Sultonali Mashhadiy
«Qiblat ul-quttob»
(Kotiblar qiblasi) va
«Sulton ul-xattotin»
(Xat-
totlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tash-
kil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug‘asi yoki
kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo‘l ostida xattotlar, naqqosh-
lar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalarni
bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur
kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo‘lyozma
asarlardan nusxalar ko‘chirish va ularni bezash bilan band
bo‘lgan. 1429-yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning
mashhur «Shohnoma» dostoni ko‘chirtirilib, u 20 ta turli maz-
mun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.
Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini
nodir asarlar bilan boyitishga g‘amxo‘rlik qiladilar.
XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan
tasviriy san’at – portretlar, hayotiy lav-
halar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan
tasvirlardan iborat bo‘lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida
Do'stlaringiz bilan baham: |