ko‘rsatgan
davri
Davlat
boshqaruvi
17-§. XORAZM DAVLATI VA UNING YUKSALISHI
Tayanch tushunchalar: mustaqillik uchun kurash, Xorazmshohlar
davlati, ichki ziddiyatlar.
Ma’muniylar davrida Xorazm.
995-yil
da Gurganch
miri
Ma’mun ibn Muhammad Kat
shahrini ishg‘ol qilib,
Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvo-
niga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa
afrig‘iylar
sulolasi barham
topib,
ma’muniylar
hukmronligi boshlandi.
Ko‘hna Urganch
Xorazmshohlar davla
ti
ning poytaxtiga aylandi. Qisqa davr
ichida ma’muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy,
iqtisodiy va madaniy jihat
dan rivojlantirdilar. Mamlakat
viloyat, shahar
va
qishloq
(qal’a)larga ajratilib boshqarildi.
Xorazmshoh
davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi.
Gurganch
da shoh qarorgohi, markaziy boshqarma –
devonxona
tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq,
shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy
ishlar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar faoliyat ko‘rsatgan.
Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik –
xo‘jayi
buz ruk
unvoniga ega bo‘lgan. U devonxona ishlariga mas’ul
bo‘lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni
idora etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |