O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet78/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Birinchi bosqich (1997 – 2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida Ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi.
Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillar)da Milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.
Mamlakatimizning me'moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me'moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey – qo‘riqxonalarida butun dunyodagi eng nodir tarixiy yodgorliklar, me'moriy obidalar, monumental san'at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e'tirof etilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2000 yil boshlarida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylar 1.350 ming eksponantlarga ega bo‘lgan. Hozirda ularning soni yana boyitib borilmoqda. 2001 yilda respublika teatr san'atida muhim tarixiy voqyea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi.
O‘zbekiston hukumati «O’zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 30 mayda qabul qilingan «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qarorga muvofiq «O’zDAEWOOavto» uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996 – 2006 yillarda lak – bo‘yoqlar, avtomobil o‘rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg‘i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «O’z – Dong Ko», «Yan Ko», «O’z – Sem Yun Ko», «O’z – Dong Von Ko», «O’z – Tong Xong Ko», «O’z – Karam Ko», «elektromash», «Meridian» kabi 75 ta yangi qo‘shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi.
1999 yil oktyabrda Janubiy Koreyadagi yirik «eksimbank» bilan «O’zDAEWOOavto» zavodini moliyaviy jihatdan qo‘llab – quvvatlash bo‘yicha bitim tuzildi va «DAEWOOMotors» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O’zDAEWOOavto» zavodida «Matiz» va «Neksiya – 2» rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. «O’zDAEWOOavto» zavodiga 2000 yil yanvarda «ISO - 9001» sertifikati berildi.
2001 yil avgustda «O’zDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga to‘la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‘or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan «Matiz» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2003 yilda yana bir liniya barpo etilib, «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004 yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2007 yil oktyabr oyida «O’zDAEWOO» avto negizida «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «GM O’zbekiston» qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Natijada Asakada dunyoda mashhur «Shevrale» avtomobillari — «Captiva», «Epika», «Takuma» rusumli engil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
2010 yilda «Shevrale» avtomobili – «Spark» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari aniq maqsadni ko‘zlab va tizimli amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishning barqaror yuqori sur'atlariga erishilganligi qayd etildi.
2014 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 8,1 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi – 6,9 foizga, kapital qurilish hajmi – 10,9 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 14,3 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor tovarlar tashkil etdi.
Inflyasiya darajasi 6,1 foizni tashkil etdi, bu prognozdagidan ancha pastdir. Davlat byudjeti, soliq yuki 20,5 foizdan 20,0 foizgacha kamaygani va foydadan olinadigan soliq stavkasi 9 foizdan 8 foizgacha pasaygani holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etildi. Bank tizimini qayta isloh qilish va mustahkamlash 2014 yilda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasini 12 foizdan 10 foizgacha pasaytirish va tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz stavkasini tegishlicha kamaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
2015 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mutanosibligi, davlat byudjeti va to‘lov balansining barqaror ravishda profitsit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zaxiralarining o‘sishi ta'minlanmoqda.
2015 yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiya kiritildi va bu asosiy fondlar umumiy hajmining salkam 23,3 foizini tashkil etadi. 
O‘tgan 5 yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo‘lib qariyb 67 milliard dollar investitsiya yo‘naltirildi, buning 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalardir.
Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda.
Bugun biz O‘zbekistonimizda barpo etilayotgan eng zamonaviy, ulkan va noyob sanoat ob'ektlari bilan har tomonlama faxrlanishga haqlimiz. Ayniqsa, Surg‘il koni negizida qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kabi ob'ektlarning foydalanishga topshirilayotgani, «Jeneral motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilayotgani, «MAN» kompaniyasi ishtirokida Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etilgani, shuningdek, Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar ishlab chiqarilayotgani, «Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi» mas'uliyati cheklangan jamiyati bazasida «Damas» va «Orlando» yengil avtomobillari ishlab chiqarish o‘zlashtirilganini alohida ta'kidlash o‘rinlidir.
2015 yilni yurtimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb e'lon qilingan edi. Shu munosabat bilan keksalarimizni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2015 yilning o‘zida 2 million 750 ming nafar otaxon va onaxonlarimizning pensiya miqdori 20 foizdan ziyod ko‘paytirilib, ularga davlat byudjeti hisobidan 12 trillion 888 milliard so‘m pensiya to‘landi.
2015 yilda Investitsiya dasturi asosida 141 ta tibbiyot muassasasida qariyb 495 milliard so‘m hajmidagi rekonstruksiya va ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani, ularni zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun xorijiy moliya institutlarining 25 million dollarlik mablag‘lari jalb etilgani ayni shu maqsadga xizmat qiladi. 
Shular qatorida “Turon”, “Havotog‘ gulshani”, “Chimyon”, “Sitorai Mohi Xosa”, “Kosonsoy”, “Nuroniy”, “Tovoqsoy”, “Taxiatosh”, “Marjon suvi” sanatoriylarida, shuningdek, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi “Saxovat” uylarida qariyb 40 milliard so‘mlik qurilish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e'tiborga loyiq. 
2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.
2015 yilda amalga oshirgan keng ko‘lamli, uzoqni ko‘zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur'atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta'minlash bo‘yicha o‘z ijobiy ta'sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. 
Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya'ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi. 
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi. Bundan tashqari, 2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a'zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e'tirof etildi. 
2016 yilda qishloq joylarda 1 million 800 ming kvadrat metrdan ziyod hajmdagi 13 mingta uy-joy barpo etish, uzunligi 900 kilometr ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, 325 kilometr yo‘l qurish mo‘ljallangan bo‘lib, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investitsiyalar yo‘naltirish, ularning o‘sish sur'atini 109,3 foizga yetkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi.
2016 yil Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan “Sog‘lom ona va bola yili” deb e'lon qilingan edi. Bu borada Davlat dasturi tasdiqlanib, ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, joriy yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ushbu sohaning ­asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni aniq belgilab berdi. Dasturda belgilangan tadbirlar bo‘yicha 9 millionga yaqin farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va 10 mil­lionga yaqin bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 nafardan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. Buning uchun 21 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Yurtimizda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qiz bolalar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasidagi ishlarning davomi sifatida umumta'lim maktablarida 220 dan ziyod sport zallari barpo etildi.
Yosh oilalar, tadbirkor ayollar, kollej bitiruvchilari, oilaviy biznes va hunarmandlikni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan yil davomida 2 trillion so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi.
Albatta, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida yana uzoq gapirish mumkin. Lekin, muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 7 trillion 480 milliard so‘m va 190 million dollardan ziyod mablag‘ sarflandi. 2017 yilni yurtimizda “Xalq ­bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. shu munosabat bilan 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, har bir tuman va shaharda “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etish va ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta'minlandi. Muxtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish — aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Yana bir ustuvor vazifa — yangi 2017 yildan boshlab qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon va qulay uy-joylar qurish das­turiga amalda tadbiq etila boshlandi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida ma‘naviyat va madaniyatning yuksalishi, boyishi o`zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlantirishga yordam bermoqda. Boz ustiga, ma‘naviy o`zgarishlar millatni yagona bayroq ostida birlashtirishga xizmat qilishi bilan bugun jahonda e‘tirof etilayotgan o`zbek xalqining taraqqiyot sari yetaklovchi muhim haraktlantiruvchi kuchlardan biriga aylanmoqda.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish