2. O‘zbekistonning mustaqil tashqi siyosati va uning asosiy tamoyillari
O ‘zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy tashkilotlar – Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro pochta ittifoqi. Jahon sog‘liqni saqpash tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Osiyo va Tinch okean havzasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy ham-korlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Qo‘mitasi (YUNESKO) va boshqa tashkilotlar a’zosidir.
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida ko‘plab xalqaro Konvensiyalarga va BMT, YEXHT, XMT kabilarning protokollariga qushildi. Shu yillar mobaynida O‘zbekiston o‘zining tashqi siyesatida avvalo jahonning taraqqiy etgan mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirantirishga katta aqamiyat berdi. AQSH, Germaniya, Fransiya. Italiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa ko‘plab rivojlangan mamlakatlar bilan o‘rnatilgan aloqalar o‘z natijalarini bera boshladi. Turkiya bilan abadiy do‘stlik shartnomasi O‘zbekiston tashqi siyesatidagi o‘ziga xos yangilikdir.
3. O‘zbekiston tashqi aloqalarining kengayishi va xalqaro tashkilotlar safiga qabul qilinishi
1995-yil 15-16 sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo Xavfsizlik va Qamkorlik masalalariga bagishlangan seminar Kengashi bo‘ldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31 mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavfsizligi va mojarolarning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.
1995-yil oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50 yilligi va uning yubiley sessiyasi O‘zbekistonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan-yangi imkoniyatlarini ko‘rsatishga sharoit yaratdi.Birinchi prezident I.Karimovning ana shu mo‘tabar minbardan turib so‘zlagan nihoyatda qisqa va lo‘nda nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan qarashlarini o‘zgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitishga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo. mintaqalararo va qit’alararo munosabatlarni chuqurlashtirish, qar bir mintaqada vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyesiy jarayonlarning borishidan oldindan ogoh bo‘lish, ularni o‘z vaqtida o‘rganish va zarur xulosa-larga kelish, shu asosda umumbashariy muammolarni chigallashtirmasdan hal etish masalalarini ko‘tardi.
1998-yil martda Toshkentda O`zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o`rtasidagi davlatlararo kengashda yagona iqtisodiy makon to`g’risidagi. Shartnomaga Tojikistonning qo`shilishi to`g’risida protokol imzolandi. Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun BMTning maxsus dasturi (SPeKA) to`g’risidagi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
O `zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov azaliy qardosh xalqlarning do`stlik aloqalarini yangi sharoitda mustahkamlash maqsadida “Turkiston-umumiy uyimiz” degan g’oyani ilgari surdi. Mintaqa ziyolilari, jamoatchilik vakillari bu g’oyani qo`llab-quvvatladilar va natijada “Turkiston-umumiy uyimiz” deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi. Tashkiliy jihatdan bu harakat 1995-yil 21 noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan “Qardosh xalqlar uchrashuvi”da yuzaga keldi. “Turkiston-umumiy uyimiz” harakatini Qirg’izistonlik ko`zga ko`ringan jamoat arbobi, mashhur yozuvchi Ch.Aytmatov (prezident ) va taniqli o`zbek yozuvchisi O. Yoqubov (vitse-prezident) boshqarib bormoqdalar.
1994-yil 1-sentyabrda GFR poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent – Frankfurt» havo yo‘li ochildi, O‘zbekistonda «Doyche-bank»ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Germaniyaning «Geydelber» firmasi O‘zbekistonda nashriyot – matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Geydelber» firmasi asbob – uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» nashriyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi «Rastr» va «Groteks» nashriyotlari «Geydelber» firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001-yilda O‘zbekiston – Germaniya – Rossiya hamkorligidagi «Namangan qog‘oz» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushirildi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2001-yil 2 – 5 aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shrederning 2002 yil 9 – 10 may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston – Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyati isloh, qilinmoqda, yaqin xorij bilan bo`lgani kabi uzoq xorijiy mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Bu borada xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - XVF, Jahonbanki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, xalqaro savdo markazi (YuNeKTAD), tariflar va savdo bosh bitimi (GATT) va boshqalar bilan hamkorlik qilinmoqda. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish borasida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan “Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g’risida”, “ Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`g’risida” va boshqalar. Bundan tashqari xorijiy sarmoyalar ishtirokida qo`shma korxonalar tashkil etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish va chetga chiqariladigan mahsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibi ancha soddalashtirildi.
O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, chet-el investittsiyalarini jalb etish uchun tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Shu bois, 80 dan ortiq mamlakat vakillari tomonidan tashkil etilgan 3200 dan ortiq qo`shma korxonalar samarali ishlamoqdalar. Jumladan, Janubiy Koreya bilan “DEU avto”, Germaniya bilan “Mersedes-Bents”,“o`zsalaman”, Italiya bilan “o`zplastital”, “o`zitalmotor”, Buyuk Britaniya bilan “BAT”, AQSh bilan “Zarafshon - Nyumont”, AQSh, Frantsiya, Turkiya va Yaponiya bilan Markaziy Osiyoda eng yirik Buxoro neftini qayta ishlash zavodi va boshqa qurilgan korxonalar shu hamkorlikning samarasidir. Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda O’zbekiston jahon transport aloqa yo`llari muammolarini ham hal qilmoqda. Bu avvalo mamlakatimizning Tejen-Seraxs-Mashxad va Pekin-Istambul o`rtasidagi “Transosiyo” bosh temiryo`li qurilishida qatnashuvi. O`zbekiston Kaspiy dengizi sohilidagi Oqtov bandargohini ta‘mirlashda, bevosita Xitoy va Pokiston bilan bog’lanishga imkon beruvchi Andijon-O’sh-Irkishtom-Qashqar avtomobil yo`li qurilishi, shuningdek Hind Okeaniga olib chiquvchi Termiz-Hirot-Qarachi trassasi kabi qurilishlarning ishtirokchisidir.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xalqaro hamkorlik va hamjihatlik yo`llarida katta yutuqlarga erishdi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko`tarildi.
Bugunda xorijiy mamlakatlarning vakillari bilan qo'shma korxonalarni tashkil qilinishi ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Respublikada qo'shma korxonalarning soni 4 mingga yaqinlashib bormoqda.
Avtomobilsozlik, oltin, neft va boshqa sanoat tarmoqlari qurilishi respublika sanoatini katta yangiliklar bilan boyitdi va takomillashtirdi. G’alla, neft mustaqilligini tiklash bo’yicha olib borilayotgan ishlar o'z samarasini bermoqda. Qishloqlarni sanoatlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham iqtisodiy hayotning eng muhim yangiliklaridan biridir. Ular dehqonlarni ish bilan ta'minlashga va turmush darajasini ko'tarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar jadal sur‘atlar bilan o‘sib bormoqda.
Iqtisodiy va diplomatik aloqalar erkinlashtirilishi va huquqiy negizlar yaratilishi orqasida O'zbekistonning jahon bozoridagi mavqei tobora o'smoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi. Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.
2015-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari 7,8 foizdan iborat bo‘lishini ta'minlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligida 6,1 foizga oshirish, chakana savdo aylanmasini 14 foiz, xizmatlar ko‘rsatish hajmini 17,4 foizga ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda. Inflyasiya darajasini 5,5-6,5 foiz doirasida saqlab qolish, aholining real daromadlarini 9,5 foizga, o‘rtacha ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda, 15 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Ana shu vazifalarni amalga oshirishda 2016-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturining hayotga tatbiq etilishi o‘ta muhim o‘rin tutadi. Nega deganda, bu dastur sanoatda, butun iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarning eng muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
2016-yil uchun belgilangan, umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 164 ta yirik investitsiya loyihasini belgilangan muddatlarda ishga tushirishni ta'minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida shakllantirilgan yangy iqtisodiy tizimning mohiyati va yo'nalishi O'zbekistonni xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar bozori bo'lib qolishidan tamomila holi etishdan iboratdir.
Aytish mumkinki, tariximizda hech qachon hozirgidek tashqi aloqalar rivojlangan emas. Endilikda O'zbekistonda o'nlab xorijiy mamlakatlarning elchixonalari faoliyat ko'rsatmoqda. O'z navbatida O'zbekiston elchixonalari ham ko'p chet el mamlakatlarda ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |