712-yil
da Qutayba qo‘shinlari
Samarqand
ga tashlanadi. Bu
davrda ixshid
Tarxun
taxtdan tushirilib, uning o‘rniga
G‘urak
(710–737) Sug‘dga podsho qilib ko‘tarilgan edi. G‘urak arablarga
qarshi kurash olib bordi. Kuchlar teng bo‘lmaganligi oqibatida
Samarqand taslim bo‘ladi. G‘urak bilan Qutayba o‘rtasida sulh
tuzilib, arablarga bir yo‘la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham
hisobida boj to‘lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda bi-
ronta ham askar saqlamaslik, ichki shaharni arablarga bo‘shatib
berish, masjid bino qilish kabi shartlarni bajarishga majbur eti-
ladi. Bularning evaziga Qutayba G‘urakni
Samarqand
,
Kesh
va
Naxshab
ga hokim qilib tayin etadi. Shunday qilib u xalifalikka
qaram bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |