“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

Jamoat tashkilotlari.
O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. 
Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarni jinsi, diniy 
e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil 
ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda. 
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni 
yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan 
muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini 
yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 
1-martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan 


Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining asosiy 
maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini 
qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va 
bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini 
ta’minlashdan iboratdir. 
O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 
tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar 
qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-
tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda. 
1996-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi-
"Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi. 
2014-yilga kelib mamlakatimizda jamiyatimizning turli sohalarida 8 ming 100 dan ortiq 
nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu 2010-yilga nisbatan 1,6 marta 
ko’pdir. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" 
va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-kuvvatlash maqsadida 
"Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr-shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher 
Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. 
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari 
shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat 
tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi. 
Nazorat savollari
 
1.
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining qanday farmoni e’lon qilindi? 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-av- gustda bo‘lgan sessiyasida 
qanday hujjatlar qabul qilindi? 
3.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti» 
haqida so‘zlab bering. 
4.
Oliy Kengashning «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish 
to‘g‘risida»gi qarorining mazmunini bilaliz- mi? 
5.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunni 
kutubxonadan toping va daftaringizga yozib oling. 
6.
Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bila- sizmi? 
7.
O‘zbekiston Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat? 
8.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tavsiflab bering, u qanday hollarda 


ko‘tariladi? 
9.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang, undan qanday payitlarda 
foydalaniladi? 
10.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamo- yillarini bilasizmi? 
11.
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqish- da nimalar asos qilib 
olindi? 
12.
O‘zbekistonda milliy huquqiy davlat qurilishida qanday tamo- yillarga asoslandi? 
13.
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil topishi va faoliyati 
haqida so‘lab bering. 
14.
Vazirlar Mahkamasining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida nimalarni bilasiz? 
15.
O‘zbekistonda qanday sud organlari faoliyat yuritmoqda? 
16.
Mahalliy davlat hokimiyatining tuzilishi va uning vazifalari haqida so‘rab bering. 
17.
O‘zbekistonda qanday vazirliklar va davlat qo‘mitalari mav- jud? 
18.
O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari, erkinliklari, burchla- rini bilasizmi? 
19.
Ombudsman nima va qachon ta’sis etilgan? 
20.
O‘zbekistonning saylov tizimi haqida so‘zlab bering. 
21.
O‘zbekistonda qachon va qanday siyosiy partiyalar tuzilgan, ularning maqsadlari 
nimalardan iborat? 
22.
O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati qachon tu- zilgan, uning maqsadi 
nima? 
23.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qanday nodavlat notijo- rat tashkilotlarni bilasiz? 

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish