Savol va topshiriqlar
1. 20-yillar boshlarida o‘lkadagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvolni xarakterlab bering.
2. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) mohiyati nimada edi?
3. Milliy-davlat chegaralanishi deganda nimani tushunasiz?
4. 20-yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohotlari mazmun-mohiyatini so‘zlab bering.
5. O‘zbekistonda jamoatlashtirish jarayoni qanday kechgan?
6. Quloqlashtirish siyosati qanday kechgan?
10-mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar
1. Шамсутдинов Р.Т. Қишлоқ фожеаси: жамоатлаштириш, қулоқлаштириш, сургун (Ўрта Осиё республикалари мисолида). – Тошкент: Шарқ, 2003.
2. Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари.Т.: Маънавият, 2002, 285-294 бетлар.
3. Ўзбекистон тарихи. Р.Х.Муртазаеванинг умумий тахрири остида. – Тошкент: Университет, 2005. - 372-387 бетлар.
4. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S.. O’zbekiston tarixi. Darslik. -Т.: Iqtisod-moliya, 2006.
11-mavzu. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston.
Reja:
1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi.
2. O'zbekistonlik jangchilarning frontda ko'rsatgan jasorati. Fashizmni tor-mor etishda O'zbekistonning munosib o'rni.
3. Urushning yakunlari va saboqlari.
Tayanch tushunchalar: Fashizm, agressiya, safarbarlik, mudofaa fondlari, qahramonlik va jasorat namunalari, o’zbek xalqining mehribonligi, insonparvarlik ko’magi.
1. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi.
Insoniyat tarixidagi 15 mingdan ortiq katta-kichik urushlar ichida ilk qirg’inbarot, xalqlar boshiga behisob kulfatlar solgan, o’zining olovli domiga butun – qit‘alarni tortgan ikkinchi jahon urushining boshlanib ketganga ancha yillar to’lmoqda. Fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining 1939 yil 1 sentyabrda Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. XX asr fojiasi bo’lmish bu urush olti yil davom etdi, yer sharining 80 foiz aholisi joylashgan hududni, 61 ta mamlakatni o’z ichiga qamrab oldi.
I
Ikkinchi jahon urushiga qadar O‘zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va o‘rtacha sanoat korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o‘z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi ancha ko‘zga ko‘rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, biroq bu sohada ko‘plab jiddiy muammolar, nuqsonlar mavjud edi. Avvalo, yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma'muriy – buyruqbozlik usullari O‘zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur ildiz otgan edi.
kkinchi jahon urushining asosiy kelib chiqishi sababi Yevropadagi yirik davlatlar o’rtasidagi ixtiloflar, kelishmovchiliklar, agressiv kuchlarning dunyoga hukumron bo’lish uchun intilishlari hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq Germaniya deyarli butun Yevropada hukumronlikni qo’lga kiritdi, Yevropadagi Polsha, Chexoslavakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya, Frantsiya kabi 10 ta davlatni bosib oldi.
Fashistlar Germaniyasi Yevropaning harbiy, iqtisodiy salohiyatlarini qo’lga kiritgach, 1941 yil 22 iyun tong saharda 1939 yil 23 avgustda imzolangan hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, Sovet Ittifoqiga hujum boshladi.
Gеrmaniya ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabada O‘zbеkiston sanoati va ishchilar sinfining munosib hissasi bor. O‘zbеkiston ishchilar sinfi urush yillarida yuksak onglilik va uyushqoqlik namunalarini ko‘rsatib g‘alaba uchun barcha zarur bo‘lgan ishlarni qildi. Rеspublika iqtisodiyotini harbiy izga solish, armiyani dushman ustidan g‘alaba qozonishini ta’minlashga qodir bo‘lgan qudratli harbiy xo‘jalikni barpo etish ana shu vazifalardan biri edi. Vaziyat nihoyatda og‘ir edi. Gap shundaki, urushga qadar Sovеt Ittifoqida chiqarilgan tеmirning 68 foizi, po‘latning 58 foizi, alyuminiyning 60 foizi, g‘arbiy mintaqalardan olinardi. Mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan og‘ir sanoat korxonalarining ham katta qismi g‘arbiy hududlarda joylashgan edi. Endilikda bu huhdudlarni qisqa maddatda fashistlar Gеrmaniyasi egallab oldi. Vazifa tеz fursatlarda ana shu katta yo‘qotishning o‘rnini qoplashdan va dushman ustidan g‘alabani ta’minlaydigan sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. Bu borada O‘zbеkiston Rеspublikasining o‘rin va salmog‘i albatta katta edi.
Bu davrda urushga qadar tinch ishlayotgan sanoat korxonalari qisqa muddat ichida harbiy tеxnika, qurol-yarog‘ ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirildilar. O‘zbеkistonda 1941 yilning oxirlariga kеlib 300 zavod va fabrika Qizil Armiya uchun qurol-yarog‘ va o‘q-dori ishlab chiqara boshladi. Birinchi navbatda turgan masala mudofaa sanoati korxonalarini zarur bo‘lgan yoqilg‘i, elеktor quvvati va mеtal bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi. O‘zbеkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1941 yil 5-7 dеkabrda bo‘lib o‘tgan V Plеnumi rеspublika sanoatini harbiy izga solish sohasidagi ishlarga yakun yasadi, O‘zbеkistonga evakuatsiya qilingan sanoat korxonalarini tеzlik bilan ishga tushirish, mamlakatga, front uchun kеrak bo‘lgan mahsulotlarni o‘z vaqtida еtkazib bеrish bilan bog‘liq masalalr muhokama qilindi va uni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqildi. Urushning dastlabki kunlaridayoq O’zbekiston shahar va qishloqlarida miting va yig’ilishlar bo’lib o’tdi. Vatan himoyasiga uchun har qanday vazifani bajarishga shay ekanliklarini bildirgan o’zbekistonliklar harbiy komissarliklarga frontga ko’ngilli sifatida jo’natishni so’rab arizilar bera boshladilar. Urushning dastlabki kunlaridanok respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga 14 mingdan ortiq ariza tushgan. O’zbekistonning barcha moddiy va ma’naviy kuchlari, resurslari front uchun safarbar qilina boshlandi. Umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi. O’zbekiston hukumati milliy harbiy qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 1941 yil iyundan 1942 yil oxirigacha front uchun harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzildi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh qo’mondonlik qarorgohi rezerviga 86 diviziya va brigada jo’natdi, 6,5 million kishidan iborat bo’lgan O’zbekiston aholisidan urushga yaroqli odamlarning deyarli 60 foizi, aniqrog’i 1433230 kishi urushga safarbar etildi.
O’zbekistonda mavjud sanoat korxonalaridan 300 ga yaqin harbiy izga solinib texnika, qurollar, o’q-dori ishlab chiqish moslashtirilib qayta qurildi. Urush bo’layotgan hududlardan 100 ta sanoat korxonasi ko’chirib keltirilib qayta qurildi. Bundan tashqari yana juda ko’plab ishlab chiqarish korxonalari, maorif va madaniyat muassasalari, ming-minglab fuqarolar, yetim bolalar O’zbekistonga ko’chirib keltirildi.
O’zbekiston aholisi o’rtasida mudofaa fondini tashkil etish, front uchun issiq kiyimlarni yig’ish harakati boshlanib ketdi.mudofaa fondiga 650 million so’m pul, 22 million so’mlik qimmatbaho buyumlar va 55 kilogrammga yaqin oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallar to’plandi. Aholiga davlat zayomi, pul – buyum lotareyasini sotish hisobiga 4,2 milliard so’m mablag’’ yig’ilib g’alaba manfaatlari yo’lida foydalanildi. Shunday qilib urush yillarida O’zbekistonning barcha moddiy va ma‘naviy kuchlari talabi uchun safarbar etildi, hayot tamomila harbiy izga tushdi. Urush yillarida O’zbekistondagi mavjud sanoat korxonalari urush manfaatlariga moslashtirilib qayta qurilib, jad‘al sur‘atlar bilan rivojlantirilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu sohada yangi tarmoqlar ham vujudga keldi. Birinchi navbatda sanoat korxonalari quvvatlarining keskin kengayishi elektr energiyasi va yoqilg’i ishlab chiqarishni oshirishni talab qildi. Shu maqsadda bir qator gidroelektro stantsiyalarini ko’rishga kirishildi. Respublikada eng yirik gidroelektrostantsiya hisoblangan Farxod GESi qurilishiga katta e‘tibor berildi va u umumxalq qurilishiga aylanib, 10 oy fidokorona mehnat tufayli Sirdaryo jilovlandi. Shu bilan birga Bo’zsuv oqimida Tovoqsoy, Oqqovoq, Solar, Oqtepa, Qibray kabi 30 ga yaqin katta – kichik GESlar qurilib ishga tushirildi, natijada O’zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 1940 yildagi 482 mln.kv soatdan 1945 yilda 1187 mln.kv soatga ko’paydi.
Urush yillarida O’zbekiston yoqilg’i sanoatini rivojlantirishga ham katta e’tibor berildi. Ko’mir sanoatini rivojlantirishga 639 mln 980 ming so’m kapital mablag’ sarflandi. Natijada ko’mir qazib chiqarish 1945 yilda 103 ming tonnaga yetdi yoki u 1940 yildagiga nisbatan 30 martadan ko’proq o’sdi. Neft mahsulotlari ishlab chiqarishni keskin ko’paytirish tadbirlari natijasida neft ishlab chiqarish 4 marta ko’paydi. Og’ir urush yillarida O’zbekistonda Bekobod metallurgiya zavodi, Ohangaron ko’mir koni, Qo’qon superfosfat zavodi, Farg’ona gidroliz zavodlari kabi yirik sanoat korxonalari qurilishi boshlandi va bularning bir nechasi urush yillaridayoq o’z mahsulotini bera boshladi.
1945 yilda 1940 yilga nisbatan O’zbekiston sanoati mahsulotining umumiy hajmi 7 baravar, shu jumladan, og’ir sanoat ishlab chiqarish 4 baravar, mashinasozlik sanoati 13,4 baravar oshdi. Urush yillarida O’zbekiston xaritasida yangi sanoat markazlari: Chirchiq, Ohangaron, Bekobod, Yangiyo’l va boshqa sanoat shaharlari vujudga keldi. Toshkent shahri yirik sanoat markazlaridan biriga aylandi. O’zbekiston sanoati urush yillarida frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318000 aviabomba, millionlab minalar, snaryadlar va boshqa qurol-aslahalar yetkazib berdi. Yengil sanoat korxonalari va kooperatsiya artellari umumiy qiymati 443,3 mln so’mlik mahsulotlarni front ehtiyojlari uchun ishlab chiqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |