya davlatlarini ham dushmandan tozalash bilan birgalikda olib borildi. Bu 
hol butunlay boshqacha vaziyatni yuzaga keltirdi. Sovet qismlari kirib borgan mamlakatlar 
aholisining aksariyati nemis-fashist bosqinchilari rejimini qabul qilmagan edi. Shuning uchun ham 
sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga ozod qiluvchi armiya sifatida kirib borgandi. 
Yevropani ozod qilishga o‘zbekistonlik jangchilar ham salmoqli hissa qo‘shdi. Xususan, 
Polshani ozod qilish uchun olib borilgan og‘ir janglarda birinchi o‘zbek generali S.Rahimov 
qo‘mondonligidagi 37-gvardiyachi Rechitsk o‘qchi diviziyasi juda katta jasorat ko‘rsatdi. Diviziya 
qo‘mondonining jangovar mahorati, mardligi evaziga kam yo‘qotish bilan dushmanning yirik 
tayanch punktlari egallandi. Ular Polshaning Grudzendze, Dzyaldovo va boshqa shaharlarida 
joylashgandi. 1945 yilning martida general S.Rahimov diviziyasi Dansig ostonalariga yaqinlashib 
bordi. Bu yerda dushman 50 mingdan ortiq askarlarini, ko‘p mikdordagi artilleriya va harbiy-dengiz 
floti kemalarini to‘plagan edi. Jang juda og‘ir kechdi.Lekin S.Rahimovning diviziyasi gitlerchilar 
qo‘shinlarining qattiqqarshiligiga qaramay, shaharga birinchilardan bo‘lib kirdi. Afsuski, 1945 yil 
25 martida S.Rahimov qattiq yaralandi va halok bo‘ldi. Rahimovchilar dushmanni tor-mor etib, 
sevimli qo‘mondonining o‘limi uchun qasos olishga erishadi. Lekin o‘zbek generalining jangovar 
jasorati o‘z vaqtida taqdirlanmadi. Faqat oradan yigirma yil o‘tganidan so‘ng, 1965 yilning 6 
mayida unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. 
O‘zbekistonda tashkil etilgan 298-gvardiyachi o‘qchi diviziyasi, 16-gvardiyachi Uman 
mexanizatsiyalashgan diviziyasi va 30-gvardiyachi Taganrog o‘qchi diviziyasi jangchilari 
Janubisharqiy Yevropa xalqlarini ozod qilishda shonli jangovar yo‘lni bosib o‘tdilar. Ular 
Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriyani ozod qilishda ishtirok etdilar. Fakdt «Budapeshtni 
ozod qilish uchun» medali bilan hamyurtlarimizdan 2430 kishi mukofotlandi. 
Aprelning o‘rtalariga kelib sovet-german frontida nemis-fashist qo‘shinlarining asosiy 
guruxlari tor-mor keltirildi, deyarli butun Polsha, Vengriya, Chexoslovakiyaning sharqiy qismi va 
Avstriya ozod qilindi. So‘nggi hal qiluvchi jang — Berlin uchun jang oldinda turardi. Bu jang 
haddan tashqari shafqatsiz jang bo‘ldi. O‘zbekistonning ko‘pgina tuzilmalari o‘zlarining shonli 
yo‘lini shu yerda tugalladi. Bular 12-gvardiyachi II darajali Suvorov ordenli o‘qchi diviziya bo‘lib, 
so‘nggi janglar vaqtida uning jangchilaridan Toshpo‘lat Ashurov, Umar Ashurov, Rahmon 
Qurbonov, Nishon Usmonov, Abduvoxid Yuldoshev va boshqalar mukofotlangan edi. 162-o‘qchi 
diviziyadan o‘zbekistonlik jangchilar Hamrodil Boboyev, Qodir Mo‘minov, Saul Rajabov, 389-
o‘qchi diviziyadan M.I.Karimov, F.X.Davletshin, I.YE.Dukov, N.A.Kutsenko, M.M.Mirzakalonov, 
N.I.Chursin janglarda alohida o‘rnak ko‘rsatdilar va jangovar mukofotlar bilan taqdirlandilar. 
Berlin osmonida kuzatuvchi-uchuvchi Plis Nuriyeisov halok bo‘ldi, u Germaniyada davo 
razvedkasi olib borib, 256 soat o‘qchi, jangovar topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. Plis Nurpeisovga 
o‘limidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi. Motoo‘qchi batalyoni otuvchisi To‘ychi 


221 
Nazarov hal qiluvchi paytda atakaga ko‘tarildi va o‘z ortidan boshqa jangchilarni ergashtirdi, bu esa 
vzvodga Oder daryosining g‘arbiy sohilida mustahkamlanib olish hamda qolgan bo‘linmalarning 
kechib o‘tishini ta’minlash imkonini berdi. T.Nazarov Sovet IttifoqiQahramoni unvoniga sazovor 
bo‘ldi. Yuksak jangovar g‘arbiy mahorati uchun S.Lutfullin, I.Murzin, A.Rahimov, M.Fayozov, 
A.Hakimov va boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni Oltin Yulduziga sazovor bo‘ldilar. 
1945 yil 2 mayda Berlin mag‘lub bo‘ldi, 9 mayda esa Germaniyaning suvsiz taslim 
bo‘lganligi haqidagi hujjatga imzo qo‘yildi. Bu g‘alaba Vatan himoyasi, uni fashizmdan ozod qilish 
yo‘lida olib borilgan og‘ir va qonli kurashning yakuni edi. 
O‘zbekistonliklarning qarshilik ko‘rsatish harakatida ishtirok etishi, kuchli va makkor 
dushmanning mag‘lubiyatga uchrashi SSSR va Yevropa xalqlarining ozodlik uchun olib borgan 
mardonavor kurashining birga qo‘shilishi natijasi bo‘ldi. Lekin, shuni alohida ta’kidlash joizki, 
sovet-german frontida dushman qo‘shinlari bilan shafqatsiz qurolli to‘qnashuvda sovet 
askarlarining jangovar jasoratlari asosiy hal qiluvchi rol o‘ynadi. SSSRning Yevropa xalqlariga 
german fashizmi zulmidan ozod bo‘lishida ko‘rsatgan yordami behisob bo‘ldi. Bu yordam jangovar 
harakatlar maydonida dushmanning qurolli kuchlarini faollik bilan tor-mor keltirish bilan bir 
qatorda ittifoq hududida, shuningdek, Yevropa davlatlarihududida milliy tuzilmalar tashkil etishda, 
partizanlar harakatini qo‘llab-quvvatlashda, harbiy kadrlar tayyorlashda, qarshilik ko‘rsatish 
harakatlariga yordam berishda o‘z ifodasini topdi. 
Sovet qurolli kuchlarining dushmanni tor-mor keltirishdagi hal qiluvchi rolini ta’minlashda 
O‘zbekiston xalqining sezilarli o‘rni bor. Uning Yevropa xalqlariga baynalmilal yordam 
ko‘rsatishning boshqa shakllarini namoyon qilishdagi roli ham salmoqlidir. Masalan, O‘zbekiston 
ittifoqchilar armiyalariga va SSSRhududida tashkil etilgan milliy harbiy tuzilmalarga harbiy kadrlar 
tayyorlashda ko‘mak berdi. Bu yordam mutaxassis kadrlarni, ko‘mondonlik tarkibini bilim 
yurtlarida o‘qitish, maktablar va kurslarda ta’lim berish, tuzilayotgan qo‘shilmalarning zobitlar 
korpusini jangovar harakatlarda o‘zini kursatgan o‘zbekistonlik eng yaxshi harbiylar bilan 
to‘ldirishda namoyon bo‘ldi. 
O‘zbek xalqining yordami Yevropadagi qarshilik ko‘rsatish harakatini avj oldirishda xam 
yaqqol ko‘zga tashlandi. Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda, partizanlar tuzilmalarida, 
Yevropa davlatlaridagi yashirin qo‘poruvchilik guruhlarida 40 mingdan ortiq sovet fuqarolari 
ishtirok etgan. Ulardagi salmoqdi o‘rinni hamyurtlarimiz egallashgan. 
Vatandan uzoqda bulgan o‘zbekistonliklar urushning boshlang‘ich bosqichida Polshada 
qarshilik ko‘rsatish harakatini avj oldirishda, ayniqsa, salmoqli hissa qo‘shdilar. Ular deyarli har bir 
partizanlik tuzilmasida jang qildilar. 1941—1943 yillar davomida asirlikdan qochgan 
o‘zbekistonliklar gitlerchilar tomonidan bosib olingan barcha Yevropa mamlakatlaridagi «qarshilik 
ko‘rsatuvchilar» saflarini to‘ldirgan edilar. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, Yugoslaviyadagi xalq 
ozodlik armiyasi qismlarida va partizanlar tuzilmalarida kamida 6100 sovetfuqarosi qatnashgan. 
Ular orasida 260 dan ko‘proqo‘zbekistonliklar bor edi. 
Sloveniya, Bosniya-Gersogovina, Serbiya, Makedoniya hududlarida fashistlarning saralangan 
diviziyalariga qarshi ayovsiz janglarda samarqandlik Lev Kalontarov, Galina Gritsenko, farg‘onalik 
Uskanboy Xolmatov, kattaqo‘rg‘onlik Qulmamadaliyev, toshkentlik Y.F.Rijok, andijonlik 
Mamatxon Jalilov va boshqa ko‘pgina o‘zbekistonlik ug‘lonlar o‘z nomlarini abadiy sharafga 
burkadilar.Bizning hamyurtlarimiz G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining qarshilik ko‘rsatish 
harakatida faol ishtirok etdilar. O‘zbekistonda tug‘ilib voyaga yetgan, urush tufayli Italiya, Fran-
siya, Norvegiya, Avstriya, Germaniyaga borib qolgan hamyurtlarimiz fashizmga qarshi olib 
borilayotgan kurashga qo‘shildilar. Ular qo‘poruvchilik ishlarini uyushtirdilar, qo‘lda qurol bilan 
gitlerchi bosqinchilarga qarshi partizanlar otryadlarida jang qildilar. Masalan, Italiyadagi 
garibaldichilar saflarida o‘zbekistonlik Stepan Opavasenko, Ahmad Mamajonov, Mixail 
Mirumyans, Vladimir Greyev, Turg‘un Qo‘chqorov, Sharip Samatov, Petr Kolesnikov va boshqa 
mard hamyurtlarimiz qahramonona jang qildilar. Rahmon Rahimov, Sergey Petrov, Nasib Amirov, 
Seriboy Shomurodov, Hasan Jabborov, Tojiboy Ziyayev, Andrey Ayrapetov, Hoshim Ismoilov kabi 
o‘zbekistonlik jangchilarning nomlari Fransiyadagi qarshilik ko‘rsatish harakati tarixiga abadiy 
yozib qo‘yildi.Sovet kishilarining Germaniya tuprog‘ida fashizmga qarshi kurashi o‘ziga xos shakl 
kasb etdi. Bu harakat asosan dushman tomonidan asirlikka olingan jangchilar va haydab ketilgan 
sovet fuqarolari orasida yuz berdi. Vatanparvarlar harbiy asirlar va konsentratsion lagerlarda 


222 
yashirin tashkilotlar tuzdilar, ishlab chiqarishda buzg‘unchilik uyushtirdilar, butun kuchlari bilan 
dushman uyasidagi gitlerchilar armiyasining jangovar qudratini zaiflashtirishga harakat qildilar. 
Musa Jalil german kanslagerida tashkil etgan yashirin guruhning jasorati butun dunyoga 
mashhur bo‘ldi, uning jangovar safdoshlari O‘zbekistonning jasur o‘g‘lonlari — Fuat 
Sayfulmulyukov, Garif Shabayev, G‘ani Qurbonov, Farim Sultonbekov,G‘affor Faxritdinovlar edi. 
Ma’lumki, nemis qo‘mondonligi o‘zining harbiy-siyosiy manfaatlarini ta’minlash maqsadida «oq» 
muhojirlar va SSSR aholisining turli qatlamlari orasida sovetlarga qarshi kayfiyatdagilardan faol 
foydalanishga urindi. Xuddi shunday «vositadan» fashizmni tugatishda va Germaniyada «yangi 
hukumat tashkil qilish»da Stalindan foydalangan edi. 1941 yil dekabrida gitlerchilar rahbariyati asir 
olingan sovet generali Lukinga va u bilan birga qo‘lga tushgan harbiy boshliqlar guruhiga 
stalinizmga qarshi kurash olib boruvchi ruslarning muxolif hukumatini tashkil etishni taklif qildi. 
Germaniyada istiqomat qilayotgan Turkiston muhojirlariga ham muayyan vazifalar taklif qilib 
ko‘rildi. Bolsheviklar rejimi tomonidan quvg‘in qilingan Turkiston milliy ziyolilari vakillari urush 
boshlanishi bilan O‘rta Osiyo xalqlarini zulmkor kommunistik diktaturadan xalos bo‘lish 
imkoniyatlarini ko‘rdilar. Ular orasida 1941—42 yillar bo‘sag‘asida milliy vakolatxona tuzish 
harakati ko‘zga tashlandi. Natsistlar rahbariyati bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Milliy g‘oyani 
o‘zlarining uzoqni ko‘zlagan g‘arazgo‘ylik rejalarini amalga oshirishning samarali vositasiga 
aylanishiga umid bog‘ladilar.
1942 yil noyabrda Berlinda «Turkiston milliy qo‘mitasi» tashkiliy jihatdan qaror topdi, uning 
prezidenta qilib Vali Qayumxon tayinlandi. U toshkentlik o‘zbek bo‘lib, 1922 yili 17 yoshida 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining yoshlari qatorida Germaniyaga o‘qishga kelgan edi. Biroq 
mustabid tuzum hukmdorining «burjua» oliy uquv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarga nisbatan 
qatag‘onlar uyushtirishi (bu hol 20-yillarning ikkinchi yarmida yakqol namoyon bo‘lgan edi), 
ularning o‘z vatanlariga qaytishlariga imkon bermadi. Gitlerchilarning yuqori siyosiy tabaqasini 
sovet rejimiga muqobil bo‘lgan hukumatlar tashkil qilish emas, balki qarshilik ko‘rsatuvchi 
jangovar qobiliyatga ega bo‘lgan kuchlarni vujudga keltirish ko‘proq qiziqtirardi, bu kuchlar milliy 
g‘oya bayrog‘i ostida unitar Sovet davlatining keng milliy qatlamlarini o‘z ortidan ergashtirishga 
qodir bo‘lishi lozim edi. Ana shu maqsadda milliy harbiy tuzilmalar tashkil etishga ko‘proq e’tibor 
qaratildi. 
Bu xildagi harbiy qism Turkiston batalyoni bo‘lib, u 1941 yil kuzida tashkil qilingan edi. 
Lekin u hali muntazam harakatdagi bo‘linma emasdi. Faqat 1942 yil dekabrda Vermaxtning Oliy 
qo‘mondonligi o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoqlardan iborat «Turkiston legioni»ni 
tashkil qilish to‘g‘risida rasman farmoyish berdi. Ayni bir vaqtda «Gruzin» va «Arman» 
legionerlari ham tuzildi. Bu milliy legionerlar rasmiy jihatdan o‘sha davrda tashkil etilgan rus 
ozodlik armiyasi (ROA) tarkibiga kirardi, unga general A.A. Vlasov rahbar qilib qo‘yilgan edi. 
Milliy harbiy bo‘linmalarga asosan harbiy asirlardan xohlovchilarni, bundaylar topilmasa, 
majburiy asosda yozib qo‘yilar edi. Bunday harakatlar muayyan miqdoriy natijalar berdi. Turli 
«milliy» tuzilmalarda urushning oxiriga kelib, sovet harbiy asirlaridan 1 mln.ga yaqin kishi bor edi. 
Biroqular gitlerchilar kutgan «zarbdor kuchga» aylanmadilar. Dushman tomoniga ongli ravishda 
o‘tgan va qo‘lida qurol bilan natsistlarning «yangi tartibi»ni urnatishga faol yordamlashishga qaror 
qilgan harbiy asirlarning salmog‘i unchalik ko‘p emasdi. Asosan, legionerlar frontga yuborishsa 
o‘zimiz tomonga o‘tib olamiz, degan umid qilishgan edilar. Lekin gitlerchilar ulardan o‘z 
manfaatini ko‘zlab, ularni og‘ir vaziyatga tushkanidan foydalanib, vataniga qarshi qilishga harakat 
qilishdi.
Legionerlarga ijtimoiy-siyosiy baho berish ham murakkabligicha qolmoqda. Sovet 
tarixshunosligida ular bir xilda, sovet xalqining «sotqinlari» deb ta’riflangan. G‘arbiy 
tarixshunoslikda, keyingi vaqtlarda esa, bizning matbuotimizda ham «ko‘ngillilar» — bular 
mustabid tuzumga qarshi g‘oyaviy kurashchilar, nemis armiyasi yordamida stalincha zulmdan 
mamlakatni ozod qilish uchun qurolli kurash olib borishga tayyor turgan kishilar edi deb 
baholanmoqda. Umuman, «Turkiston legioni» masalasida turlicha fikrlar mavjud. Bu masalani 
chuqur o‘rganish va xolisona baho berish tarixchi olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 
Legionerlar nemis qo‘mondonligining siyosiy deklaratsiyalari soxta va xom hayoldan iborat 
ekanligini yaxshi tushunib, jon-dillari bilan jang qilmas edilar. O‘z navbatida gitlerchilar rahbariyati 
ham «Turkistonning mustaqilligi uchun yangi kurashchilar»ga shubha bilan munosabatda 
edi.Qo‘mondonlikning farmoyishiga ko‘ra, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, har bir rotaga 


223 
nemis zobitlari boshchilik qilgan. O‘rta Osiyoliklardan juda borganda rota yoki vzvod 
komandirining o‘rinbosari lavozimiga qo‘yilgan, xolos. Masalan, turkistonlik legionerlarning 
yuqori komandirlaridan biri O‘rta Sharq bo‘yicha yirik nemis mutaxassisi, professor, general Oskar 
Ditter Nidermayyer bo‘lgan, 450-Turkiston batalyoniga esa, mayor Moler qo‘mondonlik qilgan va 
hokazo. 
Shu sababdan ham «Turkiston legioni» mavjud bo‘lib turgan qisqa vaqt ichida uning qoshida 
«ko‘ngillilar»ning ko‘pgina yashirin guruhlari yetishib chiqdi, ular qarshilik ko‘rsatish harakati 
jangchilari va partizanlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Masalan, 1943 yil yoz faslida 3-Turkiston 
batalyonining bir guruh askarlari Belorussiyaning Rechitsa shahrida bo‘lib, partizanlar bilan aloqa 
o‘rnatdilar va gitlerchilarga qarshi hamkorlikda kurashdilar. Biroq, natsist agentlari yashirin guruhni 
topishga muvaffaq bo‘ldi. «Ko‘ngillilar» batalyoni tarqatib yuborildi, uning shaxsiy tarkibi 
Germaniyadagiog‘ir ishlariga jo‘natildi. 
1943 yil sentabrda Desna daryosi yonida Bogdan Xmelnitskiy ordenli 74-o‘qchi diviziyasi 
jang qilardi. Ayovsiz janglar avj olgan bir paytda Kupchixa qishloqhududida dviziya tomoniga 
Abdulla Otaxonov boshchiligida to‘liqqurollangan, artilleriya va yuklari bilan 370 kishidan iborat 
Turkiston batalyoni o‘tadi. Keyinchalik bu qismlar sovet qo‘mondonligi tomonidan «ishonchsiz» 
sifatida Sharqiy frontdan chetlatiladi. 
1943 yilning bahorida «Turkiston legioni»da yana fashistlarga qarshi yashirin vatanparvarlar 
guruhi tashkil qilinadi. Biroq, fashist agentlari bu gal ham bundan xabar topadilar. Gestapo may 
oyida shubha ostiga olingan to‘rt kishini, shu jumladan, yashirin harakatning faol qatnashchisi 
Rahmonqul Xudoyberganovni otib tashlaydi. Lekin bu hol kishilarning irodasini bukolmadi. 
Legionerlar jangovar harakatlarda ishtirok etib, har bir qulay fursatda mahalliy partizanlar bilan 
bog‘lanib turdilar va ular tomonga o‘tdilar. Masalan, 1944 yilning yanvarida «Turkiston legioni» 
Yugoslav partizanlariga qarshi kurashish uchun Chernogoriyaga yuborilgan paytda legionerlarning 
katta otryadi (ular tarkibida o‘zbeklardan 28 kishi bor edi) S.Fayziyevning ishorasi bilan fashistlarni 
yo‘q qildilar va qurollar hamda o‘q-dorilarni otlarga ortib tog‘dagi partizanlar huzuriga jo‘nab 
ketdilar.O‘zbekistonliklar SSSRdagi boshqa xalqlarning vakillari kabi Yevropa mamlakatlarining 
qarshilik kursatish harakatlarida faol ishtirok etib, umumiy dushmanni tor-mor keltirishga munosib 
hissa qo‘shdilar. 
Nemis-fashist qo‘shinlarining Yevropada tor-mor keltirilishi Ikkinchi jahon urushining 
so‘nggi uchog‘ini Osiyo mintaqasida tugatish uchun qulay sharoit yaratdi. Yaponiyaga qarshi urush 
1945 yil 9 avgustga o‘tar kechasi sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi. Ular rejaga ko‘ra 
asosiy zarbani Manjuriyada joylashgan va 1 mln.dan ortiq askarga ega bo‘lgan Kvantun armiyasiga 
qaratdilar. Janglarda Mongoliya xalq-inqilobiy armiyasi qo‘shinlari ham qatnashdi. Mutaasiblarcha 
kayfiyatdagi yapon qismlari, ayniqsa, o‘limga mahkum etilgan bo‘linmalar zo‘r berib qarshilik 
ko‘rsatdilar. Sovet qo‘shinlari kuch jihatdan ustunlik qilsalar ham sezilarli talafot ko‘rdilar. Har ikki 
tomondan qurbon bo‘lganlar oqimi ortib bordi. 17 avgustda Kvantun armiyasining Bosh 
qo‘mondoni general O.Yamada o‘z qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga buyruq berdi. 
Shunga qaramasdan, Oliy Bosh qo‘mondon farmoyishiga ko‘ra sovet qo‘shinlarining hujum ope-
ratsiyalari davom ettirildi. 
Avgustning oxirida sovet armiyasining bo‘linmalari Janubiy Saxalinni, Kuril orollarini 
egalladilar. Koreyaga desant tushirdilar, uning butun shimoliy qismini to 38-parallelgacha 
egalladilar. 1945 yil 2 sentabrda Tokio buxtasidagi Amerikaning «Missuri» kreyseri bortida 
Yaponiyaga qarshi urushda qatnashgan barcha mamlakatlar vakillari ishtirokida Yaponiyaning 
so‘zsiz taslim bo‘lganligihaqidagi hujjatni imzolash marosimi bo‘ldi. Sovet qo‘shinlari Uzoq 
Sharqdagi urush kampaniyasini 24 kun ichida yakunladilar. 
O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tor-mor keltirishga ozmuncha ulush 
qo‘shmadilar. Ular Uzoq Sharq hududidagi barcha janglarda faol qatnashdilar. Yaponiya bilan olib 
borilgan janglarda hamyurtlarimiz yuksak jangovar faollik va harbiy mahoratni namoyish qildilar. 
Ular orasida leytenantlar N.Latipov, A.A.Karimov, kichik leytenat U.Doniyorov, jangchi 
P.Rismatov, katta serjant V.I. Zelenskiy, yefreytor Usanov, sanitar Eshonov va O‘zbekistonning 
boshqa jasur o‘g‘lonlari bor edi. 
Shunday qilib, O‘zbekiston jangchilari german fashizmi va yapon militarizmi ustidan 
qozonilgan g‘alabaga, Yevropa va Osiyo xalqlarini chet el bosqinchilaridan ozod qilishga munosib 


224 
hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonliklarning janglarda ko‘rsatgan jasorati Ikkinchi jahon urushi g‘olibona 
yakunlanishining muhim tarkibiy qismi bo‘ldi. 
SSSR va Yevropadagi ko‘pgina mamlakatlar O‘zbekiston o‘g‘lonlari va qizlarining jangovar 
harakatlarini, frontida ko‘rsatgan mislsiz mardlik va jasurligini yuqori baholab, ularni yuksak 
mukofotlar bilan taqdirladilar. 120 ming o‘zbekistonlik jangchilar hukumat orden va medallari bilan 
mukofotlandi. O‘zbekistonliklardan 280 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, 
ulardan 75 nafari o‘zbek edi. O‘zbekiston jangchilaridan 82 kishi «Shuhrat» ordenining uchala 
darajasi bilan mukofotlandi. Hamyurtlarimizdan bir necha ming kishi Italiya, Angliya, Fransiya, 
Yugoslaviya, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning ordenlari bilan 
mukofotlandilar. 
Qizil armiya jangchilarining anchagina qismi sovet-german urushining eng og‘ir boshlang‘ich 
davrida asirga tushib qolgan edi. Germaniya ma’lumotlarigaqaraganda,qizil askar va zobitlardan 
deyarli 3,6 mln. kishi asirda bo‘lgan. Nyurnberg sudida 3,9 mln. asir borligi aytilgan edi, ulardan 
1942 yilning boshlarida 1,1 mln. kishi omon qolgan. Frontda ham, tinch hayot vaqtida ham asirga 
tushganlar bor, lekin hamma ham qahramon bo‘lavergan emas. Qo‘rkoklar ham, ablaxlar ham, 
tepsa-tebranmaslar va jur’atsizlar ham — har xil toifadagi kishilar bo‘lgan. Lekin asirlarning asosiy 
qismi yaradorlar, qurolsizlar, qarshilik kursatish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar edi. Stalin esa 
asirga tushganlarning hammasini «qo‘rqoq va sotqinlar» deb e’lon qildi. Stalincha mantiqqa binoan 
ularning hammasi yo‘qqilinishi lozim edi. 
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra urush yillarida asirga tushganlarning umumiy soni 6,2 mln. 
kishini tashkil qilgan. Harbiy asirlar nemislarning konslagerlarida bo‘lib, do‘zax azoblarini 
o‘taganlar. Bunga hamma ham bardosh bergan, deb bo‘lmaydi. Lekin asirlarning asosiy qismi 
qarshilik ko‘rsatgan, imkon bo‘lishi bilan kochgan. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, qochishga 
urinish vaqtida deyarli 1 mln. asir o‘ldirilgan. Faqat, 200 mingga yaqin kishi «o‘zimiz»nikilarga 
kelib qo‘shilishga muvaffak bo‘lgan. Ular uchun maxsus tekshirish lagerlari tashkil etilgan, bu 
tekshirish ko‘pincha fashistlar lagerini sovet lageri bilan almashtirishga olib kelgan.Stalinning 
davlat mashinasi ozod qilingan harbiy asirlarga nisbatan juda qattiqqo‘llik qilgan. 
Umuman, urushning oxiriga kelib 6,2 mln. asirdan 4 mln. kishi halok bo‘ldi. Taxminan bir 
million kishi «vlasovchilar»ga qo‘shilishdi. Shunday qilib, omon kolgan asirlar soni bor-yo‘g‘i bir 
milliondan sal ko‘proq edi. Stalin esa ular bilan «stalinchasiga» muomala qildi: ulardan 60%i dan 
ko‘prog‘i «GULAG arxipelagi» turmasiga yuborildi. Aybsiz hukm qilinib, sovet konslagerlariga 
jo‘natilgan yoki otib tashlanganlar orasida hamyurtlarimiz ham ozmuncha emasdi. Ulardan 
toshkentlik S.Abdullayevni, Nukusdan L.Popovni, Andijondan K.Abramovich va P.Rustamovni va 
boshqa ko‘plab stalincha katag‘on qurbonlarini sanab o‘tish mumkin. Taxminiy 
hisoblargaqaraganda,o‘zbekistonlik harbiy asirlardan 15 mingdan ortiq kishi «sotqinlik»da 
ayblanib, sovet konslagerlariga yuborilgan. Oradan ko‘p yillar o‘tgandan keyingina ular oqlanishdi 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish