2. Turk hogonligining vujudga kelishi va uning O`rta Osiyo hududini egallashi. Turk hoqonligi davrida mamlakatni idora etish usuli.
VI asr O’rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko‘chmanchi davlat – Turk xoqonligi tarkib topdi. Turk atamasi etnik mazmunni anglatmay bir necha qabila va xalqlar birlashuvini bildiruvchi siyosiy atama sanaladi. «Turkiy» so‘zi «yosh», «uylanmagan jangchi» ma`nosini bildiradi.
VI asrning 2-yarmida Oltoydagi turkiy xalqlar Yettisuv xalqlari bilan Turk xoqonligiga birlashgan. Xoqonlikni ilk bor aka-uka Ilixon, Bumin va Istemilar boshqargan. Xoqonlik markazi Oltoy edi. 560-570 yillarda xoqonlik kuch kudratli davlatga aylandi. Bu davrda turklar Xitoyga bir necha bor xarbiy yurishlar qilgan.
580 yillarda xoqonlik 2 qismga Sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi. 630 yildan g‘arbiy turk xoqonligi yo’qola boshlaydi. Uning chegaralari Xind daryosi qirg‘oqlarigacha borgan. 660 yilda turklar ma`lum muddat Xitoyliklarga tobe` bo‘lib qolgan, biroq bu uzoq davom etmadi. VI asr oxirida O’rta Osiyoda xoqonlikni tiklash uchun harakat boshlandi. Biroq bu vaqtda g‘arbdan arablar bostirib kirdi.
Turk xoqonligiga birlashgan xalqlar taraqqiyotining turli bosqichini boshdan kechirmoqda edi. Xoqonlikdagi xalqlar o‘troq zamindorlar va ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo’lgan. Turk xoqonligida davlat boshqaruvi urug‘-aymoqchilik an`analariga asoslangan edi. Yuqori lavozimlar xoqonning aka-ukalari, qarindosh-urug‘lari o’rtasida taqsimlangan. V-VI asrlarda qishloq, shaharlarda zodagonlarning iqtisodiy va siyosiy hokimiyati kuchayib borgan. Ko‘chmanchi turklar bu paytda urug’ jamoatchiligidan quldorlik tuzumiga o‘tish davrida edi. Jamoani «xoqon» va «Qurultoy» -ayyonlar kengashi boshqargan.
G‘arbiy turk xoqonligi markazlashgan davlat emas edi. U o‘nlab turkiy qabilalardan tashkil topgan va ularni alohida xonlar idora qilgan. Bu paytda Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo bo‘yiga 9 ta mustaqil hokimlik bo’lgan. Buxoro vohasi ham bir nechta mustaqil hokimlikka bo‘lingan.
VI asrning o’rtalaridan Markaziy Osiyo hududi Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan. Turklarning kelib chiqishi haqida bir qator tarixiy yozma manbalar borligini qayd etish mumkin. Bular orasida O’rxun-Yenisey yozuvlari, Xitoyning tarixiy manbalari, vizantiyalik va suriyalik tarixchilarning asarlari bor. O’lkamiz allomalari Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy asarlarida ham turkiy zabon qabila, elatlar yuzasidan qimmatli ma‘lumotlarni uchratamiz. Tarixiy yozma manbalardan tashqari umumturkiy xalq og’zaki ijodi namunalari “Alpomish”, “Go’rug’li”, “Manas” kabi xalq dostonlari, O’rta asrlarda yashab, ijod qilgan Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to’g’risida turli qimmatli ma‘lumotlar keltirilgan. YI asrning o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib Turk xoqonligini tashkil qildilar. Turklarning Ashin urug’idan bo’lgan Bumin 551-yilda Markaziy Osiyodagi eng kuchli Jujanlar xonligini yengib, Turk xoqonligi davlatiga asos soldi. Davlat hukmdori - xoqon (turkcha-qag’an) deb yuritilgan. Bu davlatning poytaxti Oltoydagi Utugan shahri edi. Bumin Ili daryosi bo’yida hukmdor bo’lgani uchun «Ilixon» degan unvonini olgan edi. Bumin o’z ukasi Istamiga «yabg’u» (bahodir) unvonini berib, xoqonlik hududini kengaytirishga kirishdi va 563-567-yillar moboynida o’z qo’shinlari bilan eftaliylarga zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlarni eg’allaydi.
Turk xoqonligi davrida mamlakatni idora etish o’ziga xos uslubida olib borilgan. Xususan, Turk xoqonlari Markaziy Osiyo hududlarida hukmronlik qilsalar-da, biroq o’zlari bu hududga ko’chib kelmaganlar. Ular o’zlari ilgari istiqomat qilgan cho’l yerlarda qolib, ko’proq vassallik yerlaridan keltirilgan to’lovlar, sovg’a-salomlar hisobiga hayot kechirishni afzal ko’rganlar. Bu esa mahalliy boy-zodag’onlarga qo’l kelgan. Ular mamlakatning ichki iqtisodiy va siyosiy hayotini o’z tasarruflariga olib, uni o’zlari boshqarganlar. Faqat mahalliy zodag’onlar o’rtasida jiddiy ichki nizolar, kelishilmovchiliklar kelib chiqqandagina Turk xoqonlari ishga aralashganlar. Natijada bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. 581 yilda Turk xoqonligi ikki qismga – g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib ketgan. Sharqiy xoqonlik tarkibiga Mo’g’uliston va Xitoy yerlari kirgan. G’arbiy Turk xoqonligiga Yettisuv, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston hududlari qarar edi. Xoqonlik davrida Turonzaminda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning tahlilidan ko’rinadiki, G’arbiy xoqonlikdagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi sharqiy yerlaridagiga nisbatan yuqori bo’lgan. Sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turklarda urug’-qabilachilik munosabatlari kuchli bo’lgan, aholining asosiy qismi chorvador ko’chmanchilar edi. G’arbiy xoqonlik aholilsining kattagina qismiga ega, o’troq dehqonchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Mehnatkash aholisi tabaqasi “Budun” yoki “Qora budun” deb atalgan. Urug’-qabilaning nomdor vakillari “beklar” deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodag’onlar kengashi-“qurultoy” boshqargan. Katta patriarhal oilalar-xo’jaliklarning boshliqlari “Kadxudolar” deb atalgan. Bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yo’qsak darajada rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm va Zarafshon va Sug’d havzalari bunyod etilgan. Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-uskunalar yasash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Iloqda qo’rg’oshin, kumush, Keshda qizil tuz qazib olingan. Xoqonlik ikkiga bo’lingach, bizning o’lkamiz G’arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo’lsada, VI asr o’rtalarida u birnecha mayda davlatlarga bo’linib ketgan. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, bu hududda o’n beshdan ortiq mayda mahalliy hokimiyatlar mavjud bo’lgan. Jumladan, Farg’ona hukumatida hokimlarni ixshid deb atashgan; Iloq hukumatida (hozirgi Ohangaron vodiysi, poytaxti – Tunkat) – dehqon; Shosh (Chirchiq vodiysi, poytaxti – Binkent) – tudan, Usrushon (hozirgi O’ratepa, Zomin va Jizzax, markazi – Shohriston harobasi) – afshin; Samarqand (markazi – Samarqand) – ixshid; Dabusiya (Samarqand va Buxoro o’rtasidagi Miyoqal tumani, poytaxti – Ziyovuddin stantsiyasi yonidagi Dabusiya harobasi) – dabusshoh; Buxoro – buxorXVdot; Vardana (hozirgi Shofrikon) – vardanXVdod; Termiz – termizshoh; Chag’aniyon (Surhondaryo o’rta Oqimi) – Chag’anxudod; Xorazm (Xorazm vohasi, poytaxti – Shabboz qishlog’i yonidagi Kat shahri) – xorazmshoh deb ataganlar. Bulardan tashqari, Qashqadaryoda Kesh, Nasaf kabi mustaqil hukumatlar bo’lgan. Ularning hukmdorlari o’z atrofidagi dehqonlarga va harbiy chOkarlarga tayanib, o’zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan.
Turk xoqonligi davrida shaharlar hayoti anchagina rivojlandi. Xitoy manbalarida tilga olingan Xorazm, Farg’ona, Sug’d, Chu vodiysida Tuproqqal‘a, Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Shosh, Isfara, Qubo (Quva), Kesh kabi o’sha davrning hunarmandchilik va savdo-sotiq tarmoqlari gurkirab rivojlangan shaharlari bo’lgan. “Buyuk ipak yo’li” bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok etishini ta‘minlagan.
Tarixiy manbalar xoqonlikda moddiy va ma‘naviy madaniyat o’z davriga nisbatan yo’qsak darajada bo’lganligini ko’rsatadi. Xalq sayillari orasida Navro’z juda katta tantanalar bilan o’tkazilgan. Turk xoqonligi xalqlari qadimiy yozma madaniyatga ega bo’lganlar. Xoqonlikda oromiy yozuvi, sug’d yozuvi, Xorazm yozuvi bilan bir qatorda “Turk-run yozuvi”, “Urxun-Enasoy yozuvi”, “Ko’k-turk yozuvi” kabi yozuvlar qo’llanilgan. Turk xoqonligi haqida toshlardagi bitiklar ayniqsa qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Qultegin bitiktoshi, Bilga xoqon bitiktoshi, To’n-Yuquq bitiktoshi singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-barangligidan darak beradi. Turk xoqonligida ko’p xudolik keng tarqalgan. Bu davrda aholi orasida animizm, otashparastlik, buddizm, nasroniylik va boshqa diniy qarashlar mavjud bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |