boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan.
>
Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligidir.
Konstitutsiyaning 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi», deb belgilab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining butun hududida
yagona fuqarolik o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha
fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy
maqomi, O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta
ahamiyatga ega bo’ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy
islohotlar uchun asos bo’lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi,
umumxalq muhokamasi dan o’tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal
qilinmoqda.
Asosiy qonunga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar 2003-yil 24-25-aprel kunlari
bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi
sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur Qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va
demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar
va qo’shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl
qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari
maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89,90,93,95,97-
moddalarga ham o’zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi.
Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o’rtasidagi
vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o’zgartirishlar va
qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini
kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada
takomillashuviga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: