“Oʻzbekiston tarixi” fanidan



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/528
Sana08.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#434612
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   528
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

 
 
O’zbekiston mustaqil davlat
. SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat 
mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 
1991-yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan 
Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy 
tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki 
qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, 
Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida 
joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan 
butunlay xalos qilindi. 
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda 
respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy 
Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy 
Kengash 1991-yil 26-avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun 
loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini 
chaqirishga qaror qildi. 
1991-yil 28-avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat 
komissiyasining qo’shma 
plenum
i bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-
21-avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari 
to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining 


KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, 
uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 
1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 
tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, 
sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga 
urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor 
ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan 
mustahkamlashni taklif qildi. 
Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash 
Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: 
«Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – 
O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi». 
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish 
to’g’risida» qaror qabul qilindi. 
Mazkur qarorda: 
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va 
resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 
2) 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan 
boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi. 
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   528




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish