O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan



Download 2,66 Mb.
bet63/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

Tayanch tushunchalar: Taraqqiyotda ekstensiv usulning hukmronligi, iqtisodiyotning bir tomonlama xom-ashyo yetishtirish tomon yo`naltirilishi, paxta yakka hokimligi, Orol fejeasi, iqtisodiy tanglik.


1. O’zbekistonda XX asr 50-70 yillarida o’tkazilgan iqtisodiy islohotlar, ularning samarasizligi.
O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xomashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.
Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Yelektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo‘lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo‘ldi.
Qisqa davr oralig‘ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan O‘zbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo‘lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risidagi qarori O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi.
Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan o‘tdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950 yili 2 mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.
Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o‘tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik istemol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug‘dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi.
Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo‘ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.
Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o‘rtacha 20 so‘mni tashkil qilgan holda, bu ko‘rsatkich ishchilarda 64 so‘m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og‘irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining bog‘ va mevalari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi. Bunday zo‘ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o‘tkinchi holat deb tushuntirildi.
50-60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga va shu asosda paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirish choralari ko‘rildi. O‘zbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho‘lning o‘zida sug‘oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg‘onani o‘zlashtirish munosabati bilan Katta Farg‘ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog‘i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960 yili respublikada sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o‘ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sog‘ligiga keskin yomon ta’sir qildi.
Jahon mamlakatlari taraqqiyotining rivojlanishi tarixi shundan dalolat bеradiki - zo‘rlik, bosqinchilik asosida yaratilgan har qanday musatamlakachi saltanat ertadir kеchdur inqirozga uchrashi, parchalanib kеtishi va halokatga uchrashi qonuniydir. Lеkin u birdaniga amalga oshmaydi. Bu jarayonning ro‘yobga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, ya’ni ham ob’еktiv ham sub’еktiv omillar еtilgan bo‘lishi kеrak.
1946-1991 yillarda O‘zbеkiston sanoati haqida hikoya qiluvchi sovetlar davrida matbuot yuzini ko‘rgan dеyarlik barcha tarixiy ilmiy, o‘quv mеtodik qo‘llanma, darsliklar, risola va maqolalarda O‘zbеkiston zamonaviy og‘ir industriyaga ega bo‘lgan, rivojlangan mamlakat, «sharqda sotsializm va kommunizm» mash’ali shaklida ifodalandi. Mamlakatda sotsial-iqtisodiy ahvolning og‘irligi va muttasil ishsizlar sonining oshib borishi aholi turli tabaqalari, xususan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payishiga sabab bo‘lgan omillardandir. Rеspublika prokraturasidagi mas’ul xodimlarning bеrgan ishonarli ma’lumotlarga qaraganda 1985-1989 yillar va 1990 yilning to‘qqiz oyi mobaynida mamlakatda 426.143 ta jinoiy ish sodir etilganligi qayd qilingan. Shu muddat davomida jinoyatchilar qo‘lidan 4.447 kishi-erkaklar va ayollar, kеksalar va bolalar halok bo‘ldilar. Agar 1985 yilda odamlarning mol-mulklariga ko‘z olaytirib aholiga qaroqchilarcha hujum qilish 447 marta sodir etilgan bo‘lsa, 1989 yilda bu raqam 1057 taga еtdi. Ayniqsa shaxsiy mulkni o‘g‘irlash kasofati tus oldi. 1985 yilda 12.372 marta o‘g‘irlik sodir etilgan bo‘lsa, 1989 yilda bu jinoyat 23.407 taga o‘sdi. 1990 yilning faqat 9 oyida 23 mingta o‘g‘irlik sodir bo‘ldi. Shu davr mobaynida davlat mulkini o‘g‘irlash va talon-taroj qilish ham ko‘paydi. 1985 yildan kеyingi davrda har yili o‘rtacha dеyarlik 9 mingtadan bunday jinoyat hollari qayd etilgan. 1989 yilda esa bunday o‘g‘irlik sohasi yanada faollashgan va 10.425 taga еtgan.
2. XX asr 80-yillarining o’rtalarida SSSR ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi. «Qayta qurish» konsepsiyasining cheklanganligi.
Sovetlar tuzumining bo‘hroni iqtisodiy sohani ham chеtlab o‘tmadi. Bu jarayon 50-yillarning oxiri va 60-yillarda boshlandi. Buni biz 1956-1960-yillarga mo‘ljallangan bеsh yillik va 1959-1965- yillarga mo‘ljallangan еtti yillik rеjalarning juda ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilmay qolganligida ko‘ramiz. Bu ayniqsa 1980-yillarda kuchli tus oldi. M.S.Gorbachеvning quyidagi so‘zlari yuqoridagi xulosani tasdiqlaydi: «Biz mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilganimizda, eng avvalo ekonomikaning o‘sishiga to‘sqilik qilinayotganligiga duch kеldik. Milliy daromadlarning o‘sish sur’atlari kеyingi bеsh yillik davomida ikki hissadan ziyod pasaydi., 1980-yillar boshiga kеlib esa bu sur’atlar shunday darajaga tushib qoldiki, u amalda bizni iqtisodiy turg‘unlikka yaqinlashtirib qo‘ygan edi. Ilgari dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlarga shitob bilan еtib olgan mamlakat bir pozitsiya kеtidan ikkinchisini qo‘ldan boy bеra boshladi. Buning ustiga ishlab chiqarish samaradorligini va mahsulot sifatini oshirishda, fan tеxnika taraqqiyotida zamonaviy tеxnika va tеxnologiyani ishlab chiqish va o‘zlashtirishda rivojlangan mamlakatlardan orqada qolish bizning ziyonimizga ko‘paya bordi». Buning eng asosiy sababi ishlab chiqarish fondlarini o‘stirishning birdan bir asosiy shakli sifatida intеnsiv yo‘lni emas, balki ekstеnsiv yo‘lni tanlangani bo‘ldi.

Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan turg‘unlik holati sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy-texnikaviy yangiliklar sodir bo‘ldi. Bundan jahonning taraqqiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina – fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o‘tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob-kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron – hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo‘llanila boshlandi.

Buni biz shu misoldan ham ko‘ramizki, sobiq Ittifoqda 1961-1970 yillarda Milliy daromadning o‘sishi 7,1 foiz va 8,8 foizni tashkil etgani holda, 1971-80 yillarda bu 5,0 va 8,1 foizga tеng bo‘ldi. Sobiq Ittifoqda yagona xo‘jalik komplеksi bo‘l dеgan daqqiyunusdan qolgan iborani bo‘lar-bo‘lmasga hadеb ishlatavеradigan ba’zi olimlar yana ajab bir tarzda «turg‘unlik» umuman Ittifoqda bo‘lmagan, mabodo Ittifoqda bo‘lgan bo‘lsada O‘zbеkistonga uning hеch qanday dahli yo‘q, O‘zbеkiston iqtisodiy muttasil rivojlanib doimo cho‘qqilar sari borgan, dеb isbotlashga asossiz urindilar.


Sovetlar saltanatining O‘zbеkistonda olib borgan qabohatli mustamlakachilik siyosati, boylik orqasidan quvish, ishlab chiqishning ekstеnsiv yo‘ldan rivojlantirilishi, paxta yakka hokimligi, turli xildagi ximiyaviy zaharli moddalarning ishlab chiqarilishi va ularning qishloq xo‘jaligida haddan ziyod ishlatilishi mamlakatimizda ayniqsa 1980- yillarda halokatli tus olgan ekologik bo‘hronni kеltirib chiqardi. Nafaqat O‘zbеkistonda, balki butun Turkiston o‘lkasida ekologik qabohatning dastlabki tamal toshini V.I.Lеnin qo‘ygan edi. Biz bu yеrda 1918 yil 18 mayda V.I.Lеnin imzolagan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetsining Turkistonda sug‘orish ishlariga 50 million so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi dеkrеtini nazarda tutmoqdamiz. Aslida shu pul bеrilmagan edi. «Inqilob dohiysi» bu ajratilgan summani Mirzacho‘l еrlarini o‘zlashtirishga sarflashni nazarda tutib, o‘tgan asrning XX asr 70-yillarida bu hududlarni «ilmiy tadqiqot» qilgan rus olimi N.F.Ulyanov, P.P.Sеmyonov-Tyanshanskiy xulosalariga suyangan. V.I.Lеnin boshlagan bu «tashabbus»ni Sovetlar hukumati Kommunistik firqa rahnamoligida rivojlantirdi. «SSSRda paxta mustaqilligi uchun kurash» amalda O‘zbеkiston xalq xo‘jaligining ekstеnsiv yo‘l bilan bir tomonlama rivojlanishining bosh omili bo‘ldi va turg‘unlik yillarida ekologik bo‘hronni kuchaytirdi. Ollohdan ustun bo‘lishga intilish, tabiat kuchlari ustidan hukmronlikni da’vo qilish tabiiy muvozanatni buzilishiga bosh sabab bo‘ldi. Ayni paytda Markaziy Osiyo sharoitidagi tog‘ rеlеfi, dasht zonalarining yaqinligi, yuqori quyosh harorati va boshqa shuning singari gеografik va iqlimiy xususiyatlar yildan yilga ortib bordi. Urbanizatsiya jarayoni kuchayib sug‘orma qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari kеngaydi, kommunikatsiyalar o‘tkazildi, o‘rmonlar kеsib yuborildi, suv rеsurslaridan oqilona foydalanilmadi, yеr osti qazilma boyliklari ochiq usulda qazib olindi. Bu ishlar amalda tabiatga nisbatan shafqatsizlik, zug‘um edi.
1983-1989 yillarda “paxta ishi” bahonasida yana qatag’onlarning yangi bosqichi bo`ldi Endilikda ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo`lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bugib kelayotgan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimning yaramas va istiqbolsizligini tushungan milliy ziyolilar ham ta‘qib ostiga olindi. Bu ish matbuotda, ayniqsa, markazda millatning izzat-nafsiga teguvchi “o`zbek ishi” deb ataldi. Markazdan maxfiy topshirik bilan yuborilgan tergovchilar guruhi minglab kishilarni va umuman respublikani badnom qildi Albatta “paxta ishi” jarayonida chindan ham mavjud bo`lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlar ochildi, Biroq bu butun o`zbek xalqini oldindan badnom qilishlikka yo`l qo`yib bo`lmasdi. o`shadavrda ochilgan illatlar butun Ittifoqka xos qusur edi. Biroq “paxta ishi” oqibatida ko`pgina halol va vijdonli kishilar ham to`xmat va uydirmalar bilan qamoqqa olindi. Bu ish natijasida 5 ming kishi qamoqqa olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.
Faqat O`zbekiston mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi” va undan oldingi qatag’onliklar oqibatida nohaq ozor chekkan minglab kishilar va ularning oila a‘zolari oqlandi va haq-huquqlari tiklandi. 74 yil davom etgan bu tengsiz, yashirin kurash kommunistik tuzumi kulashi bilan tugallandi.
Urushdan keyingi yillarda ham respublikamizning mustamlaka maqomi saqlanib qoldi Bu davrda O`zbekiston sanoati tabiiy, moddiy-texnika va mehnat resurslardan yanada kengroq foydalanildi. Xuddi shu davrda O`zbekiston yoqilgi-energetika majmuinining asosini tashkil etadigan qator yirik gaz konlari o`zlashtirildi, nodir metallurgiya sanoati yaratildi, oltin qazib olish sanoati barpo etildi, ko`ptarmoqli mashinasozlik markazlari barpo etildi. Paxtachilikni rivojlantirishi maqsadida “Tashsel‘mash”, “O`zbeksel‘mash”, “Krasny dvigatel‘, “Pod‘yomnik” kabi zavodlarda tirkama uskunalar va traktorlar uchun ehtiyot qismlar ham ishlab chiqarila boshlandi. 1985 yilga kelib respublikada ishlab chiqarish , ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, kombinat va korxonalar soni 1500 tadan oshib ketdi. To`la asos bilan shuni ta‘kidlash joizki, erishilgan bu yuto`qlar bir tomonlama edi, holos. Asbob-uskunalar un yillar davomida yangilanmas, yangi texnologiyalar to`g’risida esa ham bo`lishi mumkin emas edi. Respublika iqtisodiyotining asosi bo`lgan paxta tolasining 92% dan ortig’i, paxtachilik majmui ishlab chiqarish vositalarining 40% ga yaqini, qorako`lning deyarli hammasi, pillaning 2/3 qismi, oltin, mis, rux kabi rangli metallarning hammasi va boshqalar O`zbekistondan deyarli “suv tekinga” xom ashyo holida olib ketilishi, ayni vaqtda tayyor ishlab chiqarish , aholi iste‘moli uchun zarur bo`lgan mahsulotlar, jumladan, tayyor sanoat mollari va hatto o`zi yetarli darajada ishlab chiqarish mumkin bo`lgan chiqishida mahsulotlarining 2/3 qismini ittifoqning boshqa respublikaliridan yuqori iste‘mol baholarida keltirilishi respublikamiz xo`ligining bir tomonlama rivojlanganligini yaqqol ko`rsatadi. Bunga qo`shimcha qilib, shuni ta‘kidlash joizki respublika sanoatida yengil sanoit mahsulotining xissasi 1989 yilda 37,2 % ni tashkil etdi. Bunda aholi uchun keng iste‘mol mollari ishlab beradigan yengil sanoat O`zbekistonda ancha yuqori rivojlangandek tuyuladi. Aslida bu tarmoq mahsulotlarining yarmidan ko`pini paxta tozalash zavodlarida tayyorlangan paxta tolasi, pillakashlik fabrikalarida ishlov berilgan ipak tolasi, lub zavodlarida ishlangan kanop tolasi, teriga ishlov beruvchi korxonalarda ishlov berilgan koraqo`l terilar tashkil qilganini e‘tiborga olsak, qishloq xo`ligi mahsulotlariga dastlabki ishlov beruvchi tarmoqlar xissasi butun yengil sanoatda 2/3 qismga borib qolganini ko`ramiz.. Shu bois O`zbekiston mustaqillik arafasida sanoat yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo`yicha sobiq Ittifoqda 10 o`rinni egallab turdi.
Urushdan keyingi yillarda qishloq xo`ligida ham ijobiy va salbiy jixatlarni ko`zatish mumkin. Qishloq xo`ligining asosiy yo`nalishi paxtachilik bo`lib qoldi Shu bois, paxta yakka hokimligiga e‘tibor yanada kuchaytirildi. Paxta xom ashyosi yetishtirish 1946 - 1985 yillarda 5,5 baravar ko`paydi, paxta eqiladigan maydonlar esa 1 mln.ga dan ortdi. Paxtaning yalpi xosili 1960 yilda 2,8 mln tonnani, 1980 yilda 6,2 mln tonnani tashkil qildi
Lekin O`zbekistonning milliy faxri va asosiy boyligi bo`lib kelgan paxtachilik bora-bora uning og’ir oqibatlariga olib kelgan “shuuri”ga aylandi. Markazning paxta yetishtirishni butun choralar bilan ko`paytirishdan iborat siyosatning amalga oshirishini ta‘minlash natijasida: respublikaning sug’oriladigan asosiy ekin maydonlari paxtaga bo`shatib berildi va ayrim rayonlarda uning umumiy ekin maydoni 80% ortib ketdi; oziq-ovqat mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashgan dehqonchilikning ko`pgina tarmoqlari siqib chiqarildi, chorvachilik zarar ko`rdi; ko`pyillar davomida surunkali paxta ekilishi tuproqning tarkibi bo`zilib, tabiiy unumdorligi qashshoqlashdi, maydonlarni shur bosdi; mineral o`g’itlarni o`ta ortig’i bilan ishlatilishi tuproq, suv va atmosferaning zaharlanishi, ekologik sharoitning og’irlanishiga olib keldi. Bu davrda sug’orma dehqonchilikning yuksaltirish maqsadida ko`plab yangi kanallar va suv omborlari ishga tushirildi. (Chim Qo`rg’on, Janubiy Surxon suv omborlari, amu Buxoro, Amu - Korakul, Janubiy Mirzacho`l kanallari va b.) hamda Mirzacho`l, Qarshi cho`li, Surxon-Sherobod cho`llarida unumdor quriq yerlar o`zlashtirildi. Dastlab bu tadbirlar qishloq xo`jalik mahsulotlarni yetishtirishning oshishiga olib kelgan bo`lsa-da, keyinchalik ekologiyaga salbiy ta‘sir ko`rsatdi. Eng yomoni Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengizigacha qariyb yetib bormay qoldi Bu Orolni falokat yoqasiga olib keldi. Dengiz satxi pasayib, ilgargi gullab turgan shahru Qo`rg’onlar shur qumzorga aylandi. Umuman olganda iqtisodiyotni rivojlantiirishda ekstentiv usul hukmronlik qildi, ilmiy-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga tadbiq ettirishga yetarli e‘tibor berilmadi. Masalan, 1981-1985 yillarda 660 ta kashfiyotdan faqat uchdan biri xalq xo`ligiga joriy etildi. Boz ustiga respublika iqtisodiyoti qishloq xo`jalik ishlab chiqarish doirasida o`ralashib qoldi Ma‘naviy-axloqiy sohada salbiy xodisalar (qo`shib yozish, ko`zbuyamachilik qilish va b.) kuchayib bordi. Iqtisodiyotni tanazzuldan olib chiqish uchun avvalo ishlab chiqarish munosabatlarini o`zgartirish boshqaruvning iqtisodiy usul - amallarini yo`lga qo`yish o`rniga har xil chaqiriqlar bilan iqtisodiy natijasiz eksperimentlar o`tkazildi.
SSSRdagi "qayta qurish" jarayoni avval boshdanoq siyosiy sohani qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlar esa unga bo‘ysunuvchan ahamiyat kasb etdi. Oradan ko‘p o‘tmay, jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar (oshkoralik, demokratiya) bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o‘rtasida katta farq ko‘zga tashlana boshladi. Bu paytda SSSRning tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston SSR ham qayta qurish girdobiga tortildi, uning qonuniyatlariga amal qildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985-1986 yillar)asosan ma’muriy-tashkiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan xarakterlanadi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uniig asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo‘ldi.
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratildi. Shuning uchun ham 1986 yil 1 mart kuni KPSS XXVII syezdining KPSS Markaziy Komiteti siyosiy ma’ruzasi yuzasidan qabul qilingan rezolyutsiyada fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish masalasiga katta e’tibor qaratilgan edi.
Xullas, qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo, bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo‘ldi. Shuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor qaratishga majbur bo‘lindi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy-buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi qurash turar edi.
Bu davrda butun Sovet Ittifoqida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham dastlab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda ma’lum o‘zgarishlar yuz bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari ayrim qadamlar tashlandi, milliy o‘zlikni anglash jarayoni boshlandi. Ammo, tub o‘zgarishlar va barcha sohalarda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish yo‘lidagi o‘rinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. Statistik ko‘rsatkichdarda qayd etilishicha, 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvardan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag‘lubiyatga uchradi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987-1990 yillar) jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi. Bunday vazifa kommunistik mafkura tomonidan 1987 yil yanvarda yanada aniqlashtirildi. Moskva shahrida 1987 yil 27-28 yanvarda bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumida KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari M.S.Gorbachyov "Qayta qurish va partiyaning kadrlar siyosati to‘g‘risida" ma’ruza qildi. Unda siyosiy islohotlarning acociy maqsadi oshkoralik va kadrlar siyosatini to‘g‘ri yuritish asosida sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishga e’tibor qaratildi. Keyinchalik M.S.Gorbachyov o‘zining qayta qurish haqidagi mashhur kitobida bu g‘oyalarini davom ettirdi. Biroq siyosiy tuzumni isloh qilish va demokratlashtirish, keng xalq ommasining siyosiy va tarixiy jarayonlarda ishtirok etishi Markaz uchun qutilmagan oqibatlarga olib kelishi natijasida Moskva tomonidan siyosiy va iqtisodiy islohotlar boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yildi. Oqibatda 1990 yil nafaqat qayta qurishning ikkinchi bosqichi, balki SSSR aholisi, balki butun dunyo umid ko‘zi bilan qarayotgan qayta qurish siyosati butunlay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat ham SSSR inqirozini tezlashtirdi va uning parchalanishiga olib keldi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish