Savol va topshiriqlar.
Rossiyaning Markaziy Osiyoni jadalroq zabt etishga undagan sabablar nimalardan iborat?
Turkiston general –gubernatorligi qachon tashkil etildi?
Buxoro amirligi va Hiva xonligining Rossiya vassaliga aylantirilishi sanasini aniqlang.
Qo’qon xonligini qo’shib olish maqsadida 1873 yilda boshlangan qo’zg’olon nima uchun 1875-yilga kelib milliy-ozodlik kurashiga aylanib ketdi?
Turkistonda chorizm agrar siyosatining asosiy mohiyati nimalarda namoyon bo’ldi?
Jadidchilik harakati qanday harakat edi?
Turkistondagi jadidlar harakati namoyondalari to`g’risida ma‘lumot bering.
9-mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
2. Mustabid tuzumning O‘zbekiston boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Sharq, 2000.
3. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002.
4. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining ishtiroki (Farg‘ona viloyati misolida). – Toshkent: Fan, 2008.
5. Yunusova X. Toshkentda 1892 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. Sariog‘och, 1998.
6. Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.
7. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). Ikkinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2010.
8. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
9. O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Akademiya, 2010.
10. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2000.
11. Musayev N. Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixidan (XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari). – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2011.
12. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Toshkentning “Yangi shahar” qismi tarixi. – Toshkent: Fan va texnologiya. 2004.
13. A.Odilov. Abdulmalik to‘ra boshchiligidagi ozodlik harakati tarixi. – Toshkent, 2006.
10-mavzu. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik mohiyati.
Reja:
1. O`lkada mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi. Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi va uning fojiali taqdiri.
2. Sovetlar istibdodiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari.
3. Buxoro amirligi va Xiva xonligining sovetlar hokimiyati tomonidan ag`darilishi.
4. O’zbekistonning XX asrning 20-30 yillaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli va O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishining o’tkazilishi. O’zbekiston SSR tashkil topishi.
5. Qishloq xo’jaligini jamoalashtirish siyosati, uning og`ir oqibatlari. Quloqlashtirish siyosati va uning mudhish natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |