Shohruxbiy
davrida poytaxt Tepaqo‘rg’on qal’asi edi. Xonlik tarkibiga dastlab Qo‘qon,
Namangan. Marg’ilon,
Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan.
Shohruxbiyning o‘g‘li
Abdurahimbiy
davrida Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari qo‘shib olindi. U
Shahrisabz ostonalariga qo‘shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo‘qonga tobelik haqida
bitim tuzishga erishadi. Keyin 1732-yilda Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy
Xo‘jandga
qaytib kelgach, qattiq betob bo‘lib, vafot etadi. Qo‘qon xonligi taxtiga uning inisi
Abdukarimbiy
o‘tiradi. U o‘z poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qon shahriga ko‘chiradi. Shahar
atroflni devor bilan o‘ratadi.
Abdulkarimbiy
davrida 1746
yil qalmoqlar
Fargona vodiysiga
hujum qilib, O‘sh, Andijon, Marg’ilon shaharlarini egallab, Qo‘qonni qamal qilgan. Qo‘qonliklar
yordamga kelgan O‘ratepa hokimi Fozilbiy qo‘shinlari bilan birgalikda ularni Farg’ona
vodiysidan quvib chiqarishgan.
Norbo‘tabiy
davrida Chust va Namangan beklarining mustaqillik
uchun ko‘targan g’alayonlari bostirilgan. Mamlakatda sug’orish inshootlari barpo qilinadi, savdo
va hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi birmuncha rivoj topadi va nisbatan arzonchilik bo‘ladi.
Norbo‘tabiyning o‘g’li
Olimbek
hukmronligi davrida Qo‘qonning
siyosiy mavqei yanada
kuchaygan, harbiy islohot o‘tkazilgan, Ohangaron vohasi, Toshkent, Chimkent va Sayram tobe
etilgan, tashqi savdoga ham e’tibor kuchaytirilgan. 1805-yil davlat rasman Qo‘qon xonligi deb
e’lon qilinib, Olimbek «xon» unvonini olgan.
Olimxonning
markazlashgan kuchli davlat tuzish
borasida qilayotgan harakatlari ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini
vujudga keltiradi. Natijada ular Olimxonning safardaligidan foydalanib 1810-yil Qo‘qonda
«Olimxon Toshkentda o‘ldi», degan mish-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj
kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qo‘qonga yo‘l oladi, biroq u Oltiqush mavzeida otib
o‘ldirilgan.
Umarxon
davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari ko‘rilgan.
1815-yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817-yilda esa O‘ratepa bosib olingan. Sirdaryo
bo‘yida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sug’orish
inshootlarini kengaytirish,
kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga e’tibor berilgan. Xususan, Qo‘qon, Toshkent,
Turkiston, Chimkent, Sayram, Avliyoota (hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan.
Mozorlar tartibga solingan. Umarxon hukmronligi davrida Qo‘qon
xonligida fan, adabiyot,
san’at nisbatan yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini, mashhur o‘zbek
shoirasi
Do'stlaringiz bilan baham: