O’zbekiston tarixi kafedrasi о‘zbekiston tarixi fanidan


Turkistonda jadidlar harakati va uning mohiyati



Download 2,66 Mb.
bet52/191
Sana14.03.2023
Hajmi2,66 Mb.
#918885
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191
Bog'liq
O’zbekiston tarixi kafedrasi î‘zbekiston tarixi fanidan

4. Turkistonda jadidlar harakati va uning mohiyati.
XIX asrning XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakati vujudga keldi. «Jadid» so`zi arabcha bo`lib, «yangi» degan ma‘noni bildiradi.
Jadidchilikka birinchi bo`lib qrim-tatar xalqi farzandi Ismoilbek Gaspirinskiy (1851-1914) asos solgan. Dastlab bu harakat ma‘rifatchilikdan boshlangan bo`lib, uning ishtirokchilari xalqlarini ma‘rifatli, mustaqil va milliy ozod qilish uchun kurashganlar.
Ismoilbek Gaspirinskiy musulmon turkiy olamini jahon ma‘rifati ilmi darajasiga ko`tarish g’oyasi bilan faoliyat ko`rsatdi. U Rossiya mustamlakasiga aylantirilgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo islox qilish, ularda dunyoviy fanlarni o`qitish masalasini ko`tarib chiqdi Maktab va madrasalarda diniy ta‘limot, arab, fors, rus tillarini o`rganish bilan bir qatorda riyoziyot, kimyo, tibbiyot, xikmat, nujum kabi fanlarini ham o`qitish zarurligi g’oyasini ilgari surdi va o`zi shu g’oyani amalga oshirishga kirishdi. I.Gaspirinskiy 1884 yilda yurtida jadid maktabiga asos soldi. o`zi dastur to`zib, darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o`quvchining savodini chiqardi. Bu usul «usuli savtin» - harf tovushi usuli ya‘ni «usuli jadid» nomi bilan tezda shuxrat qozondi.
Ismoil Gaspirinskiy g’oyalarining keng tarqalishida o`zi muharrirlik qilgan «Turkiston» gazetasining roli katta bo`ldi 1888 yilda u «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo`ldosh» nomli kitobini nashr etdi. Bu kitobda jadid maktabilarining tuzilishi, dars o`tish va tashkil qilish mazmuni, jihozlanishi, dars jadvali, ta‘tillar, imtixonlar, ja‘miki o`qitish jarayoni bilan bog’liq masalalar aniq va qiziqarli bayon etilgan edi.
Musulmon maktablarini isloh qilish yuzasidan ishlab chiqilgan loyixani Ismoil Gaspirinskiy 1892 yilda Turkiston-general gubernatori Rozenbaxga yuboradi, lekin Turkiston hukmdori, bu loyihani mutlaqo rad qiladi. Ijobiy javob ololmagan Ismoil Gaspirinskiy 1893 yilda Turkistonga o`zi keladi.
O`lkaning yirik shaharlarida bo`lgan Gaspirinskiy taraqqiy parvar ziyolilar bilan uchrashadi, ularga jadid maktabining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib beradi. Hatto Buxoro amiri Abdulhad xo`zurida bo`lib, g’oyasini qabul qildirishga o`inib ko`radi, ammo buyuk mutaffakirning maqsadini tushunishga amir ojizlik qiladi. Shundan so`ng Ismoil Gaspirinskiy Samarqand va Toshkent shaharlarida bo`ladi. Turkiston o`lkasining qaerida bo`lmasin general-gubernatorlik amaldorlari uni dushmanlik ko`zi bilan qarshi oladilar. Chunki, ularning Turkistonda olib borayotgan maorif-ma‘rifiy sohadagi siyosati xalqni qorong’ilikda tutib turishga qaratilgan edi.
Ismoil Gaspirinskiy 1893 yilda ikkinchi bor Buxoro amiri huzurida bo`lib, undan bitta jadid maktabi ochilishiga ruxsat olishga muvaffaq bo`ladi. Bu yagona jadid maktabining uchqunlari butun Turkiston bo‘ylab sochilib ketdi. 1898 yilda Qo`qonda Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabiga asos soldi. O`sha yili To`qmoqda, 1899 yilda esa, Andijonda Shamsiddin domla, Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochdilar.
1903 yilga kelib Turkiston o`lkasida 102 ta boshlang’ich, 2 ta o`rtajadid maktablari faoliyat ko`rsatdi.
Buxoroda ochilgan jadid maktabining faoliyati to`xtatib qo`yilganidan xabar topgan Ismoil Gaspirinskiy 1904 yilda yana Buxoroga kelib amir bilan muzokoralar olib boradi va amirning otasi nomi bilan ataluvchi «Muzaffariya» jadid maktabi ochilishiga ruxsat oldi.
XX asr boshlarida Turkiston o`lkasida ziyolilarning butun bir vatanparvar, millatparvarlar, ma‘rifatparvarlardan iborat jadidlar harakatining ko`plab nomoyondalari tarbiyalanib voyaga yetdi. Ularning boshida Mahmudxo`ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Bobooxun Salimov va boshqa taraqqiy parvar fidoiy insonlar turar edilar.
1998 yilda bir guruhi tarixchilar bilan bo`lgan muloqot chog’ida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ma‘rifat yo`lida jonbozlik ko`rsatgan jadidlik harakati nomoyondalari to`g’risida aytgan quyidagi fikrlarini qayd etishni o`rinli deb hisoblaymiz:
«XX asr boshidagi ma‘rifatchilik harakati... namoyondalari boylik uchun maydonga chiqishdimi?
Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolar maktab ochganlari, xalqni xaq-huquqlarini tanishga da‘vat etganlari uchun birov maosh to`laganmi? Birov ularga oylik berganmi? Albatti, yo`q.! Ular o`t bilan uynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bila turib, ongli ravishda mana shu yo`ldan borganlar. Chunki, vijdonlari, iymonlari shunga da‘vat etgan»1.
Turkiston jadidlari yurt ozodligi uchun o’zlarining kurash dasturlarida asosan uchta muhim vazifani qo`ydilar: birinchisi - yangi usul maktabilari tarmog’ini kengaytirish; ikkinchisi - umidli yoshlarni chet ellarga o`qishga yuborish; va nihoyat, uchinchisi - turli ma‘rifiy jamiyatlar to`zish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish. Ana shu dasturni amalga oshirish borasida Munavvar Qori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Toshpo`latbek Norbo`tabekov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid Cho`lpon va Abdurauf Fitrat kabi ziyolilar jonbozlik ko`rsatdilar.
Jadidchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri Munavvar Qori Abdurashidxonov 1909 yilda Toshkentda «Jamiyati xayriya» tashkilotini to`zadi va bu jamiyat o`zbek ziyoli bolalarini chet ellarga borib o`qib kelishini tashkil qilish bilan shug’ullanadi. Jamiyat ishiga Toshkentlik mashhur boylar katta xissa qo`shdilar. Rossiyada adliya bo`yicha ta‘lim olib, birinchi oliy ma‘lumotli o`zbek advokati diplomini olgan Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jaev yurtiga qaytib xalqi ozodligi uchun kurashishga bel bog’ladi. Shu yo`lda u tashkilot to`zishga kirishadi. Natijada jadidlarning tarqoq guruxlari asta-sekin ma‘lum dastur va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan Ubaydullaxo`ja atrofida uyushib, o`zbek ziyolilarining mustaqil firqasini to`zishadi. Bu firqa «Tarakkiyparvarlar» nomi bilan tarixga kirdi. Ubaydullaxo`ja faoliyatini umum-Turkiston ijtimoiy-siyosiy gazetasini tashkil qilishdan boshladi. Bunday gazeta ko`po`inishlardan so`ng , 1914 yildan chiqa boshlagan «Taraqqiy parvarlar» firqasining «Sadoi Turkiston» gazetasi bo`ldi Bu gazeta o`lkada milliy ongni uygotishda, mazlum ommani Istiqlol uchun mustabid tuzumga qarshi kurashga chorlash bobida katta xizmat ko`rsatdi. Gazeta saxifalarida Turkiston jadidlarining otaxoni Mahmudxo`ja Behbudiy, ayniqsa,, faol qatnashdi.
Mahmudxo`ja Behbudiyning butun ongli hayot yo`li chor Rossiyasi mustamlakachilik zulmi sharoitida kechdi. U ona xalqining og’ir qismatini mustamlakachi shovinistlarning zo`ravonlik, kamsituvchilik va taxqirlashdan iborat siyosatini ko`zi bilan ko`rdi. Xalq, millatning asl farzandi sifatida mustamlakachilikdan qanday yo`l va usul bilan ozod bo`lish mumkin, degan jumboqqa javob topishga butun qalbi-vujudi bilan kirishdi.
Mahmudxo`ja Behbudiy Turkiston o`lkasi xalqlarining chor Rossiyasi mustamlakachiligi zulmi asoratiga tushganligi, erki, insoniy huquqlaridan batamom mhxrum etilib, zanjirband holda yashayotganligi, qullik va tutqunlikdan ozod bo`lish yo`lini topaolmayotganligining asosiy va bosh sababini ma‘rifatsizlikdan, nodonlik va savodsizlikdan, deb bildi. Shuning uchun ham xalqning og’irini yengil qilish maqsadida yangi usuldagi maktablar ochib, ularda millatning farzandlariga ilm-ma‘rifat xadya etishga jahon asosiy diqqat-e‘tiborini qaratdi. U faqat maktablar ochish bilan cheklanib kolmadi, balki shu maktablar uchun zamonaviy ruhda yozilgan darsliklar ham yaratdi. Bo`lar orasida «Risolai asbobi savod», «Muntaxabi jug’rofiya umroniy» («Qisqacha umumiy geografiya»), «Madhali jug’rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish»), «Kitob ul atfol» («Bolalar uchun kitob»), «Muhtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Hisob» kabi kitoblar bor. U maxsus nashriyot tashkil qilib o`zi yozgan darsliklar, qo`llanmalar va haritalarni bosib chiqargan. Bo`lar yangi usuldagi ilk o`zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo`llanmalar sifatidagina emas, balki til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga egadir.
Jadid maktablari, ya'ni yangi usul maktablarida diniy va dunyoviy ta'lim – tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlashtirilib, maktabxonadagi yakka o‘qitish usulidan sinfda dars berish usuliga o‘tildi, sinflarda partalar, geografiya xaritalari, globus va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar paydo bo‘lgan. Ularda xat – savod bolalarning ona tilida tovush usuli – usuli savtiyada o‘rgatilgan. Jadid maktablarida Qur'oni – karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi.
Maktablar asosan 1 – 4 sinfdan iborat boshlang‘ich maktablar bo‘lgan. 1913/14 o‘quv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1 – bosqichi tahziriy (boshlang‘ich) sinflar, 2 – bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M. Abdurashidxonovning namuna mak­tabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodievning Qo‘qondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5 – 6 sinf) ham ish boshlagan.
Jadid maktablari pullik va pulsiz edi. Har oyiga ota – onalar baholi qudrat, bir so‘mdan bir yarim so‘mgacha pul to‘ladi. Bu o‘rinda har ota – ona o‘zlarining boylik va kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul beradilar. 20 – 35 % gacha kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitilib, o‘quv qurollari bilan ham ta'minlangan. O‘ziga to‘q oilalar esa o‘z xohishi bilan uch so‘mdan va undan ham ko‘p pul bergan. Bulardan tashqari jadidlar shaxsiy va ularning o‘zlari tashkil etgan xayriya jamiyatlari ham jadid maktablarini mablag‘ bilan ta'minlab turgan. Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qarshilik qiladilar. Jadidlar kalta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay namuna sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid maktablari qat'iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi bo‘lib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar.
Jadidlarning Turkistondagi yirik vakillardan biri Abdurauf Fitratdir. Fitrat adabiyotimiz tarixida yirik olim, shoir, yozuvchi, dramaturg, faylasufgina bo`lib qolmasdan, ma‘rifatparvar adib sifatida yangi usuldagi maktablarni ochish va bu maktablarning mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirish yuzasidan katta ishlarni olib bordi. Jadidlarning faoliyatlari davomida kun tartibiga qo`ygan masalalarni oradan sal kam bir asr o`tgandan keyin, O`zbekistonning mustaqillikka erishgach, amalga oshirila boshlandi. Ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, texnika sohasida ibratli bo`lgan Yevropa, Amerika, Turkiya, Yaponiya,boshqa Sharq va G’arb mamlakatlaridan o`rnak olish, yoshlarni o`shamamlakatlarga yuborib o`qitish chora-tadbirlari amalga oshirilayotganligi bunga yorqin dalil hisoblanadi.
Jadidichilik harаkаtigа fаol qatnashib Turkiston milliy istiqloli uchun kurashgаn xalqimizning аjoyib fаrzаndlаri Sаidahmad Siddiqiy Аjziy (1864-1927), Kаrimbek Shаrifbek o‘g‘li Komiy (1865-1922), Tаvаllo (1883-1959), Ishoqxon Ibrаt (1862-1937), Hislаt (1880-1945) vа boshqalаr ham o‘zlаridаn so‘ng boy ijodiy meros qoldirgаnlаr.
Jadidichilik harаkаtini o‘lkа xalqlаri ommаviy sur’аtdа qo‘llаb quvvаtlаmаdilаr. Bu harаkаt fаqаt xalq orаsigа mа’rifаt vа mаdаniyat g‘oyalаrini tаrqаtishdаn nаrigа o‘tmаdi, o‘zining tor biqiq doirаsidа o‘rаlib qoldi, siyosiy kurash pаrtiyasi dаrаjаsigа ko‘tаrilа olmаdi vа ommаni zulm vа istibdodgа qarshi dаsturiy kurashgа tortа olmаdi... Jаdidlаr harаkаtining nаzаriy vа siyosiy bаrkаmollik dаrаjаsigа o‘sib yetmаgаnlikdаn rus bolshevoylаri ustаlik bilаn foydаlаndilаr vа ulаrni ikkigа bo‘lib yubordilаr. Jаdidlаrning bir guruh bolshevoylаrning yolg‘on vа quruq vа’dаlаrigа ishonib, ulаr tomonigа o‘tdilаr, «Yosh Buxoroliklаr» vа «Yosh Xivaliklаr» guruhigа uyushdilаr. Nаtijаdа milliy-ozodlik vа istiqlol uchun kurash olib borаyotgаn kuchlаr kuchsizlаndi vа pаrokаndаlikkа uchrаdi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish