8-modda.
Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va
tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki
boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika
tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.
9-modda.
O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida
joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga
aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O’zbekiston Respublikasi
qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.
10-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va
toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat
qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z
ulushiga ega.
11-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi – milliy valutasini joriy etishga, jami
pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil
belgilashga haqli.
12-modda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi.
Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston Respublikasining davlat
budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
13-modda.
O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo
aloqalari va boshqa aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro
shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin.
14-modda.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti
bo‘lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini
belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi, oltin va boshqa
zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi.
15-modda.
O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga
muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan,
qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar,
respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston
Respublikasining himoyasida bo‘ladilar.
16-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat
ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har
qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.
17-modda.
O’zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining
hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular
o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar
asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni
«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga
Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining
amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb
belgilab qo’yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz,
xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat –
O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini
tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |