101
Yugnakiy
dan yagona adabiy meros “
Hibat ulhaqoyiq”
(“
Ha
qi qatlar tuhfasi
”) saqlanib qolgan. U
turkiy adabiy tilining
qimmatli va nodir yodgorligi hisoblanadi. O‘z
asarida
Yusuf
Xos Hojib
singari ilm-fan, olim va fozillarni ulug‘laydi,
ma’rifatparvarlikni targ‘ib etadi, kishilarni ilmli va ma’rifatli
bo‘lishga chaqiradi.
Yugnakiy
o‘zini
shoir emas,
balki adab muallimi, deb
hisoblagan. O‘ziga xos axloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni
karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U
Islom dini
axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish
maqsadi bilan yozilgan.
1.
Turkiy yozma adabiyotlardan eng nodirlarini qayd eting.
2.
Ayting-chi, turkiy adabiy tili qaysi tillarning vujudga kelishida
muhim ahamiyat kasb etdi?
3.
Mahmud Zamaxshariy qayerda tug‘ilgan va
u qaysi nomlar
bilan ulug‘langan?
Do'stlaringiz bilan baham: