“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Angliya-Rossiya raqobati.
XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afiika, 
Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi. 
XIX asr o’rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk Britaniya va Rossiya 
davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ikkala davlat bir-biridan yashirin ravishda O’rta 
Osiyoga kirish, xonliklardagi hukmron sulolalar bilan til topish yo’llarini qidirardi, shu 
maqsadda harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan, 
Rossiya qozoq cho’llari va Sibir tomondan harakat qilardi, o’zbek xonliklarini o’z ta’sir 
doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan foydalanish, 


o’z mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan ingliz-rus raqobati kundan-kunga 
kuchayib bordi. 
Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib 
borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. 
Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan xabardor bo’lgan Angliya hukumati Rossiya 
rejalarini barbod qilish podshoalarini ko’rdi. Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik 
ma’lumotlari to’plash maqsadida yuborilgan E.K.Meyendorf 1824-yildayoq Buxoroda bo’lgan, 
ammo maqsadiga erishaolmay shu yerda halok bo’lgan edi. 1831-1833-yillarda mazkur 
kompaniya leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo 
sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga 
sayohat» nomli kitob yozib, unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni 
bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida 
ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi. 
Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa 
uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842-yillarda Angliya hukumati-mayor Konollini Xivaga, 
polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri 
huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchchala Xonlik bir-birlariga 
yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi 
kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari 
bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni qutqarish uchun Angliya 
tomonidan Turkiya homiyligida-mayor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843-1845-
yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindondagilar qatl etiladi, Volfning o’zi 
zo’rg’a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843-yilda Xivaga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya 
manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum. 
Ingilizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit berardi. Shu 
boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib, Afg’oniston amirini bo’ysundirish, 
Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni 
rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880-yillarda Afg’onistonga ikki-
marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi. 
Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, bozorlarda ingliz 
tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu borada ular hind 
va fors savdogarlaridan keng foydalandi. 
Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi Rossiya imperiyasini 
tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni 
boshlab yubordi. 


Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta 
qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834-yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi 
Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo- Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845-yilda 
Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy 
istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853-yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga 
molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o’rnashadi. 
Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford 
hujumga tayyorlanish uchun 1847-yilda Yettisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 
1848-yilda Qorabuloq qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib, 
harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860-yilda Qo’qon xonligi hududiga qarashli harbiy 
istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola 
boshladi. 
Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta Osiyoga e’lon 
qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi. 
Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861-yillarda 
o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon xonligini bir 
yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi 
raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Rossiyaning harbiy kuch bilan O’rta Osiyoni 
egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi. 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish