Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini
shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamokda, valyuta
ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo’linmalari tugatildi,
Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik-tijorat
banklari-"O’zsanoatqurilishbank",
"Paxtabank",
"O’zjamg’armabank",
"G’allabank",
"Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi
va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi.
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi tuzildi.
Davlat nazorati qo’mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat
inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi tashkil
etildi. Bu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab
chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi.
Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va
boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda.
O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o’z-
o’zini mablag’ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, kontsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa
xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta
tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish
usullari tubdan o’zgardi.
Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik, transport,
madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan
milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy
davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga
ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv
idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: